28.12.2022 yildagi SQ-682-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.12.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining 2021-2022-yildagi ijrosi hamda uni amalga oshirish boʻyicha 2023-yilga moʻljallangan chora-tadbirlarni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 28-maydagi SQ-297-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan 2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi va uni 2021-2022-yillarda amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ijrosi yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlashga qaratilgan qonunchilik asoslarini takomillashtirish yoʻnalishida 41 ta normativ-huquqiy hujjat (2 ta Qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2 ta farmoni va 12 ta qarori hamda hukumatning 25 ta qarori) qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Genderga oid audit, uning vazifalari, uni oʻtkazish va natijalarini koʻrib chiqish tartibi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov huquqlarini amalga oshirish yoʻnalishida saylovning barcha bosqichlarida xotin-qizlar va erkaklarning teng asosda ishtirok etishini kuzatuvchi 11 ta indikator ishlab chiqilgan. Mazkur indikatorlar 2021-yilda oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasidan boshlab amaliyotga tatbiq qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmati sohasida “Davlat boshqaruvida xotin-qizlar faolligini oshirish dasturi” tasdiqlanib, turli sohalarda boshqaruvchilik salohiyatiga ega 25 055 nafar xotin-qizning kadrlar zaxirasi shakllantirilgan hamda ularni rahbarlikka tayyorlash boʻyicha 3 ta alohida oʻquv dasturi asosida jami 14 054 nafar xotin-qiz oʻqitilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim, ilm-fan sohasida mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi tasdiqlangan. Unga koʻra, xotin-qizlar.uz elektron platformasi orqali tavsiyanoma olish uchun murojaat qilgan 29 53 1 nafar xotin-qizdan 28 664 nafariga tavsiyanoma berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Startaplar boʻyicha xotin-qizlarning umumiy qiymati 20,11 mlrd soʻmlik 25 ta startap loyihalari moliyalashtirilgan. “Olima ayollar” grantlari boʻyicha 2022-yilda 784 nafar olima ayol tomonidan ilmiy loyihalar kelib tushgan, shundan 196 ta loyiha moliyalashtirishga tavsiya etilgan boʻlib, buning uchun 281,6 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda ishsiz, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 17 930 nafar xotin-qizga tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish va oʻzini oʻzi band qilish uchun subsidiyalar ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot muassasalarida 2,6 mln nafar xotin-qiz onkoskrining tekshiruvidan oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yilda xotin-qizlarni kasbga oʻrgatish va bandligini taʼminlashga koʻmaklashadigan hamda ularning muammolari bilan shugʻullanadigan nodavlat notijorat tashkilotlariga 17,1 mlrd soʻm miqdoridagi grant mablagʻlari ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, 2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini (bundan buyon matnda Strategiya deb yuritiladi) amalga oshirishda qator kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi Strategiyaning maqsadli koʻrsatkichlariga erishish boʻyicha faoliyatini samarali tashkil eta olmaganligi sababli 2022-yilda erishilishi rejalashtirilgan ayrim maqsadli koʻrsatkichlar bajarilmay qolgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, 2022-yilda vazir va vazirga tenglashtirilgan lavozimlarda, mahalliy ijroiya hokimiyati organlarida rahbarlik (hokimlar) lavozimida, siyosiy partiyalarning rahbarlik lavozimlarida hamda sudyalar orasida xotin-qizlarning ulushi boʻyicha rejalashtirilgan koʻrsatkichga erishilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gender tenglikka erishish strategiyasini 2021-2022-yillarda amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasining 2, 5, 15, 25, 33, 34, 35-bandlarida belgilangan vazifalar bajarilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Xalqaro mehnat tashkilotining “Ish joylarida tazyiq va zoʻravonlik toʻgʻrisida”gi (2019-yil 10-iyundagi 190-sonli) konvensiyasidagi xalqaro standartlar va normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish masalasi toʻliq oʻrganilmagan, tegishli takliflar Hukumatga kiritilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro mehnat tashkilotining “Ishlayotgan ayollar va erkaklar uchun teng munosabatlar va teng imkoniyatlar: oilaviy majburiyatga ega ishchilar toʻgʻrisida”gi (1981-yil 23-iyundagi 156-sonli), “Toʻliqsiz ish kuni toʻgʻrisida”gi (1994-yil 24-iyundagi 175-sonli), “Kasanachilik toʻgʻrisida”gi (1996-yil 4-iyundagi 177-sonli) konvensiyalarini oʻrganish natijalari boʻyicha mazkur konvensiyalarni ratifikatsiya qilish maqsadga muvofiq deb topilgan boʻlsa-da, Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda qonun loyihasi kiritilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, mehnat bozorining asosiy koʻrsatkichlari maʼlumotlar bazasida Oʻzbekiston Respublikasi toʻgʻrisidagi indikatorlarni xalqaro tan olingan va tavsiya etilgan metodologiya asosida takomillashtirish ishlari toʻliq yakunlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilm-fan sohasida muvaffaqiyatga erishgan mashhur oʻzbek ayollari nomi bilan atalgan stipendiya joriy etish va uni taqdim etish mexanizmlari ishlab chiqilmagan, stipendiya joriy etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan “STEAM” sohasida taʼlim olayotgan xotin-qizlarning magistrlik, doktorlik ishlarini davlat tashkilotlari, xususiy kompaniyalarda aprobatsiyadan oʻtkazishda qoʻllab-quvvatlagan oliy oʻquv muassasalarini ragʻbatlantirish mexanizmini yaratish yuzasidan tegishli normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi tomonidan “Gender tenglikka yoʻnaltirilgan budjetlashtirish” uslubiy qoʻllanmasi hamda “Gender tenglikka yoʻnaltirilgan budjetlashtirish: Oʻzbekiston va xorij” axborot-tahliliy sharh tayyorlangan boʻlsa-da, monitoring ishlari tashkil etilmagan va natijalari ommaviy axborot vositalarida ochiqlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tomonidan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar natijadorligini baholashga qaratilgan soʻrovnomalar oʻtkazilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan davlat organlarida tadbirkorlik subyektlari, shuningdek fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari ishtirokida Maslahat kengashlarini tuzishi mumkinligi nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davr mobaynida davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha Maslahat kengashlari tuzilishi ishlari olib borildi. Ammo bu ishlar yetarli darajada tashkil etilmagan. Joylardagi oʻrganish natijalariga koʻra 2020-2022-yillarda 42 ta davlat idorasida Maslahat kengashi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyati oʻrganilgan 44 ta davlat organidan 7 tasida Maslahat kengashi tuzilmagan. Maslahat kengashi tuzilganlari ham deyarli faoliyat yuritmagan. Maslahat kengashlari faoliyatini tizimli, samarali tashkil etish uchun zarur tavsiyalar, ularning faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlar yetarli darajada ishlab chiqilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda xotin-qizlarning aksariyati xususiy sektorda band boʻlishiga qaramay, xususiy korxonalar, tashkilot va muassasalarda bu kabi Maslahat kengashlarini tashkil etish choralari koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha vakolatli mansabdor shaxs belgilanishi va uning majburiyatlarini bajarish davlat organi rahbarining oʻrinbosarlaridan biri zimmasiga yuklatilishi nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammo Investitsiyalar va tashqi savdo, Turizm va madaniy merosni rivojlantirish, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklari, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzarxiv” agentligi, Oliy attestatsiya komissiyasi, “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi, Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazida ushbu talabga rioya etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasiga hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi M. Kadirxanovaning 2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi va uni 2021-2022-yillarda amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ijrosi haqidagi hamda uni amalga oshirish boʻyicha 2023-yilga moʻljallangan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan 2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasida belgilangan vazifalarning ijrosiga hamda uning maqsadli koʻrsatkichlari bajarilishiga yetarli eʼtibor qaratilmaganligi koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2023-yilda amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 28-maydagi “2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqida”gi SQ-297-IV-sonli Qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki hafta muddatda 2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2023-yilda amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, hududiy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqsin hamda tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2023-yilda amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorak yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2023-yilda amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash boʻyicha Maslahat kengashlari faoliyatini tashkil etish yuzasidan zarur tavsiyalarni, ularning faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlarni, ishini toʻgʻri va samarali tashkil etish boʻyicha uslubiy qoʻllanmalarni ishlab chiqsin va joylarga yetkazib berilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yilning 1-apreliga qadar barcha davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash boʻyicha Maslahat kengashlarini tuzilishini, 2023-yil yakuniga qadar yirik korxona va tashkilotlarda ham ushbu Maslahat kengashlarini tashkil etish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yildan boshlab alohida reja asosida Maslahat kengashlari aʼzolarining alohida dastur asosida oʻqitilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi har chorakda Strategiyaning amalga oshirilishi yuzasidan masʼul vazirlik va idoralarning axborotlarini eshitib, tegishli choralar koʻrib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman, shahar Kengashlariga 2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2023-yilda amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarning joylardagi ijrosining borishini Kengash sessiyalarida tanqidiy muhokama qilib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi M. Kadirxanova zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 28-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-682-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 28-dekabrdagi SQ-682-IV-sonli Qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2023-yilda amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Ijro uchun masʼullar

I. Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlashga qaratilgan qonunchilik asoslarini takomillashtirish

1.

Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalarining Oʻzbekiston Respublikasi milliy manfaatlariga mos keladigan maqbul normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish.

1. Xalqaro mehnat tashkilotining “Haq toʻlanadigan taʼtillar toʻgʻrisida”gi (132-sonli) Konvensiyasini va xorijiy tajribani chuqur tahlil qilgan holda undagi xalqaro standartlar va normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish masalasini oʻrganish.

avgust

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Oʻrganish natijalari asosida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

sentyabr

3. Xalqaro mehnat tashkilotining “Mehnat gigiyena, ishlab chiqarishda gigiyena xavfsizligi toʻgʻrisida”gi (155-sonli), “Ishlayotgan ayollar va erkaklar uchun teng munosabatlar va teng imkoniyatlar: oilaviy majburiyatga ega ishchilar toʻgʻrisida”gi (156-sonli), “Toʻliqsiz ish kuni toʻgʻrisida”gi (175-sonli), “Onalikni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi (183-sonli) konvensiyalarini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihalarini ishlab chiqish.

oktyabr

4. Ishlab chiqilgan qonun loyihalarini oʻrnatilgan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish.

noyabr

2.

BMTning Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi Konvensiya qoʻshimcha protokoli talablarini oʻrganish.

1. Ishchi guruh tuzgan holda Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi Konvensiya qoʻshimcha protokoliga qoʻshilishning maqsadga muvofiqligini har tomonlama oʻrganish.

sentyabr

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Oʻrganish natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

oktyabr

5.

Saylovga oid qonun hujjatlariga gender tengligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish:

1. Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga quyidagilarni nazarda tutgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish:

barcha hollarda komissiya raislarini saylashda va tayinlashda gender balansi tamoyillariga rioya qilish;

okrug saylov komissiyalari raisligiga nomzodlarni tavsiya etishda gender balansi tamoyillariga rioya qilish;

uchastka saylov komissiyalari raisligiga nomzodlarni tavsiya etishda gender balansi tamoyillariga rioya qilish.

II chorak

Adliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga quyidagilarni nazarda tutgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish:

referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyasi raisligiga nomzodlarni tavsiya etishda gender balansi tamoyillariga rioya qilish;

referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasi raisi va rais oʻrinbosarini tayinlashda gender balansi tamoyillariga rioya qilish.

3. “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish:

Qonunchilik palatasining qoʻmitalari va komissiyalari raisligiga nomzodlar boʻyicha takliflar kiritishda gender balansi tamoyillariga rioya qilish;

davlat hokimiyatining tegishli vakillik organi qoʻmitalari yoki komissiyalari raisligiga, rais oʻrinbosarligiga va aʼzoligiga nomzodlar yuzasidan takliflar kiritishda gender balansi tamoyillariga rioya qilish.

III chorak

4. Tegishli qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjat loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

IV chorak

4.

Kiber-zoʻravonlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirishga qaratilgan oʻrganishlar oʻtkazish.

1. Kiber-zoʻravonlik turlari, mezonlari va bu bilan bogʻliq xorijiy davlatlarning qonunchilik tajribasini oʻrganish.

2. Zarur hollarda, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni qayta koʻrib chiqib, Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

III chorak

Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Saylov huquqlarini amalga oshirishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash

5.

Xotin-qizlarning siyosiy faolligini ragʻbatlantirishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish.

1. Saylov jarayonlariga puxta tayyorgarlik koʻrish hamda saylovlarning barcha bosqichida xotin-qizlarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha alohida dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

2. Siyosiy partiyalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni lavozimlarga tavsiya etishga qaratilgan “ijtimoiy lift” tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

dastur ishlab chiqish — yanvar amalga oshirish — yil davomida mart

Siyosiy partiyalar (kelishuv asosida), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, MTRK, OʻzA

3. Jamiyatda “Ayol siyosatchi” obrazi toʻgʻrisida ijobiy fikrni shakllantirishga qaratilgan targʻibot ishlarini olib borish.

mart — avgust

4. Vakillik organlarida faoliyat olib borayotgan deputat ayollarning ijobiy tajribalarini ommalashtirish.

yil davomida

5. Siyosatchi ayollar haqida media mahsulotlar tayyorlash va muloqot platformalarini yoʻlga qoʻyish.

har oyda bir marotaba

6.

Davlat boshqaruvida xotin-qizlar ulushini oshirishda siyosiy partiyalarning ishtirokini yanada kengaytirish.

1. Siyosiy partiyalarga aʼzo boʻlgan faol xotin-qizlarning roʻyxatini shakllantirish.

aprel

Siyosiy partiyalar (kelishuv asosida), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Davlat tashkilotlarini demokratik tamoyillar asosida shakllantirishning huquqiy asoslarini yaratish (Siyosiy partiyalarga davlat boshqaruvi organlari rahbarligiga nomzod koʻrsatish va boshqalar) boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.

may

3. Oʻrganish natijalari boʻyicha takliflarni Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasiga kiritish.

iyun

4. Jamiyatda xotin-qizlarning siyosiy faolligini ragʻbatlantirishga qaratilgan siyosiy partiyalarning gender strategiyasini ishlab chiqish.

avgust

5. “Xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirishda siyosiy partiyalarning oʻrni va roli” mavzusida hududiy va Respublika ilmiy-amaliy anjumanini tashkil etish.

oktyabr

III. Davlat xizmati sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash

7.

“Ayollarning davlat xizmatidagi oʻrni: zamonaviy tendensiyalar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini tashkil etish va oʻtkazish.

1. Konferensiyani tashkil etish va oʻtkazish boʻyich? manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlarning masʼul xodimlari hamda ekspertlardan iborat tarkibda ishchi guruhni shakllantirish.

yanvar

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi va nodavlat notijorat tashkilotlari

2. Konferensiya konsepsiyasi, dasturi, maʼruzachilar hamda ishtirokchilar tarkibini shakllantirish hamda tadbir oʻtkazish joyi va vaqtini belgilash.

fevral

3. Konferensiyani belgilangan muddatlarda yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish.

4. Konferensiya yakunlari boʻyicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqish.

II chorak

8.

Gender tenglik masalalari boʻyicha maslahat kengashlari faoliyati takomillashtirish choralarini koʻrish.

1. Barcha davlat organlarida maslahat kengashlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjat loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash choralarini koʻrish.

aprel

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar

2. Bosqichma-bosqich maslahat kengashlari faoliyatini xususiy sektorda ommalashtirish va yoʻlga qoʻyish.

doimiy

9.

Gender tenglik boʻyicha xalqaro sertifikat talablarini oʻrganish.

1. BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) tomonidan tashkilotlarning gender tenglikka erishish boʻyicha faoliyat samaradorligini baholashga qaratilgan “Gender tenglik nishoni” mezonlarini oʻrganish.

aprel

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar

2. Oʻrganish natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

may

10.

Milliy kadrlar zaxirasida xotin-qizlar ulushini 30 foizga yetkazishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan xotin-qizlar ulushini vazirlik, idora va tashkilotlar hamda hududlar kesimida tahlil qilish.

aprel

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, vazirlik, idora va tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Tahlil natijalari asosida Milliy kadrlar zaxirasida salohiyatli, faol xotin-qizlar ul�shini 30 foizga yetkazish choralarini koʻrish.

sentyabr

3. Rahbarlik lavozimlariga Milliy kadrlar zaxirasini shakllantirishda ayol nomzodlarni inobatga olish tizimini joriy etish.

doimiy

11.

Xorijda kadrlar malakasini oshirish, ularning stajirovkadan oʻtishlarini tashkil etish.

1. Har bir vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan oʻz tizimida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning xorijiy davlatlarning nufuzli universitetlari, ilmiy markazlari va kompaniyalarda malaka oshirish (stajirovka) oʻtish dasturlarini tashkil etish maqsadli buyurtmasini shakllantirish va “El-yurt umidi” jamgʻarmasiga taqdim etish.

aprel

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, vazirlik, idora va tashkilotlar

2. Manfaatdor vazirlik va idoralarning maqsadli buyurtmasi asosida xotin-qizlarning xorijda malaka oshirishi va stajirovka oʻtishini tashkil etish.

yil davomida

12.

Xotin-qizlarning xalqaro miqyosida davlat hamda oʻzi faoliyat yuritayotgan davlat organi va tashkiloti nomidan vakil boʻlish hamda xalqaro tashkilotlar ishida ishtirok etish imkoniyatini kengaytirish.

Diplomatik vakolatxonalarning diplomatik lavozimlariga tayinlash maqsadida alohida kvota joriy etish maqsadga muvofiqligi yuzasidan axborot-tahliliy hujjat tayyorlash.

may

Tashqi ishlar vazirligi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, manfaatdor vazirlik va idoralar

13.

Xotin-qizlar uchun davlat xizmatiga kirish jozibadorligi va ish rejimi qulayligini oshirish.

1. Hududlarda quyidagilarni nazarda tutuvchi tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish:

yil davomida

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

xotin-qizlar uchun moslashuvchan ish rejimlarini tashkil etish;

may

davlat xizmatchilari faoliyatini masofaviy tashkil etish hamda uy sharoitida masofaviy ishlashga muhtoj boʻlgan salohiyatli xotin-qizlarni jalb etish;

iyul

homiladorlik va bola parvarishida boʻlgan ayol xodimlar uchun masofaviy mehnat faoliyatini koʻrsatish imkoniyatini yaratish.

sentyabr

2. Oʻtkazilgan tajriba sinov natijalari boʻyicha takliflar tayyorlash.

oktyabr

14.

Davlat va jamiyat hayotidagi ijtimoiy-siyosiy masalalarni hal qilishda va dolzarb ahamiyatga ega boʻlgan qarorlarni qabul qilish hamda ularni amalga oshirishda xotin-qizlarning ishtirokini kengaytirish.

1. Respublika va mahalliy darajadagi ijro hokimiyati organlarining rahbarlik lavozimlariga �otin-qizlarni tayinlash holatini oʻrganish.

iyun

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Ilgʻor xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida davlat organlari va tashkilotlarida lavozimda koʻtarilish masalalari boʻyicha teng imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan gender tenglikni taʼminlash mezonlarini ishlab chiqish.

avgust

3. Kvotalar va ishga qabul qilish talablarini koʻrib chiqish, ayollar uchun liderlik va yetakchilik salohiyatini oshirish boʻyicha ichki dasturlarni yoʻlga qoʻyish orqali davlat xizmatchilari orasida ayollar ulushini oshirish.

yil davomida

15.

“Oʻzbekiston taraqqiyotida parlamentdagi ayollarning roli” mavzusidagi anʼanaviy forumni oʻtkazish.

Forumda:

xotin-qizlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan islohotlar, erishilgan natijalar va mavjud muammolarni muhokama qilish;

parlamentdagi ayollar tomonidan yil davomida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish;

ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy hamda gumanitar sohalarda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, gender tenglikni taʼminlash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.

dekabr

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida) Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi, Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi

IV. Taʼlim, ilm-fan, sport hamda sogʻliqni saqlash sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash

16.

Iqtidorli xotin-qizlarni oliy taʼlim muassasalarida qoʻllab-quvvatlash maqsadida iqtidorli talabalar uchun maxsus stipendiyalar joriy etish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-hujjat loyihasini ishlab chiqish:

ilm-fan sohasida muvaffaqiyatga erishgan mashhur oʻzbek ayollari nomi bilan ataluvchi stipendiya joriy etish va uni taqdim etish mexanizmlarini ishlab chiqish;

stipendiya taqdim etishda shaffoflik prinsipiga amal qilinishini taʼminlash;

stipendiya gʻoliblarining magistratura, doktoranturaga qabul qilinishida imtiyozlar yaratish;

stipendiatlarni rahbar kadrlar zaxirasiga kiritish va yoʻnalishiga koʻra maʼlum amaliyotni oʻtgach rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish.

2023-yil aprel

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

17.

Taʼlim, ilm-fan, sport hamda sogʻliqni saqlash sohalarida xotin-qizlar va erkaklar oʻrtas�dagi tafovutlarni tahlil qilish, bu borada ilmiy, amaliy hamda fundamental tadqiqotlarni amalga oshirish

1. Har bir tarmoq kesimida xotin-qizlar va erkaklar oʻrtasidagi tafovutlarni tahlil qilish borasida olib borilgan ilmiy, amaliy hamda fundamental tadqiqotlarni tahlil etish.

aprel

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

2. Hozirgi zamondagi tendensiyalardan kelib chiqib, tarmoqlarda gender tenglikni taʼminlashga qaratilgan tadqiqotlar koʻlamini koʻpaytirish va muntazam ravishda keng jamoatchilikka yetkazib borish.

doimiy

18.

Xotin-qizlar va erkaklarning tibbiy madaniyatini oshirish, ularning reproduktiv salomatligini mustahkamlash, jins boʻyicha bevosita va bilvosita kamsitishlarning oldini olishda davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari oʻrtasidagi ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash.

1. Sogʻliqni saqlash vazirligining joylardagi vakillari tomonidan davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda mahalla, oliy oʻquv yurtlari talabalari, maktab bitiruvchilari orasida targʻibot ishlarini olib borish.

yil davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Adliya vazirligi, nodavlat va notijorat tashkilotlari

2. Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, nodavlat, notijorat tashkilotlari ekspertlari bilan hamkorlikda standart operatsion ish tartiblari (SOT)ni ishlab chiqish.

aprel

3. Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va oilaviy shifokor, akusher ginekolog, shoshilinch tez tibbiy yordam shifokorlari, patronaj hamshiralarning malakasini oshirish.

alohida jadval asosida

19.

Xotin-qizlar va erkaklarning butun umr davomida oʻqish imkoniyatlarini ragʻbatlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Bugungi globallashayotgan dunyoda kattalar uchun taʼlim va oʻqish zarurligidan kelib chiqib, kattalar uchun professional bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish boʻyicha dastur va grafiklarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish.

2. Xotin-qizlar va erkaklarning butun umr davomida oʻqishining afzalliklari toʻgʻrisida aholining xabardorligini oshirish boʻyicha tadqiqotlar asosida ilmiy-uslubiy manbalarni yaratish va targʻib etish.

II va III choraklar davomida

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatla� va Toshkent shahar hokimliklari

V. Ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash

20.

Media mahsulotlarni gender tenglik yuzasidan monitoring qilish choralarini koʻrish.

1. Media mahsulotlarni gender tenglikni taʼminlash yuzasidan monitoring qilish tartibini ishlash chiqish va tasdiqlash.

may

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, MTRK, OʻzA

2. Ishlab chiqilgan tartib asosida har olti oyda media mahsulotlarni gender tenglik yuzasidan monitoringdan oʻtkazish.

har olti oyda

3. Gender tenglikni taʼminlashga oid turli stereotiplarning oldini olish, bu borada mavjud meʼyorlarni ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targʻib qilish.

doimiy

21.

Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun turkum oʻquv mashgʻulotlari tashkil etish.

Ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinayotgan materiallarni (video, foto va maqolalar) gender tenglik tamoyillariga muvofiq holda tayyorlash yuzasidan oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish va oʻtkazish.

Yil davomida alohida jadval asosida

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi

22.

Hududlarda, ayniqsa qishloq joylarda xotin-qizlarni servis va xizmat koʻrsatish, axborot texnologiyalari, dasturlash va qishloq xoʻjaligi sohalarida oʻqitish hamda ushbu sohada mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun mavjud imkoniyatlarni yanada kengaytirish.

1. Monomarkazlar, kasb-hunarga oʻqitish markazlari va maskanlarda oʻqish istagi boʻlgan fuqarolarga mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari tomonidan tavsiyanomalar berish.

iyun

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Ishsiz fuqarolarni amaldagi mexanizmlardan foydalangan holda oʻqitish ishlarini tashkil etish.

doimiy

3. Oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlagan xotin-qizlarning bandligiga koʻmaklashish, shu jumladan, ishga joylashtirish, oʻzini oʻzi band qilishga koʻmaklashish, asbob-uskuna uchun subsidiya ajratish.

doimiy

23.

Davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashlari tarkibida xotin-qizlar ulushini bosqichma-bosqich oshirib borish.

1. Davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashlari tarkibida xotin-qizlar ulushini tahlil qilib borish.

yil davomida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, manfaatdor vazirl�k va idoralar

2. Davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashlari tarkibiga amaldagi qonunchilik hujjatlari talablari asosida tanlov oʻtkaziladigan aʼzolik oʻrinlari roʻyxatini shakllantirish.

fevral

3. Eʼlon qilingan tanlovlarni OAVda keng yoritish hamda Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi va Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasini xabardor qilib borish.

Belgilangan muddatlarda

4. Tanlovlarda Milliy kadrlar zaxirasidagi xotin-qizlarning nomzodlarini jalb etish choralarini koʻrish.

doimiy

5. Tanlov natijalaridan kelib chiqib, munosib deb topilgan xotin-qizlarni kuzatuv kengashi tarkibiga saylash boʻyicha korxonalar boshqaruvi organlari (muassis) qarorlarini qabul qilish.

tanlovlardan soʻng uch kun ichida

24.

Imkoniyati cheklangan nogironligi boʻlgan xotin-qizlar va erkaklarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini taʼminlash, kasbga oʻqitish boʻyicha yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan targʻibot tadbirlarini oʻtkazish.

aprel

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan ishlab chiqilgan mahsulot va xizmatlarni budjet xaridi boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

sentyabr

VI. Tazyiq va zoʻravonlikning oldini olishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash

25.

Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarni qoʻllab-quvvatlash, ularning xavfsizligini, jismoniy va ruhiy reabilitatsiyasini hamda moslashuvini taʼminlashga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish, ijrosini taʼminlash va monitoring olib borish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish va Hukumatga kiritish.

2. Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish hamda moslashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

II chorak

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar q�mitasi, Ichki ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

26.

Mamlakatlarning tazyiq va zoʻravonlik holatlarini baholovchi xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekistonning oʻrnini yaxshilash choralarini koʻrib borish.

1. Tazyiq va zoʻravonlik holatlarini baholovchi xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekistonning hozirgi kundagi holatini tahlil qilish.

avgust

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Reyting va indekslar tarkibidagi past natija qayd etilgan indikatorlarda mamlakat oʻrnini yaxshilash yuzasidan tegishli takliflarni shakllantirish va amalga oshirish choralarini koʻrish.

sentyabr

27.

Davlat boshqaruv organlari mehnat jamoalarida zoʻravonlik turlari va ularning oldini olish boʻyicha qisqa muddatli oʻquvlarni tashkil etish.

1. Malakali psixologlarni jalb etgan holda mehnat jamoalarida zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.

fevral

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Barcha davlat xizmatchilarini ushbu dasturlar asosida oʻqitishni tashkil etish.

mart — noyabr oylarida

28.

Jamiyatda tazyiq va zoʻravonlik sodir etilishiga olib keladigan sabab hamda shart-sharoitlarni tahlil qilish va ularni bartaraf etish choralarini koʻrish.

1. Tazyiq va zoʻravonlik sodir etilishiga olib keladigan sabab hamda shart-sharoitlarni tahlil qilish va ularni bartaraf etish boʻyicha ilmiy, amaliy hamda fundamental tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash.

2. Jamiyatda tazyiq va zoʻravonlik sodir etilishiga qarshi murosasizlik muhitini shakllantirish, bu borada jamoatchilik nazoratini olib borish.

yil davomida

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Eshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari, fuqarolik jamiyati institutlari

29.

Zoʻravonlik sodir etilgan va notinch oilalardagi zoʻravonlik sodir etishga moyil (agressor) boʻlgan shaxslarning xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha hamda notinch oilalarda ular aʼzolarining zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha maxsus psixokorreksiya dasturlaridan oʻtashni joriy qilish.

Malakali psixologlar ishtirokida va xorijiy tajribani oʻrganish asosida zoʻravonlik sodir etishga moyil (agressor) boʻlgan shaxslarda agressiyani kamaytirish va gʻazabni boshqarish orqali xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha psixokorreksiya, reabilitatsiya tadbirlarni oʻz ichiga olgan maxsus dasturni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.

yil davomida

Ichki ishlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Din ishlari qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

30.

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga joylashtirilgan shaxslarning muammolarini hal etish tizimini takomillashtirish

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga joylashtirilgan tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan shaxslarning muammolarini anonim tarzda hal etishda davlat idoralarining oʻzaro hamkorligini kuchaytirish.

yil davomida

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi

31.

Gender tengligini taʼminlashga oid turli stereotiplarning oldini olish va unga oid meʼyorlarni aholi orasida keng targʻib qilish.

1. Aholida shakllangan gender stereotiplarni bartaraf etish va gender tenglikni targʻib qiladigan video, audioroliklar, reportajlar, radioeshittirishlar, maqolalar, infografikalar, intervyular, xabar va postlar tayyorlash.

2. Obunachilari koʻp boʻlgan ijtimoiy tarmoqlar, bloglar va boshqa internet resurslarida targʻib qilish va tarqatish.

mart

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi, MTRK

VII. Oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash

32.

Bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirishda ayollar bilan bir qatorda erkaklarning masʼuliyati hamda rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Taʼlim tashkilotlarida “Yigitlar klublari” hamda mahallalarda “Otalar maktablari”ni tashkil etish orqali yigitlarga oila boshligʻi masʼuliyatini singdirish va otalikka tayyorlab borish hamda oʻgʻil bolalarning kasbiy, muloqot qilish koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan targʻibot materiallari, media mahsulotlarini tayyorlash va namoyishini tashkil etish.

may

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi, MTRK, OʻzA

33.

Oilaviy hayotga oid muammolar, psixologik-pedagogik, huquqiy va boshqa masalalar yuzasidan xotin-qizlar va erkaklar uchun maslahatlar berish tizimini yanada takomillashtirish.

“Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari”ni tubdan takomillashtirish, ularni oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash maskanlariga aylantirish choralarini koʻrish.

avgust

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

VIII. Gender jihatlarni hisobga olgan holda rejalashtirish va budjetlashtirish

34.

Budjetlarni shakllantirishda ayollarning ishtirokini oshirish.

1. Budjet siyosatining erkaklar va ayollarga taʼsirini kuzatuvchi mustaqil tuzilmalar faoliyati boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish va oʻrganish natijalari boʻyicha takliflar tayyorlash.

iyun

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Respublika va mahalliy budjetlarni gender jihatdan rejalashtirish uchun gender tahlil vositalarini keng joriy etish.

avgust

35.

Davlat budjeti va mahalliy budjetlardan gender tenglikka erishishni hamda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng imkoniyatlarni taʼminlash maqsadida mablagʻlar ajratilishini tahlil qilib borish.

1. Ushbu yoʻnalishda Davlat budjeti, shu jumladan mahalliy budjet mablagʻlari ajratilishini tahlil qilish.

har yil yakunlariga koʻra

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Monitoring natijalarini OAVda eʼlon qilib borish.

yanvar

IX. Gender statistikasi yuritilishini takomillashtirish

36.

Respublika va hududlar kesimida genderga oid vaziyatni tahlil qilish hamda uning monitoringini yuritish.

1. Vazirlik va idoralar, tashkilotlar, muassasalar, fuqarol�rning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlarida jinslar boʻyicha statistik koʻrsatkichlar yuritilishini tashkil etish va jamlangan maʼlumotlarni statistika organlariga taqdim etib borish.

har yil yakunlari boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, vazirlik va idoralar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Gender statistikasiga oid koʻrsatkichlarni muvofiqlashtirgan holda statistika yuritilishini taʼminlash hamda yillik maʼlumotlarni eʼlon qilib borish.

doimiy

3. Xotin-qizlar va erkaklarning norasmiy mehnat bozori sektoridagi, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ishtiroki, ularning davlat tomonidan kafolatlangan imkoniyatlardan foydalanish holati yuzasidan statistik maʼlumotlarni tizimli yuritish.

doimiy

37.

Agrar va ekologiya sohalarida gender statistikasiga oid uslubiy qoʻllanmalarni tayyorlash.

Soha mutaxassislari va xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda Agrar va ekologiya sohalarida gender statistikasiga oid uslubiy qoʻllanmalar tayyorlash va keng jamoatchilikka yetkazish choralarini koʻrish.

noyabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Tabiat resurslari vazirligi

38.

Gender masalalariga oid xalqaro reyting va indekslarni yurituvchi tashkilotlarni milliy gender statistikasi bilan doimiy taʼminlab borishni yoʻlga qoʻyish.

1. Xalqaro reytinglarni, shu jumladan, Jahon iqtisodiy forumi (Global Gender Gap (GGG) Index World Economic Forum), Ayollar tadbirkorligi Global indeksi (Global Women Entrepreneurship Development Index), Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Ijtimoiy institutlar va gender indeksi (OECD SIGI Index) tuzuvchilar, shuningdek, xalqaro reytinglarga aloqador boshqa xalqaro, ilmiy-tadqiqot, nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikni oʻrnatish.

2. Xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi oʻrnini yaxshilash uchun masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishchi guruh tuzgan holda oʻrganishlar olib borish.

3. Xalqaro reytinglar savolnomalari shaklida har bir indikator kesimida toʻliq maʼlumotlar, shu jumladan statistik maʼlumotlar shakllantirish.

4. Oʻzbekistonni mazkur xalqaro reytingga kiritish boʻyicha choralar koʻrish.

doimiy

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 28-dekabrdagi SQ-682-IV-sonli Qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 28-maydagi “2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqida”gi SQ-297-IV-sonli Qaroriga kiritilayotgan oʻzgartishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 28-maydagi “2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqida”gi SQ-297-IV-sonli Qaroriga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasi” degan soʻzlar “Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 3-band birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasi” degan soʻzlar “Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob yettinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasi” degan soʻzlar “Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob birinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Oʻzbekiston Respublikasining Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasi” degan soʻzlar “Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 3-ilovasining yettinchi va sakkizinchi bandlaridagi “Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiya” degan soʻzlar “Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.