Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida ayrim davlat boshqaruvi organlarining qayta tashkil etilganligi, tugatilganligi va tashkiliy boʻysunuvi oʻzgartirilganligi munosabati bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining:
2022-yil 20-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-914-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida”gi 2494-IV-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 9, 915-modda);
2022-yil 20-sentabrda qabul qilingan “QL-914 va QL-939-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida”gi 2495-IV-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 9, 916-modda);
2022-yil 20-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida”gi 2496-IV-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 9, 917-modda);
2022-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida”gi 2727-IV-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi tegishli qonun loyihalarini maromiga yetkazsin va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 17-yanvar,
2876-IV-son