14.02.2023 yildagi 4-22-2205/40-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati Sh. Maxmudovning raisligida, sudyalar R. Xaydarov va A. Abdullayevdan iborat tarkibda, A. Baxshulloyevning kotibligida, masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “E D C” qoʻshma korxonasi taʼsischisi J.S, masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “E D C” qoʻshma korxonasi taʼsischisi R.E, taʼsischilar R.E va F.Svakili D.Yu (2022-yil 14-noyabrdagi orderga asosan), masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “E D C” qoʻshma korxonasi vakili U.X (2022-yil 16-noyabrdagi 1156/22-sonli ishonchnomaga asosan) masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “E D C” qoʻshma korxonasi taʼsischisi E.R.Ening S.J.Eni masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “E D C” qoʻshma korxonasi taʼsischilari safidan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi yuzasidan yuritilgan ish boʻyicha qabul qilingan Xorazm viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 18-noyabrdagi hal qiluv qarori ustidan masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “E D C” qoʻshma korxonasi taʼsischisi S.J.E tomonidan berilgan apellatsiya shikoyatini ish hujjatlari bilan birga Oliy sud binosida videokonferensaloqa rejimida boʻlib oʻtgan ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “E D C” qoʻshma korxonasi (bundan buyon matnda MChJ deb yuritiladi) taʼsischisi E.R.E (Eron Islom Respublikasi rezidenti, bundan buyon matnda daʼvogar deb yuritiladi) sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, S.J.Eni (bundan buyon matnda javobgar deb yuritiladi) MChJ taʼsischilari safidan chiqarishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyat sudining 2022-yil 25-oktabrdagi ajrimi bilan ishga MChJ, MChJ taʼsischilari N.A.N, S.F.M, S.N.A, Ch.M.G (Eron Islom Respublikasi rezidentlari) va Urganch shahar Davlat xizmatlari markazi nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida jalb etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2022-yil 18-noyabrdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo talabi qanoatlantirilgan. Javobgar MChJ taʼsischilari safidan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgarning apellatsiya shikoyatida sud tomonidan ish uchun ahamiyatli holatlar oʻrganilmaganligi, ishdagi mavjud hujjatlarga huquqiy baho berilmaganligi, javobgar MChJ ustav fondidagi ulushini shakllantirganligi, daʼvogar esa MChJ ustav fondidagi ulushini toʻliq shakllantirmaganligi, taʼsischi Ch.M.G 15 000 AQSh dollari olmaganligi, pul olganligini tasdiqlovchi biron bir dalil yoʻqligi, MChJ yigʻilishlarida qarshi ovoz berilganligi qisman toʻgʻriligi, chunki, “X y q”, “J y q” MChJlarning qarzlari koʻpligi sababli ularga asfalt sotishga rozi boʻlmaganligi haqida vajlar keltirilib, hal qiluv qarorini apellatsiya tartibida koʻrish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasida uchinchi shaxslardan (MChJ va MChJ taʼsischisi S.F.M vakilidan tashqari) vakil ishtirok etmadi, biroq ish hujjatlarida ularning sud majlisi muhokamasining vaqti va joyi haqida tegishli tartibda xabardor qilinganligini tasdiqlovchi dalil mavjud, ulardan vakilning sud majlisida ishtirok etmasligi esa ishni koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasida ishtirok etgan MChJ taʼsischisi J.S oʻz tushuntirishida kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni quvvatlab, hal qiluv qarorini bekor qilishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasida ishtirok etgan MChJ, MChJ taʼsischilari R.E va F.S vakillari oʻz tushuntirishlarida kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarga eʼtiroz bildirib, hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni soʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati ishda ishtirok etuvchi shaxslar vakillarining tushuntirishlarini tinglab, apellatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni, hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvo talabini qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlanishicha, MChJ tadbirkorlik subyekti sifatida Xorazm viloyati, Urganch shahar davlat xizmatlari markazi tomonidan 2020-yil 3-fevralda 809078-raqam bilan roʻyxatga olingan boʻlib, MChJning tashkil etilishi va faoliyatini amalga oshirishi uchun taʼsischilar 4 000 000 000 soʻm miqdorida ustav fondi shakllantirilishi belgilangan, ustav fondi taʼsischilar oʻrtasida quyidagicha, yaʼni S.J.E — (3,75%) 150 000 000 soʻm, N.A.N — (25,00%) 1 000 000 000 soʻm, S.F.M — (15,62%) 625 000 000 soʻm, S.N.A — (40,00%) 1 600 000 000 soʻm, E.R.E — (15,62%) 625 000 000 soʻm miqdorida taqsimlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 18-noyabrda qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan MChJ ustav fondidagi ulushlari quyidagicha, yaʼni S.J.E — (3,00%) 120 000 000 soʻm, N.A.N — (14,00%) 560 000 000 soʻm, S.F.M — (12,50%) 500 000 000 soʻm, S.N.A — (40,00%) 1 600 000 000 soʻm, E.R.E — (12,50%) 500 000 000 soʻm, Ch.M.G — (18,00%) 720 000 000 soʻm miqdorida taqsimlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 8-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq jami ulushlari jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) kamida oʻn foizini tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari oʻz majburiyatlarini qoʻpol buzayotgan yoxud oʻz harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat koʻrsatishiga imkon bermayotgan yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotgan ishtirokchini jamiyatdan sud tartibida chiqarilishini talab qilishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli qarorining 19-bandida “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 8-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq ishtirokchini jamiyatdan chiqarish talabi bilan sudga faqat jami ulushlari jamiyat ustav fondi (ustav kapitali)ning kamida oʻn foizini tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari murojaat qilishlari mumkinligi, bunda, jami ulushlari jamiyat ustav fondi (ustav kapitali)ning kamida oʻn foizini tashkil etadigan bitta ishtirokchi ham, jami ulushlari jamiyat ustav fondi (ustav kapitali)ning kamida oʻn foizini tashkil etadigan bir nechta ishtirokchi ham bunday talab bilan sudga murojaat qilishi mumkinligi, bir nechta ishtirokchi sudga murojaat qilganda daʼvo arizasi ushbu ishtirokchilarning barchasi yoki ularning vakili (vakillari) tomonidan imzolangan boʻlishi kerakligi, bunda daʼvogar (daʼvogarlar) ulushining miqdori belgilangan tartibda tasdiqlangan taʼsis hujjatlari asosida aniqlanishi, agar daʼvogar ishtirokchining ulushi yoki bir nechta ishtirokchilarning jami ulushlari jamiyat ustav fondi (ustav kapitali)ning oʻn foizidan kam boʻlsa yoxud daʼvo arizasi jamiyatning oʻzi tomonidan berilgan boʻlsa, daʼvo arizasini qanoatlantirish rad etilishi lozimligi, ushbu toifadagi ishlarni koʻrishda javobgar oʻz majburiyatlarini qoʻpol buzayotganligi, harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat koʻrsatishiga imkon bermayotganligi yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotganligi holatlari mavjudligini aniqlash lozimligi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo arizasida MChJ taʼsischisi J.Sni MChJ taʼsischilari safidan chiqarish uchun u tomonidan MChJ ustav fondiga ulushi kiritilmaganligi, 2020-yilda butun dunyoda pandemiya sabab oʻrnatilgan karantin cheklovlari sababli Oʻzbekiston Respublikasiga kela olmagan MChJ taʼsischisi Ch.M.G oʻzining ustav fondidagi ulushini kiritish uchun bankka topshirish sharti bilan Eron Islom Respublikasidan J.Sga yuborilgan 15 000 AQSh dollarini (shu davrdagi kurs boʻyicha 152 700 000 soʻm) bankka uning nomidan topshirmasdan, oʻzining nomidan topshirganligi, J.S MChJ direktori oʻrinbosari lavozimida ishlagan davrda MChJ direktori va taʼsischilarning roziligisiz oʻzining imzosi bilan 2021-yil 14-dekabrda Dubay shahridagi “C T F” kompaniyasiga 43 200 AQSh dollari oʻtkazganligi, ushbu oʻtkazilgan mablagʻ evaziga 25 tonna sifatsiz bitum mahsuloti yetkazib berilganligi, 25 077 AQSh dollari miqdoridagi mahsulotlar bugungi kunga qadar yetkazilmaganligi natijasida soliq idoralari tomonidan MChJga nisbatan moliyaviy jarima qoʻllanilganligi, MChJ umumiy yigʻilishlarida sababsiz qatnashmayotganligi, yigʻilish kun tartibidagi masalalar yuzasidan doimo qarshi ovoz berib kelayotganligi asos sifatida koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi ishdagi mavjud hujjatlarga huquqiy baho bermasdan, ish uchun ahamiyatli holatlarni oʻrganmasdan, daʼvo talabini qanoatlantirish haqida, notoʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunki, MChJ taʼsischisi Ch.M.G oʻzining ustav fondidagi ulushini kiritish uchun bankka topshirish sharti bilan Eron Islom Respublikasidan yuborilgan 15 000 AQSh dollarini J.S oʻz manfaatida ishlatganligi yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga murojaat qilinmagan, Dubay shahridagi “C T F” kompaniyasi bilan MChJ nomidan MChJ direktori va taʼsischilarning roziligisiz 2021-yil 11-dekabrda tuzilgan CT-MTSB-021/12-21-sonli import shartnomasi va ushbu shartnoma natijasida MChJga zarar yetkazilganligi holati nizolashilmagan, J.Sning MChJ taʼsischilari umumiy yigʻilishida ishtirok etmaganligi, ishtirok etgan taqdirda uni imzolamaganligi va imzolapdan bosh tortganligi J.Sni MChJ taʼsischilari safidan chiqarish uchun asos boʻlishi, J.S MChJning faoliyat koʻrsatishiga imkon bermayotganligi yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotganligi isbotlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 68-moddasining birinchi qismiga muvofiq ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs oʻz talablari va eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda, birinchi instansiya sudi MChJ taʼsischisi J.Sni MChJ taʼsischilari safidan chiqarish uchun asos boʻlgan holatlar tegishli dalillar bilan isbotlanmaganligini inobatga olib, daʼvo talabini qanoatlantirishni rad etishi lozim edi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 278-moddasining 2-bandiga koʻra apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 118-moddasining birinchi va toʻqqizinchi qismlariga muvofiq sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda ularning zimmasiga yuklatiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning apellatsiya, kassatsiya shikoyati berish bilan bogʻliq holda qilgan sud xarajatlari ushbu moddada bayon etilgan qoidalarga muvofiq taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda sudlov hayʼati, apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni, hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvo talabini qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilishni, ishni birinchi instansiya sudida koʻrish uchun oldindan toʻlangan 3 000 000 soʻm davlat boji va 24 000 soʻm pochta xarajatini daʼvogar zimmasida qoldirishni, ishni apellatsiya instansiyasi sudida koʻrish uchun oldindan toʻlangan 1 500 000 soʻm davlat boji va 30 000 soʻm pochta xarajatini javobgardan daʼvogar foydasiga undirishni, shuningdek sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq 75 000 soʻm pochta xarajatini daʼvogar zimmasiga yuklashni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon etilganlarga asosan, IPKning 118, 278, 279-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu ish boʻyicha qabul qilingan Xorazm viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 18-noyabrdagi hal qiluv qarori bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi qaror qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “E D C” qoʻshma korxonasi taʼsischisi E.R.Ening S.J.Eni masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “E D C” qoʻshma korxonasi taʼsischilari safidan chiqarish haqidagi daʼvo talabini qanoatlantirish rad etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “E D C” qoʻshma korxonasi taʼsischisi E.R.Edan masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “E D C” qoʻshma korxonasi taʼsischisi S.J.E foydasiga 1 500 000 soʻm davlat boji va 30 000 soʻm pochta xarajati undirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “E D C” qoʻshma korxonasi taʼsischisi E.R.Edan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining depozit hisob raqamiga sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq 75 000 soʻm sud xarajati undirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro varaqalari berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish boʻyicha 2023-yil 4-yanvarda berilgan ijro varaqasi boʻyicha undiruv bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya shikoyati qanoatlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir yil ichida kassatsiya shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi Sh. MAXMUDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari R. XAYDAROV
A. ABDULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 14-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-22-2205/40-son