30.01.2023 yildagi 2917-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining 2022-yildagi faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) 2022-yildagi faoliyati yuzasidan axborotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, hisobot yilida mamlakatning mudofaa salohiyatini oshirish, xavfsizligini taʼminlash, harbiy qurilish sohasidagi siyosatni amalga oshirish, jamoat xavfsizligini taʼminlash kabi muhim yoʻnalishlarning huquqiy poydevorini mustahkamlashga Qoʻmita tomonidan ustuvor ahamiyat qaratilgan hamda ushbu yoʻnalishlarda olib borilayotgan ishlar ustidan taʼsirchan parlament nazorati oʻrnatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Qoʻmita jami 14 ta qonun loyihasiga masʼul boʻlgan va ularning 11 tasi qabul qilinib, maʼqullash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, qoʻmita masʼulligida tegishli sohalarni tartibga solishga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilindi. “Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi hamda “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi qonunlar shular jumlasidandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita tomonidan qonunlarning ijro etilish holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini joylarga chiqib oʻrganish, dolzarb masalalar yuzasidan mansabdor shaxslarning axborotini eshitishga qaratilgan jami 8 ta nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, qoʻshinlarning jangovar shayligi hamda tayyorgarligini yaxshilashga oid qonun hujjatlarining ijro etilish holati Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Sharqiy harbiy okrugi misolida oʻrganilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi rahbariyatining 2021-yilda Oʻzbekiston Respublika Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish toʻgʻrisidagi axboroti Qoʻmita majlisida eshitilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi halq taʼlimi vaziriga “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shu jumladan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida chaqiruvga kadar boshlangʻich tayyorgarlik fanini oʻqitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” parlament soʻrovi yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa va xavfsizlik sohasiga taalluqli masalalarni oʻrganish, tahlil qilish hamda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan 4 ta seminar, 2 ta davra suhbati hamda 4 ta uchrashuv oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari mudofaa va xavfsizlik sohasidagi xalqaro tajribani oʻrganish, oʻzaro aloqalarni mustahkamlash maqsadida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bilan hamkorlikda “Oʻzbekistonda xavfsizlik sektori boʻyicha parlament tekshiruvlarini kuchaytirish” mavzusida seminar tashkil etilgan. Shu bilan birga hamkorlik doirasida 2022-yilning 12 — 14-dekabr kunlari Qoʻmita aʼzolarining Qonunchilik palatasi delegatsiyasi tarkibida Vena shahriga (Avstriya Respublikasiga) tashrifi amalga oshirilib, uchrashuvlarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi qarorlari ijrosi doirasida “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tomonidan 2022-yilning 19 — 29-oktabr kunlari “Yoshlar oʻzi, armiya va vatanparvarlik haqida” soʻrov oʻtkazilgan. Qoʻmita mazkur sotsiologik tadqiqot natijalaridan qonunchilikni yanada takomillashtirish, nazorat-tahlil tadbirlarini amalga oshirishda keng foydalanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita aʼzolari tomonidan saylovchilar bilan tizimli muloqotni kuchaytirish, joylarda mavjud muammolarni oʻz vaqtida aniqlashga, ularni tezkorlik bilan bartaraf etishga ustuvor ahamiyat berilgan holda jismoniy va yuridik shaxslarning 547 ta murojaati koʻrib chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita faoliyatini tashkil etishda ochiqlik va oshkoralik prinsiplariga alohida eʼtibor qaratilib, ommaviy axborot vositalarida jami 993 marotaba chiqish qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga Qoʻmitaning oʻtgan davrdagi faoliyati tahlili oʻz yechimini kutayotgan qator masalalar ham mavjudligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, qonun tashabbuskorligi borasidagi takliflarni koʻpaytirish, qonunlarning joylarda ijro etilishi holatini oʻrganish borasidagi ishlarni yanada kengaytirish talab etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament nazorati tadbirlari yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlarning ijrosini doimiy monitoring qilib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita huzuridagi ekspertlar guruhi aʼzolarini qonun loyihalarini ishlab chiqish va nazorat-tahlil tadbirlariga kengroq jalb qilish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek joylarda fuqarolar tomonidan koʻtarilayotgan muammolarni masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda koʻrib chiqish hamda ularga yechim topish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining 2022-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat-tahlil tadbirlari doirasida qabul qilingan qarorlarning ijrosini monitoring qilish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita aʼzolarining qonunchilik tashabbusi huquqidan foydalanish samaradorligini yanada oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita masʼul boʻlgan qonun loyihalari yuzasidan Qoʻmita huzuridagi ekspertlar guruhi aʼzolarini jalb qilgan holda muhokamalarni tashkil etib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat xavfsizligini taʼminlash va mudofaa salohiyatini mustahkamlash yoʻnalishlarida sotsiologik tadqiqotlarni oʻtkazish borasida “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi bilan samarali hamkorlikni davom ettirish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaa va xavfsizlik sohasida xalqaro aloqalarni mustahkamlash, xususan, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bilan samarali hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatning mudofaa va harbiy xavfsizligini taʼminlash borasida belgilangan vazifalar ijrosi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini oʻrnatish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari Z. Ibragimova zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 30-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2917-IV-son