23.03.2023 yildagi PQ-99-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga maʼmuriy jarimalarni toʻlashda qoʻshimcha qulayliklar yaratish hamda sohada korrupsion omillarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga maʼmuriy jarimalarni toʻlashda qoʻshimcha qulayliklar yaratish va jarima yukini kamaytirish, qoʻllanilgan jarimalarni ijro etish tizimini yanada soddalashtirish, shuningdek, davlat organlarining aholi bilan munosabatlarida ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni va korrupsion omillarni bartaraf etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2023-yil 1-maydan boshlab maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha qoʻllanilgan jarimani ixtiyoriy toʻlash tizimi yanada soddalashtirilsin. Unga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzar unga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, oʻttiz kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur tartib sud qarorlariga asosan qoʻllaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan talablardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tegishli qonun loyihasini belgilangan tartibda kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sud va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish sohasida suiisteʼmolchiliklarning oldini olish hamda fuqaro va tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni hal etish maqsadida, belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy ijro byurosi tomonidan qoʻllaniladigan maʼmuriy jarimaning miqdori ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan yuqori boʻlishi mumkin emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy ijro byurosi nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga hamda maʼmuriy jazo qoʻllashga faqat Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, ularning oʻrinbosarlari, shuningdek, Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh prokuratura bir oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan talablardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tegishli qonun loyihasini belgilangan tartibda kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligining sudlanganlik muddatining tugallanishi va uni olib tashlash yoʻnalishida byurokratiya va sansalorlik holatlariga chek qoʻyish, shuningdek, eskirgan va zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni tubdan qisqartirish maqsadida sohaga proaktiv shakldagi davlat xizmatlarini koʻrsatish tamoyillarini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2023-yil 1-sentabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sudlanganlik muddatining oʻtib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi haqidagi maʼlumotlar Ichki ishlar vazirligining “Tezkor maʼlumotlar” yagona axborot tizimida avtomatik ravishda onlayn shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sudlanganlik muddatining oʻtib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanganligi haqidagi maʼlumotnoma sudlanganlik muddati tugagan yoki sudlanganlik olib tashlangan sananing ertasidan kechiktirmasdan tegishli shaxsning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetiga avtomatik ravishda bepul yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi Oliy sud, Bosh prokuratura va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-iyulga qadar mazkur band ijrosini taʼminlash bilan bogʻliq barcha zarur choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, jumladan “Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimida quyidagi maʼlumotlar avtomatik ravishda aks ettirilishini taʼminlash yoʻlga qoʻyilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud va Ichki ishlar vazirligining axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilish orqali sudda ixtiyoriy toʻlangan jarimalar, sud qarorlarini ijro etishda yuzaga keladigan masalalarni hal etish bilan bogʻliq materiallarning koʻrilishi haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy ijro byurosi va Ichki ishlar vazirligining axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilish orqali undirilgan jarimalar haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Probatsiya hisobi” elektron bazasi bilan “Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimini oʻzaro integratsiya qilish orqali probatsiya hisobidan ozod etilgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov, Oliy sud raisi B.D. Islamov hamda Bosh prokuror N.T. Yoʻldoshev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 23-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-99-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 07/23/99/0159-son)