24.01.2023 yildagi 4-1801-2204/506-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyat sudining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Birinchi instansiya sudida ishni koʻrgan sudya H. Tursunov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudida maʼruzachi sudya M. Bozorov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha apellatsiya instansiyasi sudlov hayʼati M. Astanov raisligida, sudyalar A. Arziyev va M. Bozorovdan iborat tarkibda, sudya katta yordamchisi B. Xolmurodovning kotibligida Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 19-sentabrdagi hal qiluv qaroriga nisbatan daʼvogar “BPT” aksiyadorlik jamiyatining apellatsiya shikoyati boʻyicha ishni javobgar “SFA” IChK taʼsischisi B.M., advokat F.N. (ishonchnoma asosida), vakillari E.Y., B.N., Z.O., O.R., M.U., Sh.R., Sh.Y., A.O., F.R., J.O., A.O., N.M. (shaxsiy maʼlumotnoma asosida), “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati vakili B.B. (ishonchnoma asosida)lar (“BPT” aksiyadorlik jamiyati vakillari ishtirok etmadi) ishtirokida videokonferensaloqa rejimida sud binosida ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daʼvogar “BPT” AJ Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudga daʼvo ariza bilan murojaat qilib, javobgarlar — “SFA” IChK, fuqarolar — K.S.I., M.B.U., R.F.I., O.A.Ch., O.J.Y.ga nisbatan paxtachilik sohasida qishloq xoʻjaligi kooperatsiyasini tashkil etish boʻyicha tashabbuskor guruhning 2020-yil 17-iyuldagi 1-sonli umumiy yigʻilish bayonnomasini ikkinchi masala boʻyicha qabul qilingan qarorning 3-bandini, yaʼni “jismoniy shaxslar” qismini haqiqiy emas deb topishni, “SFA” IChK aʼzolari boʻlgan jismoniy shaxslar — K.S.I., M.B.U., R.F.I., O.A.Ch., O.J.Y.ni kooperatsiya aʼzoligidan chiqarish, “SFA” IChK aʼzolarining 2021-yil 24-martdagi 2/2021-sonli umumiy yigʻilish qarorining “BPT” AJni kooperatsiya taʼsischiligidan chiqarish qismini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2022-yil 9-martdagi ajrimi bilan ishga nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida “OʻPS” AJ jalb etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2022-yil 25-martdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo talablarini qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 24-maydagi qarori bilan daʼvogarning apellatsiya shikoyatini qanoatlantirish rad etilib, birinchi instansiya sudining hal qiluv qaror oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 6-iyuldagi qarori bilan Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 25-martdagi hal qiluv qarori va Qashqadaryo viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 24-maydagi qarori bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2022-yil 30-avgustdagi sud chaqiruv qogʻozi bilan 21 nafar taʼsischi, xususan ishga qoʻshimcha javobgar sifatida fuqarolar — T.X., B.A., N.M., Sh.R., B.N., E.Y., Sh.Y., Sh.X., L.M., O.R., J.R., A.X., Z.O., M.M., A.A., B.X.lar jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2022-yil 19-sentabrdagi ajrimi bilan daʼvogar va uchinchi shaxs vakilining ish yuritishni toʻxtatib turish haqidagi iltimosnomasini hamda javobgar vakilining daʼvo muddatini qoʻllash haqidagi arizasini qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2022-yil 19-sentabrdagi hal qiluv qaroriga asosan daʼvo talablarini qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarning apellatsiya shikoyatida birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvo talablarini qanoatlantirish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2022-yil 27-dekabrdagi ajrimi bilan daʼvogar vakillarining iltimosnomasi qanoatlantirilib, ish yuritish toʻxtatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2023-yil 9-yanvardagi ajrimiga asosan ish yuritish tiklangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida javobgar vakillari apellatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarga qarshi eʼtirozlar bildirib, birinchi instansiya sudi tomonidan ish holatlari qonun hujjatlari asosida toʻliq oʻrganilib, asosli ravishda daʼvo talablarini rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligini, sababi “SFA” ishlab chiqarish kooperativi “Kooperatsiya toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq tashkil etilganini, yuridik va jismoniy shaxslarning kooperatsiyalarda ishtirok etish imkoniyati Fuqarolik kodeksida belgilanganini, ushbu kodeksda jismoniy shaxslar ham kooperatsiyalarda ishtirok etishi mumkinligini, fuqarolar K.S.I., M.B.U., R.F.I., O.A.Ch., O.J.Y.lar taʼsischi sifatida qonuniy aʼzolikka olinganligini, ushbu fuqarolar oʻzlarida boʻlgan barcha mol-mulklarni ishlab chiqarish kooperatsiyasiga tikkanliklarini, Respublika boʻyicha barcha tashkil etilgan kooperatsiyalarda taʼsischi sifatida fuqarolar kirganligi holatlari mavjud ekanligini, shuningdek ishlab chiqarish kooperativ aʼzolarini 2021-yil 15-fevraldagi umumiy yigʻilish qaroriga muvofiq kooperativ aʼzolari 2021-yil 20-martga qadar oʻz ulushlarini kiritish kerakligini, biroq kiritmaganligini, shu sababli kooperativ aʼzoligidan chiqish toʻgʻrisida murojaat qilinganligini, jumladan daʼvogar 2021-yil 20-martda xat bilan murojaat qilib, 1.739.980.000 soʻmlik bino va inshootlar kooperativni ustav kapitaliga ulush sifatida kiritilmaganligi sababli kooperativ aʼzoligidan chiqarish soʻralganligini, shu sababli daʼvogar va fermer hoʻjaliklari hamda oʻn oltita jismoniy shaxslar kooperativ aʼzoligidan chiqarilganligini, umumiy yigʻilish qarori asosida fuqaro A.O., S.K., B.M., J.O., F.R.lar kooperativ taʼsischilari etib belgilanganligini, kooperativni yangi shakllantirilgan ustav kapitali 100,0 mln. soʻmni tashkil etishini, kooperativni yangi ustavi 2021-yil 21-aprelda 836958-son reyestr raqami bilan roʻyxatga olinganligini maʼlum qilib, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni, apellatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan “OʻPS” AJ vakili apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni, birinchi bosqich sudining hal qiluv qarorini bekor qilishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisi muhokamasida daʼvogar qatnashmadi va oʻzining ishonchli vakil ishtirokini taʼminlamadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 274-moddasi 2-bandida apellatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan apellatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi, bundan jamiyat yoki davlat manfaatlarini koʻzlab qoʻzgʻatilgan ishlar boʻyicha prokurorning kelmaganligi mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati mazkur holatda ishni daʼvogar vakillari ishtirokisiz ishdagi mavjud hujjatlar asosida koʻrib chiqishni lozim deb topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati ish boʻyicha taraflar vakillarining tushuntirishlarini eshitib, apellatsiya shikoyatida keltirilgan holatlarni ishdagi dalillar va qonun hujjatlari asosida oʻrganib chiqib, muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz, apellatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlari va sud muhokamasi davomida aniqlangan holatlardan maʼlum boʻlishicha, paxtachilik sohasida qishloq xoʻjaligi kooperatsiyasini tashkil etish boʻyicha tashabbuskor guruhning 2020-yil 17-iyuldagi 1-sonli umumiy yigʻilish qarori asosida Qarshi tuman davlat xizmatlari markazidan 836958-sonli reyestr raqami bilan davlat roʻyxatidan oʻtgan “SFA” MChJni tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shakli oʻzgartirilib, “SFA” ishlab chiqarish kooperativiga aylantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy yigʻilish qarorining uchinchi bandida ishlab chiqarish kooperatsiyasiga tumandagi fermer hoʻjaliklari, taʼminotchi va paxtani qayta ishlovchi korxonalar hamda jismoniy shaxslar ixtiyoriy ravishda pay badal ulushi bilan aʼzo qilinishi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“SFA” ishlab chiqarish kooperativini Nizomi 2020-yil 20-iyulda Qarshi tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan 836958-son reyestr raqami bilan roʻyxatga olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“SFA” ishlab chiqarish kooperativining Nizomiga koʻra nizom jamgʻarmasi 2.200.000.000 soʻmni tashkil qilib, ushbu jamgʻarma taʼsischilar tomonidan quyidagicha shakllantirilishiga kelishilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“BPT” AJ — 1.739.980.000 soʻmlik (maʼmuriy bino, issiqxona binosi, maishiy va savdo doʻkon binosi, muzlatgich binosi bilan) ulush kiritish, “JGJ” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, “QShN” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, “DKGʻ” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, “JSh” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, “EJP” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, “MAA” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, “AHF” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, “AF” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, “TTT” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, “NB” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, “TB” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, “SSh” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, “MHS” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, “XD” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, “T” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, “MI” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, “FCh” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, “AMA” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, “ChMN” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, “XF” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, “OOO” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, “SM” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, “XOʻM” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, “ET” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, “N” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, “AAA” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, “SN” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, “NOʻK” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, “ShYuSh” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, “TON” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, “MUA” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, “EA” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, “RO” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, “BPO” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, “XChB” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, “RBI” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, “UR” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, “EJ” fermer xoʻjaligi 5.575.000 soʻm, shuningdek jismoniy shaxslar — F.R. 20.000.000 soʻm, J.O. 20.000.000 soʻm, T.X. 13.700.000 soʻm, A.O. 20.000.000 soʻm, B.A. 20.000.000 soʻm, S.K. 20.000.000 soʻm, N.M. 5.000.000 soʻm, Sh.R. 5.000.000 soʻm, B.M. 20.000.000 soʻm, B.X. 10.000.000 soʻm, B.N. 5.000.000 soʻm, E.Y. 5.000.000 soʻm, Sh.Y. 10.000.000 soʻm, Sh.X. 10.000.000 soʻm, L.M. 5.000.000 soʻm, O.R. 10.000.000 soʻm, J.R. 10.000.000 soʻm, A.X. 10.000.000 soʻm, Z.O. 10.000.000 soʻm, M.M. 10.000.000 soʻm, A.A. 10.000.000 soʻm pay ulushlari kiritilishi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“SFA” ishlab chiqarish kooperativi aʼzolarining navbatdan tashqari 2021-yil 24-martdagi 2/2021-sonli umumiy yigʻilish qarori bilan 2021-yil 20-martga qadar oʻz ulushlarini kiritmagan kooperativ aʼzolari taʼsischilar safidan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qaror bilan “BPT” aksiyadorlik jamiyati, fermer hoʻjaliklari va 16 ta jismoniy shaxslar taʼsischilar safidan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, qaror bilan 2021-yil 20-martga qadar A.O., S.K., B.M., J.O. va F.R.lar tomonidan ulushlar kiritilganligi sababli kooperativning yangi shakllantirilgan ustav kapital miqdori 100.000.000 soʻm etib belgilanib, ustav kapitali taʼsischilar oʻrtasida quyidagicha taqsimlangan: A.O. tomonidan kiritilgan ulush 20.000.000 soʻm, ustav kapitalidagi ulushi 20 foizi, S.K. tomonidan kiritilgan ulush 20.000.000 soʻm, ustav kapitalidagi ulushi 20 foiz, B.M. tomonidan kiritilgan ulush 20.000.000 soʻm, ustav kapitalidagi ulushi 20 foizni, J.O. tomonidan kiritilgan ulush 20.000.000 soʻm, ustav kapitalidagi ulushi 20 foizni, J.R. tomonidan kiritilgan ulush 20.000.000 soʻm, ustav kapitalidagi ulushi 20 foizni tashkil qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, “SFA” ishlab chiqarish kooperativining yangi ustavi 2021-yil 21-aprelda Qarshi tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan 836958-son reyestr raqami bilan roʻyxatga olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 69-moddasi birinchi qismiga asosan fuqarolarning shaxsiy ishtirok etish hamda aʼzolarning (ishtirokchilarning) mulk bilan qoʻshiladigan pay badallarini birlashtirish asosida birgalikda ishlab chiqarish yoki boshqa xoʻjalik faoliyatini olib borish uchun aʼzolik negizidagi ixtiyoriy birlashmasi ishlab chiqarish kooperativi hisoblanadi. Qonunda va ishlab chiqarish kooperativining taʼsis hujjatlarida uning faoliyatida aʼzolik asosida yuridik shaxslar ham ishtirok etishi nazarda tutilishi mumkinligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kooperatsiya toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasi birinchi bandiga koʻra 16 yoshga toʻlgan, kooperativning maqsad va vazifalarini amalga oshirishda ishtirok etish istagini bildirgan va bunga qodir boʻlgan har bir jismoniy shaxs, basharti Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida oʻzga hol nazarda tutilmagan boʻlsa, kooperativ aʼzosi boʻlishi mumkinligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, “SFA” ishlab chiqarish kooperativi nizomining 5.1-bandida kooperativning maqsad va vazifalarini amalga oshirishda ishtirok etish istagini bildirgan va bunga qodir boʻlgan har bir yuridik va 16 yoshga toʻlgan jismoniy shaxs, basharti Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida oʻzga hol nazarda tutilmagan boʻlsa, kooperativ aʼzosi boʻlishi mumkinligi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qonun hujjatlari normalari daʼvogar vakillarining jismoniy shaxslarning kooperatsiya aʼzosi boʻlishi mumkin emas degan vajini inkor etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Normativ huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 18-moddasiga koʻra turli normativ-huquqiy hujjatlarning yuridik kuchi boʻyicha oʻzaro nisbati Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilgan organlarning vakolatlariga va maqomiga, ushbu hujjatlarning turlariga, shuningdek normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan sanaga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning ikkinchi qismida normativ-huquqiy hujjat oʻziga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq boʻlishi kerak. Uchinchi qismida normativ-huquqiy hujjatlar oʻrtasida tafovutlar boʻlgan taqdirda yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjat qoʻllanilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilgan qonun normalarining talablariga koʻra, daʼvogarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Paxta xomashyosini yetishtirish va qayta ishlash kooperatsiyalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2020-yil 22-iyundagi 398-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning uchinchi bobi beshinchi bandiga asoslanib, paxta xomashyosini yetishtiruvchi fermer hoʻjaliklari va qayta ishlovchi hamda eksport qiluvchi korxonalar kooperatsiyalarning muassislari boʻlishi mumkinligi qayd etilganligi sababli umumiy yigʻilish qarorining “jismoniy shaxslar” qismini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo talabini qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida birinchi instansiya sudi tomonidan asosli xulosaga kelingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunki, qonunda jismoniy va yuridik shaxslar ham kooperativ aʼzosi boʻlishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kooperatsiya toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasi toʻrtinchi bandida kooperativ aʼzosi ustavda nazarda tutilgan hollarda kooperativning umumiy yigʻilishi qaroriga binoan kooperativdan chiqarilishi mumkin. Kooperativ aʼzoligidan chiqarilganlik ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkinligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, “SFA” ishlab chiqarish kooperativ Nizomining 8.6-bandi uchinchi xatboshisida kooperatsiya aʼzoligiga qabul qilish, aʼzolikdan chiqarish masalalarini, shuningdek kooperatsiyadan chiqish bilan bogʻliq masalalarni hal qilish umumiy yigʻilish vakolatiga kirishi nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda daʼvogarning “SFA” ishlab chiqarish kooperativ aʼzolari boʻlgan besh nafar jismoniy shaxslarni, yaʼni K.S.I., M.B.U., R.F.I., O.A.Ch. va O.J.Y.ni kooperatsiya aʼzoligidan chiqarish talabi ham asossizdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kooperatsiya toʻgʻrisida”gi Qonunning 4-moddasi birinchi bandiga asosan kooperativning mustaqil balansda oʻz ifodasini topadigan asosiy fondlar, oborot mablagʻlari, pay badallari, shuningdek boshqa boyliklar kooperativ mulki hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning ikkinchi bandida kooperativning mol-mulki oʻz aʼzolarining pul va moddiy badallari, banklarning kreditlari, oʻzi ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bu mahsulotlarni sotishdan, kooperativ ustavida nazarda tutilgan oʻzga xil faoliyatdan kelgan daromadlar hamda qonun hujjatlarida man etilmagan boshqa manbalar hisobiga hosil boʻladi. Kooperativning mol-mulkini shakllantirishda, mulk shaklidan qatʼi nazar, korxonalar (tashkilotlar), shuningdek mazkur kooperativga aʼzo boʻlmagan, ammo unda mehnat shartnomasiga (kontraktiga), bitimiga muvofiq ishlayotgan jismoniy shaxslar shartnoma asoslarida pul va moddiy badallar toʻlash yoʻli bilan ishtirok etishlari mumkinligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“SFA” ishlab chiqarish kooperativ Nizomining 5.7-bandida kooperatsiya aʼzoligidan ixtiyoriy ravishda chiqilganda kooperatsiyaga aʼzolikni tugatilishiga sabab boʻlishi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“SFA” ishlab chiqarish kooperativ aʼzolarining 2021-yil 15-fevraldagi umumiy yigʻilish qarori bilan kooperativ aʼzolari kooperativning ustavini shakllantirish uchun 2021-yil 20-martga qadar oʻz ulushlarini kiritishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, “BPT” aksiyadorlik jamiyat tomonidan 1.739.980.000 soʻmlik bino va inshootlar ishlab chiqarish kooperativini ustav kapitaliga ulush sifatida kiritilmaganligi sababli kooperativ aʼzolarining umumiy yigʻilishiga 2021-yil 20-martda xat bilan murojaat qilib, kooperativ aʼzoligidan chiqarishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli kooperativ aʼzolarining navbatdan tashqari 2021-yil 24-martdagi 2/2021-sonli umumiy yigʻilish qarori bilan “BPT” aksiyadorlik jamiyati, fermer hoʻjaliklari va 16 ta jismoniy shaxslar taʼsischilar safidan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 75-moddasi birinchi qismini yigirma birinchi xatboshisida jamiyatning tijorat va notijorat tashkilotlaridagi ishtiroki bilan bogʻliq bitimlarni qonunchilikda belgilangan tartibda tuzish, jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kirishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, ushbu Qonunning 79-moddasi oltinchi qismida jamiyat direktori (boshqaruv raisi) jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritishi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalashi, jamiyat nomidan bitimlar tuzishi, jamiyatning filiali yoki vakolatxonasi rahbarini tayinlashi, shtatlarini tasdiqlashi, jamiyatning barcha xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarishi va koʻrsatmalar berishi mumkinligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda “BPT” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori M.B.U. tomonidan “BPT” aksiyadorlik jamiyatini “SFA” ishlab chiqarish kooperativning taʼsischiligidan chiqarish toʻgʻrisidagi bayonnomani imzolanishi qonun hujjatlari normalari talablarini buzilishiga olib kelmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli birinchi instansiya sudi tomonidan daʼvogarning “SFA” ishlab chiqarish kooperativ aʼzolarining navbatdan tashqari 2021-yil 24-martdagi 2/2021-sonli umumiy yigʻilish qarorining “BPT” aksiyadorlik jamiyatini kooperatsiya taʼsischiligidan chiqarish qismini haqiqiy emas deb topish talabi ham asossiz ekanligi sababli rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan 2023-yil 5-yanvarda taqdim etilgan 21-284720/22-sonli xatga koʻra “BPT” aksiyadorlik jamiyati va “SFA” ishlab chiqarish kooperativi mansabdor shaxslari hamda boshqalarga nisbatan ulushlarning taqsimlanishi holatlari boʻyicha Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi “a” bandi va boshqa moddalar bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilib, tergov harakatlari natijasida “SFA” ishlab chiqarish kooperativining tashkil etilishi, taʼsischilar tomonidan ulushlarning qoʻshilishi va chiqishi holatlari boʻyicha biror-bir shaxsning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanmaganligi sababli jinoyat ishining shu qismi Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan harakatdan tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatlar esa apellatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarning asossiz ekanligini, birinchi instansiya sudi tomonidan ish holatlari toʻplangan dalillar va qonun hujjatlari asosida toʻliq oʻrganib chiqilib, daʼvo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqida asosli xulosaga kelinganligini hamda moddiy va protsessual huquq normalari toʻgʻri qoʻllanilganligini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (keyingi oʻrinda — IPK deb yuritiladi)ning 66-moddasiga koʻra ish boʻyicha dalillar ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan tartibda olingan faktlar haqidagi maʼlumotlar boʻlib, ular asosida sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning talablari va eʼtirozlarini asoslovchi holatlar, shuningdek nizoni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa holatlar mavjudligini yoki mavjud emasligini aniqlaydi. Bunday maʼlumotlar yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari), guvohlarning koʻrsatuvlari, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 68-moddasiga asosan ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs oʻz talab va eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 118-moddasiga asosan sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda ularning zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq iqtisodiy sudlarga apellatsiya va kassatsiya tartibida berilgan shikoyatlardan birinchi instansiya sudida koʻrib chiqish uchun arizalar berilganda toʻlanadigan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji undirilishi lozimligi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 278-moddasi birinchi qismi birinchi bandiga koʻra apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilgan holatlardan kelib chiqib, sudlov hayʼati birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz, apellatsiya shikoyatini qanoatlantirmasdan qoldirishni hamda oldindan toʻlangan sud xarajatlarini daʼvogar zimmasiga yuklab ishni videokonferensaloqa rejimida koʻrish bilan bogʻliq sud xarajatini undirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 69-moddasiga, “Kooperatsiya toʻgʻrisida”gi Qonunning 4, 6-moddalariga, “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 18-moddasiga hamda Iqtisodiy protsessual kodeksining 66, 68, 74, 118, 260, 274, 276 — 280-moddalariga asoslanib, sudlov hayʼati qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 19-sentabrdagi hal qiluv qarori oʻzgarishsiz, daʼvogar “BPT” aksiyadorlik jamiyatining apellatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldindan toʻlangan sud xarajatlari daʼvogar “BPT” aksiyadorlik jamiyati zimmasida qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar “BPT” aksiyadorlik jamiyatidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi depozit hisob raqamiga 75 000 soʻm sud xarajati undirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro varaqasi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qarordan norozi tomon Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga kassatsiya tartibida shikoyat (protest keltirishi) berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi M. ASTANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalar A. ARZIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
M. BOZOROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarshi sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 24-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1801-2204/506-son