Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Hududlarda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parklari, raqamli texnologiyalar oʻquv markazlarini yanada rivojlantirish, shuningdek iqtidorli yoshlarning gʻoya va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatovning javobi haqida
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Hududlarda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parklari, raqamli texnologiyalar oʻquv markazlarini yanada rivojlantirish, shuningdek iqtidorli yoshlarning gʻoya va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov tomonidan yuborilgan yozma javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2022-yil 6-dekabr,
2732-IV-son