Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasining hududini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasining muvaffaqiyatli tajribasi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatining ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shu asosda yangi ish oʻrinlari tashkil etish hamda aholi daromadlarini oshirish maqsadida:
1. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo viloyati hokimligining:
ilovaga muvofiq Beruniy tumanidagi 22,3 gektar, Kitob tumanidagi 37,4 gektar boʻsh turgan yaylov va lalmi yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanidagi 22,3 gektar hamda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 37,4 gektar yer uchastkalarini ajratish hisobiga “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududini kengaytirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo viloyati hokimligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qaror talablaridan kelib chiqib, davlat yer kadastri maʼlumotlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Qashqadaryo viloyati hokimligi ikki oy muddatda “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanidagi va Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi hududlari (keyingi oʻrinlarda — “Urgut” EIZning Beruniy va Kitob tumanidagi hududlari) bosh rejalari Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda:
bosh rejalar loyihasini ishlab chiqish Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Qashqadaryo viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
bosh rejalar loyihasini ishlab chiqish boʻyicha loyiha tashkiloti tender (tanlov) savdolari asosida aniqlanadi.
4. Belgilansinki, “Urgut” EIZning Beruniy va Kitob tumanidagi hududlarida:
Keyingi tahrirga qarang.
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5600-son Farmoniga muvofiq elektron onlayn-auksion savdolari orqali amalga oshiriladi;
infratuzilma obyektlarini qurish ishlarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-dekabrdagi “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4929-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
infratuzilma obyektlarini qurish-taʼmirlash ishlari boʻyicha buyurtmachi vazifasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5101-son qarorida belgilangan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi;
qishloq xoʻjaligidan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun ajratiladigan yerlarda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining oʻrnini qoplash uchun kompensatsiya toʻlovlari, istisno tariqasida, undirilmaydi.
5. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ va “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda “Urgut” EIZning Beruniy va Kitob tumanidagi hududlari tasdiqlangan bosh rejasiga asosan:
Keyingi tahrirga qarang.
uch oy muddatda 2023-2024-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl infratuzilmasi bilan taʼminlash lozim boʻlgan obyektlar roʻyxatini shakllantirsin va tasdiqlasin;
2023-yil 1-aprelga qadar amalga oshiriladigan obyektlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqsin va oʻrnatilgan tartibda kelishish ishlarini yakunlasin.
6. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Qudratov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi F.U. Ermanov va Qashqadaryo viloyati hokimi M.B. Azimov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 11-yanvar,
PQ-2-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-yanvardagi PQ-2-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Beruniy tumani va Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani hududidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkaziladigan yer uchastkalari
ROʻYXATI
|
T/r |
Hududlar nomi |
Yerdan foydalanuvchi nomi |
Kontur raqami |
Jami yer uchastkasi, ga |
Shundan: |
Tuproq bonitet bali | ||
|
lalmi yerlar, ga |
yaylov yerlar, ga |
boshqa yerlar, ga | ||||||
|
Beruniy tumanidan tanlangan yerlar |
22,3 |
|
22,3 |
|
| |||
|
1. |
“Abay” MFY |
Tuman zaxira yerlari |
Raqamlanmagan |
22,3 |
22,3 |
Baholanmagan | ||
|
Kitob tumanidan tanlangan yerlar |
37,4 |
37,4 |
|
|
| |||
|
2. |
“Makrid” MFY |
Tuman zaxira yerlari |
104 |
4,4 |
4,4 |
23 | ||
|
3. |
“Shurobsoy” MFY |
Tuman zaxira yerlari |
2k |
33,0 |
33,0 |
23 | ||
|
JAMI: |
59,7 |
37,4 |
22,3 |
|
| |||