OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING
Qarori
“16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 27-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2752-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-fevraldagi PQ-74-son “Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2015-yil 10-dekabrdagi 104 va 41-son “16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2752, 2016-yil 16-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 3-son, 27-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 17-mart,
4-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. INOYATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 16-mart,
5-son
Kelishildi:
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. MUSAYEV
2023-yil 15-mart
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2023-y., 10/23/2752-1/0169-son)