Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Xalqaro mehnat tashkilotining xodimlarni ish joyidagi havoning ifloslanishi, shovqin va tebranishlar tufayli yuzaga keladigan kasbiy xavf-xatardan himoya qilish toʻgʻrisidagi 148-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1977-yil 20-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-986-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (“Xalqaro mehnat tashkilotining ishchilarni ish joyida havo ifloslanishi, shovqin va tebranish tufayli vujudga keladigan kasbiy xavf-xatardan himoyalash toʻgʻrisidagi 148-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1977-yil 20-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”) (ikkinchi oʻqish).
2. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bola huquqlarini himoya qilishni yanada kuchaytirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-962-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bola huquqlari himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”) (ikkinchi oʻqish).
3. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tibbiyot tizimi rahbarlarining jamoatchilik oldida hisobot berish tizimini joriy etishga qaratilgan oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-980-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
4. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlarning bank hisobvaragʻidagi pul mablagʻlari daxlsizligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-985-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
5. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan tartibga solish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-990-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
6. “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga banklar ustav kapitalining eng kam miqdorini bosqichma-bosqich oshirishga qaratilgan oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-993-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
7. “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi QL-994-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
8. “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qayta koʻrib chiqish haqida.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ayrim qoʻmitalari tarkibiga oʻzgarishlar kiritish toʻgʻrisida.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Devoni tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 24-yanvar,
2892-IV-son