Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari majmualarini tashkil etish boʻyicha 2021-2022-yillarga moʻljallangan manzilli dasturning ijro etilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri vazifasini bajaruvchi T. Xudaybergenovning javobi haqida
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari majmualarini tashkil etish boʻyicha 2021-2022-yillarga moʻljallangan manzilli dasturning ijro etilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri vazifasini bajaruvchi T. Xudaybergenov tomonidan yuborilgan yozma javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi hamda Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari majmualarini tashkil etish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan parlament nazoratini amalga oshirsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 10-yanvar,
2855-IV-son