13.03.2023 yildagi 4-1001-2220/71314-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOShKENT ShAHAR SUDINING IQTISODIY IShLAR BOʻYIChA SUDLOV HAYʼATI APELLATSIYA INSTANSIYASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati M. Saidovning raisligida, hayʼat aʼzolari R. Rashidov va M. Ergashevdan iborat tarkibda, sudya katta yordamchisi O. Zayniyevaning kotibligida, daʼvogar P.O.Aning uchinchi shaxs sifatida Sh.D.Sni jalb qilgan holda javobgar “EMS” MChJga nisbatan “EMS” MChJ ishtirokchilarining 2022-yil 10-oktabrdagi P.O.Ani ishtirokchilar safidan chiqarish toʻgʻrisidagi umumiy yigʻilish qarorini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi boʻyicha qabul qilingan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 16-yanvardagi hal qiluv qarori ustidan P.O.A tomonidan berilgan apellatsiya shikoyati va 2023-yil 16-yanvardagi xususiy ajrimi ustidan “EMS” MChJ tomonidan berilgan apellatsiya shikoyatini ish hujjatlari bilan birga daʼvogar O.P, vakili N.I (2022-yil 16-fevraldagi ishonchnoma va 2023-yil 28-fevraldagi advokatlik orderi asosida), javobgar rahbari va uchinchi shaxs D.Sh, javobgar vakili I.U (2023-yil 9-yanvardagi ishonchnoma va 2023-yil 9-yanvardagi advokatlik orderi asosida) ishtirokida Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati binosida boʻlib oʻtgan ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“EMS” MChJ (matnda MChJ yoki javobgar deb yuritiladi) 2018-yil 6 senyatbrda 633620-sonli reyestr raqami bilan Chilonzor tuman davlat xizmatlari markazida davlat roʻyxatidan oʻtgan boʻlib, uning 2020-yil 15-yanvardagi ustaviga koʻra MChJning ishtirokchilari fuqarolar P.O.A va Sh.D.S hisoblangan va ularning 10.000.000 soʻmlik MChJ ustav fondidagi ulushlari quyidagicha boʻlgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O.P (50,00 % ulushga ega), yaʼni 5.000.000 soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
D.Sh (50,00 % ulushga ega), yaʼni 5.000.000 soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchilar oʻrtasida oʻzaro MChJni boshqarish va foydani taqsimlash yuzasidan kelishmovchiliklar kelib chiqqanligi sababli 2022-yil 26-fevraldagi MChJ ishtirokchilarining 1-sonli umumiy yigʻilish bayonnomasi bilan O.Pning jamiyat taʼsischilar ulushining qiymatini aniqlash va uning oʻz ulushini sotib taʼsischilikdan chiqish haqidagi masalasi MChJning mol-mulkini baholashdan keyin koʻrib chiqilishi haqida qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJda Koreya Respublikasida ishlab chiqarilgan “Vatech” rusumli rentgent apparati mavjud boʻlib, X.S nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining 2022-yil 14-iyundagi 29/20(2139)24.1M/8157-sonli mutaxassis fikriga koʻra mazkur rentgent apparati 358.450.714 soʻmga baholangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyinchalik O.P (matnda daʼvogar deb yuritiladi) MChJga ariza bilan murojaat qilib, MChJ taʼsischiligidan chiqishini maʼlum qilgan. Shuningdek, MChJni taʼmirlashda va faoliyati uchun oʻzi tomonidan ishlatilgan 37.500.000 soʻm ulushini, ustav fondini oshirish uchun toʻlangan 200.069.000 soʻmni, jami 237.569.000 soʻmni oʻziga toʻlab berishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJ ishtirokchilari ishtirok etgan 2022-yil 10-oktabrdagi 2-sonli umumiy yigʻilish bayonnomasiga asosan daʼvogarning MChJ taʼsischiligidan chiqish haqidagi arizasini qanoatlantirilgan va u MChJ ishtirokchilari safidan chiqarilgan, daʼvogarga MChJdagi ulushining haqiqiy qiymatini taʼsis shartnomasi va “Masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga asosan toʻlab berish hamda MChJning taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur yigʻilishda daʼvogar MChJning mol-mulkini audit tekshirish yoʻli bilan aniqlashni talab etganligi, uni MChJ ishtirokchilari safidan chiqarish masalasini kun tartibidan chiqarishni soʻraganligi, biroq yigʻilishda daʼvogarni MChJ taʼsischiligidan chiqish haqidagi arizasini qanoatlantirilib, u MChJ ishtirokchilari safidan chiqarilganligi, yigʻilishda daʼvogarning fikri eshitilmaganligi, yigʻilishning ertasi kuni 2022-yil 11-oktabrda noqonuniy qabul qilingan qaror asosida MChJ ishtirokchilarini oʻzgartirishni roʻyxatga olmaslik haqida Davlat xizmatlari markaziga ariza bilan murojaat qilganligi vajlari bilan daʼvogar sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, uchinchi shaxs sifatida D.Sh jalb qilgan holda javobgar MChJga nisbatan “EMS” MChJ ishtirokchilarining 2022-yil 10-oktabrdagi P.O.Ani ishtirokchilar safidan chiqarish toʻgʻrisidagi umumiy yigʻilish qarorini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2023-yil 9-yanvardagi ajrimi bilan D.Sh nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida ishda ishtirok etish uchun jalb etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni birinchi instansiya sudida koʻrish jarayonida javobgar MChJ direktori sudga maxsus daʼvo muddatini qoʻllash toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilib, nizolashilayotgan MChJ ishtirokchilarining umumiy yigʻilish qarori 2022-yil 10-oktabrda qabul qilinganligi, mazkur yigʻilishda daʼvogar shaxsan ishtirok etganligi, “Masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 41-moddasida, agar jamiyat ishtirokchisi shikoyatga sabab boʻlgan qarorni qabul qilgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida ishtirok etgan boʻlsa, mazkur ariza shunday qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran ikki oy ichida berilishi mumkinligi belgilanganligi, daʼvogar ushbu ikki oylik daʼvo muddatini oʻtkazib yuborgan holda sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilganligi sababli daʼvo talabini qanoatlantirishni rad etishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2023-yil 16-yanvardagi hal qiluv qarori bilan daʼvogarning oʻtkazilgan muddatni uzrli deb topish haqidagi iltimosnomasi rad qilinib, daʼvo muddatini qoʻllagan holda daʼvogar daʼvo arizasini qanoatlantirish rad qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, birinchi instansiya sudi tomonidan 2023-yil 16-yanvarda xususiy ajrim chiqarilib, daʼvogarning 2022-yil 10-oktabrdagi P.O.Ani ishtirokchilar safidan chiqarish toʻgʻrisidagi umumiy yigʻilish qarorini olganda uni qalbakilashtirilganligi holatlari aniqlanganligi haqidagi vajlarini tekshirish uchun Toshkent shahar prokuroriga xabar berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qaroridan norozi boʻlib daʼvogar apellatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan. Shikoyatda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (matnda FK deb yuritiladi)ning 159-moddasida basharti, sud daʼvo muddatining oʻtkazib yuborilganligi sababini uzrli deb topsa, buzilgan huquq himoya qilinishi kerakligi, daʼvo muddatini oʻtkazib yuborish sabablari daʼvo muddatining oxirgi olti oyida, bu muddat olti oyga teng yoki olti oydan kam boʻlsa, daʼvo muddatida yuz bergan boʻlsa, ular uzrli deb hisoblanishi mumkinligi belgilanganligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 262-son qarorining 20.2-bandida “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 41-moddasida belgilangan ikki oylik muddat maxsus daʼvo muddati hisoblanishi va u sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sudning hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar bergan arizasiga muvofiq qoʻllanilishi, ushbu muddatning oʻtkazib yuborilganligi sabablari daʼvogarning iltimosnomasiga asosan sud tomonidan uzrli deb topilib, FKning 159-moddasiga muvofiq tiklanishi mumkinligi qayd etilganligi, daʼvogar nizolashilayotgan umumiy yigʻilish qarorini 2022-yil 11-oktabrda emas, balki 2022-yil 17-oktabrda olganligi, daʼvogar 2022-yil 24-noyabrdan 2022-yil 13-dekabrga qadar oʻtkir yuqumli kasallik bilan tibbiyot markazida davolanganligini sud inobatga olmaganligi maʼlum qilinib, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilish va daʼvo talabini qanoatlantirish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, xususiy ajrimdan norozi boʻlib javobgar apellatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan boʻlib, shikoyatda birinchi instansiya sudi tomonidan ish mazmunan koʻrib chiqilmasdan, ish hujjatlari oʻrganilmasdan, daʼvo muddati qoʻllanilgan holda daʼvo arizasini qanoatlantirish rad etilgan boʻlsada, qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida xususiy ajrim chiqarilganligi, xususiy ajrim chiqarish toʻgʻrisida taraflar iltimosnoma bermaganligi, bunday holatda sudya oʻzining vakolatlari doirasidan chiqqanligi maʼlum qilinib, birinchi instansiya sudining xususiy ajrimini bekor qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida daʼvogar vakili apellatsiya shikoyatini qoʻllab-quvvatlab, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 159-moddasida basharti, sud daʼvo muddatining oʻtkazib yuborilganligi sababini uzrli deb topsa, buzilgan huquq himoya qilinishi kerakligi, daʼvo muddatini oʻtkazib yuborish sabablari daʼvo muddatining oxirgi olti oyida, bu muddat olti oyga teng yoki olti oydan kam boʻlsa, daʼvo muddatida yuz bergan boʻlsa, ular uzrli deb hisoblanishi mumkinligi belgilanganligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 262-son qarorining 20.2-bandida “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 41-moddasida belgilangan ikki oylik muddat maxsus daʼvo muddati hisoblanishi va u sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sudning hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar bergan arizasiga muvofiq qoʻllanilishi, ushbu muddatning oʻtkazib yuborilganligi sabablari daʼvogarning iltimosnomasiga asosan sud tomonidan uzrli deb topilib, FKning 159-moddasiga muvofiq tiklanishi mumkinligi qayd etilganligi, daʼvogar 2022-yil 24-noyabrdan 2022-yil 13-dekabrga qadar oʻtkir yuqumli kasallik bilan tibbiyot markazida davolanganligini sud inobatga olmaganligini maʼlum qilib, apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni, javobgarning apellatsiya shikoyatini esa qanoatlantirishni rad etishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar vakili apellatsiya shikoyatiga nisbatan eʼtiroz bildirib, nizolashilayotgan MChJ ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi 2022-yil 10-oktabrda oʻtkazilganligi, ushbu yigʻilishda daʼvogar shaxsan ishtirok etganligi, qonun boʻyicha ushbu umumiy yigʻilish qarori ustidan daʼvo arizasi berish muddati ikki oy etib belgilanganligi, ushbu muddat 2023-yil 10-dekabrda oʻtgan boʻlsada, daʼvo arizasi 2022-yil 23-dekabr kuni sudga taqdim etilganligi sababli birinchi instansiya sudi tomonidan asosli ravishda daʼvo muddati qoʻllanilgan holda daʼvo arizasini qanoatlantirish rad etilganligi, shuningdek birinchi instansiya sudi tomonidan ish mazmunan koʻrib chiqilmasdan, ish hujjatlari oʻrganilmasdan, daʼvo muddati qoʻllanilgan holda daʼvo arizasini qanoatlantirish rad etilgan boʻlsada, qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida xususiy ajrim chiqarilganligini maʼlum qilinib, daʼvogarning apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni, javobgarning apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni va birinchi instansiya sudining xususiy ajrimini bekor qilishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJ rahbari va uchinchi shaxs Dj. Sh. daʼvogarning apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni, javobgarning apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni va birinchi instansiya sudining xususiy ajrimini bekor qilishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati tarkibi taraflar vakillarining tushuntirishlarini eshitib, ishdagi mavjud hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagilarga asosan daʼvogarning va javobgarning apellatsiya shikoyatlarini qanoatlantirishni rad etishni, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori va xususiy ajrimini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlariga koʻra, daʼvogar MChJga ariza bilan murojaat qilib, MChJ taʼsischiligidan chiqishini maʼlum qilgan. Shuningdek, MChJni taʼmirlashda va faoliyati uchun oʻzi tomonidan ishlatilgan 37.500.000 soʻm ulushini, ustav fondini oshirish uchun toʻlangan 200.069.000 soʻmni, jami 237.569.000 soʻmni oʻziga toʻlab berishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJ ishtirokchilari ishtirok etgan 2022-yil 10-oktabrdagi 2-sonli umumiy yigʻilish bayonnomasiga asosan daʼvogarning MChJ taʼsischiligidan chiqish haqidagi arizasini qanoatlantirilgan va u MChJ ishtirokchilari safidan chiqarilgan, daʼvogarga MChJdagi ulushining haqiqiy qiymatini taʼsis shartnomasi va “Masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga asosan toʻlab berish hamda MChJning taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur yigʻilishda daʼvogar MChJning mol-mulkini audit tekshirish yoʻli bilan aniqlashni talab etganligi, uni MChJ ishtirokchilari safidan chiqarish masalasini kun tartibidan chiqarishni soʻraganligi, biroq yigʻilishda daʼvogarni MChJ taʼsischiligidan chiqish haqidagi arizasini qanoatlantirilib, u MChJ ishtirokchilari safidan chiqarilganligi, yigʻilishda daʼvogarning fikri eshitilmaganligi, yigʻilishning ertasi kuni 2022-yil 11-oktabrda noqonuniy qabul qilingan qaror asosida MChJ ishtirokchilarini oʻzgartirishni roʻyxatga olmaslik haqida Davlat xizmatlari markaziga ariza bilan murojaat qilganligi vajlari bilan daʼvogar sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, uchinchi shaxs sifatida D.Shni jalb qilgan holda javobgar MChJga nisbatan “EMS” MChJ ishtirokchilarining 2022-yil 10-oktabrdagi P.O.Ani ishtirokchilar safidan chiqarish toʻgʻrisidagi umumiy yigʻilish qarorini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni birinchi instansiya sudida koʻrish jarayonida javobgar MChJ direktori sudga maxsus daʼvo muddatini qoʻllash toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilib, nizolashilayotgan MChJ ishtirokchilarining umumiy yigʻilish qarori 2022-yil 10-oktabrda qabul qilinganligi, mazkur yigʻilishda daʼvogar shaxsan ishtirok etganligi, “Masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 41-moddasida, agar jamiyat ishtirokchisi shikoyatga sabab boʻlgan qarorni qabul qilgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida ishtirok etgan boʻlsa, mazkur ariza shunday qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran ikki oy ichida berilishi mumkinligi belgilanganligi, daʼvogar ushbu ikki oylik daʼvo muddatini oʻtkazib yuborgan holda sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilganligi sababli daʼvo talabini qanoatlantirishni rad etishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, daʼvogar daʼvo arizasi bilan birga daʼvo muddatini tiklash haqida iltimosnomasini sudga taqdim etgan boʻlib, unga koʻra daʼvogar oʻtkir yuqumli kasallik bilan kasallanib, davolanganligi sababli oʻz vaqtida sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilmaganligi uchun daʼvo muddatini tiklashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FKning 150-moddasiga asosan, umumiy daʼvo muddati — uch yil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FKning 153-moddasiga koʻra, buzilgan huquqni himoya qilish talabi daʼvo muddatining oʻtganligidan qatʼi nazar, sudda koʻrib chiqish uchun qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo muddati sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sud qaror chiqargunicha bergan arizasiga muvofiq qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻllanish toʻgʻrisida nizodagi taraf bayon qilgan daʼvo muddatining oʻtishi sudning daʼvoni rad etish haqida qaror chiqarishi uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FKning 154-moddasiga asosan, daʼvo muddati shaxs oʻzining huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan oʻta boshlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FKning 151-moddasiga koʻra, ayrim turdagi talablar uchun qonun hujjatlarida umumiy daʼvo muddatiga qaraganda qisqartirilgan yoki uzaytirilgan maxsus daʼvo muddatlari belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qonunda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, FK 152 — 162-moddalarining qoidalari maxsus daʼvo muddatlariga ham joriy qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining daʼvo muddatiga oid normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 282-sonli qarorining 10-bandi ikkinchi xatboshisiga koʻra, daʼvo muddati oʻtganligi sababli daʼvo rad qilingan taqdirda, sud hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida nizodagi taraf daʼvo muddatini qoʻllash haqida ariza berganligini bayon qilishi va ushbu muddat oʻtganligini asoslashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Plenum qarorining 11-bandiga asosan, FK 154-moddasining birinchi qismiga koʻra, daʼvo muddati shaxs oʻzining huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan oʻta boshlaydi. Bu qoidadan istisnolar FK va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning uchun bildirilgan talab boʻyicha daʼvo muddatini hisoblashda shaxs oʻzining huquqi buzilganligini qachon bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kunni aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 41-moddasi birinchi qismiga asosan, jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari, jamiyatning ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok etmagan yoki bahsli qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat ishtirokchisining arizasiga koʻra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday ariza jamiyat ishtirokchisi qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan eʼtiboran ikki oy ichida berilishi mumkin. Agar jamiyat ishtirokchisi shikoyatga sabab boʻlgan qarorni qabul qilgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida ishtirok etgan boʻlsa, mazkur ariza shunday qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran ikki oy ichida berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizolashilayotgan MChJ ishtirokchilarining umumiy yigʻilish qarori 2022-yil 10-oktabrda qabul qilingan boʻlib, mazkur yigʻilishda daʼvogar shaxsan ishtirok etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dyemak, daʼvogar 2022-yil 10-oktabrdagi MChJ ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida shaxsan ishtirok etganligi, ertasi kuni 2022-yil 11-oktabrda Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilib, mazkur umumiy yigʻilish qarori boʻyicha MChJ ishtirokchilaridagi oʻzgarishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazmaslikni soʻraganligi sababli ikki oylik daʼvo muddati 2022-yil 10-dekabrda tugagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, daʼvogar tomonidan daʼvo arizasi 2022-yil 23-dekabrda sudga topshirilgan. Mazkur holatda daʼvogar tomonidan ikki oylik daʼvo muddati oʻtkazib yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar daʼvo arizasi bilan birga daʼvo muddatini tiklash haqida iltimosnomasini sudga taqdim etgan boʻlib, unga koʻra daʼvogar oʻtkir yuqumli kasallik bilan kasallanib, davolanganligi sababli oʻz vaqtida sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilmaganligi uchun daʼvo muddatini tiklashni soʻragan va iltimosnomaga “Medlook” tibbiyot markazining 2022-yil 24-noyabrdagi xulosasi va 2022-yil 13-dekabrdagi tashxis natijasini ilova qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi tomonidan nizolashilayotgan MChJ ishtirokchilarining umumiy yigʻilish qarori 2022-yil 10-oktabrda qabul qilinganligi, daʼvogar vaj sifatida keltirgan kasallik bilan ogʻriganlik holatini tasdiqlovchi hujjat 2022-yil 24-noyabrda rasmiylashtirilganligi, daʼvogarning kasallanish davri qaror qabul qilingan kundan bir oydan ortiqroq vaqt oʻtgandan soʻng boʻlganligi, bunday holatda daʼvogar tomonidan muddatning oʻtkazib yuborilishi uzrli deb topilishi mumkin emas deb hisoblab, javobgarning daʼvo muddatini qoʻllash haqidagi arizasini qanoatlantirib, daʼvo muddatini qoʻllagan holda daʼvoni qanoatlantirishni rad qilishni lozim topgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarning apellatsiya shikoyatida daʼvo muddatining oʻtkazib yuborilganligi sabablari daʼvogarning iltimosnomasiga asosan sud tomonidan uzrli deb topilib, FKning 159-moddasiga muvofiq tiklanishi mumkinligi, daʼvogar nizolashilayotgan umumiy yigʻilish qarorini 2022-yil 11-oktabrda emas, balki 2022-yil 17-oktabrda olganligi, daʼvogar 2022-yil 24-noyabrdan 2022-yil 13-dekabrga qadar oʻtkir yuqumli kasallik bilan tibbiyot markazida davolanganligini birinchi instansiya sudi inobatga olmaganligi haqida vaj keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati daʼvogarning apellatsiya shikoyatidagi ushbu vajlari bilan quyidagilarga asosan kelishmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining daʼvo muddatiga oid normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 282-sonli qarori 20.2-bandining ikkinchi xatboshisiga koʻra, sudlar shuni eʼtiborga olishlari lozimki, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 41-moddasida belgilangan ikki oylik muddat maxsus daʼvo muddati hisoblanadi va u sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sudning hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar bergan arizasiga muvofiq qoʻllaniladi. Ushbu muddatning oʻtkazib yuborilganligi sabablari daʼvogarning iltimosnomasiga asosan sud tomonidan uzrli deb topilib, FKning 159-moddasiga muvofiq tiklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FKning 159-moddasiga asosan, basharti, sud daʼvo muddatining oʻtkazib yuborilganligi sababini uzrli deb topsa, buzilgan huquq himoya qilinishi kerak. Daʼvo muddatini oʻtkazib yuborish sabablari daʼvo muddatining oxirgi olti oyida, bu muddat olti oyga teng yoki olti oydan kam boʻlsa, daʼvo muddatida yuz bergan boʻlsa, ular uzrli deb hisoblanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, daʼvogar MChJga ariza bilan murojaat qilib, MChJ taʼsischiligidan chiqishini maʼlum qilgan. Shunga asosan MChJ ishtirokchilari ishtirok etgan 2022-yil 10-oktabrdagi 2-sonli umumiy yigʻilish bayonnomasiga asosan daʼvogarning MChJ taʼsischiligidan chiqish haqidagi arizasini qanoatlantirilgan va u MChJ ishtirokchilari safidan chiqarilgan, daʼvogarga MChJdagi ulushining haqiqiy qiymatini taʼsis shartnomasi va “Masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga asosan toʻlab berish hamda MChJning taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda MChJ ishtirokchilarining 2022-yil 10-oktabrdagi daʼvogarni oʻz arizasiga asosan MChJ ishtirokchilari safidan chiqarish toʻgʻrisidagi umumiy yigʻilish qarori bilan daʼvogarning huquqlari buzilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunki, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 8-moddasi birinchi qismiga asosan, jamiyat ishtirokchilari jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligidan qatʼi nazar ushbu Qonunda va jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda istalgan vaqtda jamiyatdan chiqishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, daʼvogar MChJdagi ulushining haqiqiy qiymati toʻlanmaganligi haqida vaj keltirgan boʻlsada, MChJ ishtirokchilari ishtirok etgan 2022-yil 10-oktabrdagi 2-sonli umumiy yigʻilish bayonnomasiga asosan daʼvogarga MChJdagi ulushining haqiqiy qiymatini taʼsis shartnomasi va “Masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga asosan toʻlab berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga asosan sudlov hayʼati FKning 159-moddasida basharti, sud daʼvo muddatining oʻtkazib yuborilganligi sababini uzrli deb topsa, buzilgan huquq himoya qilinishi kerakligi belgilanganligi, biroq mazkur holatda MChJ ishtirokchilarining 2022-yil 10-oktabrdagi daʼvogarni oʻz arizasiga asosan ishtirokchilar safidan chiqarish toʻgʻrisidagi umumiy yigʻilish qarori bilan daʼvogarning huquqlari buzilmaganligi sababli birinchi instansiya sudi tomonidan javobgarning daʼvo muddatini qoʻllash haqidagi arizasini qanoatlantirib, daʼvo muddatini qoʻllagan holda daʼvoni qanoatlantirishni rad qilish haqida asosli xulosaga kelingan deb hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli sudlov hayʼati daʼvogarning apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni va hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, birinchi instansiya sudi tomonidan 2023-yil 16-yanvarda xususiy ajrim chiqarilib, daʼvogarning 2022-yil 10-oktabrdagi P.O.Ani ishtirokchilar safidan chiqarish toʻgʻrisidagi umumiy yigʻilish qarorini olganda uni qalbakilashtirilganligi holatlari aniqlanganligi haqidagi vajlarini tekshirish uchun Toshkent shahar prokuroriga xabar berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu xususiy ajrimdan norozi boʻlib javobgar apellatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan boʻlib, shikoyatda birinchi instansiya sudi tomonidan ish mazmunan koʻrib chiqilmasdan, ish hujjatlari oʻrganilmasdan, daʼvo muddati qoʻllanilgan holda daʼvo arizasini qanoatlantirish rad etilgan boʻlsada, qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida xususiy ajrim chiqarilganligi, xususiy ajrim chiqarish toʻgʻrisida taraflar iltimosnoma bermaganligi, bunday holatda sudya oʻzining vakolatlari doirasidan chiqqanligi maʼlum qilinib, birinchi instansiya sudining xususiy ajrimini bekor qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 200-moddasining beshinchi qismiga asosan, agar sud nizoni koʻrayotganida shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa, u jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun bu haqda prokurorga tegishli materiallarni ilova qilgan holda xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda birinchi instansiya sudi tomonidan daʼvogarni ishtirokchilar safidan chiqarish toʻgʻrisidagi umumiy yigʻilish qarorini olganda uni qalbakilashtirilganligi holatlari aniqlanganligi haqidagi vajlarini tekshirish uchun IPK 200-moddasining beshinchi qismiga asosan xususiy ajrim chiqarilgan boʻlib, mazkur holatda sud tomonidan protsessual huquq normalari buzilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli sudlov hayʼati birinchi instansiya sudining xususiy ajrimini oʻzgarishsiz qoldirishni, javobgarning apellatsiya shikoyatini esa qanoatlantirishni rad etishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 279-moddasiga koʻra, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ish uchun ahamiyatli holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda hal qiluv qarori va xususiy ajrim moddiy va protsessual huquq normalari asosida qabul qilingan hamda ularni bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun asoslar mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlardan kelib chiqib, sudlov hayʼati tarkibi apellatsiya shikoyatlarini qanoatlantirishni rad etishni, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori va xususiy ajrimini oʻzgarishsiz qoldirishni hamda ishni apellatsiya instansiyasi sudida koʻrish bilan bogʻliq oldindan toʻlangan sud xarajatlarni taraflar zimmasida qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 118, 278 — 280-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati tarkibi qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
P.O.A va “EMS” MChJ tomonidan berilgan apellatsiya shikoyatlarini qanoatlantirish rad etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 16-yanvardagi hal qiluv qarori va xususiy ajrimi oʻzgarishsiz qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya shikoyati uchun oldindan toʻlangan sud xarajatlari taraflarning zimmasida qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror qabul qilingan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga bir yil ichida kassatsiya shikoyati berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi M. SAIDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari R. RAShIDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
M. ERGAShEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 13-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1001-2220/71314-son