06.02.2023 yildagi 4-1001-2206/31397-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Birinchi instansiyada ishni koʻrgan sudya — M. Sultonov
Apellatsiya instansiyasida maʼruzachi sudya — F. Yodgorov
Kassatsiya instansiyasida maʼruzachi sudya — Sh. Mahmudov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati Sh. Mahmudovning raisligida, hayʼat aʼzolari A. Abdullayev va B. Israylovdan iborat tarkibda, A. Baxshullayevning kotibligida, “M.S.” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi Sh.M.ning vakili O.M. (2022-yil 27-iyuldagi ishonchnoma) ishtirokida, daʼvogar “M.S.” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi M. Sh. M.ning javobgarlar “M.S.” masʼuliyati cheklangan jamiyati va “A.” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga nisbatan ular oʻrtasida 2022-yil 14-fevralda tuzilgan 1-sonli kelishuvni haqiqiy emas toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi boʻyicha yuritilgan ish yuzasidan qabul qilingan sud qarorlari ustidan jamiyat taʼsischisi Sh.M. tomonidan berilgan kassatsiya shikoyati asosida ishni Oliy sudning binosida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimining 2014-yil 4-avgustdagi 651-sonli qarori bilan “A.” masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnda 1-javobgar deb yuritiladi)ga T. shahar, Y. tumani, Markaz-6 mavzesi, Sh.R. koʻchasi, 95-uy yonida garajlarni oʻz hisobidan koʻchirish sharti bilan koʻp qavatli turar joy va koʻp qavatli avtomototransport vositalarini saqlash joyi qurish uchun maydoni 0,7 gektarli yer doimiy foydalanishga ajratib berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar prokuraturasining 2018-yil 16-noyabrdagi protestlariga asosan shahar hokimining 2018-yil 29-noyabrdagi 1682-sonli qarori qabul qilingan boʻlib, mazkur qaror bilan 1-javobgarga yer maydonini ajratish toʻgʻrisida Toshkent shahar hokimining 2014-yil 4-avgustdagi 651-sonli qarori bekor qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi “A.” masʼuliyati cheklangan jamiyati manfaatida javobgar Toshkent shahar hokimligiga nisbatan maʼmuriy sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, shahar hokimining 2018-yil 29-noyabrdagi 1682-sonli qarorini qisman haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chilonzor tuman maʼmuriy sudi tomonidan 3-1006-1902/331-sonli ish boʻyicha qabul qilingan 2019-yil 18-fevraldagi hal qiluv qarori bilan ariza qanoatlantirilib, Toshkent shahar hokimining 2018-yil 29-noyabrdagi 1682-sonli qarorining hokimning 2014-yil 4-avgustdagi 651-sonli qarorini bekor qilish haqidagi qismi haqiqiy emas deb topilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar maʼmuriy sudining 2019-yil 13-maydagi qarori bilan Chilonzor tuman maʼmuriy sudining 2019-yil 18-fevraldagi hal qiluv qarori bekor qilinib, daʼvoni qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2019-yil 21-oktabrdagi qarori bilan Toshkent shahar maʼmuriy sudining 2019-yil 13-maydagi qarori bekor qilinib, Chilonzor tuman maʼmuriy sudining 2019-yil 18-fevraldagi hal qiluv qarori oʻz kuchida qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimining 2019-yil 7-fevraldagi 159-sonli qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-avgustdagi “Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash boʻyicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5511-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent shahar hokimligi bilan “M.S.” masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnda 2-javobgar deb yuritiladi) oʻrtasida 2019-yil 29-yanvarda investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida 85-sonli shartnoma tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur shartnomaga koʻra, 2-javobgarga T. shahar, Y. tumani, Markaz-6 mavzesi, Sh.R. koʻchasi, 117 va 95-uylar oraligʻidagi, umumiy maydoni 0,75 gektar yer uchastkasi ajratib berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga binoan, investitsiyaviy loyihani amalga oshirish maqsadida 2-javobgar tomonidan T. shahar, Y. tumani, Markaz-6 mavzesida joylashgan chiqindilarni yigʻish, qoʻriqlash xizmati punkti va obodonlashtirish hamda avtoturargohlarni tozalash, koʻchirish bogʻliq boʻlgan ishlar boshlab yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimining 2018-yil 29-noyabrdagi 1682-sonli qarorining 1-javobgarga yer maydoni ajratish haqidagi 2014-yil 4-avgustdagi 651-sonli qarorini bekor qilish haqidagi qismi maʼmuriy sud tomonidan haqiqiy emas deb topilganligi, 1-javobgarning yerdan foydalanishga boʻlgan huquqi tiklanganligi oqibatida 2-javobgarga ajratilishi nazarda tutilgan yer 1-javobgarga qaytarilganligi sababli 2-javobgar tomonidan investitsiya shartnomasi asosida bajarilgan ishlar uchun ketgan xarajatlarni qoplash maqsadida 2019-yil 21-noyabrda javobgarlar oʻrtasida 11 — 19-sonli kompensatsiya evaziga teng qiymatli obodonlashtirilgan turar-joy (xonadon)ga mulk huquqni berish toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaning 1.2-bandiga koʻra, 1-javobgar Toshkent shahar hokimining 2019-yil 7-fevraldagi 159-sonli qarori asosida 2-javobgar tomonidan T. shahar, Y. tumani, Markaz-6 mavzesi, Sh.R. koʻchasi 117 va 95-uylar oraligʻidagi, umumiy maydoni 0,75 gektar yer uchastkasida bajarilgan ishlarga ketgan xarajatlarning kompensatsiyasi sifatida 2-javobgarga 1 947 000 000 soʻm pul mablagʻlarini toʻlab berish yoxud 1-javobgar tomonidan Y. tumani, Markaz-6 mavzesi, Sh.R. koʻchasi 117 va 95-uylar oraligʻidagi, umumiy maydoni 0,7 gektar yer uchastkasida quriladigan yangi turar-joydan umumiy maydoni 400 kv.metrdan kam boʻlmagan xonadonni mulk huquqi asosida taqdim qilish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur shartnomaning 2.1-bandiga koʻra, 1-javobgar 2020-yil 1-iyungacha 2-javobgarga 1 947 000 000 soʻm pul mablagʻlarini toʻlab berishi, 2020-yil 2-iyundan keyin shartnoma tuzilgan kundan boshlab 26 oy oʻtguncha Y. tumani, Markaz-6 mavzesi, Sh.R. koʻchasi 117 va 95-uylar oraligʻidagi, umumiy maydoni 0,7 gektar yer uchastkasida quriladigan yangi turar-joydan umumiy maydoni 400 kv.metrdan kam boʻlmagan xonadonni mulk huquqi asosida taqdim qilishi, 26 oy oʻtgandan kundan boshlab esa, 2-javobgarga 1 947 000 000 soʻm pul mablagʻlarini va hisob-kitob toʻliq amalga oshirilgan kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan oʻrnatiladigan bank foizining hisob stavkasi boʻyicha foizlar toʻlash majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyinchalik, javobgarlar oʻrtasida 2022-yil 14-fevralda imzolangan 1-sonli kelishuvda, 2-javobgar 2019-yil 21-noyabrdagi 11 — 19-sonli shartnoma boʻyicha 1-javobgar tomonidan barcha majburiyatlar bajarilganligi tasdiqlanib, kelishuv imzolagan paytda 1-javobgar 2-javobgarga 2 237 291 840 soʻm kompensatsiya toʻlovini toʻlab berganligi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan norozi boʻlgan “M.S.” masʼuliyati cheklangan jamiyatining taʼsischisi M.Sh.M. (bundan buyon matnda daʼvogar deb yuritiladi) javobgarlarga nisbatan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, 2022-yil 14-fevralda tuzilgan 1-sonli kelishuvni haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunga asos qilib, daʼvo arizasida “M.S.” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 2021-yil uchun 1-shakl hisoboti boʻyicha jamiyat mol-mulkining qiymati, yaʼni aktivlari qiymati 37.914,43 ming soʻmni tashkil etishi, jamiyat tasarrufidan 2 237 291 840 soʻmni chiqarish toʻgʻrisida 2022-yil 14-fevraldagi 1-sonli kelishuv jamiyat uchun yirik bitim hisoblanishi, “Masʼuliyati cheklangan xamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 44-moddasining uchinchi qismiga asosan yirik bitimni tuzish toʻgʻrisidagi qaror jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinishi lozim boʻlganligi, ushbu Qonun 44-moddasining beshinchi qismiga koʻra, ushbu moddada nazarda tutilgan talablar buzilgan holda tuzilgan yirik bitim jamiyatning yoki uning ishtirokchisining daʼvosiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkinligi nazarda tutilganligi, biroq daʼvogar jamiyatning ishtirokchisi boʻlgani holda ushbu kelishuvdan xabardor boʻlmaganligi va bu kelishuvni tasdiqlash haqida umumiy yigʻilish qarori qabul qilinmaganligi, kelishuv taraflarining har ikkalasi ham tashkiliy-huquqiy shakli MChJ boʻlganligi bois Qonundan nazarda tutilgan ushbu tartibdan xabardor boʻlishi lozim boʻlganligi, shuning uchun bu kelishuvni imzolashda “A.” masʼuliyati cheklangan jamiyati ikkinchi tarafdan, yaʼni “M.S.” masʼuliyati cheklangan jamiyatidan jamiyat ishtirokchilari qarorini talab qilib olishi lozim boʻlganligi koʻrsatilib, taraflar oʻrtasida 2022-yil 14-fevralda imzolangan 1-sonli kelishuvni Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi)ning 113 va 126-moddasi talablari asosida haqiqiy emas deb topish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2022-yil 18-avgustdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo talabini qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2022-yil 20-oktabrdagi qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar sud qarorlari ustidan kassatsiya shikoyati berib, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 18-avgustdagi hal qiluv qarorini hamda Toshkent shahar sudi iqtisodiy iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 20-oktabrdagi qarorini bekor qilib, 2022-yil 14-fevralda tuzilgan 1-sonli kelishuvni haqiqiy emas deb topish haqida yangi qaror qabul qilishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarning vakili kassatsiya shikoyatini quvvatlab, 2022-yil 14-fevraldagi 1-sonli kelishuv yirik bitim deb hisoblanishi, biroq ushbu kelishuvni tuzishda taʼsischilarning umumiy yigʻilishi qarori qabul qilinmaganligi, 2019-yil 21-noyabrdagi 11-19-sonli shartnoma boʻyicha kompensatsiya miqdori 1 947 000 000 soʻm boʻlsa-da, 1-sonli kelishuvda 1-javobgar 2-javobgarga nima sababdan 2 237 291 840 soʻm kompensatsiya toʻlovini toʻlab berganligi masalasiga aniqlik kiritilmaganligi, shuningdek, daʼvo talabi aniq moddiy huquq normasi bilan asoslantirilsada, birinchi instansiya sudi tomonidan ushbu holatga bir yoqlama va noxolis yondashilib qaror qabul qilinganligi, shuningdek sud majlisida nizoli kelishuvni imzolagan 2-javobgarning rahbari M.P. haqiqatdan ham kelishuvni ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini chaqirmasdan tuzilganligi, bunga sabab esa 1-javobgar unga T. shahar, Y. tuman, Markaz-6 mavzesi, Sh.R. koʻchasi 117 va 95-uylar oraligʻidagi, umumiy maydoni 0,70 gektar yer uchastkasiga huquqni belgilovchi kadastr hujjatlarini rasmiylashtira olmayotganligi, buning uchun 2-javobgar tomonidan imzolangan kompensatsiya puli olinganligini tasdiqlovchi kelishuvni taqdim etishi lozimligi, ushbu kelishuv hech qanday yuridik oqibat tugʻdirmasligi, faqatgina kadastr organlariga koʻrsatilib, keyinchalik yirtib tashlanishi toʻgʻrisida iltimos qilganligi, kadastr hujjatlari rasmiylashtirganidan keyin qurilishni tezlashtirishi va 2022-yil 21-noyabrdagi 11 — 19-sonli shartnomaning 2.1-bandiga muvofiq majburiyatlar tezroq bajarish imkoni boʻlishligi, yaʼni mulkni tezroq 2-javobgarga taqdim qilishni maʼlum qilganligi sababli ushbu kelishuvni imzolaganligi haqida koʻrsatma berganligi, ammo sudlar tomonidan ushbu holatga aniqlik kiritilmaganligi, sud tomonidan kompensatsiya puli amalda toʻlab berilganligi holatiga aniqlik kiritilmaganligi natijasida noqonuniy hal qiluv qarori qabul qilinganligini bayon qilib, sud qarorlarini bekor qilib, 2022-yil 14-fevralda tuzilgan 1-sonli kelishuvni haqiqiy emas deb topish haqida yangi qaror qabul qilishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida javobgarning vakili ishtirok etmadi. Vaholanki, javobgar sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etish uchun “M.S.” masʼuliyati cheklangan jamiyatining vakili Sh.K. bilan videokonferensaloqa rejimida bogʻlanishga urinib koʻrilganda, oʻzini Sh.K. deb tanishtirgan shaxs bilan ovozli tarzda bogʻlanildi. Biroq, videokonferensaloqa oʻrnatishning imkoniyati boʻlmadi. Sh.K.ning taʼkidlashicha, u ayni vaqtda BAAning Dubay shahrida boʻlib, u erda video va audioga cheklov (blok) oʻrnatilganligi bois ulanishning imkoniyati boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 297-moddasining toʻrtinchi qismiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati joyida maslahatlashib, “M.S.” masʼuliyati cheklangan jamiyatining vakili bilan videokonferensaloqa oʻrnatishning imkoniyati boʻlmaganligi va javobgarlar sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilinganligini inobatga olib, ishni ularning vakili ishtirokisiz koʻrib chiqishni lozim topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati, daʼvogar vakilining tushuntirishlarini tinglab, kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra sud qarorlarini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, “M.S.” masʼuliyati cheklangan jamiyatining taʼsis hujjatlariga koʻra jamiyat ustav fondida ishtirokchilarning ulushlari quyidagi miqdorlarda taqsimlangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
P.M. M. — 50% (5.000.000 soʻm);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
M.Sh.M. — 50% (5.000.000 soʻm).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda qonun deb yuritiladi)ning 44-moddasiga koʻra, agar jamiyatning ustavida yirik bitimlarning ancha katta miqdori nazarda tutilgan boʻlmasa, bunday bitimlarni tuzish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadigan kundan oldingi oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya hisobotlari maʼlumotlari asosida aniqlangan jamiyat mol-mulki qiymatining yigirma besh foizidan ortiq qiymatga ega boʻlgan mol-mulkni jamiyatning olishi, tasarrufidan chiqarishi yoki jamiyat bevosita yoxud bilvosita mol-mulkni tasarrufidan chiqarishi ehtimoli bilan bogʻliq boʻlgan bitim yoki oʻzaro bogʻliq bir necha bitim yirik bitim deb hisoblanadi. Jamiyatning odatdagi xoʻjalik faoliyati jarayonida tuziladigan bitimlar yirik bitimlar deb eʼtirof etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning maqsadlari uchun yirik bitim natijasida jamiyatning tasarrufidan chiqariladigan mol-mulkning qiymati uning buxgalteriya hisobi maʼlumotlari asosida, jamiyat oladigan mol-mulkning qiymati esa — taklif qilingan baho asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yirik bitimni tuzish toʻgʻrisidagi qaror jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatda jamiyatning kuzatuv kengashi tuzilgan taqdirda, qiymati jamiyat mol-mulki qiymatining yigirma beshdan to ellik foizigachasini tashkil etadigan mol-mulkni olish, tasarrufdan chiqarish yoki jamiyat bevosita yoxud bilvosita tasarrufidan chiqarishi ehtimoli bilan bogʻliq boʻlgan yirik bitimlarni tuzish toʻgʻrisidagi qarorlarni qabul qilish jamiyatning ustaviga binoan jamiyat kuzatuv kengashining vakolatiga kiritilishi mumkin. Bunda kuzatuv kengashining aybi bilan yirik bitim tuzilishi natijasida yetkazilgan zarar uchun jamiyatning kuzatuv kengashi umumiy yigʻilish oldida javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haqiqiy emas deb topish soʻralgan kelishuvda, 2-javobgar 1-javobgarga T. shahri, Y. tumani, Markaz-6 dahasi, 117-95-uylarning orasida bajarilgan qurilish montaj ishlarini, xususan gaz, aloqa tarmogʻini, issiqlik tarmogʻi, kanalizatsiya, suv, elektr kabeli kabi ishlarni mulk sifatida topshirganligi hamda 1-javobgar tomonidan 2-javobgarga jami 2 237 291 840 soʻm kompensatsiya toʻlovi toʻlab berilganligi qayd etilgan. Kelishuvning 1-bandida 2-javobgarning 1-javobgarga nisbatan boshqa talablari mavjud emasligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, 2-javobgar 2022-yil 14-fevraldagi 02/02-sonli xat bilan 1-javobgarga murojaat qilib, unga nisbatan talablari mavjud emasligi, kompensatsiya toʻlovlarini toʻliq olganligini maʼlum qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FKning 113-moddasiga koʻra, bitim ushbu Kodeksda belgilab qoʻyilgan asoslarga koʻra, sud haqiqiy emas deb topganligi sababli (nizoli bitim) yoki bunday deb topilishidan qatʼi nazar, haqiqiy emas deb hisoblanadi (oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan bitim).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Kodeksning 126-moddasiga binoan, agar shaxsning bitim tuzish vakolatlari shartnoma bilan yoki yuridik shaxs vakolatlari uning taʼsis hujjatlari bilan ishonchnomada, qonunda belgilab qoʻyilganiga nisbatan yoinki bitim tuzilayotgan vaziyatdan aniq koʻrinib turgan deb hisoblanishi mumkin boʻlgan vakolatlariga nisbatan cheklab qoʻyilgan boʻlsa va bitimni tuzish paytida bunday shaxs yoki organ ana shu cheklashlar doirasidan chiqib ketgan boʻlsalar, bitimdagi ikkinchi taraf mazkur cheklashlarni bilgan yoki oldindan bilishi lozim boʻlganligi isbotlangan hollardagina bitim cheklash belgilanishidan manfaatdor boʻlgan shaxsning daʼvosi boʻyicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2014-yil 28-noyabrdagi 269-son qarorining 17-bandida bitim, agar u boʻyicha boshqa taraf qayd etilgan cheklash haqida bilgan yoki oldindan bilishi lozim boʻlgan holatlar aniqlangan taqdirdagina, FKning 126-moddasi asosida haqiqiy emas deb topilishi mumkinligi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, 1-javobgar 2022-yil 14-fevralda 1-sonli kelishuvni imzolashda 2-javobgar direktorining bunday kelishuvni imzolashga vakolati yoʻqligini bilgan yoki oldindan bilishi lozim boʻlganligi aniqlanmagan va (yoki) mazkur holat daʼvogar tomonidan ham dalillar bilan isbotlab berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, IPKning 68-moddasiga koʻra, ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs oʻz talablari va eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun 44-moddasi birinchi qismining mazmuniga koʻra, bitimni yirik deb hisoblash uchun u bir qancha mezonlarga javob berishi, shu jumladan mol-mulkni jamiyatning olishi, tasarrufidan chiqarishi yoki jamiyat bevosita yoxud bilvosita mol-mulkni tasarrufidan chiqarishi ehtimoli bilan bogʻliq boʻlgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, nizoli kelishuvga koʻra, 2 237 291 840 soʻm kompensatsiya toʻlovi bajarilgan qurilish-montaj ishlari evaziga topshirilishi nazarda tutilgan boʻlib, daʼvogar tomonidan ushbu bitim mol-mulkni jamiyatning tasarrufidan chiqarilishi yoki jamiyat bevosita yoxud bilvosita mol-mulkni tasarrufidan chiqarishi ehtimoli bilan bogʻliq bitim ekanligi isbotlab berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati, daʼvogarning 1-javobgar tomonidan 2-javobgarga kompensatsiya puli amalda toʻlab berilmaganligi toʻgʻrisidagi vajlari bilan kelishmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunki, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 4-1001-2229/12752-sonli ish boʻyicha 2022-yil 26-maydagi hal qiluv qarori bilan daʼvogar “M.S.” masʼuliyati cheklangan jamiyati daʼvo arizasi bilan iqtisodiy sudga murojaat qilib, uchinchi shaxs sifatida “A.” masʼuliyati cheklangan jamiyatini jalb qilgan holda javobgar Toshkent shahar hokimiyati hisobidan 1 306 916 917 soʻm kompensatsiya toʻlovi, bajarilgan ishlar uchun 360 435 143 soʻm pul mablagʻlarini undirish va javobgarga daʼvogarning investor sifatida kafolatlangan huquqlarini tiklash uchun Toshkent shahar hududidan 0,75 gektar yer maydoni ajratib berish majburiyatini yuklash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasini qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning bunday qarorga kelishiga daʼvogar va uchinchi shaxs oʻrtasida tuzilgan yozma kelishuvga koʻra daʼvogar uchinchi shaxsga T. shahar, Y. tumani, Markaz-6 dahasi, 117-95 uylarning orasida bajarilgan qurilish-montaj ishlarini mulk sifatida topshirganligi hamda uchinchi shaxs tomonidan daʼvogarga jami 2 237 291 840 soʻm kompensatsiya toʻlovi toʻlab berilganligi qayd etilganligi, kelishuvning 1-bandida daʼvogarning uchinchi shaxsga nisbatan boshqa talablari mavjud emasligi belgilanganligi hamda daʼvogar 2022-yil 14-fevraldagi 02/02-sonli xat bilan masʼuliyati cheklangan jamiyatiga murojaat qilib, unga nisbatan talablari mavjud emasligi, kompensatsiya toʻlovlarini toʻliq olganligini maʼlum qilganligi asos boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 73-moddasining ikkinchi qismiga koʻra, iqtisodiy sudning ilgari koʻrilgan ish boʻyicha qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan holatlar sud xuddi shu shaxslar ishtirok etayotgan boshqa ishni koʻrayotganida yangidan isbot qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur hal qiluv qarori apellatsiya instansiya sudining 2022-yil 14-iyuldagi qarori bilan oʻzgarishsiz qoldirilgan boʻlib, keyinchalik oʻzgartirilmagan yoki bekor qilinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarning kassatsiya shikoyatidagi nizoli kelishuv javobgarning rahbari M.P. tomonidan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun tuzilganligi, ushbu kelishuv hech qanday yuridik oqibatlar tugʻdirmasligi, faqatgina kadastr organlariga koʻrsatilib, keyinchalik yirtib tashlanishi toʻgʻrisida iltimos qilganligi sababli imzolaganligi haqida koʻrsatma berganligi toʻgʻrisidagi vajlari bilan kelishib boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunki, mazkur bitim aldash taʼsirida, yuridik oqibatlar tugʻdirish niyati boʻlmagan holda yoki nomigagina tuzilganligi daʼvogar tomonidan IPKning 68, 72-moddalariga muvofiq dalillar bilan isbotlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, Toshkent shahar sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan 4-1001-2229/12752-sonli ish boʻyicha 2022-yil 14-iyulda xususiy ajrimi chiqarilib, “M.S. masʼuliyati cheklangan jamiyatining 2022-yil 5-yanvardan 13-iyulgacha boʻlgan bank aylanmasi maʼlumotnomasida “A.” masʼuliyati cheklangan jamiyatidan pul mablagʻlari daʼvogar hisob-raqamiga kelib tushmaganligi qayd etilganligi sababli ushbu holatlarga tegishli huquqiy baho berish masalasini hal etish uchun Toshkent shahar prokuraturasiga yuborilgan va ushbu xususiy ajrim boʻyicha Yunusobod tumani IIB FMB TB tergovchisining 2022-yil 5-sentabrdagi qarori bilan jinoyat ishini qoʻzgʻatish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, daʼvogar vakili tomonidan sud majlisida Yunusobod tumani IIB FMB TB tergovchisining 2022-yil 5-sentabrdagi jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorida 1-javobgar rahbarining 2022-yil 14-fevraldagi 1-sonli kelishuvni imzolashda 2-javobgar rahbarining vakolati yoʻqligini bilganligi holati aniqlanganligi vaji keltirilgan boʻlsa-da, biroq, Ushbu qarorda yuqoridagi holatlar aniqlanganligi koʻrsatilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 302-moddasi birinchi qismining 4-bandiga koʻra, moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar moddiy va protsessual huquq normalarini toʻgʻri qoʻllab, ish holatlariga muvofiq qonuniy va asoslantirilgan qarorlar qabul qilganlar. Shu sababli sud qarorlarini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 301-moddasining 1-bandiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati sud qarorlarini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa, qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 118-moddasiga binoan, kassatsiya shikoyati uchun oldindan toʻlangan sud xarajatlarini daʼvogarning zimmasida qoldirish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 118, 301 va 303-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 18-avgustdagi hal qiluv qarori va Toshkent shahar sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 20-oktabrdagi qarori oʻzgarishsiz, “M.S.” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi M.Sh.M.ning kassatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror qabul qilingan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi Sh. MAHMUDOV
hayʼat aʼzolari A. ABDULLAYEV
B. ISRAYLOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 6-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1001-2206/31397-son