Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 22.09.1993 yildagi 471-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOShKENT ShAHAR, NAVOIY KOʻChASIDAGI KOʻP QAVATLI BINO QURILIShINi NIHOYASIGA YETKAZISh VA UNDAN FOYDALANISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar, Navoiy koʻchasidagi Jamoa boʻlib foydalaniladigan hisoblash markazining sobiq binosi qurilishini nihoyasiga yetkazish hamda chet el investitsiyalarini jalb qilish ishlarini tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qapop qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Toshkentqurilish” davlat korporatsiyasining Jamoa boʻlib foydalaniladigan hisoblash markazining sobiq binosi qurilishini (birinchi navbatini) 1994-yilda nihoyasiga yetkazish, kelgusida ushbu binodan tijorat tuzilmalari, chet el firmalari va kompaniyalarining ofislari sifatida foydalanish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur obyektni qayta ixtisoslashtirishni loyihalash “OʻzshaharsozlikLITI”ga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent shahar hokimligi qurilishi tugallanmagan obyektni (Jamoa boʻlib foydalaniladigan hisoblash markazining sobiq binosini) 1993-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan holati boʻyicha “Toshkentqurilish” davlat korporatsiyasi ixtiyoriga oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzsanoatqurilishbank” Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 21-iyundagi 300-son qarori bilan Toshkent shahar hokimligiga ushbu obyekt qurilishi uchun ajratilgan 1 mlrd soʻm miqdoridagi 36 imtiyozli kreditlarni “Toshkentqurilish” davlat korporatsiyasi nomiga qayta rasmiylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi 1994-1995-yillar uchun istiqbol parametrlarida jamoa boʻlib foydalaniladigan hisoblash markazining sobiq binosini koʻrsatib oʻtilgan maqsadlar uchun qurib bitkazishga zarur kapital mablagʻlar ajratishni koʻzda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat mulki qoʻmitasi “Toshkentqurilish” davlat korporatsiyasi bilan birgalikda mazkur bino ishga tushirilgandan keyin undan foydalanish shartlarini bir oy muddatda koʻrib chiqsin va taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 28-yanvardagi 50-son qaropi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 22-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
471-son