Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Soʻngi yillarda mamlakatimizda davlat tomonidan qoʻriqlash faoliyatini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy shakllari hamda qoʻriqlash sohasida samarali davlat boshqaruvini yoʻlga qoʻyish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, bugungi kunda qonunchilik hujjatlarida qoʻllanilayotgan ayrim tushunchalarni sohadagi soʻnggi oʻzgarishlardan kelib chiqib muvofiqlashtirish talab etilmoqda.
Qonunchilik hujjatlaridagi tushunchalarning bir-biriga muvofiqligini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:
qarorlarda qoʻllanilgan qoʻriqlash faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan tushunchalarni Qonunga muvofiqlashtirish;
qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarni Milliy gvardiyaga xizmatga qabul qilishni rad etish.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va Milliy gvardiya qoʻmondoni R.M. Djurayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 20-yanvar,
PQ-11-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-11-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslar mulkining qoʻriqlanishini taʼminlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4060-son qarorida:
a) 2-bandning “a” kichik bandidagi “qoʻriqlov texnik vositalar” soʻzlari “qoʻriqlashning texnik vositalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “qoʻriqlov” soʻzi “qoʻriqlashning” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 4-banddagi “qoʻriqlov” soʻzi “qoʻriqlashning” soʻzi bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4997-son qarorida:
a) 2-bandning beshinchi xatboshisidagi “texnik qoʻriqlash vositalarini” soʻzlari “qoʻriqlashning texnik vositalarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandda:
ikkinchi xatboshisidagi “harbiylashtirilgan soqchilik” soʻzlari “idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “texnik qoʻriqlash vositalarini” soʻzlari “qoʻriqlashning texnik vositalarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“v” kichik banddagi “harbiylashtirilgan soqchilik” soʻzlari “idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 8-bandning “g” kichik bandidagi “harbiylashtirilgan soqchilik” soʻzlari “idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 1-ilovada:
“Harbiylashtirilgan soqchilar va qorovullik boʻlinmalari obyektlarini qoʻriqlanishini tashkillashtirish boʻlimi” bloki “Idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash va idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan qorovullik boʻlinmalari obyektlarini qoʻriqlanishini tashkillashtirish boʻlimi” bloki bilan almashtirilsin;
d) 2-ilovada:
8-bandning beshinchi xatboshisidagi “texnik qoʻriqlash vositalarini” soʻzlari “qoʻriqlashning texnik vositalarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “texnik qoʻriqlash vositalari” soʻzlari “qoʻriqlashning texnik vositalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“obyektlarni qoʻriqlashga jalb etilgan harbiy, idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash va idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan qorovullik boʻlinmalarining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha kompleks choralar koʻradi”;
“b” kichik bandning uchinchi xatboshisidagi “xavfsizlikning zamonaviy muhandislik-texnik” soʻzlari “qoʻriqlashning zamonaviy muhandislik va texnik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“v” kichik bandning uchinchi — oltinchi xatboshilaridagi “texnik qoʻriqlash” degan soʻzlar “qoʻriqlashning texnik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“g” kichik banddagi birinchi — uchinchi xatboshilaridagi “texnik qoʻriqlash” degan soʻzlar “qoʻriqlashning texnik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“d” kichik bandining ikkinchi xatboshisidagi “texnik qoʻriqlash” degan soʻzlar “qoʻriqlashning texnik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “muhandislik-texnik vositalar” soʻzlari “qoʻriqlashning muhandislik va texnik vositalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi-beshinchi xatboshilaridagi “muhandislik-texnik” soʻzlari “muhandislik va texnik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
16-bandning oʻn uchinchi xatboshisidagi “harbiylashtirilgan soqchilik, qorovullik” soʻzlari “idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash, idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan qorovullik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshisidagi “soqchilikni” soʻzi “qoʻriqlashni” soʻzi bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshisidagi “qoʻriqlash texnik” degan soʻzlar “qoʻriqlashning texnik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
30-banddagi “texnik qoʻriqlash” degan soʻzlar “qoʻriqlashning texnik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “muhandislik-texnik qoʻriqlash” soʻzlari “qoʻriqlashning muhandislik va texnik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “xavfsizlikning” soʻzi “qoʻriqlashning” soʻzi bilan almashtirilsin.
40-banddagi “muhandislik-texnik” soʻzlari “muhandislik va texnik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 3-ilovada:
“Harbiylashtirilgan soqchilar va qorovullik boʻlinmalari obyektlarini qoʻriqlanishini tashkillashtirish boʻlimi (boʻlinmasi, guruhi)” bloki “Idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash va Idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan qorovullik boʻlinmalari obyektlarini qoʻriqlanishini tashkillashtirish boʻlimi (boʻlinmasi, guruhi)” bloki bilan almashtirilsin;
“Qoʻriqlash texnika vositalarini nazorat qilish va monitoring markazi” bloki “Qoʻriqlashning texnik vositalarini nazorat qilish va monitoring markazi” bloki bilan almashtirilsin;
j) 4-ilovada:
“Harbiylashtirilgan soqchilar” bloki “Idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari” bloki bilan almashtirilsin;
“Qorovullik boʻlinmalari” bloki “Idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan qorovullik boʻlinmalari” bloki bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-apreldagi PQ-5089-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 4-bandning birinchi xatboshisidagi “harbiylashtirilgan soqchilik” soʻzlari “idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 9-bandning “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar”;
v) 99-bandning oltinchi xatboshisidagi “uch” soʻzi “olti” soʻzi bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/11/0045-son)