1-ILOVA
1-ILOVA
| Bosqichlar | Subyektlar | Chora-tadbirlar | Bajarish muddatlari | |||
| 1-bosqich | Tashkiliy qoʻmita | Tanlovni eʼlon qiladi va arizalar qabuli boshlanadi. | Har yili 1-mayga qadar | |||
| 2-bosqich | Ariza beruvchilar | Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq ariza va unga ilova qilingan materiallar portal orqali topshiriladi. Tanlovda ishtirok etish uchun jamoalarning Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega barcha aʼzolari portalda “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi (OneID) orqali roʻyxatdan oʻtadilar. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar — maxsus yoʻnalish ishtirokchisi boʻlgan jamoalar portalda mavjud shakl orqali roʻyxatdan oʻtadi. | Har yili 1-iyulga qadar | |||
| 3-bosqich | “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MCHJ (Ishchi organ) | 1. Portal orqali kelib tushgan ariza va unga ilova qilingan materiallarning toʻliqligini koʻrib chiqadi hamda Nizom talablariga mosligini tekshiradi. Bunda ariza beruvchilarning keyingi bosqichga oʻtganligi (oʻtmaganligi) haqida elektron pochta manziliga xabar (portaldagi shaxsiy kabinetiga xabarnoma) yuboriladi hamda keyingi bosqichga oʻtgan jamoalarga “ishtirokchi” maqomi beriladi. | Har yili 1-iyuldan 20-iyulga qadar | |||
| Ishchi organ | 2. Ishtirokchi jamoalar uchun umumiy uchrashuv va mentor maslahatlarini olish maqsadida tadbir tashkil etiladi. | Har yili 5-avgustga qadar | ||||
| Ishtirokchi jamoalar | 3. Ishtirokchi jamoalar oʻzlari ishlab chiqqan loyihalarni takomillashtirishlari va portalga qaytadan joylashtirishlari mumkin. Kechikib taqdim etilgan loyihalar koʻrib chiqilmaydi. | Har yili 5-avgustdan 5-sentabrga qadar | ||||
| 4-bosqich | Axborot texnologiyalari sohasida xizmatlar koʻrsatuvchi masʼul tashkilot (masʼul tashkilot) | 1. Ishtirokchi jamoalarning loyihalarini tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlangan mezonlar va Nizom talablari asosida onlayn tarzda jamoa ishtirokisiz baholaydi va saralaydi. Har bir asosiy yoʻnalish boʻyicha eng yuqori natijaga ega boʻlgan 10 tadan (jami 50 ta) ishtirokchi jamoa tanlab olinadi va ular tanlovning keyingi (beshinchi) bosqichiga oʻtadi. | Har yili 5-sentabrdan 25-sentabrga qadar | |||
| Ishchi organ | 2. Ushbu bosqich natijalari portalda eʼlon qilinadi va ular boʻyicha jamoaning masʼul vakili elektron pochta manziliga keyingi bosqichga oʻtganlik (oʻtmaganlik) toʻgʻrisida xabar (portaldagi shaxsiy kabinetiga xabarnoma) yuboriladi. | Loyihalar baholanganidan soʻng bir hafta muddatda | ||||
| Ishtirokchi jamoalar | 3. Navbatdagi bosqichga oʻtgan ishtirokchi jamoalarga ishchi organ tomonidan tegishli yoʻnalishlar boʻyicha mentorlar taklif etiladi va oʻz loyihalarini takomillashtirish uchun 30 kun muddat beriladi. | Har yili 5-oktabrdan 5-noyabrga qadar | ||||
| 5-bosqich | Ishtirokchi jamoalar, masʼul tashkilot | 1. Ushbu bosqichga oʻtgan ishtirokchi jamoalar oʻzlarining loyihalari boʻyicha masʼul tashkilotda taqdimot oʻtkazadilar va himoya qiladilar. 2. Tanlovning maxsus yoʻnalishi boʻyicha loyihalar taqdimoti oʻtkaziladi. Bunda maxsus yoʻnalish boʻyicha ishtirokchi jamoalar 72 soat ichida alohida shartlar asosida dasturiy mahsulotning prototipini ishlab chiqadilar hamda oʻz loyihalarini masʼul tashkilotda taqdimot oʻtkazadilar va himoya qiladilar. 3. Ushbu bosqichga oʻtgan ishtirokchi jamoalarning loyiha taqdimotlari natijasi boʻyicha baholaydi va har bir yoʻnalishlar boʻyicha 5 tadan oltinchi (yakuniy) bosqichga oʻtadigan ishtirokchi jamoalarni aniqlaydi. Bunda har bir asosiy yoʻnalish boʻyicha tanlovning keyingi (yakuniy) bosqichiga oʻtadigan 5 tadan (jami 25 ta) ishtirokchi jamoa tanlab olinadi. | Har yili 10-noyabrga qadar tashkiliy qoʻmita tomonidan belgilangan sanada | |||
| 6-bosqich | Jamoatchilik | 1. Masʼul tashkilot tomonidan tanlovning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha aniqlangan 25 ta ishtirokchi jamoaga belgilangan mezonlar asosida 5 ballik tizim boʻyicha ovoz beriladi. Jamoatchilik tomonidan ovoz berish natijasiga muvofiq har bir yoʻnalish boʻyicha eng koʻp ovozga ega boʻlgan, 1, 2 va 3 oʻrinlarni egallagan (jami 15 ta) ishtirokchi jamoalar tanlovning asosiy yoʻnalishi boʻyicha gʻoliblar hisoblanadi. | Har yili 20-noyabrdan 5-dekabrga qadar | |||
| Tashkiliy qoʻmita | 2. Tanlovning asosiy va maxsus yoʻnalishi boʻyicha natijalar rasman taqdirlash marosimida eʼlon qilinadi va ushbu natijalar eʼlon qilinganidan soʻng ikki kun ichida portalda ham joylashtiriladi. Tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimi tashkiliy qoʻmita tomonidan tantanali ravishda tashkil qilinadi. | Har yili 25-dekabrga qadar | ||||
| Ishchi organ | 3. Tanlov gʻoliblariga pul mukofotlari oʻtkazib beriladi: a) asosiy yoʻnalishlar boʻyicha — birinchi transh (50 foiz miqdorida); b) maxsus yoʻnalish boʻyicha — 100 foiz miqdorida. | Tanlov gʻoliblari eʼlon qilingan kundan boshlab 15 ish kuni mobaynida | ||||
| Tanlovning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha gʻoliblar | 4. Ikkinchi-uchinchi transhlarni (25 foizdan) olish uchun muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida oʻz loyihalarini takomillashtiradi. | Bir yil mobaynida |
2-ILOVA
|
Ariza beruvchi haqida maʼlumot |
|
1. Jamoa aʼzolarining F.I.O. |
|
2. Jamoa aʼzolarining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) |
|
3. Barcha jamoa aʼzolarining telefon raqami va elektron pochtasi |
|
4. Barcha jamoa aʼzolarining vazifalari: • Frontend dasturchi • Backend dasturchi • Data muhandis • AI muhandis • Mobil dasturchi • Devops dasturchi • Product menejer • Web dasturchi • Sinovchi • Dizayner • Boshqa |
|
5. Jamoa ishtirok etayotgan hudud/viloyat |
|
6. Jamoa aʼzolarining ish/oʻqish joyi |
|
Loyiha toʻgʻrisida maʼlumot |
|
7. Tanlov yoʻnalishi: • Sunʼiy intellekt texnologiyalari • Ijtimoiy yoʻnalishda raqamli texnologiyalar • Axborot va kiberxavfsizlik texnologiyalari • Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar • Kompyuter va mobil oʻyin dasturlari |
|
8. Loyiha nomi |
|
9. Loyihaning tavsifi |
|
10. Loyihani tavsiflovchi videolavhaga havola (3 daqiqagacha boʻlgan) |
|
11. Loyihaning taqdimoti (PDF shaklida) — yuklash yoki unga havola |
|
12. Loyihaning GitNub platformasidagi havola |
|
13. Loyihaning prototipi (MVP)ra havola |
|
14. Loyihaning yuqori sifatdagi logotipi (yuklash) |
2-ILOVA
|
1. |
Sh.X. Shermatov |
— |
raqamli texnologiyalar vaziri, tashkiliy qoʻmita raisi |
|
2. |
O.A. Pekos |
— |
raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari |
|
3. |
A.Z. Saʼdullayev |
— |
yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi oʻrinbosari — Yoshlar ishlari agentligi direktori, tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari |
|
4. |
Lavozimi boʻyicha |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi (kelishuvga asosan) |
|
5. |
D.A. Vahobov |
— |
Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi raisi |
|
6. |
K.X. Karimov |
— |
oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
7. |
Lavozimi boʻyicha |
— |
sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
8. |
O.N. Mirzayev |
— |
“Kiberxavfsizlik markazi” DUK direktori |
|
9. |
K.N. Irisbekova |
— |
AT “Aloqabank” boshqaruvi raisi |
|
10. |
F.Z. Ibragimov |
— |
“Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MCHJ direktori, tashkiliy qoʻmita kotibi |