Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKA YoGʻ-MOY EKSTRAKSIYA ZAVODLARIDA IShLAB ChIQARILGAN OʻSIMLIK MOYINI SOTISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublika aholisini oʻsimlik moyi bilan yanada barqaror taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, 1993-yilgi paxta hosilidan olingan texnik chigitlar respublika paxta zavodlari hamda xoʻjaliklari tomonidan yogʻ-moy ekstraksiya zavodlariga, ishlab chiqarilgan oʻsimlik moyi esa davlat resurslariga joʻnatiladi.
Belgilangan topshiriqning 20 foizi hisobiga hamda undan ortiqcha ishlab chiqarilgan oʻsimlik moyi, shrot va shulxa xoʻjaliklarga qaytariladi.
2. “Vazirlar Mahkamasining “Respublika paxta zavodlarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish tartibi toʻgʻrisida” 1992-yil 18-noyabrdagi 539-son qarorini qisman oʻzgartirish haqida” Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 17-fevraldagi 89-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 19-sentabr,
466-son