ANDIJON VILOYAT SUDI IQTISODIY IShLAR BOʻYIChA SUDLOV HAYʼATI APELLATSIYA INSTANSIYASINING
Ajrimi
4-1701-2202/5211-sonli iqtisodiy ish
Andijon viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati, Sh. Mirzayevning raisligida, sudyalar D. Ubaydullayev va U. Xolikovdan iborat tarkibda, sudya katta yordamchisi Sh. Soyibjonovaning kotibaligida, ____________________________ masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi ____________________________ masʼuliyati cheklangan jamiyati vakili _________ (ishonchnoma va advokatlik orderi asosida), ____________________________ masʼuliyati cheklangan jamiyati vakili _________ (ishonchnoma asosida)larning ishtirokida Andijon tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 21-dekabrdagi hal qiluv qaroridan norozi boʻlib, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi ____________________________ masʼuliyati cheklangan jamiyati manfaatida kiritgan apellatsiya shikoyati asosida ish hujjatlari bilan birga Andijon viloyat sudi binosida, ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
____________________________ masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi ____________________________ masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnlarda “daʼvogar” deb yuritiladi) sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, ____________________________ masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnlarda “javobgar” deb yuritiladi)dan 50 947 131 soʻm divident, 6 000 000 soʻm zarar hamda sud xarajatlarini undirishni soʻragan.
Birinchi instansiya sudining 2022-yil 21-dekabrdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilgan hamda javobgar hisobidan daʼvogar foydasiga 50 947131 soʻm divident, 6 000 000 soʻm zarar va oldindan toʻlangan 569 472 soʻm davlat boji, 24 000 soʻm pochta xarajatlari undirilgan.
Mazkur hal qiluv qaroridan norozi boʻlib, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi javobgar manfaatida kiritgan apellatsiya shikoyatida, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilish va daʼvoni rad qilish haqida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi va javobgar tomonidan sud devonxonasiga arizalar taqdim etilgan. Mazkur arizalarda apellatsiya shikoyatidan voz kechish bildirilib, apellatsiya shikoyati boʻyicha ish yuritishni tugatishni soʻragan.
Sud majlisida javobgar vakili koʻrsatma berib, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan javobgar manfaatida apellatsiya shikoyati kiritilganligini, hozirda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi va javobgar tomonidan apellatsiya shikoyatidan voz kechish haqida ariza taqdim etilganligini bildirib, arizalarni qabul qilib apellatsiya instansiyasida ish yuritishni tugatishni soʻradi.
Sud majlisida daʼvogar vakili javobgarning apellatsiya shikoyatidan voz kechishi qonun hujjatlariga xilof emasligi sababli javobgarning arizasini qanoatlantirishni soʻradi.
Sudlov hayʼati taraflar vakillarining koʻrsatmalarini tinglab, ish hujjatlarini oʻrganib, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi va javobgarning apellatsiya shikoyatidan voz kechish haqidagi arizasini muhokama qilib, apellatsiya shikoyati boʻyicha apellatsiya instansiyasida ish yuritishni tugatishni lozim topdi.
Zotan, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 275-moddasi birinchi qismiga koʻra, apellatsiya shikoyati bergan shaxs ishni koʻrish yakuni boʻyicha sud hujjati chiqarilguniga qadar undan voz kechishga haqli.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 273-moddasi birinchi qismi 4-bandida, apellatsiya shikoyati ish yuritishga qabul qilinganidan soʻng shikoyat bergan shaxs tomonidan shikoyatdan voz kechish toʻgʻrisida ariza kelib tushgan boʻlsa, apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatishi belgilangan.
Mazkur holatda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi va javobgarning apellatsiya shikoyatidan voz kechishi qonun hujjatlariga xilof emasligi, hal qiluv qarori ustidan boshqa shaxslar shikoyat qilmaganligi sababli apellatsiya instansiya sudi apellatsiya shikoyatidan voz kechishni qabul qilishni, apellatsiya shikoyati boʻyicha apellatsiya instansiyasida ish yuritishni tugatishni lozim topadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 36-sonli “Iqtisodiy ishlar boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi Qarorining 21-bandida apellatsiya shikoyatidan voz kechilganligi sababli, shikoyat koʻrmasdan qoldirilganda yoki ish yuritish tugatilganda, toʻlangan davlat boji qaytarilmasligi, agar shikoyat berishda davlat boji toʻlanmagan boʻlsa davlat boji shikoyat bergan shaxsdan undirilishi yuzasidan tushuntirish berilgan.
Sudlov hayʼati javobgarning apellatsiya shikoyatidan voz kechganligini inobatga olib, oldindan toʻlangan 30 000 soʻm pochta xarajatini javobgarning zimmasida qoldirishni, javobgar hisobidan respublika budjetiga 284 735,6 soʻm davlat boji undirishni lozim topdi.
Binobarin sudlov hayʼati, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi 195, 273, 275-moddalarini qoʻllab, ajrim qildi:
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi va ____________________________ masʼuliyati cheklangan jamiyatining apellatsiya shikoyatidan voz kechish toʻgʻrisidagi arizasi qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasining ____________________________ masʼuliyati cheklangan jamiyati manfaatida kiritgan apellatsiya shikoyati yuzasidan apellatsiya instansiyasida ish yuritish tugatilsin.
____________________________ masʼuliyati cheklangan jamiyati hisobidan respublika budjetiga 284 735,6 soʻm davlat boji undirilsin.
Oldindan toʻlangan 30 000 soʻm pochta xarajati ____________________________ masʼuliyati cheklangan jamiyati zimmasida qoldirilsin.
Ajrimdan norozi tomon Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga kassatsiya tartibida shikoyat (prokuror protest) keltirish mumkin.
Raislik qiluvchi Sh. MIRZAYEV
hayʼat aʼzolari D. UBAYDULLAYEV
U. XOLIKOV
U. XOLIKOV