01.03.2023 yildagi 4-1001-2205/50288-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOShKENT ShAHAR SUDINING IQTISODIY IShLAR BOʻYIChA SUDLOV HAYʼATI APELLATSIYA INSTANSIYASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AJRIMI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1001-2205/50288-sonli iqtisodiy ish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati R. Rashidov raisligida, hayʼat aʼzolari M. Ergashev hamda J. Xusainovdan iborat tarkibda, sudya katta yordamchisi G. Samatovaning kotibaligida, “K.K” MChJ taʼsischisi D.N.Gʻ va uning vakili advokat A.O (2023-yil 26-yanvardagi 139-sonli order asosida), taʼsischisi K.Z.Aning vakili advokat D.U (2022-yil 25-oktabrdagi 25-sonli order va ishonchnoma asosida) ishtirokida, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 6-dekabrdagi hal qiluv qarori ustidan jamiyat taʼsischisi K.Z.A tomonidan berilgan apellatsiya shikoyatini ish hujjatlari bilan birga Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati joylashgan binoda ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“K.K” MChJ taʼsischisi D.N.Gʻ (bundan buyon matnda daʼvogar deb yuritiladi) Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo ariza bilan murojaat qilib, nizo predmetiga mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida “K.K” MChJ (bundan buyon matnda uchinchi shaxs, MChJ deb yuritiladi) jalb qilgan holda MChJ taʼsischisi K.Z.A (bundan buyon matnda javobgar deb yuritiladi)ga nisbatan “K.K” MChJning 2022-yil 19-avgustdagi 1-son taʼsischilar umumiy yigʻilishi qarorini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2022-yil 6-dekabrdagi hal qiluv qarori bilan daʼvogarning daʼvo arizasi toʻliq qanoatlantirilib, “K.K” MChJning 2022-yil 19-avgustdagi 1-son taʼsischilar umumiy yigʻilishi qarori haqiqiy emas deb topilgan va javobgar hisobidan daʼvogar foydasiga 3 000 000 soʻm davlat boji va 24 000 soʻm pochta xarajati undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur hal qiluv qaroridan norozi boʻlib javobgar tomonidan apellatsiya shikoyati keltirilgan boʻlib, unda hal qiluv qarorini bekor qilish va daʼvoni rad etish haqida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 1-fevraldagi ajrimi bilan javobgar nomidan berilgan apellatsiya shikoyati Iqtisodiy protsessual kodeksi (matnda IPK deb yuritiladi)ning 272-moddasiga asosan koʻrmasdan qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar hal qiluv qaroridan norozi boʻlib, takroran apellatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan. Shikoyatda birinchi instansiya sudi tomonidan ish holatlari toʻliq aniqlanmaganligi, jamiyatning umumiy yigʻilishlari toʻgʻrisida daʼvogar tegishli tarzda xabardor qilingan boʻlsa-da, ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlar aniqlanmaganligi deb notoʻgʻri toʻxtamga kelganligi, daʼvogar oʻzining yashash manzili oʻzgarganligi toʻgʻrisida jamiyatga maʼlum qilmaganligi, 2022-yil 18-avgustda boʻlib oʻtgan ishtirokchilarning umumiy yigʻilishida kun tartibiga qoʻyilgan masalalar va ular boʻyicha qabul qilingan qaror daʼvogarga hech qanday zarar yetkazmasligi va daʼvogarning ovozi ovoz berish natijalariga taʼsir koʻrsata olmasligi bayon qilinib, hal qiluv qarorini bekor qilish va daʼvo talabini qanoatlantirshni rad etish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan javobgar vakili muqaddam berilgan apellatsiya shikoyati apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻrmasdan qoldirilganligini, shikoyatni sudga takroran berish uchun apellatsiya instansiyasi ajrimining nusxasini olishi kerak boʻlganligini bildirib, apellatsiya shikoyatini berish muddatini oʻtkazib yuborilganligini uzrli deb topib, muddatni tiklab berishni va apellatsiya shikoyatini koʻrib chiqishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar vakili javobgarning iltimosnomasiga eʼtiroz bildirib, IPK 262-moddasining talablaridan kelib chiqib, javobgar tomonidan apellatsiya shikoyatini berish muddati ikki oydan ortiq muddatga oʻtkazib yuborilganligini maʼlum qilib, iltimosnomani qanoatlantirishni rad etishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasi vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qilingan boʻlishlariga qaramasdan, bugungi sud majlisida uchinchi shaxsdan vakillar ishtirok etishmadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (matnda IPK deb yuritiladi)ning 274-moddasining toʻrtinchi qismiga binoan apellatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan apellatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, sudlov hayʼati tarkibi apellatsiya shikoyati asosida sud hujjatining qonuniyligi masalasini uchinchi shaxs ishtirokisiz koʻrib chiqish mumkin degan xulosaga keldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati tarkibi apellatsiya shikoyatini ish hujjatlari bilan birga oʻrganib chiqib, taraflar vakilining tushuntirishlarini eshitib, quyidagilarga asosan apellatsiya shikoyati boʻyicha ish yuritishni tugatishni, apellatsiya instansiya sudi uchun toʻlangan pochta xarajatini javobgarning zimmasida qoldirishni lozim topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 262-moddasining birinchi va uchinchi qismlariga muvofiq, agar qonun hujjatlarida boshqacha muddat belgilanmagan boʻlsa, apellatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudi tomonidan shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy ichida berilishi mumkin. Apellatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddati, shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi boʻyicha apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan, agar iltimosnoma hal qiluv qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran ikki oydan kechiktirmasdan berilgan va apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati oʻtkazib yuborilishining sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan boʻlsa, tiklanishi mumkinligi belgilangan. Mazkur moddaning oltinchi qismiga muvofiq ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar, shuningdek sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmagan ishda ishtirok etuvchi shaxslar uchun ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan apellatsiya shikoyatini berish muddati ularga hal qiluv qarori qabul qilinganligi maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur ish boʻyicha hal qiluv qarori 2022-yil 6-dekabrda qabul qilingan boʻlib, ushbu sud hujjati ustidan apellatsiya shikoyati 2023-yil 5-yanvarda sudga taqdim etilgan. Toshkent shahar sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 1-fevraldagi ajrimi bilan javobgar nomidan berilgan apellatsiya shikoyati imzolanmaganligi bois IPKning 272-moddasiga asosan koʻrmasdan qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrim eʼlon qilingan sud majlisida javobgar vakili ishtirok etgan va ish natijasi toʻgʻrisida xabardor boʻlgan boʻlsa-da, apellatsiya shikoyati sudga takroran 2023-yil 10-fevralda apellatsiya shikoyatini berish muddatini oʻtkazib yuborilgan holda taqdim etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda apellatsiya shikoyati berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash toʻgʻrisida iltimosnomani berish mumkin boʻlgan qonunda belgilangan ikki oylik muddat oʻtkazilganligi sababli hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati berish muddati tiklanishi mumkin emas. Toshkent shahar sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 16-fevraldagi ajrimi bilan mazkur holatlar inobatga olinmasdan, apellatsiya shikoyati xatoga yoʻl qoʻyilgan holda ish yuritishga qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 273-moddasi birinchi qismining 1-bandiga muvofiq apellatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeksga muvofiq apellatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan ajrim ustidan berilgan va u apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi “Sudlar tomonidan iqtisodiy ishlarni apellatsiya tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi 16-sonli qarorining 7-bandiga muvofiq IPK 262-moddasi uchinchi qismiga koʻra, apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati oʻtkazib yuborilgan taqdirda, u shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasiga koʻra, apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan tiklanishi mumkin. Iltimosnomada muddat oʻtkazib yuborilishining sabablari koʻrsatilishi lozim. Bunda sudga shikoyat (protest) bilan oʻz vaqtida murojaat qilishga obyektiv ravishda toʻsqinlik qilgan holatlar uzrli sabablar deb hisoblanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 262-moddasi uchinchi qismida belgilangan ikki oylik muddat oʻtkazib yuborilganidan keyin berilgan apellatsiya shikoyatini (protestini) oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash haqidagi iltimosnoma rad etilishi, muddat buzilib berilgan apellatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilish esa, rad etilishi lozim (IPK 268-moddasi birinchi qismi 4-bandi). Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmaganda ham shikoyatni (protestni) qabul qilish shu asoslar boʻyicha rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar apellatsiya shikoyati (protesti) qonunda belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilgan va u apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yoʻl qoʻyilib qabul qilingan boʻlsa, apellatsiya shikoyati boʻyicha ish yuritish IPK 273-moddasi birinchi qismi 1-bandiga koʻra, tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga asosan, sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasi sudida javobgarning apellatsiya shikoyati boʻyicha ish yuritishni tugatishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, apellatsiya shikoyatini qabul qilish rad etilishi lozim boʻlgan holatda sud tomonidan notoʻgʻri ish yuritishga qabul qilinganligi hamda shikoyat mazmunan koʻrilmaganligi, shikoyat taqdim qilishda javobgar tomonidan muqaddam berilgan apellatsiya shikoyati uchun 2022-yil 4-yanvarda 1 500 000 soʻm toʻlov amalga oshirilganligi toʻgʻrisida toʻlov topshiriqnomasi ilova qilinganligi, ushbu davlat boji summasi esa apellatsiya instansiyasi sudining 2022-yil 1-fevraldagi ajrimi bilan javobgarning zimmasida qoldirilganligi, javobgar takroran shikoyat bilan murojaat qilganda yangidan davlat boji toʻlovini amalga oshirmaganligi, apellatsiya shikoyatini qabul qilish rad etilishi lozim boʻlgan holatda sud tomonidan notoʻgʻri ish yuritishga qabul qilinganligi hamda shikoyat mazmunan koʻrilmaganligi bois, javobgardan davlat boji summasini undirmaslikni va oldindan toʻlab chiqilgan 30 000 soʻm pochta xarajatini inobatga olib, zimmasida qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga koʻra hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 115, 118, 273-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati ajrim qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
K.Z.Aning apellatsiya shikoyati berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash toʻgʻrisida iltimosnomasini qanoatlantirish rad etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya shikoyati boʻyicha ish yuritish tugatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya shikoyatini taqdim etishda toʻlangan 30 000 soʻm pochta xarajati K.Z.A zimmasida qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrim qabul qilingan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi. Apellatsiya instansiyasi sudi ajrimi qabul qilingan kundan eʼtiboran bir yil ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga kassatsiya shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi R. RAShIDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari M. ERGAShEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
J. XUSAINOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1001-2205/50288-son