09.03.2023 yildagi 4-20-2209/28-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOShKENT ShAHAR SUDINING IQTISODIY IShLAR BOʻYIChA SUDLOV HAYʼATI APELLATSIYA INSTANSIYASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-20-2209/28-sonli iqtisodiy ish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati sudya B.Sayfullayevning raisligida, hayʼat aʼzolari sudyalar I.Tadjiyev va R.Sagatovdan iborat tarkibda, Z.Qodirovning kotibligida, sud majlisini videokonferensaloqa rejimida koʻrishda koʻmaklashayotgan Buxoro viloyat sudi xodimi A.S, daʼvogar vakili D.A (2022-yil 10-iyundagi ishonchnoma asosida), “M. Q. D.” masʼuliyati cheklangan jamiyati vakillari U.H (2023-yil 4-yanvardagi 3-sonli ishonchnoma asosida), I.Sh (2023-yil 1-martdagi 4-sonli ishonchnoma asosida)ning ishtirokida, “I-C. D. L.” (AQSh) kompaniyasining “M. Q. D.” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga nisbatan MChJ taʼsischilarining 2021-yil 22-fevraldagi 22/02-2021-sonli navbatdan tashqari umumiy yigʻilish bayonnomasini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi boʻyicha qabul qilingan Buxoro viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 23-avgustdagi hal qiluv qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining 2022-yil 6-dekabrdagi qarori ustidan “M. Q. D.” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan berilgan kassatsiya shikoyati asosida ishni Oliy sudning binosida videokonferensaloqa rejimida boʻlib oʻtgan ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“M. Q. D.” masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnda MChJ yoki jamiyat deb yuritiladi) taʼsischilarining 2019-yil 20-dekabrdagi taʼsis shartnomasi va jamiyatning yangi tahrirdagi ustaviga koʻra, uning ustav fondi ishtirokchilar oʻrtasida quyidagicha taqsimlangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“I-C. D. L” (AQSh) kompaniyasi (bundan buyon matnda daʼvogar deb yuritiladi)ning ulushi 4 491 000 soʻm yoki 49,9 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
L. B. B. ulushi 900 000 soʻm yoki 10 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B. A. A. ulushi 1 017 000 soʻm yoki 11,3 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Y. R. A. ulushi 675 000 soʻm yoki 7,5 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
K. M. X. ulushi 1 917 000 soʻm yoki 21,3 foiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJ taʼsischilarining navbatdan tashqari 2021-yil 22-fevraldagi umumiy yigʻilishida jamiyat faoliyatiga oid quyidagi oltita masala boʻyicha qaror qabul qilingan (bayonnomaga 22/02-2021-raqam qoʻyilgan). Jumladan, jamiyatning ustav fondini ishtirokchilar oʻrtasida taqsimlash: bunda daʼvogarning ulushi 4 491 000 soʻm yoki 49,9 foiz, L. B. B. ulushi 900 000 soʻm yoki 10 foiz, B. A. A.g ulushi 1 354 500 soʻm yoki 15,05 foiz, K. M. X. ulushi 2 254 500 soʻm yoki 25,05 foiz qilib belgilangan (kun tartibidagi birinchi masala).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Z.D. MChJ direktori lavozimidan ozod qilish hamda A.B. direktor lavozimiga tasdiqlash (kun tartibidagi ikkinchi masala).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat direktori A.B. bilan mehnat shartnomasini tuzish (kun tartibidagi uchinchi masala).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilari tarkibi hamda ishtirokchilar ulushlari miqdori oʻzgarganligi sababli MChJ Ustavi hamda taʼsis shartnomasini yangi tahrirda tasdiqlash (kun tartibidagi toʻrtinchi masala).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchilar tarkibi hamda ishtirokchilar ulushlari miqdori oʻzgarganligi munosabati bilan jamiyatning taʼsis hujjatlarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish va ushbu vazifani amalga oshirishni jamiyat direktori zimmasiga yuklash (kun tartibidagi beshinchi masala).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat direktori zimmasiga bankdan olingan kreditni qaytarish muddatlarini uzaytirish va bank kreditlari foizlarini kamaytirish choralarini koʻrish boʻyicha vazifalarni yuklash (kun tartibidagi oltinchi masala).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar MChJ taʼsischilarining umumiy yigʻilishi uni (daʼvogarni) xabardor qilmasdan oʻtkazilganligi, yigʻilish oʻtkazish va qaror qabul qilishda qonun talablari buzilganligini asos qilib, MChJga nisbatan sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilgan hamda MChJ taʼsischilarining 2021-yil 22-fevraldagi 22/02-2021-sonli navbatdan tashqari umumiy yigʻilish bayonnomasini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar, daʼvogar daʼvo predmetiga oʻzgartirish kiritish haqidagi ariza bilan murojaat qilib, MChJ taʼsischilarining 2021-yil 22-fevraldagi 22/02-2021-sonli navbatdan tashqari umumiy yigʻilish bayonnomasi asosida qabul qilingan qarorni haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2022-yil 9-avgustdagi ajrimi bilan ishga MChJ taʼsischilari B. A. A., K. M.X. va Y. R. A. hamda Davlat xizmatlari agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi huquqiy vorisi Buxoro viloyat adliya boshqarmasi nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida jalb etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2022-yil 23-avgustdagi hal qiluv qarori bilan kompaniyaning daʼvo muddatini tiklash hamda MChJning daʼvo muddatini qoʻllash haqidagi arizalarini qanoatlantirish rad etilgan. Daʼvo talabi qanoatlantirilib, MChJ taʼsischilarining 2021-yil 22-fevraldagi 22/02-2021-sonli navbatdan tashqari umumiy yigʻilish qarori haqiqiy emas deb topilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining 2022-yil 6-dekabrdagi qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJning kassatsiya shikoyatida sud qarorlarini bekor qilib, daʼvoni qanoatlantirishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilish soʻralgan. Bunga asos qilib, ish hujjatlarida MChJning 2019-yil 28-dekabrdagi ustavi mavjud boʻlib, uning 10.4-bandida jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilish tomonidan qarorlar koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinishi belgilanganligi, dyemak, jamiyat direktorini tayinlash masalasida umumiy yigʻilish tomonidan qonuniy qaror qabul qilinganligi, ish hujjatlarida daʼvogarga umumiy yigʻilish bayonnomasini yuborilganligini tasdiqlovchi 2021-yil 1-martdagi pochta kvitansiyasi mavjud boʻlib, sud daʼvo muddati oʻtganligini asos qilish uchun ushbu dalilga eʼtibor bermaganligi, jamiyat direktori A.B. 2021-yil 3-avgustdagi 212-sonli daʼvo arizasini daʼvogarning pochta manziliga yuborganligi, daʼvogar tomonidan 2021-yil 21-sentabrda javob olinganligi, bu esa daʼvogar A.B. direktor ekanligidan 2021-yil avgust oyida xabardor boʻlganligi, ish hujjatlarida 2022-yil 28-yanvarda A.B. jamiyat direktori hamda taʼsischisi sifatida imzolagan hujjat mavjud boʻlib, ushbu hujjat daʼvogarning ishonchnomasi asosida harakat qilgan A.N. tomonidan ham imzolanganligi, ushbu dalil ham daʼvogar A.B. MChJ rahbari ekanligidan xabardor boʻlganligini tasdiqlashi, daʼvogar MChJ direktori A.B. ekanligini bilganligi, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonun (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) 41-moddasining birinchi qismida jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari, jamiyatning ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok etmagan yoki bahsli qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat ishtirokchisining arizasiga koʻra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkinligi, bunday ariza jamiyat ishtirokchisi qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan eʼtiboran ikki oy ichida berilishi mumkinligi belgilanganligi, MChJga yangi direktor tayinlanganligini daʼvogar bilishi lozim boʻlganligi, bu haqdagi maʼlumot soliq organi hamda boshqa ochiq maʼlumotlar manbalarida mavjudligi, Qonun 41-moddasining ikkinchi qismida sud ishning barcha holatlarini hisobga olgan holda, agar ariza bergan jamiyat ishtirokchisining ovozi ovoz berish natijalariga taʼsir koʻrsata olishi mumkin boʻlmasa va (yoki) yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarlik jiddiy boʻlmasa va (yoki) qaror jamiyatning ana shu ishtirokchisiga zarar yetkazmagan boʻlsa, shikoyatga sabab boʻlgan qarorni oʻz kuchida qoldirishga haqli ekanligi belgilanganligi, mazkur holatda daʼvogar MChJ ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida qatnashgan taqdirda ham, jamiyat direktorini tayinlash masalasida uning ovozi ahamiyatga ega boʻlmasligi, umumiy yigʻilishda daʼvogar vakili ishtirok etmagan boʻlsa-da, apellatsiya instansiyasi sudi qarorida umumiy yigʻilishda daʼvogar vakili A.N. ishtirok etganligi, shuningdek “30 kunlik muddatda kompaniyaning AQShdagi manziliga oddiy buyurtma xat orqali amalda xabardor qilish imkoni mavjud emas, ushbu holda MChJ tomonidan umumiy yigʻilishni chaqirish tartibi buzilgan” deb koʻrsatilganligi, mazkur holatda sud moddiy huquq normasini notoʻgʻri qoʻllaganligi haqida vajlar keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan MChJ vakillari shikoyatda koʻrsatilgan vajlarni takrorlab, uni qanoatlantirishni soʻrashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan daʼvogar vakili kassatsiya shikoyati asossiz ekanligini bildirib, uni qanoatlantirishni rad etishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisi vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tartibda xabardor qilingan uchinchi shaxslar sud majlisida oʻz vakili ishtirokini taʼminlamadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 297-moddasining toʻrtinchi qismiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan, kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati joyida maslahatlashib, ishni ular vakilining ishtirokisiz koʻrib chiqish mumkinligi haqida xulosaga keldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati taraflar vakillarining tushuntirishlarini tinglab, shikoyatda keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra sud hujjatlarini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJ taʼsischilarining navbatdan tashqari oʻtkazilgan 2021-yil 22-fevraldagi umumiy yigʻilishida jamiyat faoliyatiga oid yuqorida qayd etilgan oltita masala boʻyicha qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun 30-moddasining birinchi qismiga koʻra, jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining vakolatlari jamiyatning ustavi bilan ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun 33-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga koʻra, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini chaqiruvchi organ yoki shaxslar uni oʻtkazishdan kamida oʻttiz kun oldin bu haqda jamiyatning har bir ishtirokchisini jamiyat ishtirokchilarining roʻyxatida koʻrsatilgan manzil boʻyicha buyurtma xat bilan yoki jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boshqa usulda xabardor qilishi shart. Xabarnomada jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan vaqt va joy, shuningdek taklif qilinayotgan kun tartibi koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati quyi instansiya sudlarining daʼvogar jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi haqida tegishli tartibda xabardor qilinmaganligi haqidagi xulosalari bilan kelishadi. Chunki, garchi javobgar tomonidan sudga 2021-yil 19-yanvardagi 19/1-sonli xabarnomani va ushbu xabarnoma yuborilganligini tasdiqlovchi dalil sifatida pochta kvitansiyasini taqdim qilgan boʻlsa-da, ushbu pochta joʻnatmasi bilan daʼvogarga aynan navbatdan tashqari umumiy yigʻilish haqida xabarnoma yuborilganligi tasdiqlab berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun 33-moddasining sakkizinchi qismiga koʻra, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini chaqirishning ushbu moddada belgilangan tartibi buzilgan taqdirda, agar bunday umumiy yigʻilishda jamiyatning barcha ishtirokchilari ishtirok etayotgan boʻlsa, u vakolatli deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJ ishtirokchilarining navbatdan tashqari yigʻilishi haqida daʼvogar tegishli tartibda xabardor qilinmagan va u yigʻilishda ishtirok etmagan. Bu esa ushbu yigʻilishni vakolatli deb eʼtirof etib boʻlmasligi haqida xulosani beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida qayd etilganidek, Qonun 41-moddasining birinchi qismiga koʻra, jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari, jamiyatning ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok etmagan yoki bahsli qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat ishtirokchisining arizasiga koʻra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday ariza jamiyat ishtirokchisi qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan eʼtiboran ikki oy ichida berilishi mumkin. Agar jamiyat ishtirokchisi shikoyatga sabab boʻlgan qarorni qabul qilgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida ishtirok etgan boʻlsa, mazkur ariza shunday qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran ikki oy ichida berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati MChJning daʼvogar umumiy yigʻilish haqida xabardor boʻlgan va u sudga bunday talab bilan murojaat etishning qonunda belgilangan ikki oylik muddatni oʻtkazib yuborganligi toʻgʻrisidagi vaji bilan kelisha olmaydi. Chunki, birinchidan MChJ yuqorida qayd etilgan asosga koʻra ishtirokchilarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi haqida tegishli tartibda xabardor qilinganligini isbotlab bermagan. MChJning nizoli yigʻilish qarori nusxasi daʼvogarga 2022-yil 1-martda pochta orqali yuborilganligi toʻgʻrisidagi vajini ham inobatga olib boʻlmaydi. Chunki, ushbu kvitansiya orqali daʼvogarga aynan ushbu yigʻilish qarori yuborilganligi ham javobgar tomonidan isbotlab berilmagan. Ikkinchidan, daʼvogarning vakili A.N. 2022-yil 28-noyabrda bankda oʻtkazilgan uchrashuvda ishtirok etib, ushbu uchrashuv bayonnomasini imzolaganligi, mazkur bayonnomani MChJ rahbari sifatida A.B. imzolaganligi, xuddi shuningdek daʼvogarga yuborilgan daʼvo arizasini ham A.B. imzolaganligi, yaʼni daʼvogar A.B. MChJ rahbari etib tayinlanganligini bilganligi yoki umumiy yigʻilish oʻtkazilganligi haqida bilishi lozim boʻlganligi toʻgʻrisidagi MChJning vajlari ham toʻliq isbotlanmagan deb hisoblaydi. Qanday hujjat boʻlishidan qatʼiy nazar uni MChJ rahbari sifatida A.B. imzolaganligi MChJ ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilish oʻtkazilganligini va bu haqda daʼvogar bilishi lozim boʻlganligini anglatmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun 41-moddasining birinchi qismida jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari, jamiyatning ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok etmagan yoki bahsli qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat ishtirokchisining arizasiga koʻra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday ariza jamiyat ishtirokchisi qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan eʼtiboran ikki oy ichida berilishi mumkin. Agar jamiyat ishtirokchisi shikoyatga sabab boʻlgan qarorni qabul qilgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida ishtirok etgan boʻlsa, mazkur ariza shunday qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran ikki oy ichida berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda daʼvogar MChJ ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi haqida qonunda belgilangan tartibda xabardor qilinmagan va MChJ daʼvogarning ushbu yigʻilish qarori qabul qilinganligi haqida xabardor boʻlganligini isbotlab bermagan. Shuning uchun MChJning daʼvogar mazkur talab boʻyicha daʼvo muddatini oʻtkazib yuborganligi toʻgʻrisidagi vaji asossiz hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati umumiy yigʻilishda daʼvogar vakili ishtirok etmagan boʻlsa-da, apellatsiya instansiyasi sudi qarorida umumiy yigʻilishda daʼvogar vakili A.N. ishtirok etganligi, shuningdek “30 kunlik muddatda kompaniyaning AQShdagi manziliga oddiy buyurtma xat orqali amalda xabardor qilish imkoni mavjud emas, ushbu holda MChJ tomonidan umumiy yigʻilishni chaqirish tartibi buzilgan” deb koʻrsatilganligi, mazkur holatda sud moddiy huquq normasini notoʻgʻri qoʻllaganligi haqida vajlari sud qarorlarini bekor qilish uchun asos boʻla olmaydi deb hisoblaydi. Chunki, apellatsiya instansiyasi sudi qarorida umumiy yigʻilishda daʼvogar vakili A.N. ishtirok etganligi koʻrsatilmagan, ushbu qarorda “umumiy yigʻilish bayonnomasida koʻrsatilgan kompaniya vakili A.N. berilgan 2020-yil 9-iyuldagi ishonchnoma huquqiy kuchga ega emas” deb koʻrsatilgan. MChJ ishtirokchilarining umumiy yigʻilish qarorining kirish qismida navbatdan tashqari yigʻilish haqida daʼvogar hamda uning vakili A.N. (2020-yil 9-iyuldagi ishonchnoma asosida) bir oy oldin xabardor qilinganligi, biroq daʼvogardan vakil ishtirok etmaganligi va ishtirok etmaslik haqida xabar ham bermaganligi qayd etilgan. Yaʼni, apellatsiya instansiyasi sudi qarorida ushbu holat aks ettirilgan. Sud qarorida “30 kunlik muddatda kompaniyaning AQShdagi manziliga oddiy buyurtma xat orqali amalda xabardor qilish imkoni mavjud emas, ushbu holda MChJ tomonidan umumiy yigʻilishni chaqirish tartibi buzilgan” deb koʻrsatilganligi esa mazkur holatda ahamiyatga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 302-moddasining birinchi qismiga koʻra, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun ish uchun ahamiyatli holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi, sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi, hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi, moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi asos boʻladi. Mazkur holatda bunday asoslar mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon qilinganlarga asosan sudlov hayʼati, sud hujjatlarini oʻzgarishsiz, MChJning kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirilmasdan qoldirishni, ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish bilan bogʻliq oldindan toʻlangan sud xarajatlarini MChJning zimmasida qoldirib, undan sud majlisini videokonferensaloqa rejimida koʻrish bilan bogʻliq 75 000 soʻm sud xarajatlarini undirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 118, 301-303-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 23-avgustdagi hal qiluv qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining 2022-yil 6-dekabrdagi qarori oʻzgarishsiz, “M. Q. D.” masʼuliyati cheklangan jamiyatining kassatsiya shikoyati qanoatlantirmasdan qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“M.Q.D.” masʼuliyati cheklangan jamiyatidan Oliy sudning depozit hisob raqamiga ishni videokonferensaloqa rejimida koʻrish bilan bogʻliq 75 000 soʻm sud xarajatlari undirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro varaqasi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi: B. SAYFULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari: I. TADJIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
R. SAGATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 9-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-20-2209/28-son