Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi QL-905-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
2. “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-975-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
3. “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-984-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
4. “Soliq va budjet siyosatining 2023-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-989-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
5. QL-970, QL-975, QL-984 va QL-989-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida.
6. “Soliq va budjet siyosatining 2023-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonini tasdiqlash haqida.
8. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri B. Musayevga “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni koʻrish” loyihasi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida.
9. R.X. Kusherbayevni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining aʼzosi lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 27-dekabr,
2804-IV-son