Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining
Qarori
“Elektron birja savdo tizimiga oid umumiy talablari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 27-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1618-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 687-son “Tovar-xomashyo birjalarining faoliyatini tartibga solish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2006-yil 13-iyuldagi 01/20-f-q-son “Elektron birja savdo tizimiga oid umumiy talablari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1618, 2006-yil 24-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 34-35-son, 352-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais Sh. ShARAXMETOV
Toshkent sh.,
2023-yil 10-mart,
01/15-05/01-son
Kelishildi:
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. ShERMATOV
2023-yil 14-fevral
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 10/23/1618-1/0179-son)