1-ILOVA
2-ILOVA
| 1. | Aripov Abdulla Nigmatovich | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Kengash raisi |
| 2. | Turdiyev Sodiqjon | “Nuroniy” jamgʻarmasi Respublika Boshqaruvi raisi, Kengash raisining oʻrinbosari |
| 3. | Musayev Behzod Anvarovich | kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri |
| 4. | Inoyatov Amrillo Shodiyevich | sogʻliqni saqlash vaziri |
| 5. | Nazarbekov Ozodbek Axmatovich | madaniyat va turizm vaziri |
| 6. | Umarova Xilola Oʻktamovna | maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri |
| 7. | Rafikov Qudratulla Mirsagatovich | Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi |
| 8. | Saʼdullayev Alisher Zafar oʻgʻli | yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi oʻrinbosari |
| 9. | Xolmurodov Rustam Ibragimovich | Samarqand davlat universiteti rektori |
| 10. | Abduraxmonov Qalandar Xodjayevich | G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali direktori |
| 11. | Inamova Svetlana Tursunxodjayevna | “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Boshqaruvi raisi |
| 12. | Muradov Talʼat Pardayevich | Oʻzbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi raisi |
| 13. | Melnikova Galina Vitalyevna | Oʻzbekiston xalq artisti |
| 14. | Tadjiyev Amin Xamrayevich | Mehnat faxriysi |
| 15. | Axunov Oʻktam Nabiyevich | “Nuroniy” jamgʻarmasi Andijon viloyati boʻlimi raisi |
| 16. | Xusenov Samoydin Qosimovich | “Nuroniy” jamgʻarmasi Buxoro viloyati boʻlimi raisi |
| 17. | Nusharov Norqul Bozarboyevich | “Nuroniy” jamgʻarmasi Jizzax viloyati boʻlimi raisi |
| 18. | Inoyatov Yanvar Pulatovich | Qashqadaryo viloyati hokimining faxriylar bilan ishlash boʻyicha maslahatchisi |
| 19. | Sanakulov Kuvandik | “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori |
| 20. | Najmiddinov Ikromxon Xoshimxonovich | “Nuroniy” jamgʻarmasi Namangan viloyati boʻlimi raisi |
| 21. | Axmedov Abdukarim Abduraxmonovich | Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati Kengashi raisi |
| 22. | Abdiyev Oʻtbosar Rustamovich | “Nuroniy” jamgʻarmasi Sirdaryo viloyati boʻlimi raisi |
| 23. | Nosirov Abdusamad | Mehnat faxriysi |
| 24. | Raxmanov Zakirjon | “Nuroniy” jamgʻarmasi Fargʻona viloyati boʻlimi raisi |
| 25. | Vapayev Amin | Mehnat faxriysi |
| 26. | Kalanov Rustam Abduxakimovich | “Nuroniy” jamgʻarmasi Toshkent shahar boʻlimi raisi |
| 27. | Muxitdinova Mukarram Ishanovna | Mehnat faxriysi |
| 28. | Salimov Oqil Umrzoqovich | “Ulugʻbek” fondi raisi |
| 29. | Hojimatov Minhojiddin | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari |
| 30. | Turayev Aziz Appaqovich | Mehnat faxriysi |
3-ILOVA
| T/r | Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
| I. Keksa avlod vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va yoshlar tarbiyasida nuroniylarning rolini oshirish | ||||
| 1. | Nuroniy va faxriylar, ayniqsa, oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalarning muammolarini oʻrganish va ularni hal etish. | 1. Nuroniy va faxriylarning, ayniqsa, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalarning muammolarini mahallabay muntazam oʻrganib borish; | 2023-yil mart | “Nuroniy” jamgʻarmasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, tuman (shahar) hokimliklari |
| 2. Aniqlangan muammolarni manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda hal etish choralarini koʻrish. | Yil davomida | |||
| 2. | “Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmasin” shiori ostida ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan keksalar va nuroniylar hamda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va urush orti mehnat faxriylari holidan muntazam xabar olish. | 1. Ijtimoiy himoyaga muhtoj nuroniylarning mahallalar boʻyicha roʻyxatini shakllantirish; | 2023-yil aprel | “Nuroniy” jamgʻarmasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, tuman (shahar) hokimliklari |
| 2. Roʻyxat asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj nuroniylarning holidan xabar olish va ularga koʻmaklashish. | Yil davomida | |||
| 3. | Har oyda kamida 60 nafardan kam boʻlmagan koʻrishda nuqsoni boʻlgan nogironligi boʻlgan nuroniylarni sihatgohlarda sogʻlomlashtirilishini tashkil qilish. | 1. Koʻrishda nuqsoni uchun nogironligi boʻlgan nuroniylarni roʻyxatini shakllantirish; 2. Koʻrishda nuqsoni uchun nogironligi boʻlgan shaxslar dam olishlari uchun moʻljallangan sihatgohlar bilan shartnoma tuzish; 3. “Nuroniy” jamgʻarmasi hisobidan koʻrishda nuqsoni boʻlgan nuroniylarga yoʻllanmalar sotib olib berish. | 2023-yil davomida | “Nuroniy” jamgʻarmasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati |
| 4. | Har bir hududdan 6 nafardan kar-soqov nuroniylarni yoki urush va mehnat faxriylarini “Nuroniy” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan sihatgohlarda sogʻlomlashtirish. | 1. Sihatgohda dam olish istagida boʻlgan kar-soqov nuroniylarni yoki urush va mehnat faxriylarini roʻyxatini shakllantirish; 2. Sihatgoh maʼmuriyati bilan shartnomalar tuzish; 3. Reja asosida sogʻlomlashtirishni tashkil etish. | 2023-yil davomida | “Nuroniy” jamgʻarmasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oʻzbekiston karlar jamiyati |
| 5. | Har oyda kamida bir marotaba oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan yakka yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashaydigan keksalarning holidan xabar olish. | 1. Oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashaydigan keksalarning roʻyxatini shakllantirish; | 2023-yil mart | “Nuroniy” jamgʻarmasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
| 2. Har oyda oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashaydigan keksalarni holidan xabar olish; 3. Nuroniylar ishtirokida hasharlar uyushtirib, mahalla va qabristonlarni obod qilish; 4. Yoshlardan iborat volontyorlar guruhlari tomonidan yakka yolgʻiz, himoyaga muhtoj nuroniylar xonadonlarini, tomorqalarini tartibga keltirish maqsadida yoshlar hasharlarini tashkil etish. | Yil davomida | |||
| 6. | Nuroniylarning sayohatlarini tashkil etish. | 1. Respublikamizdagi diqqatga sazovor joylarning, tarixiy shaharlar, qadimiy obidalar, ziyoratgohlar va yurtimizning soʻlim goʻshalarining roʻyxatini shakllantirish; | 2023-yil mart | “Nuroniy” jamgʻarmasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi |
| 2. Faol nuroniylarni, yolgʻiz va yakka yolgʻiz yashaydigan keksalarni diqqatga sazovor joylar, ziyoratgohlar va yurtimizning soʻlim goʻshalariga sayohatini tashkil etish | Yil davomida | |||
| 7. | Hayoti va faoliyati yoshlar uchun oʻrnak boʻladigan nuroniylarning hayot yoʻllarini hamda namuna boʻladigan yoshlarning faoliyatini oʻzida ifoda etuvchi risolalar, ilmiy-ommabop materiallar, maqolalar va kitob, kitob-albomlar tayyorlash. | 1. Hozirda hayot boʻlgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining ibratli hayoti toʻgʻrisida “Oramizdagi tirik afsonalar” nomli kitobni tayyorlash. | 2023-yil aprel | “Nuroniy” jamgʻarmasi, Yozuvchilar uyushmasi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi |
| 2. “Oramizdagi tirik afsonalar” nomli kitobni chop etish va yoshlar orasida targʻibot maqsadida foydalanish va tarqatish; 3. Zamonamiz qahramonlari faxriy pedagoglar, tibbiyot xodimlari, olimlar va fermerlar hamda faol, iqtidorli yoshlar haqida risolalar, ilmiy-ommabom materiallar, maqolalar va kitoblar yaratish. | 2023-yil aprel | |||
| 8. | Eng faol nuroniylarning yoshlar tarbiyasidagi faolligi hamda faoliyatidagi natijalari boʻyicha ularni ragʻbatlantirib borish maqsadida “Nuroniy” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan har yili uch bosqichli (tuman-viloyat-respublika) “Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” tanlovini oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash. | 1. “Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” tanlovini tuman (shahar)larda tuman bosqichini tashkil etish; | 2023-yil iyul | “Nuroniy” jamgʻarmasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Madaniyat va turizm vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar) hokimliklari |
| 2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tegishli tuman (shahar)larda oʻtkazilgan tanlovlar gʻoliblari oʻrtasida viloyat bosqichini oʻtkazish; | 2023-yil avgust | |||
| 3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻtkazilgan tanlovlar gʻoliblari oʻrtasida Respublika bosqichini oʻtkazish. | 2023-yil oktabr | |||
| 9. | Mahallalarda yoshlar, shuningdek, uyushmagan, tarbiyasi ogʻir, muammoli yoshlar va kam taʼminlangan oilalardagi yoshlar oʻrtasida, shuningdek harbiy qismlarda harbiy xizmatchilar oʻrtasida keksa avlod vakillari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tadbirlarini oʻtkazish. Keksa avlod vakillari hamda yoshlar ishtirokida olimlar, yozuvchilar, soha mutaxassislari hamda maʼnaviyat targʻibotchilarini jalb qilgan holda tarbiyaviy masalalarga bagʻishlangan amaliy konferensiya va seminarlar tashkil etish. | 1. El hurmatiga sazovor boʻlgan, mamlakat taraqqiyotiga hissa qoʻshgan taniqli insonlar, mehnat faxriylari va nuroniylar roʻyxatini shakllantirish hamda ularning namunali hayot yoʻllari toʻgʻrisida maʼlumotlar tayyorlash; 2. Uch avlod uchrashuvlarini oʻtkazish boʻyicha Namunali tartibini ishlab chiqish; | Yil davomida | “Nuroniy” jamgʻarmasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 3. Tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida tadbirlarda Oʻzbekiston Qahramonlari, El-yurt hurmati va boshqa davlat mukofotlari sohiblari, atoqli yozuvchilar, shoirlar, taniqli sanʼatkor, olim va ziyolilar, hududdagi faollar, mashhur sportchilar, hunarmandlar, fermerlar, yirik korxonalar rahbarlarining ishtirokini taʼminlash; 4. Uchrashuvni oʻtkazish uchun masʼul etib, tuman va shahar hokimlari hamda sektor rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlarini biriktirish; 5. Tadbirlarni ommaviy-axborot vositalarida yoritib borish. | Reja-grafik asosida | |||
| 10. | Nuroniylar maskanlari hamda mahalla guzarlarida keksa nuroniylar hamda yoshlar ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlarini tashkil etish | 1. Oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlarining namunaviy tartibi (ssenariysi)ni ishlab chiqish; 2. Maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlarida nuroniylar va yoshlarning ishtirokini taʼminlash; 3. Oʻtkaziladigan musobaqa reja-jadvalini ishlab chiqish va oʻtkazish. | 2023-yil davomida | “Nuroniy” jamgʻarmasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari |
| 11. | Keksalar va harbiy xizmatchilar ishtirokida yoshlar uchun harbiy — vatanparvarlik yoʻnalishidagi “Vatan tinchligiga barchamiz masʼul!”, “Oʻz uyingni oʻzing asra”, “Ogohlik — davr talabi”, “Vatan tinchligi — bebaho neʼmat!”, “Vatanga xizmat — oliy fazilat”, “Milliy armiyamiz — buyuk kelajagimiz kafolati!” mavzularida maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlar tashkil etish. | 1. Har bir mahalla kesimida tajribali, ziyoli va tashabbuskor keksa avlod vakillari hamda harbiy xizmatchilarning roʻyxatini shakllantirish. 2. Roʻyxatga kiritilgan keksalar va harbiy xizmatchilar ishtirokida mahalladagi yoshlar uchun “Vatan tinchligiga barchamiz masʼul!”, “Oʻz uyingni oʻzing asra”, “Ogohlik — davr talabi”, “Vatan tinchligi — bebaho neʼmat!”, “Vatanga xizmat — oliy fazilat”, “Milliy armiyamiz — buyuk kelajagimiz kafolati!” mavzularida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish. | 2023-yil mart | “Nuroniy” jamgʻarmasi, Mudofaa vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
| 12. | Yoshlarni milliy urf-odat va qadriyatlarga, jumladan, oila qadriyatlariga sodiq holda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishini oldini olish hamda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, diniy qadriyatlardan yoshlar tarbiyasida unumli foydalanish, yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik, diniy mutaassiblikni oldini olish maqsadida “Jaholatga qarshi maʼrifat” gʻoyasi asosida tarixchi va dinshunos olimlar, soha mutaxassislari, imom-xatiblar va otinoyilar ishtirokida maʼrifiy tadbirlar tashkil etib borish | 1. Manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda diniy-maʼrifiy muhitni yanada sogʻlomlashtirish dolzarb ahamiyatga ega boʻlgan viloyatlar kesimida mahallalar roʻyxatini shakllantirish; | 2023-yil mart-aprel | “Nuroniy” jamgʻarmasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita |
| 2. Mahallalarda maʼnaviy-axloqiy jihatdan muammoli, notinch, noqobil oilalar hamda jinoyatchilikka moyil boʻlgan, profilaktik roʻyxatda turadiganlar bilan suhbatlar oʻtkazish. | Reja asosida yil davomida | |||
| 13. | Nuroniylar jamoatchilik kengashlari aʼzolarining mahallalardagi “Keksalar maslahati” guruhlari bilan hamkorlikda aholi oʻrtasida, ayniqsa, yoshlarni keng jalb etgan holda “Salomatlik uchun 5 ming qadam” tadbirlarini oʻtkazib borish | 1. “Salomatlik uchun 5 ming qadam” tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish. | 2023-yil aprel | “Nuroniy” jamgʻarmasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
| 2. “Keksalar maslahati” guruhlari bilan hamkorlikda tadbirni tashkil etish. 3. Fuqarolar yigʻinlarida tushuntirish-targʻibot ishlarini tashkil etish. | Yil davomida | |||
| 14. | Mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda mahallalar hamda taʼlim muassasalaridagi faol yoshlar, shuningdek, uyushmagan, tarbiyasi ogʻir yoshlar hamda kam taʼminlangan oilalardagi yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularda vatanparvarlik va shukronalik tuygʻularini kuchaytirish maqsadida milliy kinofilmlar (shu jumladan, “Vatan”, “Ilhaq”, “Elparvar”, “Ibrat”, “Meros”, “101”, “Hayot”, “Jasur”, “Aldangan ayol” kabilar) namoyishini imtiyozli ravishda tashkillashtirish. | 1. Tadbir grafiklarini ishlab chiqish va mahallalarga biriktirilgan masʼullarga hamda fuqarolar yigʻinlari raislariga yetkazish. | 2023-yil mart | “Nuroniy” jamgʻarmasi, Kinematografiya agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi |
| 2. Tadbirlar haqidagi eʼlonlarni mahallalarda hamma tanishib chiqishlari qulay boʻlgan joylarga ilib qoʻyish hamda koʻchaboshi (koʻp qavatli uylar boshliq)larini xabardor qilish. 3. Kinofilmlar namoyishini kinoklublar orqali koʻchma ravishda, kinoteatlar, madaniyat uylari, istirohat bogʻlarida namoyishini tashkil etish. | Reja asosida yil davomida | |||
| 15. | Mahalla nuroniylari va yoshlari oʻrtasida “Mahallamiz sportchi nuroniylari va yoshlari” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etish | 1. Mahallalarda sport musobaqalari oʻtkazish boʻyicha reja-jadval ishlab chiqish; 2. Reja-jadval asosida barcha mahallalarda nuroniylar va yoshlar oʻrtasida shaxmat-shashka, qoʻl tennisi boʻyicha sport musobaqalari tashkil qilish; 3. Musobaqa gʻoliblari va ishtirokchilarini munosib taqdirlash; 4. Musobaqalarda oʻz iqtidorini namoyon qila olgan yosh ishtirokchilarni professional sport murabbiylariga biriktirish. | 2023-yil fevral | “Nuroniy” jamgʻarmasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Kurash Federatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shahar) hokimliklari |
| 16. | Sport sohasida respublika va xalqaro maydonlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan faxriy chempionlar, sportchi-polvonlar ishtirokida mahallalarda yoshlar uchun “Unutilmas chempionlar”, “Faxriy polvonlar” mavzularida uchrashuvlar hamda sport musobaqalarni tashkil etish. | 1. Sport sohasida respublika va xalqaro maydonlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan faxriy chempionlar va sportchi-polvonlarning roʻyxatini “mahallabay” shakllantirish hamda uchrashuvlar oʻtkazish reja-jadvalini ishlab chiqish; | 2023-yil mart | “Nuroniy” jamgʻarmasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
| 2. Reja-jadval asosida barcha mahallalarda yoshlar uchun “Unutilmas chempionlar”, “Faxriy polvonlar” mavzularida uchrashuvlar hamda sport musobaqalarini tashkil etish. | Reja asosida yil davomida | |||
| 17. | “Oʻz bolangni oʻzing asra!” shiori ostida “Mahallada bolaning begonasi boʻlmaydi” mavzusida huquqshunoslar, ichki ishlar va prokuratura xodimlari, soha mutaxassislari, psixologlar, taniqli sportchilar va yoshlar ishtirokida yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida sodir etilayotgan jinoyatchiliklarning oldini olish, ularning huquqiy salohiyatini oshirishga yoʻnaltirilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish. | 1. Tadbir rejasini ishlab chiqish; 2. Tadbirda ishtirok etish uchun tajribali huquqshunos, psixolog, ichki ishlar va prokuratura xodimlari, faol yoshlar va taniqli sportchilar roʻyxatini shakllantirish; 3. Tadbirni OAVda yoritish. | Reja asosida yil davomida | “Nuroniy” jamgʻarmasi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Yoshlar siyosati va sport vazirligi |
| II. Taʼlim muassasalarida yoshlarning yetarli bilim olishlarini taʼminlash masalalarida nuroniylar ishtiroki va jamoatchilik nazoratini oʻrnatish | ||||
| 18. | Nuroniylar jamoatchilik kengashlari va mahallalardagi “Keksalar maslahati” guruhlari aʼzolari va faol nuroniylarni hududdagi taʼlim muassasalariga biriktirish. | 1. Nuroniylar jamoatchilik kengashlari va mahallalardagi “Keksalar maslahati” guruhlari aʼzolari va boshqa faol nuroniylar roʻyxatini “mahallabay” shakllantirish; 2. Shakllantirilgan roʻyxat asosida faol nuroniylarni hududdagi oliy taʼlim muassasalariga biriktirish; 3. Biriktirilgan nuroniylar tomonidan hududlardagi taʼlim muassasalari faoliyatini oʻrganish. Bunda, quyidagilarga eʼtibor qaratish: talaba va oʻquvchilar davomati; tarbiyasi ogʻir oʻquvchilar bilan ishlash (ular bilan suhbatlar oʻtkazib borish); muntazam dars qoldirayotgan va tarbiyasi ogʻir oʻquvchilar bilan ishlash, toʻgaraklarga jalb qilish. taʼlim muassasasi hududini obodonlashtirish va “Yashil makon” loyihasini amalga oshirish ishlarini nazoratga olish; umumtaʼlim maktablarida har oyning payshanba kunlari “Nuroniylar tarbiyaviy soatlari”ni oʻtkazib borish. | 2023-yil aprel | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi |
| 19. | Yoshlar oʻrtasida kitobxonlik koʻnikmasini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan maʼnaviy-maʼnaviy tadbirlarda, tanlovlarda nuroniylarning ishtirokini taʼminlash | 1. Kitobxonlik tadbirlari doirasida mahallalarda nashriyotlar bilan hamkorlikda kitoblar koʻrgazmasi va taqdimotini tashkil etish; | 2023-yil 1-chorak | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Nuroniy” jamgʻarmasi |
| 2. Taʼlim muassasalarida Besh tashabbus doirasida yoshlarni kitobga muhabbat, kitob mutolaasiga qiziqishini kuchaytirish maqsadida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, tanlovlar, viktorinalar tashkil etish. | 2-chorak har oyda | |||
| 20. | Hududlardagi harbiy qismlarda yoshlarda, ayniqsa uyushmagan yoshlarda vatanparvarlik va shukronalik tuygʻularini kuchaytirish maqsadida “Vatan himoyasi — muqaddas burch” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini tashkil etish. | 1. Harbiy qismlar bilan hamkorlikda “Ochiq eshiklar kuni”ni oʻtkazish boʻyicha reja-grafik ishlab chiqish; 2. Reja-grafikda yoshlarni harbiy qismning kundalik faoliyati bilan tanishtirish, ularning harbiy xizmatchilarning koʻrgazmali chiqishlari va harbiy texnikalarni tomosha qilib, oʻzlari ham saf tayyorgarligi, qurollarni qismlarga ajratish va yigʻish, jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlarini bajarib koʻrishlarini, shuningdek, harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishlarini taʼminlash; 3. Ishlab chiqilgan reja-grafik asosida Hududlardagi harbiy qismlar atrofida joylashgan mahallalar yoshlari, jumladan, uyushmagan yoshlarda vatanparvarlik va shukronalik tuygʻularini kuchaytirish maqsadida harbiy qismlarda “Vatan himoyasi — muqaddas burch” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini tashkil etish. | Reja asosida | Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi |
| 21. | Nuroniylar tomonidan “Hunari bor kishini ishi unar” gʻoyasi asosida usta hunarmandlarga ishsiz yoshlarni biriktirish orqali kasb-hunar oʻrgatish hamda “ustoz-shogird” anʼanasining yangi tizimini joriy etish. | 1. Hududlarda istiqomat qilayotgan keksa yoshdagi usta hunarmandlar roʻyxatini “mahallabay” shakllantirish; 2. Shakllantirilgan roʻyxat asosida usta hunarmandlarga ishsiz yoshlarni biriktirish; 3. Keksa hunarmandlar uylarida tashkil etilgan ustaxonalarda yoshlar uchun toʻgaraklar ishini yoʻlga qoʻyish. | 2023-yil mart | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi |
| 22. | Uyushmagan yoshlar, ayniqsa tarbiyasi ogʻir boʻlgan va kam taʼminlangan oilalardagi yoshlar oʻrtasida keksalar va harbiy xizmatchilar ishtirokida buyuk ajdodlarimiz (Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, Jaloliddin Manguberdi, Ibn Sino, Beruniy kabilar)ning boy merosini yoritib beruvchi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish | 1. Har bir mahalla kesimida tajribali, ziyoli va tashabbuskor keksa avlod vakillari hamda harbiy xizmatchilarning roʻyxatini shakllantirish. 2. Roʻyxatga kiritilgan keksalar va harbiy xizmatchilar bilan oʻz mahallalarida buyuk ajdodlarimizning boy merosini yoritib beruvchi tadbirlarni oʻtkazib borish. | 2023-yil I choragi | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi |
| 23. | Oilaviy ajrimlarning oldini olishda nuroniylar faolligi va pozitsiyasini kuchaytirish. | 1. Faol nuroniylar tomonidan ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar, ayniqsa yosh oilalar bilan ishlash mexanizmini kuchaytirish; 2. Ajrim yoqasida turgan, notinch oilalar yoshlari bilan suhbatlar olib borish, ibratli oilalar bilan yaqinlashtirish maqsadida “Mahallaning eng ibratli oilasi”, “Eng chaqqon kelin” kabi tanlovlar tashkil etish; 3. Aholining, ayniqsa, yoshlarning norozilik va noshukurchilik kayfiyatini yoʻqotish, ularni hayotidan mamnun holda yashashi uchun OAVda faol nuroniylarning taʼsirli maʼruzalari va chiqishlarini tashkillashtirish. | 2023-yil muntazam | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi |
| III. “Nuroniy” jamgʻarmasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash | ||||
| 24. | “Nuroniy” jamgʻarmasining raisi oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifa va funksiyalarini taqsimlash, markaziy apparat va hududiy boʻlinmalarining tuzilmalari hamda shtat birliklarini tasdiqlash | “Nuroniy” jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasi va shtat birliklarini tasdiqlash boʻyicha Vasiylik kengashiga kiritish. | 2023-yil aprel | “Nuroniy” jamgʻarmasi |
| 25. | “Nuroniy” jamgʻarmasining viloyat, tuman va shahar boʻlimlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash | 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar hamda tuman va shaharlardagi Nuroniylar maskanlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish; | 2023-yil mart | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, Kadastr agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi |
| 2. Vazirlik va idoralar balansida boʻlgan Nuroniylar maskanlarining bino va boshqa asosiy vositalarini “Nuroniy” jamgʻarmasining tegishli boʻlimlari balansiga oʻtkazish; | 2023-yil aprel | |||
| 3. Taʼmirtalab Nuroniylar maskanlarini homiylar mablagʻlari va boshqa manbalar hisobidan taʼmirlash ishlarini amalga oshirish; | 2023-yil sentabr | |||
| 4. Nuroniylar maskanlari barpo etilmagan tuman (shahar)larda yangi maskanlarni barpo etilishini yakunlash va ularni jihozlash; | 2023-yil sentabr | |||
| 5. “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlarining faoliyat yuritishlari uchun Nuroniylar maskanlari boʻlmagan tuman va shaharlarda maskanlar barpo etilgunga qadar zarur sharoitlari mavjud boʻlgan joy bilan taʼminlash; | 2023-yil aprel-may | |||
| 6. “Nuroniy” jamgʻarmasi markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) boʻlimlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlarini belgilash. | Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlari | |||
| 26. | “Nuroniy” jamgʻarmasi qoshida tashkil etilgan tadbirkorlik tuzilmalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash | 1. “Nuroniy” jamgʻarmasi qoshida tashkil etilgan: ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish, dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik, hunarmandchilik bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik tuzilmalariga: yangi ishchi oʻrinlarini yaratish, xom ashyo bilan taʼminlanish, ish hajmini kengaytirish ishlariga koʻmaklashish; 2. “Nuroniy” jamgʻarmasi mablagʻlaridan jamgʻarma qoshida tashkil etilgan tadbirkorlik tuzilmalariga shartnoma asosida qaytarib berish sharti bilan beriladigan mablagʻlar hisobidan olingan mahsulotlarni “Nuroniy” jamgʻarmasi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash ishlarini amalga oshirish. | 2023-yil davomida | “Nuroniy” jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
| Keksa avlod vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga doir boshqa chora-tadbirlar | ||||
| 27. | Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy kengashlarning ishtirokini kengaytirish. | 1. Nuroniylar jamoatchilik kengashlari va “Keksalar maslahati” guruhlari tomonidan mahallalardagi mavjud muammolar boʻyicha maʼlumotnomalar tayyorlash; 2. Tayyorlangan maʼlumotnomalarni Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga yechimlari boʻyicha tegishli ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining axborotlarini eshitish uchun taqdim etib borish. | Doimiy | Nuroniylar jamoatchilik kengashlari, “Keksalar maslahati” guruhlari, Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari (kelishuvga koʻra) |
| 28. | Keksa avlod vakillarining sogʻligʻini saqlash boʻyicha tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish. | Sogʻliqni saqlash vazirligining Tibbiy xodimlarni malakasini oshirish Markazida gerontologiya va geriatriya sohasida fundamental, amaliy, innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish kafedrasini tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi asoslantirilgan taklif kiritish. | 2023-yil 10-may | Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
| 29. | “Nuroniy” jamgʻarmasi faoliyatini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib borish. | “Nuroniy” jamgʻarmasi faoliyati bosma va elektron axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi orqali aholi oʻrtasida muntazam, tizimli va keng koʻlamda yoritib borish. | Doimiy | Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
| 30. | Amaldagi qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish. | Qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2023-yil 20-aprel | “Nuroniy” jamgʻarmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |