Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri vazifasini bajaruvchi T. Xudaybergenovga “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari majmualarini tashkil etish boʻyicha 2021-2022-yillarga moʻljallangan manzilli dasturning ijro etilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasi va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni koʻllab-quvvatlash vaziri vazifasini bajaruvchi T. Xudaybergenovga “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari majmualarini tashkil etish boʻyicha 2021-2022-yillarga moʻljallangan manzilli dasturning ijro etilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Mazkur Qaror va parlament soʻrovi Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri vazifasini bajaruvchi T. Xudaybergenovga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2022-yil 19-dekabr,
2789-IV-son