03.03.2023 yildagi 4-1404-2201/2899-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyat sudining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Birinchi instansiya sudida ishni koʻrgan sudya F. Yuldashev
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudida maʼruzachi sudya Sh. Mamadiyarov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati sudya Sh. Mamadiyarov raisligida, sudyalar O. Nurimov va J. Yusupovdan iborat tarkibda, sudya katta yordamchisi A. Qaxorov kotibligida, daʼvogar U.D.A.ning advokati A.N. (2023-yil 10-yanvardagi 38-sonli order asosida), javobgarlar “GAE” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari va ishtirokchisi D.A.lar ishtirokida, Tayloq tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 18-yanvardagi hal qiluv qarori ustidan daʼvogar U.D.A.ning bergan apellatsiya shikoyatini viloyat sudining binosida videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilgan ochiq sud majlisi muhokamasida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daʼvogar D.U. (matnda “daʼvogar” deb yuritiladi) Jomboy tumanlararo iqtisodiy sudiga javobgarlar “GAE” masʼuliyati cheklangan jamiyati (matnda “javobgar 1” deb yuritiladi) va ishtirokchisi D.A. (matnda “javobgar 2” deb yuritiladi)ga nisbatan daʼvo ariza bilan murojaat qilib, javobgar “GAE” MChJning 2022-yil 25-noyabrdagi 2-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jomboy tumanlararo iqtisodiy sudida kvorum boʻlmaganligi bois, ish Toyloq tumanlararo iqtisodiy sudiga koʻrish uchun oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toyloq tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 18-yanvardagi hal qiluv qarori bilan arizani qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar D.U.ning apellatsiya shikoyatida, Toyloq tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 18-yanvardagi hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvo arizani qanoatlantirish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan “daʼvogar” vakili — D.U. Rossiyaga ishlash uchun ketganligi, unga nisbatan Toshkent shahrida qoʻzgʻatilgan jinoyat ish mazkur iqtisodiy ishga aloqador emasligini, chunki jinoyat ishi fuqarolarning bergan pullarini toʻlab bermaganligidan qoʻzgʻatilganligini eʼtirof etib, apellatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarini takrorlab uni qanoatlantirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan javobgar D.A. — “javobgar 1”ga rahbarligi, tugatish toʻgʻrisidagi qarorni garovdagi mol-mulkni yuqoriroq narxda sotish uchun qabul qilganligi, chunki mol-mulki ancha past baholanganligi, jamiyatning garovga qoʻyilgan mol-mulki fuqarolik ishlari boʻyicha sudning hal qiluv qaroriga asosan kim oshdi savdosida sotilganligi, shundan keyin ham bankdan toʻlanmagan qarzi qolganligi, bank talabiga asosan Davlat xizmatlari agentligiga borib jamiyatni tiklash toʻgʻrisida qarorni yozib berganligi, sherik taʼsischisi akasi ekanligi, unga ushbu qaror qabul qilayotganligini aytmaganligi, aybini tan olishini eʼtirof etib, shikoyatni qanoatlantirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati ishda ishtirok etuvchi shaxslar vakillarining tushuntirishlarini eshitib, quyidagi asoslarga koʻra apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni, hal qiluv qarorini bekor qilib, arizani qanoatlantirish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilishni lozim topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xuddi shu tartibda jamiyatining faoliyatni tiklash toʻgʻrisida 2022-yil 25-noyabrdagi 2-sonli qarorni javobgar D.A. yakka oʻzi qabul qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Registr.stat.uz saytida yuridik shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotga koʻra, jamiyat ayni kunda yagona davlat reyestridan oʻchirilmagan, faollik holati: “Faoliyat koʻrsatmayotgan”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar D.U.ning notarial tartibda tasdiqlangan holda bergan 2022-yil 18-iyuldagi ishonchnomada, uning nomidan javobgar D.A. — hokimiyatlarda, davlat xizmatlari markazlarida, bank idoralarida, notarial idoralarida, soliq inspeksiyasida, kommunal va boshqa xizmatlar idoralarida kadastr xizmatlarida, YHHB, IIB, sud, prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qilish organlarida, harbiy boʻlimlarda, arxivlarda va boshqa tegishli davlat va nodavlat tashkilotlarda, uchinchi shaxslar oldida vakili boʻlishiga vakolat bergan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi ishonchnomada, “daʼvogar” jamiyat faoliyati yuzasidan qaror qabul qilish vakolatlarini javobgar D.A.ga bermaganligini toʻgʻri eʼtirof etgan. Biroq, moddiy huquq normalarini qoʻllashda, ish holatlariga baho berishda xatoga yoʻl qoʻygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 41-moddasi, birinchi qismiga muvofiq jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari, jamiyatning ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok etmagan yoki bahsli qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat ishtirokchisining arizasiga koʻra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday ariza jamiyat ishtirokchisi qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan eʼtiboran ikki oy ichida berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ustavining 11.1-bandiga koʻra jamiyatning oliy boshqaruv organi jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishidir. Ustavning 11.2-bandiga asosan ishtirokchilar umumiy yigʻilishda ustav kapitalidagi oʻz ulushlariga mutanosib ravishda ovozlar soniga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustavning 11.5-bandi birinchi jumlasining umumiy mazmuniga muvofiq, ustavdagi har qanday masalalar boʻyicha qarorlar ishtirokchilarning umumiy ovozlari sonining kamida 75 foiz qismidan iborat koʻpchilik ovozlar bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchilarni umumiy yigʻilishga chaqirish tartibi 11.6 va 11.7-bandlarida, ishtirokchini xabardor qilish hamda umumiy yigʻilish oʻtkazish tartibi esa 11.12-bandida koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, jamiyatni ishtirokchisi va jamiyat rahbari boʻlgan javobgar D.A. ustavda belgilangan shartlar va tartibga rioya etmasdan nizoli qarorni yakkalikda bir oʻzi 2022-yil 25-noyabrdagi 2-sonli qarorni qabul qilgan. Bu harakatlari bilan ustav va qonun talablarini buzgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lekin, birinchi instansiya sudi nima sababdan “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 41-moddasini qoʻllamaganligini asoslantirib bermasdan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi hamda moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 704-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizomining 1-bob, beshinchi bandiga asoslanib, daʼvoni qanoatlantirishni rad etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, ushbu normativ huquqiy hujjatda ham ishtirokchi (muassis)ning yakka oʻzi qaror qabul qilishga haqli ekanligi belgilanmagan. Aksincha, muassislar faoliyatni tiklashga oid qaror qabul qilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 278-moddasining 2-bandiga koʻra, apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha, hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga haqli. IPK 118-moddasiga asosan sud xarajatlari javobgar zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 118, 278 — 280-moddalariga asoslanib, sudlov hayʼati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayloq tumanlararo iqtisodiy sudining 4-1404-2201/2899-sonli iqtisodiy ishi boʻyicha 2023-yil 18-yanvardagi hal qiluv qarori bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi qaror qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar U.D.A.ning daʼvo arizasi qanoatlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GEA” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 2022-yil 25-noyabrdagi 2-sonli qarori haqiqiy emas deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GEA” masʼuliyati cheklangan jamiyatidan daʼvogar U.D.A. foydasiga oldindan toʻlangan 4 500 000 soʻm davlat boji va 54 000 soʻm pochta xarajati undirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GEA” masʼuliyati cheklangan jamiyatidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining depozit hisob raqamiga 150 000 soʻm videokonferensaloqa xarajati undirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro varaqasi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya shikoyati qanoatlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror qabul qilingan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi. Uning ustidan kassatsiya tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga shikoyat (protest) berish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi Sh. MAMADIYAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari O. NURIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
J. YUSUPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 3-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1404-2201/2899-son