Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Qarori
“Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar koʻtarishlari va tashishlari mumkin boʻlgan ogʻir yuk normalarining chegarasini belgilash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 11-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1954-1]
Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi OʻRQ-798-son “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2009-yil 21-apreldagi 17/QQ va 8-son “Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar koʻtarishlari va tashishlari mumkin boʻlgan ogʻir yuk normalarining chegarasini belgilash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1954, 2009-yil 12-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 19-20-son, 242-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror 2023-yil 30-apreldan kuchga kiradi.
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 23-fevral,
63-q/q-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. INOYATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 17-fevral,
3-son
Kelishildi:
Savdo-sanoat palatasi Raisi D. VAXABOV
2023-yil 26-yanvar
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi K. RAFIKOV
2023-yil 30-yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 23-fevraldagi 63-q/q-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 17-fevraldagi 3-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar koʻtarishlari va tashishlari mumkin boʻlgan ogʻir yuk normalarining chegarasini belgilash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorda:
a) nomi va 1-bandidagi “yoshga toʻlmagan shaxslar” degan soʻzlar “yoshgacha boʻlgan xodimlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) muqaddimadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 1-songa ilova) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 12-sentabrdagi 207-son “Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi Konvensiyani hamda Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi Konvensiyani amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 37-38-son, 377-modda)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi hamda “Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi Konvensiyani (Jeneva, 1973-yil 26-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi va “Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi Konvensiyani (Jeneva, 1999-yil 17-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Nizomda:
a) nomidagi “yoshga toʻlmagan shaxslar” degan soʻzlar “yoshgacha boʻlgan xodimlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu nizom oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar koʻtarishlari va tashishlari mumkin boʻlgan ogʻir yuk normalarining chegarasini belgilaydi.”;
v) 1-banddagi “jismoniy shaxslarning” degan soʻzlar “oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g) 2-bobning nomidagi “yoshga toʻlmagan shaxslar” degan soʻzlar “yoshgacha boʻlgan xodimlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
d) 3-banddagi “shaxslar” degan soʻz “xodimlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
e) 4-banddagi “shaxslarning” degan soʻz “xodimlarning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. Ilovada:
a) ilova belgisidagi “yoshga toʻlmagan shaxslar” degan soʻzlar “yoshgacha boʻlgan xodimlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) ilovaning nomidagi “shaxslarning” degan soʻz “xodimlarning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2023-y., 10/23/1954-1/0147-son)