1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.07.00.00 Fuqarolar va jamoat birlashmalarining xavfsizlikni taʼminlashdagi ishtiroki;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini muhofaza qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 8-yanvardagi 15-son qaroriga jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun fuqarolarning ijtimoiy himoyasini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar doirasida aholining tinch va osoyishta hayotini taʼminlash va jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirish borasidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida jamoat xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishidagi ishlar boʻyicha davlat organlarining jamoatchilik tuzilmalari bilan oʻzaro maqsadli hamkorligi yoʻlga qoʻyildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, mazkur hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda ishtirok etayotgan fuqarolarni yanada ragʻbatlantirish, shuningdek, ularning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish zarurligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish jarayonida faol ishtiroki davomida olgan tan jarohati hamda vafot etgan fuqarolarning oila aʼzolariga ijtimoiy yordam koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 8-yanvardagi 15-son qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar ilovaga muvofiq kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun fuqarolarning ijtimoiy himoyasini taʼminlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning ijtimoiy himoyasini taʼminlash uchun asos boʻlib hisoblanadigan holatlar va talab etiladigan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning ijtimoiy himoyasini taʼminlash masalasini koʻrib chiqish muddatlari va tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 30-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-yanvardagi 36-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 8-yanvardagi 15-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun ragʻbatlantirish hamda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini taʼminlash tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Quyidagilar fuqarolar va jamoat tashkilotlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtirokini ragʻbatlantirish hamda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini taʼminlash (keyingi oʻrinlarda — fuqarolar va jamoat tashkilotlarini ragʻbatlantirish hamda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini taʼminlash deb ataladi)ning asosiy vazifalari hisoblanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“fuqarolar jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga qoʻshayotgan hissasi uchun ularning hayoti, sogʻligʻi hamda mol-mulkiga tajovuz qilinishining oldini olishga qaratilgan, shuningdek, ularning xavfsizligi va ijtimoiy himoya qilinishi choralarini oʻz ichiga oladigan chora-tadbirlar tizimini belgilash”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini ragʻbatlantirish hamda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini taʼminlash toʻgʻrisidagi takliflar huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha respublika va hududiy idoralararo komissiyalarga (keyingi oʻrinlarda idoralararo komissiyalar deb ataladi) fuqarolar va jamoat tashkilotlarini ragʻbatlantirish hamda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini taʼminlash boʻyicha taqdimnoma kiritish orqali amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bandning birinchi xatboshisi “ragʻbatlantirish” soʻzidan keyin “hamda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini taʼminlash” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-banddagi “ilovadagi” soʻzi “1-ilovadagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 31-bob bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“31-bob. Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
171. Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini taʼminlash mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
172. Fuqaro jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki vaqtida oʻrtacha ogʻir va ogʻir tan jarohati olgan (yetkazilgan)da yoxud halok boʻlganida (vafot etganida) uning ijtimoiy himoyasi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
173. Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini taʼminlash yuzasidan zarur hujjatlarni toʻplash va rasmiylashtirish mazkur Nizomning 172-bandida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlganda, huquqbuzarliklar profilaktikasi uchun bevosita masʼul boʻlgan organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar)lar darajasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar fuqarolarning ijtimoiy himoyasini taʼminlash taklifi bilan hududiy idoralararo komissiyaga, respublika darajasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar esa — respublika idoralararo komissiyaga murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
174. Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar rahbarlarining fuqarolarning ijtimoiy himoyasini taʼminlash boʻyicha taqdimnomasi va unga ilova qilingan asoslovchi hujjatlar, ijtimoiy himoyani taʼminlash uchun asoslar yuzaga kelgan kundan boshlab uch kun muddatda respublika yoki hududiy idoralararo komissiyalarga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
175. Taqdimnomaga ijtimoiy himoyani taʼminlash uchun asos boʻluvchi quyidagi hujjatlardan biri ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-tibbiy ekspertizasi xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vafot etganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
176. Respublika yoki hududiy idoralararo komissiyalar taqdimnoma va boshqa asoslovchi hujjatlar tushgan kundan boshlab oʻn kun muddatda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini taʼminlash masalasini koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
177. Respublika va hududiy idoralararo komissiyalar raislari komissiya qarorining qonuniyligi, adolatliligi va xolisligi uchun shaxsan masʼul hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
178. Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini taʼminlash quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki vaqtida oʻrtacha ogʻir tan jarohati olgan (yetkazilgan)da huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ rahbarining taqdimnomasi asosida chiqarilgan idoralararo komissiya qaroriga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 20 baravari miqdorida bir martalik nafaqa tayinlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki vaqtida ogʻir tan jarohati olgan (yetkazilgan)da huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ rahbarining taqdimnomasi asosida chiqarilgan idoralararo komissiya qaroriga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik nafaqa tayinlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki vaqtida halok boʻlganida (vafot etganida) huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ rahbarining taqdimnomasi asosida chiqarilgan idoralararo komissiya qaroriga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 100 baravari miqdorida bir martalik nafaqa tayinlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bobning nomi “ragʻbatlantirish” soʻzidan keyin “hamda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini taʼminlash” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-band “taqdirlash” soʻzidan keyin “hamda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini taʼminlash” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-band “Ragʻbatlantirilgan” soʻzidan keyin “hamda ijtimoiy himoyasi taʼminlanganlarning” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-band “ragʻbatlantirish” soʻzidan keyin “hamda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini taʼminlash” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilovaning ilova belgisidagi “ilova” soʻzi “1-ilova” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 2-ilova bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlarning nomi
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar
Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ rahbarining ijtimoiy himoyani taʼminlash toʻgʻrisidagi taqdimnomasi va unga ilova qilingan asoslovchi hujjatlarni tegishlicha respublika yoki hududiy idoralararo komissiyaga taqdim etadi.
Ijtimoiy himoyani taʼminlash uchun asoslar yuzaga kelgan kundan boshlab uch kun muddatda
2-bosqich
Respublika yoki hududiy idoralararo komissiyalar
Taqdimnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Taqdimnoma va unga ilova qilingan asoslovchi hujjatlar tushgan kundan boshlab oʻn kun muddatda
3-bosqich
Respublika yoki hududiy idoralararo komissiyalar
Qabul qilingan qaror haqida ijtimoiy himoyani taʼminlash toʻgʻrisidagi taklif bilan chiqqan huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organga xabar beradi.
Qaror qabul qilingan kunning oʻzida
4-bosqich
Respublika yoki hududiy idoralararo komissiyalar
Fuqarolarning ijtimoiy himoyasi taʼminlanadi (fuqarolarga jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi ishtiroki vaqtida oʻrtacha ogʻirlikdagi yoki ogʻir tan jarohati yetkazilganda bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlanadi, vafot etganda uning oila aʼzolariga va qaramogʻida boʻlgan shaxslarga bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlanadi)
Komissiya tomonidan belgilangan muddatda
”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 09/23/36/0062-son)