Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 5-iyul,
155-son
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 5-iyuldagi 155-son qaroriga
ILOVA
2005-yil 5-iyuldagi 155-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 73-modda):
a) 1-bandning ikkinchi xatboshidan “va jismoniy” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) qarorga 2-ilovada:
2-banddan, 6-bandning ikkinchi, uchinchi xatboshidan, 9-banddan “va jismoniy”, “yoki jismoniy” soʻzlari chiqarib tashlansin;
4-bandda:
birinchi xatboshidan “bundan quyidagilar mustasno” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
5-bandda:
uchinchi xatboshidan “yoki jismoniy” soʻzlari chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshida “jismoniy va yuridik” soʻzlari “yuridik” soʻzi bilan almashtirilsin;
14-bandda:
“a” kichik bandning uchinchi xatboshi, “b” kichik bandning ikkinchi xatboshi, “z” kichik band chiqarib tashlansin;
“a” kichik bandning toʻrtinchi xatboshidan “yoki jismoniy” coʻzlari chiqarib tashlansin;
36-bandning ikkinchi xatboshi, 49-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
55-bandning ikkinchi xatboshidan “litsenziat — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va manzili” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
v) Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
g) Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga 4-ilovada “subyektlar” ustunidagi “litsenziya talabgori — yuridik shaxs, jismoniy shaxs” blokidan “jismoniy shaxs” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yilgi Davlat budjeti asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va parametrlari prognozi toʻgʻrisida” 2001-yil 31-dekabrdagi 490-son qarorining 20-bandida “bolalarning maktabgacha bolalar muassasalaridagi taʼminoti va” soʻzlari chiqarib tashlansin, “28 va 29-ilovalar” soʻzlari “29-ilova” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasini boshqarishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 21-oktabrdagi 490-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 98-modda):
a) 4-bandning “a” kichik bandi oltinchi xatboshiga “shuningdek kommunal xoʻjalik tizimi korxonalari uchun faoliyat xususiyatiga koʻra issiqlik energiyasi, suv va tabiiy gazning xarid qiymati hajmlari chiqarib tashlangan holda” soʻzlari qoʻshilsin;
b) qarorga 3-ilovaning 27-bandi “a” kichik bandining oltinchi xatboshidagi birinchi jumlaga “shuningdek kommunal xoʻjalik tizimi korxonalari uchun faoliyat xususiyatiga koʻra issiqlik energiyasi, suv va tabiiy gazning xarid qiymati hajmlari chiqarib tashlangan holda” soʻzlari qoʻshilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 27-son, 190-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)