Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 5-iyul,
155-son
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 5-iyuldagi 155-son qaroriga
ILOVA
2005-yil 5-iyuldagi 155-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 73-modda):
a) 1-bandning ikkinchi xatboshidan “va jismoniy” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) qarorga 2-ilovada:
2-banddan, 6-bandning ikkinchi, uchinchi xatboshidan, 9-banddan “va jismoniy”, “yoki jismoniy” soʻzlari chiqarib tashlansin;
4-bandda:
birinchi xatboshidan “bundan quyidagilar mustasno” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
5-bandda:
uchinchi xatboshidan “yoki jismoniy” soʻzlari chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshida “jismoniy va yuridik” soʻzlari “yuridik” soʻzi bilan almashtirilsin;
14-bandda:
“a” kichik bandning uchinchi xatboshi, “b” kichik bandning ikkinchi xatboshi, “z” kichik band chiqarib tashlansin;
“a” kichik bandning toʻrtinchi xatboshidan “yoki jismoniy” coʻzlari chiqarib tashlansin;
36-bandning ikkinchi xatboshi, 49-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
55-bandning ikkinchi xatboshidan “litsenziat — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va manzili” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
v) Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
g) Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga 4-ilovada “subyektlar” ustunidagi “litsenziya talabgori — yuridik shaxs, jismoniy shaxs” blokidan “jismoniy shaxs” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yilgi Davlat budjeti asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va parametrlari prognozi toʻgʻrisida” 2001-yil 31-dekabrdagi 490-son qarorining 20-bandida “bolalarning maktabgacha bolalar muassasalaridagi taʼminoti va” soʻzlari chiqarib tashlansin, “28 va 29-ilovalar” soʻzlari “29-ilova” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 27-son, 190-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)