02.02.2023 yildagi 4-2102-2201/479-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyat sudining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-2102-2201/479-sonli iqtisodiy ish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati T. Abdramanovning raisligida, hayʼat aʼzolari L. Toshmurodov va T. Qahhorovlardan iborat tarkibda, sudya katta yordamchisi A. Yarkulovning sud majlisi kotibligida, ishda ishtirok etuvchi shaxslar daʼvogar _______________________ MChJ ishtirokchisi ______________, ______________ (ishonchnomaga asosan), javobgarlar ________________________ MChJ ishtirokchisi _______________, ____________________ MChJ rahbari __________ xamda ______________________ MChJ sobiq ishtirokchisi, jamiyat taʼsischisi ___________ ishtirokida, Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 18-noyabr kunidagi hal qiluv qarori ustidan daʼvogar _________________________ tomonidan keltirilgan apellatsiya shikoyatini, Navoiy viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati binosida oʻtkazilgan ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
______________________________ xususiy korxonasining 02.02.2017-yildagi qaroriga asosan korxonaning tashkiliy huquqiy shakli oʻzgartirilib, _______________________________ MChJ (keyingi oʻrinlarda jamiyat deb nomlanadi) ga aylantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat taʼsischilari oʻrtasida tuzilgan taʼsis shartnomasi va tasdiqlangan ustaviga asosan jamiyatning ustav fondi 14.323.000 soʻm belgilanilib, taʼsischilar oʻrtasida quyidagicha taqsimlangan: __________ni ulushi 50 % yoki 7.161.500 soʻm, __________ni ulushi 25 % yoki 3.850.750 soʻm, __________ni ulushi 25% yoki 3.580.750 soʻm tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat taʼsischilari tomonidan tuzilgan taʼsis shartnomasi va tasdiqlangan ustavi 2017-yilning 6-fevral kunida 02-son bilan Zarafshon shahar “Yagona darcha” markazida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ustaviga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra jamiyat ishtirokchilari va ularning ustav fondidagi ulushlari oʻzgargan. Ustav fondida __________ning ulushi 1 % yoki 143.230 soʻm, _________ni ulushi 39 % yoki 5.585.970 soʻm, yangi ishtirokchi ____________ni ulushi 60 % yoki 8.593.800 soʻmni tashkil etgan. Jamiyatning ustaviga kiritilgan mazkur oʻzgartirishlar 2017-yilning 26-dekabr kunida 204-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat taʼsischilarining 2018-yil 15-sentabr kunida oʻtkazilgan umumiy yigʻilish qaroriga koʻra _________ jamiyat ustav fondidagi 1 % ulushini jamiyatning ikkinchi ishtirokchisi _________ foydasiga tekinga voz kechganligi sababli, jamiyat ishtirokchilari va ularning ustav fondidagi ulushlari oʻzgargan. Ustav fondida _________ni ulushi 39 % yoki 5.585.970 soʻm, _________ni ulushi 61 % yoki 8.737.030 soʻmni tashkil etgan. Jamiyatning ustaviga kiritilgan mazkur oʻzgartirishlar 2019-yilning 19-sentabr kunida 104173-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilarining 2021-yil 27-noyabr kunida oʻtkazilgan navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida qoʻyidagi masalalar koʻrib chiqilib, ular boʻyicha qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Taʼsischilar umumiy yigʻilishining bayonnomasini qolgan ishtirokchilar nomidan rasmiylashtirilgandan soʻng imzolash maqsadida, yigʻilish raisi va kotibini saylash orqali taʼsischilar umumiy yigʻilishini oʻtkazish tartibini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻz.R. IIV huzuridagi tergov departamenti Buxoro viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi Gʻijduvon tuman IIB huzuridagi tergov boʻlimining “Jinoyatlarning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarini bartaraf qilish toʻgʻrisida”gi 11.11.2021-yildagi 36/2755-sonli Taqdimnomasida tergov yakuniga koʻra aniqlangan huquqbuzarlik holati boʻyicha keltirilgan tafsilotlarni va kelajakda bartaraf etilishi lozim boʻlgan qonun buzilishlari boʻyicha talablarni batafsil muhokama qilib, shu jumladan tegishli tashkiliy masalalarni qonuniy yechimini taʼminlash va soʻzsiz ijroga qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jinoyat ishlari boʻyicha Gʻijduvon tuman sudining 10.10.2021-yilgi ajrimiga koʻra jamiyatga vaqtincha tayinlangan direktor _________ga nisbatan “Qamoqqa olish ehtiyot chorasi” qoʻllanilganligidan va mazkur jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlarining _________ga nisbatan tugatilganligi inobatga olib, jamiyatning toʻxtab qolgan moliya-xoʻjalik qurilish-montaj ishlari boʻyicha sogʻlom faoliyatini tiklash zaruriyatidan kelib chiqib, jamiyat vaqtincha direktori ___________ning egallab turgan lavozimidan chetlashtirish va jamiyat asosiy taʼsischisi va mulkdori ___________ nomzodini muhokama qilish va jamiyat direktorligiga saylash. Xizmat koʻrsatuvchi bankka yangi saylangan jamiyat direktorining imzo namunalarini taqdim etish toʻgʻrisida murojaat tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamiyat tomonidan belgilangan muddatdan ancha kechiktirib va sust boʻlsada olib borilayotgan, ammo 2021-yil iyun oylaridan toʻxtab qolgan, uy-joylarni barpo etish boʻyicha qurilish-montaj ishlarini tiklash, zarur tovar-moddiy boyliklarni xarid qilish, jamiyatning toʻlaqonli faoliyatini taʼminlash uchun jamiyat barcha hisob raqamlaridan kundalik xarajat(chiqim)larni moliyalashtirish bilan bogʻliq amaliyot qismini faoliyatini tiklash maqsadida ATIB “Ipoteka bank” Zarafshon filialiga jamiyatning yangi namunadagi muhri va yangi tayinlangan direktorining imzo namunalarini taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning mazkur yigʻilish qaroridan norozi boʻlgan __________ (keyingi oʻrinlarda daʼvogar deb nomlanadi) javobgarlar jamiyat va jamiyat ishtirokchisi __________ (keyingi oʻrinlarda javobgar deb nomlanadi)ga nisbatan sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, jamiyat taʼsischilarining 2021-yil 27-noyabrdagi navbatdan tashqari umumiy yigʻilish qarorini bekor qilishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar sud muhokamasi jarayonida daʼvo predmetiga oʻzgartirish kiritib, jamiyat taʼsischilarining umumiy yigʻilish qarorini bekor qilish talabidan mazkur yigʻilish qarorini haqiqiy emas deb topish talabiga oʻzgartirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan daʼvogarning daʼvo predmetiga kiritgan oʻzgartirishlari ish yuritishga qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 18-noyabr kunidagi hal qiluv qaroriga asosan daʼvogarning daʼvo talabini qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan norozi boʻlgan daʼvogar apellatsiya shikoyati berib, sudning hal qiluv qarorini bekor qilib daʼvo talabini qanoatlantirish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasida daʼvogar apellatsiya shikoyatini qoʻllab-quvvatlab, jamiyat ishtirokchilarining 2021-yil 27-noyabrdagi navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabardor boʻlmaganligi, mazkur yigʻilish oʻtkazilgan vaqtida sudning ajrimiga asosan oʻziga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilganligi, Navoiy viloyat jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 10-avgust kunidagi ajrimiga asosan sud zalidan ozod etilganligi. Javobgar daʼvogarni qamoqda ekanligini bila turib, navbatdan tashqari yigʻilish oʻtkazish toʻgʻrisida lozim darajada xabardor etmaganligi, daʼvogar tomonidan yigʻilish oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnomalar ham uning manziliga bormaganligi, bunday vaziyatda daʼvo muddatini oʻtkazib yuborilgan dyeyishga asoslar mavjud emasligi, jamiyat taʼsischilarining 2021-yil 27-noyabrda oʻtkazilgan navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi qonun talablariga zid holda oʻtkazilganligi, bu holatlar maʼmuriy sudning hamda fuqarolik ishlari boʻyicha sudning qarorlari bilan ham oʻz tasdigʻini topganligi sababli apellatsiya shikoyatini qanoatlantirib, sudning hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni qanoatlantirish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasida javobgar apellatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarga eʼtiroz bildirib, daʼvogar direktor lavozimidan ozod etilganligi haqida jinoyat ishi davomida sud tergovlarini oʻtkazish jarayonlarida xabardor boʻlganligi va mazkur vaqtda jamiyat umumiy yigʻilish qarori ustidan shikoyat qilish uchun hech qanday toʻsiq boʻlmaganligi, daʼvo muddatini uzrsiz sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilganligi mazkur holatlar sudning hal qiluv qarorida ham asoslab berilganligi, apellatsiya shikoyatida keltirilgan vajlar asossiz ekanligi sababli, sudning hal qiluv qarorini oʻz kuchida qoldirishni, apellatsiya shikoyatini qanaoatlantirishni rad etishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasida qatnashgan jamiyatning sobiq ishtirokchisi F.Safarov oʻziga tegishli ulushni _________ga oʻtkazib bergandan soʻng jamiyat faoliyatidan xabardor emasligi, hozirda oʻzi alohida tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanib kelayotganligi bayon etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati, ishda ishtiroki etuvchi shaxslar vakillari fikrlarini eshitib, ish hujjatlarini oʻrganib va shikoyat vajlarini muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra apellatsiya shikoyatini qisman qanoatlantirib, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni birinchi instansiya sudida yangidan koʻrib chiqish uchun yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlanishicha, jamiyat ishtirokchisi __________ni jamiyat ustav fondidagi 1 % ulushini tekinga jamiyatning ikkinchi taʼsischisi __________ga oʻtkazish va shundan kelib chiqqan holda jamiyat ustav fondini taʼsischilar oʻrtasida qayta taqsimlash va boshqa masalalarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq jamiyatning 2018-yil 15-sentabr kunida oʻtkazilgan umumiy yigʻilish qarori qonuniy kuchda boʻlgan Navoiy viloyat iqtisodiy sudining 4-2102-1804/301 sonli ishi boʻyicha 2018-yilning 9-noyabr kunidagi hal qiluv qaroriga koʻra haqiqiy emas deb topilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning mazkur hal qiluv qaroriga asosan jamiyatning ustaviga tegishli oʻzgartirishlar kiritilib, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmasdan __________ni jamiyatdagi 1% ulush bilan uning ishtirokchilik maqomi tiklanmagan boʻlsada, taʼsischilar tomonidan tuzilib, 2017-yilning 6-fevral kunida 025-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan taʼsis shartnomasi boʻyicha __________ni jamiyat taʼsischisi (muassisi) sifatida huquq va majburiyatlari saqlanib qolgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni (keyingi oʻrinlarda Qonun deb yuritiladi) 10-moddasiga koʻra jamiyatning muassislari taʼsis shartnomasini tuzadilar va jamiyat ustavini tasdiqlaydilar, ushbu Qonun 11-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Jamiyat muassislari jamiyatning ijro etuvchi organlarini saylaydilar (tayinlaydilar), shuningdek jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) pulsiz hissalar qoʻshilgan taqdirda, ularning pul bahosini tasdiqlaydilar. Jamiyat ustavini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek jamiyat muassislari kiritadigan hissalarning pul bahosini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror muassislar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. Boshqa qarorlar jamiyatning muassislari tomonidan ushbu Qonunda va jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandida xoʻjalik shirkati va jamiyatining taʼsis shartnomasini taraf sifatida imzolab, xoʻjalik shirkati va jamiyatini tashkil etish majburiyatini olgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxs yoki ular tomonidan vakolat berilgan shaxs ushbu shirkat va jamiyatning muassisi (taʼsischisi) hisoblanishligi,xoʻjalik shirkati va jamiyati qonunda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilib, yuridik shaxs maqomini olganidan soʻng unda oʻz ulushi (payi, hissasi)ga ega boʻlgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxs ushbu xoʻjalik shirkati va jamiyatning ishtirokchisi hisoblanishligi toʻgʻrisida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilarining 2021-yil 27-noyabrdagi navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida koʻrilgan masala bevosita jamiyatning ijro etuvchi organini saylash bilan bogʻliqligi va mazkur masala yuzasidan jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida kelib chiqqan nizo yuzasidan qabul qilinadigan qaror jamiyat taʼsischisi ___________ni huquq va majburiyatlariga daxl qilishligi sababli ___________ ishga jalb etilishi lozim boʻlsada, birinchi instansiya sudi tomonidan ___________ ishga jalb etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning 41-moddasiga asosan, jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari, jamiyatning ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok etmagan yoki bahsli qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat ishtirokchisining arizasiga koʻra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday ariza jamiyat ishtirokchisi qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan eʼtiboran ikki oy ichida berilishi mumkin. Agar jamiyat ishtirokchisi shikoyatga sabab boʻlgan qarorni qabul qilgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida ishtirok etgan boʻlsa, mazkur ariza shunday qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran ikki oy ichida berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi daʼvogarning daʼvo talabi boʻyicha javobgarning daʼvo muddatini qoʻllash haqida arizasiga koʻra daʼvo muddatini qoʻllab, daʼvoni rad etish toʻgʻrisida xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarini daʼvo muddatiga oid normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 282-sonli qarori (keyingi oʻrinlarda Plenum qarori deb yuritiladi) 10- va 11-bandlarida daʼvo muddatini qoʻllash toʻgʻrisidagi nizodagi taraf bayon qilgan daʼvo muddatining oʻtishi sudning daʼvoni rad etish haqida qaror chiqarishi uchun asos boʻladi Daʼvo muddati oʻtganligi sababli daʼvo rad qilingan taqdirda, sud hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida nizodagi taraf daʼvo muddatini qoʻllash haqida ariza berganligini bayon qilishi va ushbu muddat oʻtganligini asoslashi kerak. FK 154-moddasining birinchi qismiga koʻra daʼvo muddati shaxs oʻzining huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan oʻta boshlaydi. Bu qoidadan istisnolar FK va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.Shuning uchun bildirilgan talab boʻyicha daʼvo muddatini hisoblashda shaxs oʻzining huquqi buzilganligini qachon bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kunni aniqlash muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi tomonidan daʼvo muddatini oʻtganligini daʼvogar jamiyatning umumiy yigʻilish qarorini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida daʼvo ariza bilan 10 oy 5 kun oʻtgandan keyin murojaat etgan deb asoslagan boʻlsada, daʼvo muddatini qoʻllash haqidagi arizani qanoatlantirishda, daʼvogar bildirilgan talab boʻyicha oʻzining huquqi buzilganligini qachon bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan aniq kunini koʻrsatmasdan, daʼvo muddati aynan qaysi muddatdan oʻta boshlashiga aniqlik kiritmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizolashilayotgan umumiy yigʻilish qarori oʻtkazilgan davrda daʼvogar amalda sud tomonidan qoʻllanilgan “Qamoqqa olish ehtiyot chorasi” sababli, ozodlikdan mahrum etish joyida saqlanayotganligi javobgarga maʼlum boʻlsada, daʼvogarni real holatda xabardor etish choralari koʻrilganligi, shuningdek daʼvogarni roʻyxatdan oʻtkazilgan manziliga yuborilgan umumiy yigʻilish oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnomani qachon va kim tomonidan qabul qilib olinganligi holatlarini aniqlash birinchi instansiya sudining eʼtiboridan chetda qolgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi daʼvo muddatini oʻtib ketganligi holatini Jinoyat ishlari boʻyicha Navbahor tumani sudida yuritilgan jinoyat ishidagi hujjatlar bilan tasdiqlanishi bilan asoslagan boʻlsada, jinoyat ishidagi mazkur hujjatlar daʼvo muddatini qoʻllashga qay darajada taʼsir koʻrsatganligiga huquqiy baho bermagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi tomonidan qaror qabul qilingandan soʻng daʼvogar, maʼmuriy sudga murojaat etib, jamiyat taʼsischilarining 2021-yil 27-noyabrdagi navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok etgan va ovoz berishda qatnashgan “Yoshlik” MFI raisi va oʻrinbosari xatti harakatlarini qonuniga xilof deb topishni soʻragan. Navoiy tumanlararo maʼmuriy sudining 2022-yil 21-dekabr kunidagi hal qiluv qaroriga asosan daʼvogarning arizasi qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 159-moddasiga koʻra, basharti, sud daʼvo muddatining oʻtkazib yuborilganligi sababini uzrli deb topsa, buzilgan huquq himoya qilinishi kerak. Daʼvo muddatini oʻtkazib yuborish sabablari daʼvo muddatining oxirgi olti oyida, bu muddat olti oyga teng yoki olti oydan kam boʻlsa, daʼvo muddatida yuz bergan boʻlsa, ular uzrli deb hisoblanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum qarorining 16.1 bandida, daʼvogar tomonidan oʻtkazib yuborilgan daʼvo muddatini uzrli deb topish va uni tiklash haqida ariza faqatgina birinchi instansiya sudiga berilishi mumkin, yaʼni daʼvo muddatining oʻtkazib yuborilganligi faqat birinchi instansiya sudi tomonidan uzrli deb topilishi mumkin. Bunday arizaning apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida koʻrilayotgan paytda berilishi oʻtkazib yuborilgan daʼvo muddatini tiklash va buzilgan huquqni himoya qilinishi uchun asos boʻla olmasligi, 16.2. bandida esa, daʼvogar daʼvo muddati oʻtganligini bilmagan holda daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilgan boʻlsa va javobgar daʼvo muddatini qoʻllashni soʻrasa, daʼvogarning bu masala yuzasidan fikri eshitilishi kerak. Agar bunday holatda daʼvogar daʼvo muddati oʻtkazib yuborilishining sababini uzrli deb topish haqida ariza bersa, u muhokama qilinishi va huquqiy baho berilgan holda ushbu arizani qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish haqidagi masala hal qilinishi lozimligi haqida sudlarga tushuntirishlar berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar tomonidan birinchi instansiya sudi muhokamasida oʻtkazib yuborilgan muddatlarni uzrli deb topish toʻgʻrisida sudga ariza bilan murojaat etilgan boʻlsada, biroq sudning hal qiluv qarorini asoslantirish qismida daʼvogarning mazkur arizasi muhokama qilinmasdan va tegishli huquqiy baho berilmasdan, hal qiluv qarorining xulosa qismida daʼvogarning daʼvo muddatining oʻtkazib yuborilganligini uzrli deb topish va uni tiklash toʻgʻrisidagi arizasini qanoatlantirishdan rad etilganligi koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon etilganlardan koʻrinadiki, birinchi instansiya sudi tomonidan qaror qabul qilishda ish uchun ahamiyatli holatlar aniqlanmagan hamda protsessual huquq normalari buzilgan. Bu esa asossiz qaror qabul qilinishiga sabab boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 276-moddasiga muvofiq, sud ishni apellatsiya instansiyasida koʻrish chogʻida birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining qonuniyligini va asosliligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni tekshirishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin. Apellatsiya instansiyasining sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini toʻliq hajmda tekshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 279-moddasi uchinchi qismi 4-bandida ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinganligi, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini har qanday holda bekor qilishning asosi sifatida belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 278-moddasida apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha, ushbu Kodeks 279-moddasi toʻrtinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda hal qiluv qarorini bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun yuborishga haqli ekanligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori toʻgʻrisida”gi 15.06.2007-yildagi 161-sonli qarorini 1-bandi ikkinchi xatboshisida sud tomonidan qabul qilingan qaror moddiy va protsessual huquq normalari bilan toʻliq mos kelishi, ish hujjatlari va sud aniqlagan holatlarga muvofiq boʻlishi kerakligi, qayd etilgan talablarga rioya etmaslik qarorning bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi uchun asos boʻlishi mumkinligi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati birinchi instansiya sudi tomonidan ish uchun ahamiyatli holatlar aniqlanmasdan moddiy va protsessual huquq normalariga rioya etilmagan holda qaror qabul qilingan deb hisoblab, apellatsiya shikoyatini qisman qanoatlantirib, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ishni birinchi instansiya sudida yangidan koʻrib chiqish uchun Zarafshon tumanlararo iqtisodiy sudiga yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 280-moddasi qoidalariga koʻra, apellatsiya instansiyasi sudining qarorida agar ish yangidan koʻrish uchun yuborilayotgan boʻlsa, birinchi instansiya sudi tomonidan bajarilishi kerak boʻlgan harakatlar koʻrsatilishi, sudning hal qiluv qarori bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun yuborilgan taqdirda, sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi masala ishni yangidan koʻrayotgan sud tomonidan hal etilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, birinchi instansiya sudi ishni koʻrishda qabul qilinadigan sud hujjati huquq va majburiyatlariga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan shaxslarni ishga jalb etishi, daʼvo muddatining oʻtishi boshlangan muddatlarga aniqlik kiritishi, nizoni toʻgʻri hal etish bilan bogʻliq dalillarni toʻplab, nizoga nisbatan moddiy va protsessual huquq normalarini toʻgʻri qoʻllagan holda sud hujjatini qabul qilishi, ishni birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasida koʻrish bilan bogʻliq holdagi sud xarajatlarini ishni koʻrish natijalariga koʻra ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlashi lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga koʻra hamda IPKning 276, 278 — 280-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 18-noyabrdagi hal qiluv qarori bekor qilinsin va ishni birinchi instansiya sudida yangidan koʻrish uchun Zarafshon tumanlararo iqtisodiy yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar _______________________ning apellatsiya shikoyati qisman qanoatlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ustidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga kassatsiya tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi T. Abdramanov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari L. Toshmurodov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T. Qaqhorov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy v.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 2-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-2102-2201/479-son