11.01.2023 yildagi 11-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 12.01.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tozalashda yangi texnika va texnologiyalar, energotejamkor mashinalar va asbob-uskunalar yaratish, paxta xomashyosini chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishda ilmiy-innovatsion faoliyat natijadorligini oshirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta hosildorligini oshirish, paxta yetishtirishda ilm va innovatsiyalarni joriy qilishning qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 7-iyuldagi PQ-308-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta hosildorligini oshirish, paxta yetishtirishda ilm va innovatsiyalarni joriy qilishning qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 7-iyuldagi PQ-308-son qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — Markaz) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashining (keyingi oʻrinlarda — Paxtachilik kengashi) ilmiy-tadqiqot organi etib belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxtachilik kengashining sohaga doir koʻrsatma va tavsiyalariga asosan Markaz faoliyatini takomillashtirib borish nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markaz quyidagi asosiy yoʻnalishlarda faoliyat yuritishi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xomashyosini tozalash uchun zamonaviy texnika va texnologiyalar, energotejamkor mashina va asbob-uskunalarning tajriba-sanoat namunalarini ishlab chiqish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini hamda fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta va paxta mahsulotlari uchun xalqaro va davlatlararo standartlar bilan uygʻunlashgan standartlarni, ularning sifat koʻrsatkichlarini aniqlash, raqamli texnologiyalar asosida tezkor va aniqlik darajasi yuqori boʻlgan oʻlchov va sinash vositalarini, kalibrlash va sinash usullarini tekshirish uchun sohaga tegishli ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda davlat standart namunalarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxtachilikka oid ilmiy ishlanma va dasturlarni tijoratlashtirish, xizmat koʻrsatish choralarini kuchaytirish va shu asosida oʻz faoliyatini oʻzi moliyalashtiradigan tizim yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya sohasiga muvofiq tarzda paxta mahsulotlari sinovlarini oʻtkazish, muvofiqlik sertifikati berish, laboratoriyalararo taqqoslash sinovlarini va raund-testlarini tashkil qilish va oʻtkazish, manfaatdor tashkilotlar uchun paxta mahsulotlari tashqi koʻrinishining standart namunalarini tayyorlash xizmatlarini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xomashyosini chuqur qayta ishlashga oid xalqaro sifat standartlarini tatbiq etish va sertifikatlashni rivojlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish (ISO, GOST, SEDEX, OYEKO TEX 100, BSCI va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy ilmiy-laboratoriya bazasini shakllantirish, uni ilgʻor texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda sohani rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni kengaytirish va ularning transferi boʻyicha samarali tizimni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada rayonlashtirilgan va istiqbolli paxta seleksiya navlarining sifat koʻrsatkichlarini aniqlash sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish, ushbu yoʻnalishda samarali ilmiy yechimlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahonning nufuzli universitet va ilmiy markazlari bilan xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini 2025-yilga qadar kompleks rivojlantirish hamda paxta xomashyosini tozalash uchun zamonaviy texnika va texnologiyalar, energotejamkor mashina va asbob-uskunalar ishlab chiqish boʻyicha ilmiy hajmdor mahsulotlar yaratish dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor xorijiy tajribalar asosida Markaz transformatsiyasi jarayonini samarali amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xomashyosini tozalash uchun zamonaviy texnika va texnologiyalar, energotejamkor mashina va asbob-uskunalarning tajriba-sanoat namunalarini ishlab chiqish boʻyicha ilmiy hajmdor mahsulotlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta sanoati texnologik jarayonlarining samaradorligini oshirishga zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta va paxta mahsulotlari uchun xalqaro va davlatlararo standartlar bilan uygʻunlashgan standartlarni, ularning sifat koʻrsatkichlarini aniqlash, raqamli texnologiyalar asosida tezkor va aniqlik darajasi yuqori boʻlgan oʻlchov va sinash vositalarini, kalibrlash va sinash usullarini tekshirish uchun davlat standart namunalarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilm-fan va taʼlim integratsiyalashuvini chuqurlashtirish, yoshlarni ilm-fanga, iqtidorli talabalar va doktorantlarni sohaga oid ilmiy-tadqiqotlarga faol jalb etishga shart-sharoitlar yaratish, ularning ilmiy izlanishlarini qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning moddiy-texnika hamda ilmiy-tadqiqot bazasini rivojlantirish, yangi ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, Markazning laboratoriya asbob-uskunalari, ishlab chiqarish, ofis xonalari va bino (inshoot)larning ijarasidan kelib tushadigan mablagʻlar toʻliq hajmda Markaz tasarrufida qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashining koʻrsatmalari asosida yangi ilmiy ishlanma va innovatsion texnologiyalarni yaratish va joriy etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari mablagʻlari hisobidan ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar, shu jumladan Markazning laboratoriya asbob-uskunalari, ishlab chiqarish, ofis xonalari va Markazga operativ boshqaruv huquqi asosida berilgan bino (inshoot)larning ijarasidan kelib tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq oʻtkaziladigan tanlovlar natijalariga koʻra ilmiy loyihalarga ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish va xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz muassisligidagi tashkilotlarning dividendlari va boshqa ajratmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markazga ajratiladigan mablagʻlarni quyidagi xarajatlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirish tavsiya etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarni, paxtani qayta ishlash sohasini rivojlantirishning innovatsion va texnologik dasturlarini joriy qilish, ilmiy-texnik faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot va tajriba-eksperimental bazasini rivojlantirish uchun zaruriy asbob-uskunalarni sotib olish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini yangilash, Markazning amaldagi metrologik va laboratoriya hamda ishlab chiqarish bazasini saqlash, rivojlantirish hamda ulardan foydalanish uchun zaruriy sharoitlarni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-texnik, shu jumladan xorijiy adabiyotlarni xarid qilish, shuningdek zamonaviy axborot-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yillik tasdiqlanadigan dastur boʻyicha paxtani dastlabki qayta ishlash korxonalarida texnika va texnologiyalarning eng yangi namunalarini tatbiq etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz xodimlari, shu jumladan, yosh olim va mutaxassislarning faoliyatlarini ragʻbatlantirish va tegishli sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxtani qayta ishlash sohasida xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning bino va inshootlarini, saqlash va taʼmirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy xodimlarning chet eldagi koʻrgazma va ilmiy anjumanlarda ishtirok etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hamda xorijiy davlatlarning ishlab chiqarish sohasi mutaxassis va olimlari ishtirokida ilmiy anjumanlar tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirilgan hamda zamonaviy talablarga javob beradigan milliy standartlarni ishlab chiqish va joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta-toʻqimachilik klasterlari tizimidagi paxta tozalash korxonalarining bosh muhandislari, mexaniklari, texnika va yongʻin xavfsizligi muhandislari, texnologlari, 1, 2, 3-zona tovarshunoslarini jadval asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda sertifikat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz faoliyati bilan bogʻliq boshqa yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni moliyalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari hamda ilmiy-texnik faoliyatning boshqa turlarini Markaz qoshidagi Ilmiy kengash tomonidan tasdiqlanadigan mavzular rejasiga asosan amalga oshiradi. Bunda, mavzular rejasi yillik moliyalashtirishning prognoz hajmlaridan kelib chiqqan holda tuziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz tomonidan har chorakda mavzular rejasi, paxtani qayta ishlash sohasini rivojlantirishning ilmiy-texnik va texnologik dasturlari doirasida texnik topshiriqlarning bajarilishi, shuningdek, moliyaviy mablagʻlarning sarflanishi boʻyicha hisobot tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz moddiy-texnika bazasi va yetakchi olimlarining salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining bazaviy kafedralari filiallarini Markazda tashkil etish choralarini koʻrsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab, oliy taʼlim muassasalarining tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari talabalari uchun Markaz bazasida oʻquv va amaliyot darslarini tashkil etish, shuningdek, ularning bitiruv-malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari tadqiqotlarini olib borish yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning yetakchi olimlari bitiruv-malakaviy ishlari, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik ishlariga jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Y. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 11-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-yanvardagi 11-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini 2025-yilga qadar kompleks rivojlantirish hamda paxta xomashyosini tozalash uchun zamonaviy texnika va texnologiyalar, energotejamkor mashina va asbob-uskunalar ishlab chiqish boʻyicha ilmiy hajmdor mahsulotlar yaratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Maqsadli dasturning asosiy vazifalari

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼullar

I. “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ transformatsiyasi jarayonini samarali amalga oshirish

1.

“Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ (keyingi oʻrinlarda — Ilmiy markaz) xodimlarini xorijiy davlatlarning ilmiy tadqiqot markazlari va universitetlarida qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarini tashkil etish.

1. Reytingi yuqori boʻlgan xorijiy ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni amalga oshirish.

2. Ilmiy xodimlarni sohaning ilgʻor davlatlarda qisqa muddatli malaka oshirishni tashkil etish.

2023-yil 1-fevraldan boshlab

Ilmiy markaz mablagʻlari,

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni koʻllab quvvatlash jamgʻarmasi

Innovatsion rivojlanish agentligi,

“Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ,

Tashqi ishlar vazirligi,

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi

II. Urugʻlik chigit tayyorlash mashinalarining ehtiyot qismlarini, asbob-uskunalarning ayrim turlari majmuasini ishlab chiqish va urugʻlik chigit tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirish

2.

Paxta urugʻlik chigitini bir meʼyorda dorilashning avtomatlashtirilgan mashinasini ishlab chiqish.

1. Urugʻlik materiallarning dorilash texnika va texnologiyalari boʻyicha ilmiy amaliy izlanishlar olib borish. Avtomatlashtirilgan universal urugʻlik chigit dorilash mashinasining sxemasini ishlab chiqish.

2023-yil III-IV chorak

Ilmiy markaz mablagʻlari,

xoʻjalik shartnomalari asosida tushadigan mablagʻlar

“Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi “Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” DM

2. Universal urugʻlik chigit dorilash mashinasining konstruktorlik hujjatlarini tayyorlash. Universal urugʻlik chigit dorilash mashinasining avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini ishlab chiqish.

2024-yil I-II chorak

3. Avtomatlashtirilgan urugʻlik chigit dorilash mashinasini tajriba nusxasini tayyorlash, asosiy parametrlarini aniqlash va ishlanmani tijoratlashtirish.

2024-yil III-IV chorak

3.

Rayonlashtirilgan va istiqbolli paxta seleksiya navlar urugʻlarini mexanik usulda saralash va kalibrlash texnologik tizimlarini takomillashtirish.

1. Rayonlashtirilgan va istiqbolli paxta seleksiya urugʻlarini saralash va kalibrlash usullarini ishlab chiqish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borish. Saralash mashinalari uchun gʻalvirlar oʻlchamini tanlash qurilmasining konstruktorlik hujjatlarini tayyorlash.

2024-yil I-II chorak

Ilmiy markaz mablagʻlari,

xoʻjalik shartnomalari asosida tushadigan mablagʻlar

“Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” DM,

Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti

2. Saralash mashinalari uchun gʻalvirlar oʻlchamini tanlash qurilmasining tajriba namunasini tayyorlash va har xil seleksion navdagi chigitlar uchun qanday gʻalvir oʻlchamlaridan foydalanish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish.

2024-yil III-IV chorak

3. Ilmiy ishlanmani tijoratlashtirish.

2025-yil

III. Paxta xomashyosini tozalash va changsizlantirish tizimlarini takomillashtirish

4.

Paxtani quritishning xorijiy va ilgʻor texnologiyalarini oʻrganish asosida paxta quritkichining zamonaviy, resurstejamkor, avtomatlashtirilgan texnologiyasini ishlab chiqish.

1. Paxtani quritish boʻyicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining tahlili va uni quritishda muqobil energiyalardan (elektr, quyosh va boshqa) foydalanish boʻyicha olib borilgan ilmiy ishlarni oʻrganish.

2023-yil iyun

Ilmiy markaz mablagʻlari,

xoʻjalik shartnomalari asosida tushadigan mablagʻlar

“Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ,

Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari uyushmasi,

Fanlar akademiyasi Konstruktorlik byurosi va tajribaviy ishlab chiqarish ilmiy-texnik markazi

2. Oʻrganishlar natijasida resurstejamkor paxta quritkichining texnologik sxemasini ishlab chiqish va laboratoriya qurilmasining ishchi chizmalarini tayyorlash.

2023-yil dekabr

3. Paxta quritish uskunasining konstruktiv parametrlarini aniqlash, tajriba-sinov namunasini ishlab chiqish va sinovlarini amalga oshirish.

2024-yil oktyabr

4. Texnologiyani tijoratlashtirish.

2025-yil

5.

Mashinada terilgan paxtani avgustda va yirik iflosliklardan samarali tozalashni amalga oshiruvchi mashina ishlab chiqish.

1. Paxta xomashyosini sanoat navlarini intensiv tozalash usullari boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tahlil qilish, natijada yaratilgan texnologik mashinani ilmiy asoslash.

2023-yil avgust

Ilmiy markaz mablagʻlari,

xoʻjalik shartnomalari asosida tushadigan mablagʻlar

“Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ,

Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari uyushmasi,

Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti

2. Paxtani mayda va yirik iflosliklardan tozalash mashinalarining ish resurslarini va tozalash samaradorliklarini oshirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.

2023-yil noyabr

3. Tadqiqot natijasida yaratilgan mashinaning tajriba namunasini yaratish uchun konstruktorlik hujjatlarini tayyorlash.

2024-yil fevral

4. Paxta xomashyosini tozalash mashinasining asosiy parametrlarini aniqlash boʻyicha oʻtkazilgan tajriba natijalari asosida tozalash mashinasining tajriba-sanoat namunasini ishlab chiqish.

2024-yil oktyabr

5. Sanoat namunasini tijoratlashtirish.

2025-yil

6.

Atrof-muhitni changsizlantirish maqsadida paxtani qayta ishlash jarayonida ajralayotgan chang miqdorini kamaytirish va tarkibidagi ogʻir aralashmalarni tutish uskunalarini yaratish.

1. Paxta tozalash korxonalarida paxtani tozalash jarayonidan ajralayotgan chang miqdorini kamaytirish uchun samarali chang tutish uskunalarini yaratish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borish.

2023-yil avgust

Ilmiy markaz mablagʻlari,

xoʻjalik shartnomalari asosida tushadigan mablagʻlar

“Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ,

Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari uyushmasi,

Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti

2. Havoni changsizlantirish darajasi past boʻlishini taʼminlovchi yangi chang tutkichlar (siklon)ni yaratish.

2023-yil oktyabr

3. Chang tutkich (siklon)ning va ogʻir aralashmalarni ushlagichlarning konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqish va uskunani tayyorlash.

2024-yil dekabr

4. Uskunani tijoratlashtirish.

2025-yil

IV. Paxta xomashyosini jinlash, tola tozalash va linterlash mashinalarini takomillashtirish

7.

Ish unumdorligi va tozalash samaradorligi yuqori boʻlgan resurstejamkor arrali jinni ishlab chiqish.

1. Arrali jinni takomillashtirish boʻyicha mahalliy va xorijiy tajribalarni oʻrganish, tahlil qilish asosida yuqori samaradorlikka ega boʻlgan arrali jinni takomillashtirilgan konstruksiyasini ishlab chiqish.

2023-yil iyun

Ilmiy markaz mablagʻlari,

xoʻjalik shartnomalari asosida tushadigan mablagʻlar

“Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ,

Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari uyushmasi,

Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti

2. Takomillashtirilgan konstruksiyali arrali jinni konstruksion chi�malarini tayyorlash va tajriba nusxasini ishlab chiqish.

2023-yil dekabr

3. Takomillashtirilgan arrali jinda har xil seleksion navlarda sinov-tadqiqot ishlarini oʻtkazish, natijalar boʻyicha texnologik parametrlarini aniqlash asosida takomillashtirilgan konstruksiyali arrali jinni sanoat-tajriba nusxasini yaratish.

2024-yil dekabr

4. Yangi ishlanmani tijoratlashtirish.

2025-yil

8.

Tozalash samaradorligi yuqori boʻlgan takomillashtirilgan tola tozalash mashinasini ishlab chiqish.

1. Takomillashtirilgan tola tozalash mashinasining konstruktorlik loyiha chizmalarini tayyorlash.

2023-yil fevral

Ilmiy markaz mablagʻlari,

xoʻjalik shartnomalari asosida tushadigan mablagʻlar

“Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ,

Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari uyushmasi,

Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti

2. Takomillashtirilgan tola tozalagichning tajriba-sinov nusxasini ishlab chiqish.

2023-yil dekabr

3. Tola tozalagichda tajriba-sinov ishlarini oʻtkazish, natijalarni tahlil qilgan holda takomillashtirilgan tola tozalagichning tajriba-sanoat nusxasini yaratish.

2024-yil dekabr

4. Yangi ishlanmani tijoratlashtirish.

2025-yil

9.

Paxta chigitini linterlashda yuqori unumdorlikdagi takomillashtirilgan texnika va texnologiyasini ishlab chiqish.

1. Takomillashtirilgan linter mashinasining konstruktorlik loyiha chizmalarini tayyorlash va linter mashinasining tajriba-sinov nusxasini ishlab chiqish.

2023-yil dekabr

Ilmiy markaz mablagʻlari,

xoʻjalik shartnomalari asosida tushadigan mablagʻlar

“Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ,

Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari uyushmasi,

Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti

2. Takomillashtirilgan linter mashinasida tajriba-sinov ishlarini oʻtkazish, natijalarni tahlil qilish asosida tajriba-sanoat nusxasini yaratish.

2024-yil dekabr

3. Yangi ishlanmani tijoratlashtirish.

2025-yil

10.

Jin va linter arrali disklariga aniqligi yuqori boʻlgan, avtomatlashtirilgan tish ochish uskunasini ishlab chiqish.

1. Avtomatlashtirilgan tish ochish uskunasining konstruktorlik loyiha chizmalarini tayyorlash.

2023-yil fevral

Ilmiy markaz mablagʻlari,

xoʻjalik shartnomalari asosida tushadigan mablagʻlar

“Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ,

Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari uyushmasi,

Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti

2. Avtomatlashtirilgan tish ochish uskunasining tajriba-sinov nusxasini ishlab chiqish.

2024-yil dekabr

3. Avtomatlashtirilgan tish ochish uskunasida tajriba-sinov ishlarini oʻtkazish, natijalarni tahlil qilgan holda tajriba-sanoat nusxasini yaratish.

2025-yil dekabr

4. Yangi ishlanmani tijoratlashtirish.

2025-yil

V. Paxtasanoat texnologik jarayonlarida raqamli texnologiyalarni joriy etish

11.

Paxta tozalash korxonalarida xorijiy va ilgʻor boshqaruv tizimlarni mahalliylashtirish asosida energiyatejamkor avtomatlashtirilgan innovatsion tizimlarni ishlab chiqish boʻyicha izlanishlar olib borish.

1. Paxta tozalash korxonalarining energetik holatini oʻrganish va tahlil qilish.

2023-yildan yanvardan boshlab

Ilmiy markaz mablagʻlari,

xoʻjalik shartnomalari asosida tushadigan mablagʻlar

“Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ,

Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari uyushmasi,

Energetika muammolari instituti

2. Ilgʻor xorijiy d�vlatlarning paxtani dastlabki ishlashni avtomatlashtirgan holda boshqarish tizimlarini keng miqyosda tahlil qilish va mahalliylashtirish boʻyicha izlanishlar olib borish.

2023-yil dekabr

3. Paxtani dastlabki ishlash jarayonlarining zamonaviy texnologik uskunalari uchun energiyatejamkor lokal avtomatlashtirilgan innovatsion tizimlarni ishlab chiqish va sinash.

2024-yil dekabr

4. Yangi ishlanmani tijoratlashtirish.

2025-yil

VI. Paxta va paxta mahsulotlari uchun xalqaro va davlatlararo standartlar bilan uygʻunlashgan standartlarni, paxta va paxta mahsulotlari sifat koʻrsatkichlarini aniqlash zamonaviy kompyuterlashtirilgan tezkor va aniqlik darajasi yuqori boʻlgan oʻlchov vositalarini, sinash vositalari kalibrlash va sinash usullarini tekshirish uchun davlat standart namunalarini ishlab chiqish

12.

Paxta va paxta mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasining davlat standartlarini hamda ilgʻor xorijiy mamlakatlar standartlari bilan uygʻunlashgan yangi davlat standartlarini ishlab chiqish.

1. Rivojlangan davlatlar xalqaro standartlari bilan uygʻunlashgan paxta va paxta mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasining davlat standartlarini ishlab chiqish.

2. Ishlab chiqilgan ushbu standartlar paxtani sifati va miqdori boʻyicha toʻgʻri qabul qilish, qayta ishlashdan olingan paxta mahsulotlarining sifatini taʼminlash.

2023-yil yanvardan boshlab doimiy

Ilmiy markaz mablagʻlari, xoʻjalik shartnomalari asosida tushadigan mablagʻlar

“Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ,

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti

13.

Paxtani qabul qilishda navi, namligi va ifloslik darajasini aniqlash uchun avtomatlashtirilgan oʻlchov asboblarini ishlab chiqish.

1. Oʻlchov turi boʻyicha dunyo tajribasini oʻrganish asosida tegishli oʻlchash usuli tanlanib ilmiy tadqiqot izlanishlarini oʻtkazish.

2023-yil yanvardan

Ilmiy markaz mablagʻlari, xoʻjalik shartnomalari asosida tushadigan mablagʻlar

“Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ,

Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari uyushmasi,

Standartlashtirish,

sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti

2. Tadqiqot natijalari asosida paxtaning namligi, iflosligi va sanoat navini tezkor usulda, yuqori aniqlikda aniqlaydigan inson omili taʼsirini bartaraf etadigan oʻlchash jarayonlari avtomatlashtirilgan zamonaviy oʻlchov vositalarini ishlab chiqish.

2024-yil dekabr

3. Yangi ishlanmani tijoratlashtirish.

2025-yil

14.

Paxta chigiti tukdorligini tezkor aniqlaydigan oʻlchash asbobini yangi avlodini ishlab chiqish.

1. Oʻlchov turi boʻyicha dunyo tajribasini oʻrganish asosida tegishli oʻlchash usuli tanlanib ilmiy tadqiqot izlanishlarini olib borish.

2023-yil yanvardan

Ilmiy markaz mablagʻlari, xoʻjalik shartnomalari asosida tushadigan mablagʻlar

“Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ,

Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari uyushmasi,

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti

2. Ilmiy izlanishlar natijalari boʻyicha chigit tukdorligini va tukdorligiga putur yetkazmasdan tezkor usulda hamda yuqori aniqlikda oʻlchash priborini ishlab chiqish.

2024-yil dekabr

3. Yangi ishlanmani tijoratlashtirish.

2025-yil

15.

Paxta tolasining xalqaro mikroneyr koʻrsatkichi va davlatlararo sifat koʻrsatkichlarini oʻlchash asbobini avtomatlashtirilgan yangi avlodini ishlab chiqish.

1. Oʻlchov turi boʻyicha dunyo tajribasini oʻrganish asosida tegishli oʻlchash usuli tanlanib ilmiy tadqiqot izlanishlari olib borish.

2023-yil yanvardan

Ilmiy markaz mablagʻlari, xoʻjalik shartnomalari asosida tushadigan mablagʻlar

“Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ,

Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari uyushmasi,

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti

2. Natijalari boʻyicha zamonaviy tezkor, yuqori aniqlikda tolaning dagʻalligini belgilovchi mikroneyr koʻrsatkichini oʻlchashni taʼminlab, yigiruv jarayonida sifatli ip kalava ishlab chiqarish imkonini yaratish.

2024-yil dekabr

3. Yangi ishlanmani tijoratlashtirish.

2025-yil

16.

Paxta va paxta mahsulotlari parametrlarini oʻlchash asboblarini kalibrlash va qiyoslash uchun Davlat standart namunalarini (DSN) ishlab chiqish, tayyorlash, attestatlash va joriy etish.

1. Paxta tolasining fizik-mexanik xossalari va chigit tukdorligini DSN tayyorlash va attestatlash boʻyicha texnik topshiriqlar ishlab chiqish.

2023-yil yanvardan

Ilmiy markaz mablagʻlari, xoʻjalik shartnomalari asosida tushadigan mablagʻlar

“Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ,

Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari uyushmasi,

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti

2. Oʻlchov vositalarini davlat reyestriga kiritish uchun paxta tolasining fizik-mexanik xossalari DSN va chigit tukdorligi boʻyicha DSN larini metrologik attestatsiyaga tayyorlash va oʻtkazish.

2024-yil dekabr

VII. Paxta va paxta mahsulotlarini sifatini aniqlash

17.

Respublikada rayonlashtirilgan va istiqbolli paxta seleksiya navlarining sifat koʻrsatkichlarini aniqlash va tavsiyalar ishlab chiqish.

1. FCS tizimida yetishtirilayotgan paxta seleksiya navlaridan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida sifat koʻrsatkichlari jamlangan maʼlumotlar bazasini yaratish.

2. Sinov natijalarini tahlil qilish va paxta xomashyosini dastlabki qayta ishlash korxonalariga xizmat koʻrsatish.

3. Istiqbolli paxta seleksiyalarini sifat koʻrsatkichlarini aniqlash va tavsiyalar ishlab chiqish.

2024-yil yanvardan boshlab doimiy

Ilmiy markaz mablagʻlari, xoʻjalik shartnomalari asosida tushadigan mablagʻlar

“Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ,

Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari uyushmasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

tegishli ilmiy tashkilotlar

VIII. Paxta-xomashyo muammolari, qabul qilish, tayyorlash, saqlash hamda paxta mahsulotlari va kuyindilarining tavsiyaviy meʼyorlar hujjatlarni takomillashtirish

18.

Paxta-xomashyo muammolari, qabul qilish, tayyorlash va saqlash, paxta mahsulotlari va asosiy ishlab chiqarish kuyindilari, sarflanadigan materiallar, paxtani tayyorlash, tashish va saqlash jarayonlarida yoʻqotishlar, sohaviy meʼyorlar, yoʻriqnomalar, tavsiyanomalar ishlab chiqish.

1. 2022 — 2024-yillar paxta hosili uchun Paxtaning seleksion va sanoat navlari boʻyicha mahsulotlar miqdori hamda asosiy ishlab chiqarish jarayondagi kuyindilarning tavsiyaviy meʼyoriga ilmiy izlanishlar natijasi boʻyicha taklif tayyorlash.

2023 — 2025-yillar

Ilmiy markaz mablagʻlari

“Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ,

Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari uyushmasi,

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

2. Paxta tozalash korxonalarida xomashyo va materiallar sarfi boʻyicha uslubiyatini ishlab chiqish.

2023-yil avgust

3. Paxtaning seleksion navlariga qarab tolaning sinflarga oʻtishining koʻrsatkichlari boʻyicha tavsiya.

2023-yil oktyabr

4. Paxta xomashyosini qabul qilish, sifat koʻrsatkichlarini saqlagan holda gʻaramlash va saqlash boʻyicha tavsiya.

2024-yil yanvar

5. Paxta mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan xomashyo materiallari sarfi tavsiyaviy meʼyorini ishlab chiqish.

2024-yil dekabr

IX. Paxtani qayta ishlash korxonalari uchun iqtisodiy tahlillar

19.

Paxta-toʻqimachilik klasterlari tizimidagi paxta tozalash korxonalari uchun iqtisodiy masalalar boʻyicha yoʻriqnoma-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish va tavsiya qilish.

1. Paxta tozalash korxonalarida paxtani tayyorlash va mahsulotlarni ishlab chiqarish haqida boshlangʻich hisob-kitobni yuritish boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqish.

2. Namlik va ifloslik darajasi meʼyordan yuqori boʻlgan paxtani quritish va tozalash sexlarida ishlov berilganligi uchun tabaqalashtirilgan toʻlov tariflari boʻyicha tavsiyanoma ishlab chiqish.

3. Paxta tozalash sanoatida yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash boʻyicha tavsiyanoma ishlab chiqish.

4. Paxta tozalash korxonalarida paxtani saqlash va uni qayta ishlab berishdagi xarajatlarni hisoblash uslubiyatini ishlab chiqish.

5. Korxonalarning xoʻjalik faoliyatlarini texnik-iqtisodiy jihatdan tahlil qilish va rentabellik darajasini oshirish boʻyicha paxtani dastlabki qayta ishlash korxonalariga takliflar tayyorlash.

Talab boʻyicha muntazam

Ilmiy markaz mablagʻlari

“Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ,

Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari uyushmasi, paxta-toʻqimachilik klasterlari

X. Paxtani qayta ishlash korxonalari mutaxassislarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash

20.

Paxta tozalash korxonalari va ularga qarashli paxta tayyorlov maskanlari mutaxassis xodimlari uchun tegishli oʻquv kurslarini va seminarlarni tashkil etish orqali kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.

1. Paxta tozalash korxonalari bilan kelishuvga asosan “online” masofadan oʻqitish yoki “offline” anʼanaviy oʻquv kurslarini viloyatlar kesimida amalga oshirish.

2. Paxta tozalash korxonalaridagi muhandis, texnolog, mexanik, texnik nazorat boʻlimi boshliqlari, bosh energetik, texnika xavfsizligi boʻyicha mutaxassis, iqtisodiy tahlil va mehnatga haq toʻlash boʻlimi boshligʻi, mehnatni tashkil etish va ish haqi boʻyicha mutaxassis, paxta xomashyosini tayyorlash boʻlimi boshliqlari va sex boshliqlari, “Paxta tolasi sifatini klassifikatsiyalash, sertifikatlash va marketing” yoʻnalishi boʻyicha klassyor kadrlar tayyorlash, paxta tayyorlov maskani mudirlari, laboratoriya boshliqlari, laborantlar, 1-bosqich namuna oluvchi, 2-bosqich operator, 3-bosqich dispetcher, paxta tozalash korxonalari uskunalarini avtomatlashtirish va smena ustalarini ishlab chiqarishdan ajralgan holda malakasini oshirish va qayta tayyorlash.

3. Malaka oshirish oʻquv kursida ishtirok etadigan mutaxassislarni har yili Ilmiy markaz tomonidan ishlab chiqiladigan tavsiyalar, standartlar, meʼyoriy hujjatlar va yangi ishlanmalar bilan tanishtirish.

4. Paxta urugʻlik chigitini tayyorlash sohasida yuqori malakali kadrlarni qayta tayyorlash.

2023-yil avgust oyidan boshlab muntazam

Ilmiy markaz mablagʻlari

“Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ,

Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari uyushmasi,

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-yanvardagi 11-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 22-iyundagi 397-son qarorining 18-bandidagi “tekin foydalanish huquqi asosida” soʻzlari “imtiyozli asosda (ajratilgan maydon uchun kommunal toʻlovlar va binoni saqlash xarajatlarini qoplash asosida)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 11-martdagi 130-son qarorining 5-bandidagi “tekin foydalanish huquqi asosida” soʻzlari “imtiyozli asosda (ajratilgan maydon uchun kommunal toʻlovlar va binoni saqlash xarajatlarini qoplash asosida)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-sentabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning maʼmuriy reglamentida 2-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi organ — viloyatlar va Toshkent shahri hududlarida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik investitsiya loyihasi — viloyatlar va Toshkent shahri hududlarida qiymati kamida 10 million AQSh dollari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida qiymati kamida 5 million AQSh dollari ekvivalentida boʻlgan investitsiya loyihasi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2023-y., 09/23/11/0018-son)