16.03.2023 yildagi 5-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Joylashtirish vositalariga (xizmatlarga) qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablarini (0045-23-son sanQvan) tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 29-martda hisobga olindi, hisob raqami 157]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonun va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Joylashtirish vositalariga (xizmatlarga) qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari (0045-23-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mehmonxona majmualari, motellar, lagerlar, sayyohlik lagerlari va yakka tartibdagi turar joylardagi ovqatlanish va yashash sharoitlariga gigiyena talablari (0282-09-son SanQvaN) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Savdo-sanoat palatasi hamda Madaniyat va turizm vazirligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi B. YuSUPALIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 16-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-son

Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakil D. KASIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 21-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi D. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 13-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat vaziri O. NAZARBEKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 15-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2023-yil 16-martdagi 5-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joylashtirish vositalariga (xizmatlarga) qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari (bundan buyon matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) joylashtirish vositalarida turistlar va tashrif buyuruvchilarning salomatligini muhofaza qilish hamda ularning hayoti va sogʻligini taʼminlashga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu sanitariya qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida loyihalashtirilayotgan, qurilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan va mavjud joylashtirish vositalariga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur sanitariya qoidalarida quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylashtirish vositalari — mehmonxonalar, turistik bazalar va majmualar, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, mehmon uylari, oʻtov va chodirli oromgohlar, sanatoriylar hamda mehmonxona xizmatlari (joylashtirish boʻyicha xizmatlar) koʻrsatiladigan boshqa obyektlar, shuningdek, joylashtirish vositasi sifatida tunab qolish uchun jihozlangan yer usti transporti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turist — vaqtincha boʻlish mamlakatidagi (joyidagi) manbalardan daromad olish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat bilan shugʻullanmagan holda vaqtincha boʻlish mamlakatiga (joyiga) yigirma toʻrt soatdan ketma-ket oʻn ikki oygacha boʻlgan davrga boruvchi yoki vaqtincha boʻlish mamlakatida (joyida) kamida bir kecha tunab qoluvchi jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashrif buyuruvchi — joylashtirish vositalari xizmatlarini buyurgan, sotib olgan va/yoki undan foydalanadigan jismoniy shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Joylashtirish vositalarini rejalashtirish va loyihalashtirishga qoʻyiladigan gigiyenik talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Joylashtirish vositalari joylashgan yer maydonining tuprogʻi sanitariya-gigiyena va bakteriologik xavfsizlik koʻrsatkichlari 02.12-06-son SanQvaN “Oʻzbekistonning oʻziga xos xususiyatli sharoitida turli tipdagi yerlarga ishlov berishda tuproqning gigiyenik ifloslanganlik darajasi baholanishining sanitariya normalari”ga mos kelishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Binolar yashash uchun imkoniyatlarni (xonada bir turist/tashrif buyuruvchiga toʻgʻri keladigan maydon, tegishli sanitariya-texnik vositalar mavjudligini) hisobga olgan holda loyihalashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Joylashtirish vositalarida sport va dam olish maskanlari, ochiq va yopiq sport inshootlari, suzish havzalari, saunalar, shuningdek tegishli yordamchi va texnik binolarni loyihalash ShNQ 2.09.04-09 “Korxonalarning maʼmuriy va xoʻjalik binolari” hamda QMQ 2.08.04-04 “Maʼmuriy binolar” talablariga muvofiq amalga oshirilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xodimlar uchun maishiy bino 1 ishchi uchun 2,0 m2, lekin har bir xona uchun 6 m2 dan kam boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xodimlar uchun hojatxonalar quyidagicha: 12 ta ayol va 18 ta erkak uchun 1 tadan alohida hojatxona; 15 — 20 ta xodim uchun 1 ta dush (ayol va erkaklar uchun alohida), 30 ta ayol xodimlar uchun 7 ta ayollarning shaxsiy gigiyena xonasi boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tozalash uskunalari uchun moʻljallangan omborxonalar 30 m2, xizmat koʻrsatiladigan maydon uchun 0,5 m2, lekin har bir joy uchun kamida 1,5 m2 hisobidan joylashtirilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bloklar va binolar guruhlari, yozgi xonalar va ochiq inshootlar oʻrtasida mikroiqlimni yaxshilash uchun asosiy binolarni tashqi muhitga qaratishda tabiiy va iqlim sharoitlarini hisobga olish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bloklar va xonalar guruhlari, yozgi xonalar va ochiq maydonlar (terrasa) oʻrtasida ochiq (yoki yarim ochiq) ulanishlardan foydalanish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Joylashtirish vositalari binosi uning atrofida joylashgan eng baland turar-joy va jamoat binolarining balandligiga nisbatan 2,5 barobar oraliq masofada joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Chiqindi qutilari joylashgan maydon sement yoki asfalt qoplamali hamda balandligi 1,5 metr toʻsiqlar bilan oʻralgan boʻlishi, shuningdek binodan 15 — 20 m masofada joylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mehmonxonalar Oʻz DSt 3220:2017 “Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Umumiy talablari”ga muvofiq jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Joylashtirish vositasi binosiga qoʻyiladigan gigiyenik talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Joylashtirish vositalarining binolari toza, chiqindilardan holi, hasharotlar va kemiruvchilardan himoyalangan (barcha shamollatish tizimlari hasharotlar yoki kemiruvchilarning kirib kelishini bartaraf qilish uchun temir panjaralar bilan yopilgan) boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Joylashtirish vositalari intererini bezashda polimer materiallardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yoʻlaklar va zallarda toksik boʻlmagan hamda yonuvchan materiallardan tayyorlanmagan gilamlardan foydalanishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yoritilganlik, insolatsiya, quyoshdan himoya qilish, shamollatish tizimiga qoʻyiladigan gigiyenik talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tabiiy va sunʼiy yoritish QMQ 2.01.05 “Tabiiy va sunʼiy yoritish”ga muvofiq loyihalashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Joylashtirish vositalarining yashash xonalarida yilning 22-martidan 22-oktabrgacha boʻlgan davrda insolatsiya (quyosh nuri tushishi) kuniga kamida 3,0 soat boʻlishi hamda . xonalarning 60 foiziga toʻgʻri kelishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Insolatsiyaning ortiqcha taʼsiridan himoya qilish quyosh nuridan himoya vositalaridan foydalanish, binolarning chiqadigan qismlari hamda xonani qoraytirish, shuningdek sunʼiy sovutish orqali taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Bir va ikki qavatli binolarni quyoshdan himoya qilish asosan koʻkalamzorlashtirish orqali taʼminlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Doimiy foydalaniladigan joylar va xonalar framug, oyna, yoʻlak yoki qoʻshni xona eshiklari orqali shamollatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Bir va ikki qavatli binolarning tabiiy shamollatilishini yaxshilash (kuchaytirish) uchun vertikal shamollatish usulidan foydalanish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir shamollatish quvuriga bir nechta xonani ulash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Umumiy foydalanish joylari va yashash xonalariga qoʻyiladigan gigiyenik talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yashash xonalari, hojatxonalar, hammomlar va umumiy foydalanish joylari kun davomida kamida ikki marta tozalanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tozalash ishlari quyidagi turlarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kundalik tozalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oraliq (turist/tashrif buyuruvchi ketgandan keyin) tozalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy tozalash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Barcha xonalarni tozalash ketma-ketlik asosida turiga qarab taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki xoʻjalik xonalarini kun davomida kamida bir marotaba tozalanishi (kundalik tozalash);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy maydonlar, hojatxonalarni tozalash turist/tashrif buyuruvchilar oqimiga qarab tozalanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashash xonalarini mehmonxonalar darajasiga qarab hamda turist/tashrif buyuruvchilar ketgandan soʻng tozalanishi (oraliq tozalash) kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi kurash chora-tadbirlarini taʼminlash maqsadida mehmonxonalarda tozalovchi xodimlar quyidagi guruhlarga boʻlinishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashash xonalarini tozalashga biriktirilgan xodimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalanish joylarini (zallar, yoʻlaklar, zinapoyalarni) tozalashga biriktirilgan xodimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik va texnik xizmat koʻrsatish xonalarini tozalashga biriktirilgan xodimlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oshxona va oziq-ovqatlarni saqlash, tayyorlash, pishirish va idishlarni yuvishga biriktirilgan xodimlar boshqa ishlarga jalb etilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Vestibyul (qabulxona), zal va yashash xonalari doimiy tozaligini taʼminlashda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pol, stol va barcha jihozlar yuzalari, panjara va tutqichlar, deraza va eshiklar toza saqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gilamlar va sintetik yuzalar (kovrolan) changyutgichlar bilan tozalanib, ifloslanish darajasiga qarab (kamida bir yilda bir marta) kimyoviy tozalanishi, gilamlardagi dogʻlar maxsus vositalar bilan tozalanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindi qutilarida chiqindi yigʻilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning xonalarida kiyim almashtirish, dam olish va ovqatlanish uchun shart-sharoitlar yaratilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Umumiy foydalaniladigan dush va hojatxonalar toza holatda boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Qavatlardagi barcha chiqindilar polietelin qoplarga yigʻilishi va olib chiqib tashlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Qavatlardan konteynerlardagi chiqindilar vaqtincha saqlash joyiga xizmat koʻrsatish yoʻli (lift) orqali olib chiqib ketiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Xonada turist/tashrif buyuruvchining bemorligi aniqlansa bajariladigan ishlar 0280-09-son SanQvaN “Epidemiya oʻchoqlarida yakuniy va joriy dezinfeksiyani tashkil etish, oʻtkazish boʻyicha sanitariya qoidalari” talablariga muvofiq holda bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Turist/tashrif buyuruvchi ketganidan keyin xonalarni tozalashda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatuvchi xodimlar tomonidan oʻrin-koʻrpa choyshablari va sochiqlar (xalatlar) tozasiga, bir martalik oyoq kiyim va gigiyenik vositalar toʻplami yangisiga almashtirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pol, stol, barcha jihozlar yuzalari, deraza va eshiklar zararsizlantiruvchi vositalar yordamida yuvilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gilamlar, sintetik yuzalar (kovrolin, kovrolan) va pardalar changyutgichlar bilan tozalanib, gilamlardagi dogʻlar esa maxsus vositalar bilan tozalanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dush, hojatxona, qoʻl yuvish rakovinasi, issiq va sovuq suv joʻmraklari, pol va devor kafellari zararsizlantiruvchi vositalar yordamida yuvilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soch quritish jihozlari (fen) yuzalari nam usulda zararsizlantiruvchi vositalar yordamida artilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xonada mavjud oshxona anjomlari zararsizlantiruvchi vositalar yordamida yuvilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sovutgich muzlardan eritilib, yuvuvchi vositalar yordamida yuvilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindi qutilar chiqindilardan tozalanishi va artilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Umumiy tozalash tasdiqlangan jadvalga muvofiq, lekin har oyda kamida bir marta amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Joylashtirish vositasidagi sartaroshxonalar va goʻzallik salonlariga qoʻyiladigan talablar 0306-12-son SanQvaN “Sartaroshxonani tashkil qilish, jihozlash va xizmat koʻrsatish uchun sanitariya-gigiyena talablari”ga mos boʻlishi kerak
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Joylashtirish vositasidagi suzish havzalariga qoʻyiladigan talablar 0305-12-son SanQvaN “Suzish havzalarini loyihalashtirish, qurish va foydalanish sanitariya qoidalari va normalari” ga mos boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Joylashtirish vositasidagi sport zallariga qoʻyiladigan talablar 0352-17-son SanQvaN “Sport inshootlarining eksplutatsiyasi va foydalanishiga qoʻyiladigan gigiyenik talablar” ga mos boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Joylashtirish vositalarining saunalariga qoʻyiladigan gigiyenik talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Saunalarni rejalashtirish va rekonstruksiya qilish, shuningdek tarkibi va maydoni 0316-14-son SanQvaN “Qishloq joylaridagi hammomlarning qurilmasi, jihozlari va sanitariya rejimi uchun sanitariya qoidalari va normalari” hamda 0154-04-son SanQvaN “Hammomlarni rejalashtirish, jihozlash va foydalanish sanitariya qoidalari va normalari” ga mos boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Saunadagi kiyinish xonalari bir oʻringa 0,75 m2, lekin xonaning umumiy maydoni 10 m2 dan kam boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Sauna bugʻxonasining sigʻimi 10 oʻrindan oshmasligi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Bugʻ xonasidagi harorat rejimi ham ichki, ham tashqi termometrlar tomonidan qayd etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Sauna xonasida ehtiyot choralariga rioya qilish toʻgʻrisida ogohlantiruvchi maʼlumotlar boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Sauna tozalovchi vositalar va jihozlar bilan taʼminlanishi hamda barcha inventarlar alohida ajratilgan xonalarda saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Ovqatlanish boʻlimiga qoʻyiladigan gigiyenik talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Joylashtirish vositalarini kanalizatsiya tarmogʻi mavjud boʻlmagan hududlarga joylashtirishda sanoat va maishiy oqova suvlarning alohida oqimi uchun mahalliy kanalizatsiya tizimi bilan taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ovqat tayyorlash uskunalari shamollatish tizimlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Konditsioner tizimlaridan foydalanganda binolarda mikroiqlimning parametrlari SanQvaN 0203-06-son “Ishlab chiqarish binolarida mikroiqlim koʻrsatkichlarining sanitar gigiyenik normalari” talablariga muvofiq kelishi kerak. Mexanik yoki tabiiy shamollatish mavjud boʻlganda, shuningdek vaqti-vaqti bilan ishlaydigan oziq-ovqat nuqtalari — yozgi kafe, pavilonlar, bufetlarning mikroiqlim koʻrsatkichlari QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va kondetsionerlashtirish” talablariga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Havo tortuvchi uskunalar joylashtirish vositalarida issiqlik moslamalarining ishlashi natijasida hosil boʻlgan issiq havo, hid, tutunni sovutish, tozalash va keyinchalik chiqarib tashlash maqsadida oshxonalarda oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Havo tortuvchi uskunalarning shakli va oʻlchamini tanlashda ish joyining oʻlchamlari hisobga olinadi. Shamollatishni taʼminlash uchun gumbazdan tarqaladigan hid va issiqlik aholi yashash hududlariga taʼsir qilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Ovqatlanish boʻlimining barcha ishlab chiqarish va maʼmuriy-iqtisodiy binolarida yoritish QMQ 2.01.05 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va pishirish uchun moʻljallangan stollar metall (zanglamaydigan poʻlat, duralumin) bilan qoplanishi kerak. Goʻsht, baliq, sabzavot va boshqa mahsulotlarni kesish uchun maxsus stollar ajratilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Kesish taxtalari ularda foydalanilgan mahsulotga muvofiq quyidagicha belgilanishi kerak: “xg” — xom goʻsht, “xb” — xom baliq, “xs” — xom sabzavotlar, “qg” — qaynatilgan goʻsht, “qb” — qaynatilgan baliq, “qs” qaynatilgan sabzavotlar, “N” — non.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Shikastlangan idishlardan foydalanish taqiqlanadi, alyuminiy idishlar faqat ovqat pishirish va qisqa muddatli oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun ishlatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Ovqatlanish boʻlimi issiq va sovuq suv bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Toza oshxona anjomlari va jihozlari poldan kamida 0,5 — 0,7 metr balandlikda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Restoran zallarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovqatlanish xonalarining milliy dizaynida xontaxtasiz (polga, gilamga) dasturxon qoʻyish taqiqlanadi, mehmon uylari yoki oʻtovlarda turist/tashrif buyuruvchilarlarni qabul qilish bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovqatlanish stollarini (xontaxtani) tozalash har bir ovqatni almashtirish yoki ovqatdan keyin amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Tibbiyot xonasiga qoʻyiladigan gigiyenik talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Joylashtirish vositalarida tibbiyot xonasi mavjud boʻlganda, uning maydoni 12 m2 dan kam boʻlmagan holda binoning birinchi qavatida joylashtirilishi hamda tabiiy yorugʻlikka ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Tibbiyot xonasining devorlari yuvish va zararsizlantirish vositalaridan foydalangan holda tozalash imkoniyatlariga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Tibbiyot xonasida zarur tibbiy jihozlar, birinchi yordam vositalari toʻplami (dori-darmonlar toʻplami) boʻlishi va dorilar maxsus sharoitlarda saqlanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Joylashtirish vositalarining kir yuvish boʻlimlariga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Joylashtirish vositalarida kir yuvish boʻlimlari mavjud boʻlganda, kirxona binosi alohida turgan binoda yoki loyiha topshirigʻiga binoan qulay binoda joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Kirxonalar kir yuvish mashinalari bilan jihozlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Turist/tashrif buyuruvchi sogʻligʻini himoyalash maqsadida barcha choyshablar, sochiqlar va xalatlar zararsizlantirish vositalari bilan yuvilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Kir yuvish xonasi toza holatda boʻlishi, shuningdek kiyimlarni yuvish texnologiyasiga qatʼiy amal qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Kir yuvish xonasi shamollatish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Kir yuvish xonasi devorlari nam sharoitlarga chidamli boʻlishi hamda devorlar va pollar yuzasi silliq va yoriqlarsiz boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Kir yuvish jarayoni quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirlarni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirlarni saralash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirlarni ivitish, yuvish, chayish, quritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dazmollash, lozim boʻlganda kimyoviy tozalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toza kirlarni saralash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toza kirlarni tarqatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Kir yuvish xonalarida xodimlar uchun kiyinish xonalari, dush, yuvinish xonalari, ayollar shaxsiy-gigiyena xonalari boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Kir va toza choyshablarni olish alohida kirish va saqlash joylariga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Mazkur sanitariya qoidalarini ishlab chiquvchilar roʻyxati ilovada keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joylashtirish vositalariga (xizmatlarga) qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablariga (0045-23-son SanQvaN)
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ishlab chiquvchilar roʻyxati:

Tuzuvchilar:

O.P. Mirshina

—

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi kommunal gigiyena boʻlimining mudiri, t.f.n.

R.A. Ataniyazova

—

Sanitariya, gigiyena va kasbiy kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti, aholi punktlari, turar-joy va jamoat binolarini rejalashtirish gigiyenasi laboratoriyasi mudiri, t.f.d.

A.D. Ismailov

—

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi oziq-ovqat gigiyena boʻlimining mudiri, t.f.n.

R. Jumabayeva

—

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi kommunal gigiyena boʻlimining xodimi

Taqrizchilar:

L.H. Romanova

—

Sanitariya, gigiyena va kasbiy kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, t.f.n.

G.M. Israilova

—

OʻzR SSV tibbiyot xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazi gigiyena kafedrasi dotsenti, t.f.n.

I.O. Otajonov

—

Toshkent tibbiyot akademiyasi bolalar, oʻsmirlar va ovqatlanish gigiyenasi kafedra dotsenti, t.f.d.