Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Moliyaviy isteʼmol krediti berish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan “Isteʼmol krediti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida”gi QL-977-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
(“Isteʼmol kreditini ajratish tizimini takomillashtirishga qaratilgan “Isteʼmol krediti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish kiritish haqida”)
(“Isteʼmol kreditini ajratish tizimini takomillashtirishga qaratilgan “Isteʼmol krediti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish kiritish haqida”)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Isteʼmol kreditini ajratish tizimini takomillashtirishga qaratilgan “Isteʼmol krediti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish kiritish haqida”gi QL-977-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Moliyaviy isteʼmol krediti berish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan “Isteʼmol krediti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 17-yanvar,
2869-IV-son