TOShKENT ShAHAR SUDINING IQTISODIY IShLAR BOʻYIChA SUDLOV HAYʼATI APELLATSIYA INSTANSIYASINING
QARORI
4-1001-2202/58689-sonli iqtisodiy ish
Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati R. Rashidovning raisligida, hayʼat aʼzolari J. Xusainov va M. Ergashevdan iborat tarkibda, sudya katta yordamchisi O. Zayniyevaning kotibligida, daʼvogar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining javobgar “E” AJ hisobidan jamiyat aksiyadorlari — D. K. N foydasiga 1.023.170,16 soʻm, V. A. F foydasiga 5.286.379,16 soʻm, D. Y. Yu foydasiga 8.696.946,36 soʻm, Sh. F. K foydasiga 4.092.680,64 soʻm, A. M. S foydasiga 4.604.265,72 soʻm, A. D. Oʻ foydasiga 6.650.606,04 soʻm, A. Oʻ. Oʻ foydasiga 1.023.170,16 soʻm, F. M. X foydasiga 16.882.307,64 soʻm, A. M. K foydasiga 1.705.283,60 soʻm, T. B. N foydasiga 5.968.492,60 soʻm, A. R. P foydasiga 3.410.567,20 soʻm, Q. A. Oʻ foydasiga 9.890.644,88 soʻm, Q. M foydasiga 4.945.322,44 soʻm, Gʻ. M. S foydasiga 6.650.606,04 soʻm, X. M. Sh foydasiga 4.092.680,64 soʻm, U. D foydasiga 6.991.662,76 soʻm, Y. V. K foydasiga 24.044.498,76 soʻm, B. M. M foydasiga 7.162.191,12 soʻm, A. Y. Oʻ foydasiga 8.867.474,72 soʻm, A. M. O foydasiga 5.456.907,52 soʻm, E. T. Q foydasiga 3.240.038,84 soʻm, A. Q. M foydasiga 5.115.850,8 soʻm, A. I. S foydasiga 852.641,8 soʻm, Ch. S. A foydasiga 7.503.247,84 soʻm, F. X foydasiga 33.082.501,84 soʻm, T. A. N foydasiga 17.052.836 soʻm, T. S. N foydasiga 1.193.698,52 soʻm, F. R. R foydasiga 3.751.623,92 soʻm, K. Gʻ. Gʻ foydasiga 9.549.588,16 soʻm, A. M. I foydasiga 14.324.382,24 soʻm, P. S. S foydasiga 5.968.492,6 soʻm, Z. R foydasiga 5.286.379,16 soʻm, Sh. S. I foydasiga 10.231.701,6 soʻm, I. P. D foydasiga 6.821.134,4 soʻm, I. G. V foydasiga 28.137.179,4 soʻm, A. E. M foydasiga 3.751.623,92 soʻm, Sh. T foydasiga 10.231.701,60 soʻm, A. D. G foydasiga 6.991.662,76 soʻm va X. F. R foydasiga 306.098.406,2 soʻm dividendlarni undirish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi boʻyicha qabul qilingan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 9-yanvardagi hal qiluv qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan berilgan apellatsiya shikoyati boʻyicha ishni daʼvogar vakili J. T, javobgar vakili A. M ishtirokida Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati joylashgan binoda ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Korporativ axborotning yagona portali (www. openifo.uz) maʼlumotlariga koʻra, “E” AJ (matnda javobgar yoki AJ deb yuritiladi)da 2022-yil 8-aprelda oʻtkazilgan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida jamiyatning 2020-yil yakuni boʻyicha olgan sof foydasini taqsimlash masalasi koʻrilib, yigʻilish yakunida har bir dona oddiy aksiyalar uchun 170.528,36 soʻm miqdorida dividend eʼlon qilingan.
Shuningdek, ushbu yigʻilishda dividendlarni 2022-yil 11-apreldan boshlab 2022-yil 7-iyungacha pul mablagʻlari bilan toʻlanishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
AJ tomonidan eʼlon qilingan dividendlar qonunda belgilangan muddatlarda toʻlab berilmasligi natijasida manfaatlari himoya qilinayotgan aksiyadorlar javobgardan oʻzlariga tegishli dividendlarini undirib berishni soʻrab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, shuningdek, turli mutasaddi idora va tashkilotlarga bir necha bor murojaat qilishga majbur boʻlishayotganligi, kelib tushgan murojaatlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan jamiyatga aksiyadorlarga tegishli dividendlarni toʻlab berish yuzasidan tegishli xatlar yuborilganligi, biroq AJ tomonidan 2020-yil yakuni boʻyicha 2022-yil 8-apreldagi umumiy yigʻilishda eʼlon qilingan dividendlar qonunda belgilangan muddatlarda aksiyadorlarga toʻlab berilmaganligi vajlari bilan keltirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (matnda daʼvogar deb yuritiladi) iqtisodiy sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “E” AJ (matnda javobgar deb yuritiladi) hisobidan jamiyat aksiyadorlari — D. K. N foydasiga 1.023.170,16 soʻm, V. A. F foydasiga 5.286.379,16 soʻm, D. Y. Yu foydasiga 8.696.946,36 soʻm, Sh. F. K foydasiga 4.092.680,64 soʻm, A. M. S foydasiga 4.604.265,72 soʻm, A. D. Oʻ foydasiga 6.650.606,04 soʻm, A. Oʻ. Oʻ foydasiga 1.023.170,16 soʻm, F. M. X foydasiga 16.882.307,64 soʻm, A. M. K foydasiga 1.705.283,60 soʻm, T. B. N foydasiga 5.968.492,60 soʻm, A. R. P foydasiga 3.410.567,20 soʻm, Q. A. Oʻ foydasiga 9.890.644,88 soʻm, Q. M foydasiga 4.945.322,44 soʻm, Gʻ. M. S foydasiga 6.650.606,04 soʻm, X. M. Sh foydasiga 4.092.680,64 soʻm, U. D foydasiga 6.991.662,76 soʻm, Y. V. K foydasiga 24.044.498,76 soʻm, B. M. M foydasiga 7.162.191,12 soʻm, A. Y. Oʻ foydasiga 8.867.474,72 soʻm, A. M. O foydasiga 5.456.907,52 soʻm, E. T. Q foydasiga 3.240.038,84 soʻm, A. Q. M foydasiga 5.115.850,8 soʻm, A. I. S foydasiga 852.641,8 soʻm, Ch. S. A foydasiga 7.503.247,84 soʻm, F. X foydasiga 33.082.501,84 soʻm, T. A. N foydasiga 17.052.836 soʻm, T. S. N foydasiga 1.193.698,52 soʻm, F. R. R foydasiga 3.751.623,92 soʻm, K. Gʻ. Gʻ foydasiga 9.549.588,16 soʻm, A. M. I foydasiga 14.324.382,24 soʻm, P. S. S foydasiga 5.968.492,6 soʻm, Z. R foydasiga 5.286.379,16 soʻm, Sh. S. I foydasiga 10.231.701,6 soʻm, I. P. D foydasiga 6.821.134,4 soʻm, I. G. V foydasiga 28.137.179,4 soʻm, A. E. M foydasiga 3.751.623,92 soʻm, Sh. T foydasiga 10.231.701,60 soʻm, A. D. G foydasiga 6.991.662,76 soʻm va X. F. R foydasiga 306.098.406,2 soʻm dividendlarni undirishni soʻragan.
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 9-yanvardagi hal qiluv qarori bilan daʼvo arizasini qanoatlantirish rad etilgan.
Mazkur hal qiluv qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan berilgan apellatsiya shikoyatida birinchi instansiya sudi tomonidan qonunchilik normalariga muvofiq javobgar AJ zimmasiga eʼlon qilingan dividendlarni aksiyadorlarga toʻlash majburiyati yuklanganligi, AJning 2020, 2021-yillar mobaynidagi moliya-xoʻjalik faoliyati yuzasidan auditorlik tashkiloti boʻlgan “B I A” MChJ tomonidan ijobiy auditorlik xulosasi berilganligi, AJning Kuzatuv kengashi tomonidan AJning moliyaviy hisobotlari va auditorlik tekshiruvi xulosalari dastlabki tarzda koʻrib chiqilib, tasdiqlanganligi hamda aksiyadorlar umumiy yigʻilishiga sof foydadan dividendga mablagʻ ajratish toʻgʻrisida tavsiya berilganligi, mazkur xulosa va tavsiyalar asosida 2022-yil 8-aprelda oʻtkazilgan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida jamiyatning 2020-yil yakuni boʻyicha olgan sof foydasini taqsimlash masalasi koʻrilib, yigʻilish yakunida har bir dona oddiy aksiyalar uchun 170.528,36 soʻm miqdorida dividend eʼlon qilinganligi, ushbu yigʻilishda dividendlarni 2022-yil 11-apreldan boshlab 2022-yil 7-iyungacha pul mablagʻlari bilan toʻlanishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi, ushbu qaror hozirgi kunda bekor qilinmaganligiga eʼtibor qaratilmaganligi maʼlum qilinib, hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvo arizasini qanoatlantirish soʻralgan.
Sudlov hayʼatining 2023-yil 13-martdagi ajrimi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uning huquqiy vorisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan almashtirilgan.
Aksiyador fuqarolar bugungi sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda gibrid pochta tizimi orqali xabardor etilgan boʻlishsada, sud majlisida ishtirok etishmadi. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan keyin matnda IPK deb yuritiladi) 274-moddasining toʻrtinchi qismiga asosan, apellatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan apellatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi. Shu sababli sudlov hayʼati ishni aksiyador fuqarolar ishtirokisiz koʻrib chiqishni lozim topdi.
Sud majlisida daʼvogar vakili apellatsiya shikoyatini qoʻllab-quvvatlab, 2022-yil 8-aprelda oʻtkazilgan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida jamiyatning 2020-yil yakuni boʻyicha olgan sof foydasini taqsimlash masalasi koʻrilib, yigʻilish yakunida har bir dona oddiy aksiyalar uchun 170.528,36 soʻm miqdorida dividend eʼlon qilinganligi, ushbu yigʻilishda dividendlarni 2022-yil 11-apreldan boshlab 2022-yil 7-iyungacha pul mablagʻlari bilan toʻlanishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi, AJ tomonidan eʼlon qilingan dividendlar qonunda belgilangan muddatlarda toʻlab berilmasligi natijasida manfaatlari himoya qilinayotgan aksiyadorlar javobgardan oʻzlariga tegishli dividendlarini undirib berishni soʻrab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, shuningdek, turli mutasaddi idora va tashkilotlarga bir necha bor murojaat qilishga majbur boʻlishayotganligini maʼlum qilib, apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni soʻradi.
Javobgar vakili sudga iltimosnoma bilan murojaat qilib, AJ tomonidan 2020-yilda olgan sof foydani taqsimlashga qaratilgan 2022-yil 8-apreldagi umumiy yigʻilish qarorini qayta koʻrib chiqish boʻyicha aksiyadorlarning navbatdan tashqari yigʻilishini chaqirish boʻyicha muhokamalar olib borilayotganligi sababli mazkur yigʻilish oʻtkazilguniga qadar ish yuritishni toʻxtatib turishni soʻradi va apellatsiya shikoyatiga nisbatan eʼtiroz bildirib, dividend toʻlash haqidagi AJ umumiy yigʻilish qarorining 2.4-bandida dividendlar toʻlanadigan vaqtda jamiyatda bankrotlik belgilari mavjud boʻlsa yoki jamiyatda shunday belgilar dividendlarni toʻlash natijasida paydo boʻlsa “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 54-moddasiga asosan dividendlarni toʻlash toʻxtatib turilishi haqida qaror qabul qilinganligi, auditorlik tashkilotining 2022-yil iyun oyi holatiga va 2022-yil 1-dekabr holatiga taqdim etgan xulosasida dividendlarni toʻlash natijasida jamiyatda bankrotlik belgilari yuzaga kelishi nazarda tutilganligini bildirib, apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni soʻradi.
Sudlov hayʼati tarkibi taraflar vakillarining tushuntirishlarini eshitib, ishdagi mavjud hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagilarga asosan javobgarning ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi va daʼvogarning apellatsiya shikoyatlarini qanoatlantirishni rad etishni, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topdi.
Javobgar vakili sudga iltimosnoma bilan murojaat qilib, AJ tomonidan 2020-yilda olgan sof foydani taqsimlashga qaratilgan 2022-yil 8-apreldagi umumiy yigʻilish qarorini qayta koʻrib chiqish boʻyicha aksiyadorlarning navbatdan tashqari yigʻilishini chaqirish boʻyicha muhokamalar olib borilayotganligi sababli mazkur yigʻilish oʻtkazilguniga qadar ish yuritishni toʻxtatib turishni soʻradi.
Biroq, javobgar vakili koʻrsatgan vaj bilan IPKning 101 va 102-moddalariga asosan ish yuritishni toʻxtatib turish mumkin emasligi sababli sudlov hayʼati javobgar vakilining ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnomasini qanoatlantirishni rad etishni lozim topadi.
“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 55-moddasiga asosan, qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi investorlarning hamda qimmatli qogʻozlar egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlaydi.
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 48-moddasining ikkinchi qismida jamiyat aksiyalarning har bir turi boʻyicha eʼlon qilingan dividendlarni toʻlashi shartligi belgilab qoʻyilgan.
Mazkur Qonunning 50-moddasiga koʻra aksiyalarning har bir turi boʻyicha dividendlar toʻlash, dividendning miqdori, uni toʻlash shakli va tartibi toʻgʻrisidagi qaror jamiyat kuzatuv kengashining tavsiyasi, moliyaviy hisobotning ishonchliligi haqida auditorlik xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda, moliyaviy hisobot maʼlumotlari asosida aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
Mazkur Qonun 51-moddasiga koʻra, jamiyat tomonidan oddiy aksiyalar boʻyicha hisoblangan dividendlarni toʻlash aksiyadorlarning dividendlarni olishga boʻlgan teng huquqlariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Dividendlarni toʻlash muddati va tartibi jamiyatning ustavida yoki aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qarorida belgilanadi. Dividendlarni toʻlash muddati shunday qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oltmish kundan kech boʻlmasligi lozim.
AJ aksiyadorlarining 2022-yil 8-apreldagi umumiy yigʻilishida 2020-yil yakuni boʻyicha jamiyatda 37.038.077.000 soʻm sof foydaga erishilganligi maʼlumot uchun qabul qilinib, sof foydaning 75 foizi, yaʼni 27.778.558.258,92 soʻmini dividend toʻlovi uchun yoʻnaltirish, har bir aksiya uchun 170.528,36 soʻmdan dividend hisoblash, hisoblangan dividendlarni 2022-yil 11-apreldan boshlab 2022-yil 7-iyungacha pul mablagʻlari bilan toʻlash haqida qaror qabul qilingan.
Biroq, ushbu qarorning 2.4-bandida dividendlar toʻlanadigan paytda auditorlik tashkiloti xulosasi asosida jamiyatda bankrotlik belgilari mavjud boʻlsa yoki jamiyatda shunday belgilar dividendlarni toʻlash natijasida paydo boʻlsa “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 54-moddasiga asosan dividendlarni toʻlash toʻxtatib turilishi haqida qaror qabul qilingan.
Ish hujjatlarida mavjud boʻlgan “XB F K” auditorlik tashkilotining 2022-yil 3-iyundagi 2022-yil 1-iyun holatiga taqdim etgan auditorlik xulosasida 2020-yil yakuni boʻyicha dividendlarning toʻlanishi (2020-yil taqsimlanmagan sof foydasining 75 foizi miqdorida) korxonaning toʻlovga qobiliyatlilik darajasining yomonlashishiga, normativlarni bajarib boʻlmasligiga, shuningdek iqtisodiy tavakkalchilikning oshishiga sabab boʻlishi qayd etilib, bankrotlikni oldini olish maqsadida 2020-yil yakuni boʻyicha dividendlarni toʻlashni toʻxtatish masalasini koʻrib chiqish, bundan tashqari, birinchi navbatda 2018, 2019-yillar yakuni boʻyicha aksiyadorlar oldidagi majburiyatlarni bajarish tavsiya qilingan. Shuningdek, auditorlik xulosasida 2020-yil yakuni boʻyicha dividendlarni toʻlashni toʻxtatish masalasida qaror qabul qilinmasligi korxonaning moliyaviy resurslarining yoʻqotilishi, iqtisodiy toʻlovga qobiliyatsizligini keltirib chiqarishi va elektroenergetika boʻyicha yirik qurilish tashkilotining tugatilishiga olib kelishi mumkinligi koʻrsatilgan.
Shuningdek, “XB F K” auditorlik tashkilotining 2022-yil 22-dekabrdagi 1-dekabr holatiga taqdim etgan auditorlik xulosasida ham yuqoridagi kabi xulosalar berilgan.
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 54-moddasida jamiyat, agar dividendlar toʻlanadigan paytda jamiyatda bankrotlik belgilari mavjud boʻlsa yoki jamiyatda shunday belgilar dividendlarni toʻlash natijasida paydo boʻlsa, aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga hamda dividendlar toʻlashga haqli emasligi nazarda tutilgan.
Shu sababli birinchi instansiya sudi tomonidan daʼvogarning daʼvo talablarini asossiz deb hisoblanib, daʼvo arizasini qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi qonuniy toʻxtamga kelingan.
Apellatsiya shikoyatida qonunchilik hujjatlarida AJ zimmasiga eʼlon qilingan dividendlarni aksiyadorlarga toʻlash majburiyati yuklanganligi, AJning 2020, 2021-yillar mobaynidagi moliya-xoʻjalik faoliyati yuzasidan auditorlik tashkiloti boʻlgan “B I A” MChJ tomonidan ijobiy auditorlik xulosasi berilganligi, AJning Kuzatuv kengashi tomonidan AJning moliyaviy hisobotlari va auditorlik tekshiruvi xulosalari dastlabki tarzda koʻrib chiqilib, tasdiqlanganligi hamda aksiyadorlar umumiy yigʻilishiga sof foydadan dividendga mablagʻ ajratish toʻgʻrisida tavsiya berilganligi, mazkur xulosa va tavsiyalar asosida 2022-yil 8-aprelda oʻtkazilgan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida jamiyatning 2020-yil yakuni boʻyicha olgan sof foydasini taqsimlash masalasi koʻrilib, yigʻilish yakunida har bir dona oddiy aksiyalar uchun 170.528,36 soʻm miqdorida dividend eʼlon qilinganligi, ushbu yigʻilishda dividendlarni 2022-yil 11-apreldan boshlab 2022-yil 7-iyungacha pul mablagʻlari bilan toʻlanishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi, ushbu qaror hozirgi kunda bekor qilinmaganligi haqida vajlar keltirilgan.
Biroq, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 54-moddasida jamiyat, agar dividendlar toʻlanadigan paytda jamiyatda bankrotlik belgilari mavjud boʻlsa yoki jamiyatda shunday belgilar dividendlarni toʻlash natijasida paydo boʻlsa, aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga hamda dividendlar toʻlashga haqli emasligi nazarda tutilgan.
Ushbu holatda “B I A” MChJning auditorlik xulosasi dividendlar toʻlanadigan paytdan oldin berilgan boʻlib, dividendlar toʻlanadigan paytda “XB F K” auditorlik tashkilotining 2022-yil 3-iyundagi 2022-yil 1-iyun holatiga taqdim etgan jamiyatda dividendlarni toʻlash natijasida bankrotlik belgilari paydo boʻlishi mumkinligi haqidagi auditorlik xulosasi mavjud boʻlgan.
IPKning 279-moddasiga koʻra, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:
1) ish uchun ahamiyatli holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi;
2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi;
3) hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi;
4) moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi.
Mazkur holatda hal qiluv qarori moddiy va protsessual huquq normalari asosida qabul qilingan hamda uni bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun asoslar mavjud emas.
IPKning 118-moddasiga asosan, sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda ularning zimmasiga yuklatiladi.
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 9-moddasi birinchi qismining 12-bandiga asosan moliya organlari — barcha ishlar hamda hujjatlar boʻyicha, shuningdek alohida yuritiladigan ishlar boʻyicha sudga arizalar berganlik uchun iqtisodiy sudlarda davlat bojini toʻlashdan ozod qilinganligi sababli apellatsiya shikoyati uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligidan davlat boji undirilmaydi.
Qayd etilganlardan kelib chiqib, sudlov hayʼati tarkibi apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni hamda ishni apellatsiya instansiyasi sudida koʻrish bilan bogʻliq oldindan toʻlangan pochta xarajatlarni daʼvogar zimmasida qoldirishni lozim topadi.
Yuqoridagilarga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 118, 278 — 280-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati tarkibi qaror qildi:
“E” AJ vakilining ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnomasini qanoatlantirish rad etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining apellatsiya shikoyatini qanoatlantirish rad etilsin.
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 9-yanvardagi hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilsin.
Apellatsiya shikoyati uchun oldindan toʻlangan pochta xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining zimmasida qoldirilsin.
Qaror qabul qilingan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi.
Mazkur qaror ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga bir yil ichida kassatsiya shikoyati berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Raislik qiluvchi R. RAShIDOV
hayʼat aʼzolari J. XUSAINOV
M. ERGAShEV
Toshkent sh.,
2023-yil 23-mart,
4-1001-2202/58689-son