Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining
buyrugʻi
“Davlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli davlat kadastrlari maʼlumotlarining tarkibi va ularni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 19-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2618-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-son “Oʻzbekiston Respublikasi Fazoviy maʼlumotlar sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor F. PULATOV
Toshkent sh.,
2022-yil 21-dekabr,
15-2022-son
Kelishildi:
Turizm va madaniy meros vaziri A. ABDUXAKIMOV
2022-yil 1-dekabr
Qishloq xoʻjaligi vaziri A. VOITOV
2022-yil 13-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B. YULDASHEV
2022-yil 7-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktori Sh. XABIBULLAYEV
2022-yil 6-dekabr
“Oʻzbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisi A. SANGINOV
2022-yil 30-noyabr
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ rahbari F. ABDURAXMANOV
2022-yil 16-dekabr
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Boshqaruv raisi H. XASILOV
2022-yil 12-dekabr
“Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi M. ABDULLAYEV
2022-yil 12-dekabr
“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi birinchi oʻrinbosari A. SAIDVALIYEV
2022-yil 2-dekabr
“Oʻztransgaz” AJ Boshqaruv raisi B. NARMATOV
2022-yil 30-noyabr
Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi N. ERNAZAROV
2022-yil 2-dekabr
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Sh. NAZAROV
2022-yil 5-dekabr
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi B. GULYAMOV
2022-yil 30-noyabr
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi N. OBLOMURADOV
2022-yil 6-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining raisi B. ISLOMOV
2022-yil 12-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining raisi N. BAKIROV
2022-yil 28-noyabr
Sogʻliqni saqlash vaziri B. MUSAYEV
2022-yil 30-noyabr
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDAShEV
2022-yil 9-dekabr
Suv xoʻjaligi vaziri S. XAMRAYEV
2022-yil 6-dekabr
Qurilish vaziri B. ZAKIROV
2022-yil 2-dekabr
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2022-yil 5-dekabr
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. ShERMATOV
2022-yil 6-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 21-dekabrdagi 15-2022-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2014-yil 12-sentabrdagi 12-son “Davlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli davlat kadastrlari maʼlumotlarining tarkibi va ularni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2618, 2014-yil 8-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 41-son, 512-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 24-avgustdagi 9-2022-son “Davlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli davlat kadastrlari maʼlumotlarining tarkibi va ularni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2618-1, 2022-yil 25-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2022-y., 10/22/2618-1/0773-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2023-y., 10/23/2618-2/0038-son)