Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish toʻgʻrisida”gi QL-971-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
(“Tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish toʻgʻrisida”)
(“Tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish toʻgʻrisida”)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil 15-avgustdagi 3453-IV-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi QL-971-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 28-fevral,
3001-IV-son