06.01.2023 yildagi 4-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.04.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Surxon” professional futbol klubi” masʼuliyati cheklangan jamiyati ustav fondidagi davlat ulushini “FC-Surhan” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga sotish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5887-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, professional futbol klublari faoliyatiga xususiy investitsiyalarni jalb qilishni ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Surxondaryo viloyati hokimligi va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining “Surxon” professional futbol klubi” masʼuliyati cheklangan jamiyati ustav fondidagi davlat ulushini “FC-Surhan” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga nominal (balans) qiymatda toʻgʻridan-toʻgʻri sotish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Surxondaryo viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda “Surxon” professional futbol klubi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining oʻtgan davrdagi faoliyati yuzasidan tezkor mustaqil audit tekshiruvini oʻtkazib, aniqlangan klubning kreditor qarzdorligi 2023-yil 10-yanvarga qadar bartaraf etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda “Surxon” professional futbol klubi” masʼuliyati cheklangan jamiyati ustav fondidagi davlat ulushining belgilangan tartibda “FC-Surhan” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga nominal (balans) qiymatda berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan Ustav kapitalidagi davlat ulushlari davlat organlari va xoʻjalik jamiyatlariga oʻtkaziladigan futbol klublari roʻyxatining 13-pozitsiyasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda professional futbol klublari ustav fondidagi davlat ulushlarini salohiyatli xususiy investorlarga sotish boʻyicha takliflarni Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasiga kiritsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-apreldagi 142-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2023-y., 09/23/142/0197-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov hamda Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi U.B. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 6-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.01.2023-y., 09/23/4/0008-son; 05.04.2023-y., 09/23/142/0197-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)