31.12.2022 yildagi 735-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

“XT Xarid texnologiyalari” masʼuliyati cheklangan jamiyat ustav kapitalidagi davlat ulushini sotish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlarining elektron tizimiga xususiy kapital ishtiroki uchun kengroq imkoniyatlar yaratish, ushbu sohadagi davlat ishtirokini qisqartirish va raqobat muhitini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “XT Xarid texnologiyalari” masʼuliyati cheklangan jamiyat (keyingi oʻrinlarda — “XT Xarid texnologiyalari” MChJ) ustav kapitalidagi 50 foiz miqdoridagi davlat ulushini bozor qiymatida sotish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi uch kun muddatda “XT Xarid texnologiyalari” MChJ ustav kapitalidagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi Axborot texnologiyalari markazi” davlat unitar korxonasining 50 foiz miqdoridagi ulushini (keyingi oʻrinlarda — davlat ulushi) Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazib berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda “XT Xarid texnologiyalari” MChJ taʼsis hujjatlarini oʻzgartirgan holda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda “XT Xarid texnologiyalari” MChJ ustav kapitalidagi davlat ulushining bozor qiymatini belgilangan tartibda aniqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, “XT Xarid texnologiyalari” MChJ ustavidagi davlat ulushini sotish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan “XT Xarid texnologiyalari” MChJ ning boshqa ishtirokchilariga va jamiyatning oʻziga davlat ulushini imtiyozli huquqdan foydalangan holda bozor qiymatida sotib olishlari mumkinligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“XT Xarid texnologiyalari” MChJning boshqa ishtirokchilari va jamiyatdan davlat ulushini imtiyozli huquqdan foydalangan holda sotib olish boʻyicha taklif kelib tushmagan taqdirda, davlat ulushi bozor qiymatidagi boshlangʻich narx bilan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali auksion savdolariga chiqariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ulushi boʻyicha tasarruf etish huquqi uni sotib olish boʻyicha toʻlovlari toʻliq kelib tushgandan soʻng belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ulushini sotishdan tushgan mablagʻlar, istisno tariqasida, toʻliq miqdorda (bundan sotish bilan bogʻliq xarajatlar mustasno) “Iqtisodiyot va moliya vazirligi Axborot texnologiyalari markazi” DUKning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 31-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
735-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 09/23/735/0003-son)