29.12.2022 yildagi PQ-462-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.12.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat institutining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-noyabrdagi “Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-247-son Farmonini ijro etish, shuningdek, qonun ijodkorligi, huquqni qoʻllash faoliyati, islohotlarni huquqiy taʼminlash jarayonlarining samaradorligini oshirish va ilmiy jihatdan asoslanganligini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobdor boʻlgan, davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasasi shaklidagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etilganligi, uning asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari belgilab berilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut faoliyatiga umumiy rahbarlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari tomonidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, Institut:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy siyosatni shakllantirish va amalga oshirish boʻyicha faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlari bilan yaqin hamkorlikda respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy taʼminlashni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun loyihalarini ishlab chiqish va parlamentga kiritish boʻyicha dasturlarni shakllantirish va amalga oshirishni, qonun loyihalarini Oliy Majlis palatalarida koʻrib chiqish va qabul qilishning barcha bosqichlarida ularning oʻtishini monitoring qiladi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan qonun hujjatlari loyihalari yuzasidan ularning davlat huquqiy siyosatiga muvofiqligini hamda ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarning borishiga taʼsirini kompleks tarzda baholagan holda asoslantirilgan ekspertlik fikrlari va xulosalarini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarining tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazadi va amalga oshirilishini monitoring qiladi, ularni takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlarining huquqni qoʻllash amaliyoti muammolarini tahlil qilish va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish borasidagi faoliyatini oʻrganadi;

milliy qonunchilikni rivojlantirishni prognozlash sohasida tizimli tadqiqotlarni, ilgʻor xalqaro tajriba, zamonaviy yuridik fan yutuqlari, yuridik amaliyotdan foydalanish asosida ushbu tadqiqotlar natijalarining qonun ijodkorligi ishlariga doir davlat dasturlarini tayyorlash jarayoniga joriy etilishini tashkil etadi;

fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalari asosida shakllangan takliflarni, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning qonunchilik va huquqiy siyosat sohasidagi tavsiyalarini tizimlashtiradi va ularning yagona bazasini yuritadi;

mamlakatimizda huquqiy siyosatni amalga oshirish, konstitutsiyaviy va davlat qurilishi sohalarida olib borilayotgan fundamental va amaliy tadqiqotlarni umumiy muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Institut oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari, vazirlik va idoralar, ularning tarkibiy tuzilmalarida, shu jumladan hududlarda huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish;

qonun hujjatlari loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish, qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan xulosalar, axborot-tahliliy materiallar va takliflar tayyorlash uchun, zarur boʻlganda, respublikaning va xorijiy davlatlarning olimlari, mutaxassislaridan iborat, shu jumladan shartnoma asosida ishchi guruhlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutga yuklangan vazifalarni bajarish uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar, huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlaridan zarur statistik, tahliliy va boshqa maʼlumotlarni soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborot-kutubxona resurslaridan tekin foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut vakolatiga kiradigan masalalar koʻrib chiqilayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, ularning kengashlari, qoʻmitalari va komissiyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi fraksiyalari, Vazirlar Mahkamasi, Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, ijro hokimiyati organlari va boshqa davlat organlari hayʼatlarining majlislarida ishtirok etish;

xalqaro tashkilotlar, jamgʻarmalar, mahalliy va xorijiy tadqiqot markazlari va oʻquv muassasalari, davlat organlari va tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida tadqiqotlar olib borish, strategiyalar, konsepsiyalar, doktrinalar, dasturlar va boshqa hujjatlar, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;

jismoniy va yuridik shaxslardan, shu jumladan xorijiy hamda xalqaro tashkilotlardan qonunchilikda belgilangan tartibda grantlar olish, taqdim etilgan grantlar hisobiga ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noshirlik faoliyatini amalga oshirish, axborot-tahliliy sharhlar va maʼruzalar, davriy ilmiy-amaliy nashrlar chiqarish.

4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat institutining Ustavi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti xodimlarining mehnatiga Yagona tarif setkasi boʻyicha haq toʻlash razryadlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, Institut 38 ta shtat birligidan iborat boʻlib, shundan 13 ta shtat birligi maʼmuriy islohotlar doirasida boʻshaydigan shtatlar hisobidan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Institutga ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan amalga oshirib kelingan quyidagi sohalarda amaliy tadqiqotlar oʻtkazish yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy islohotlar oʻtkazish sharoitida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishning huquqiy muammolarini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konstitutsiyaviy islohotlarning siyosiy-huquqiy ustuvor yoʻnalishlari va uni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish (davlat boshqaruvi, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bosqichida ularning tartibga solish taʼsirini baholash tizimini maqbullashtirish orqali “aqlli tartibga solish” loyihasini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy muammolarini oʻrganish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun xalqaro tashkilotlarning texnik yordam mablagʻlari va grantlarini jalb etishda Institutga koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut tomonidan oʻtkaziladigan fundamental va amaliy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish maqsadida Institut huzurida tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi tomonidan tasdiqlanadigan Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash tuziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi Institut xodimlari, oliy taʼlim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, respublika va xorijiy davlatlardagi tahlil markazlarining ekspertlari, tegishli vazirlik, idoralar va boshqa tashkilotlar vakillaridan tashkil topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut direktori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan hamda maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shuʼba mudiriga tenglashtirilgan oʻrinbosarga ega boʻladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi bilan kelishilgan holda Institut direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut xodimlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti xodimlari uchun nazarda tutilgan moddiy ragʻbatlantirish va mehnatga haq toʻlash, tibbiy xizmat koʻrsatish shartlari qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut xodimlariga ilgari ishlagan joyida berilgan, shu jumladan koʻp yillik mehnati, harbiy va maxsus unvonlar (martaba va malaka darajalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun ustamalar va qoʻshimcha haqlar saqlanib qoladi, harbiy va maxsus unvonlarga ega boʻlmagan oliy yuridik maʼlumotli xodimlar uchun esa oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi organlari va muassasalari xodimlari uchun belgilangan martaba darajalari berilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutda ishlagan davr koʻp yil ishlaganlik uchun ustamalar toʻlash, harbiy va maxsus unvonlarni (martaba va malaka darajalari, diplomatik darajalar va boshqalarni) olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi hamda ularni Institutda ishlash davrida berish oldingi ish joyi boʻyicha nazarda tutilgan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut boshqaruv va ilmiy xodimlarining lavozim maoshiga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud xorijiy mamlakatlarda ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajaga ega shaxslar uchun — lavozim maoshining 30 foizi miqdorida, fan doktori (Doctor of Science) yoki xorijiy mamlakatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega shaxslar uchun — lavozim maoshining 60 foizi miqdorida har oylik qoʻshimcha haq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Institut direktoriga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Institutning tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutga yuklangan vazifalar ijrosini taʼminlash doirasida yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijda yashayotgan vatandoshlarni ularga ish haqini Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan xorijiy valyutada toʻlab bergan holda maslahatchilar sifatida jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan xodimlarga lavozim maoshining 5 barobarigacha miqdorida ustamalar belgilash huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Institut faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili tasdiqlanadigan parametrlar doirasida ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyatiga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan grant tanlovlari natijalari asosida ajratiladigan mablagʻlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik, idora va muassasalar tomonidan ularning buyurtmalari asosida tadqiqotlar va baholash ishlarini olib borish uchun ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grant va maqsadli mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutga oʻzining budjetdan tashqari mablagʻlarini Institut faoliyatini moddiy-texnik taʼminlash va joriy xarajatlarga, xodimlar malakasini oshirish, shu jumladan xorijiy stajirovkalarni tashkil etish, chet davlatlarda oʻtkaziladigan konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish, tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, Institutning rasmiy veb-saytini yaratish va faoliyat yuritishini taʼminlash, jalb qilingan mahalliy va xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq toʻlashga, shuningdek, Institut faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa tadbirlarga yoʻnaltirish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Institutga uning faoliyatini tashkil qilishga koʻmaklashish maqsadida 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyatiga koʻmaklashish jamgʻarmasidan 5 mlrd soʻm miqdorida bir martalik begʻaraz moliyaviy yordam ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Institut Toshkent shahri, Buyuk ipak yoʻli koʻchasi, 69-uy manzilida joylashgan binoga operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xoʻjalik departamenti 2023-yil 1-mayga qadar Institut binosi taʼmirlanishi va uning zarur mebel, kompyuter texnikasi va boshqa moddiy-texnik vositalar bilan jihozlanishi (qoʻshimcha jihozlanishi)ni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Belgilansinki, Institutning 2022-yildagi faoliyatini tashkil etish va joriy taʼminoti uchun Davlat budjeti mablagʻlari ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarini moliyalashtirish boʻyicha Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan va foydalanilmagan mablagʻlar hisobidan ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yildan boshlab har yili Institut faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yilda Institutga asoslantirilgan hisob-kitoblarga koʻra, binolarni taʼmirlash va zarur jihozlar, orgtexnika bilan jihozlash (qoʻshimcha jihozlash), xizmat avtotransporti, isitish tizimini sotib olish (yangilash), shuningdek, zarur adabiyotlarni xarid qilish va xorijiy ilmiy, tahliliy va boshqa kerakli bosma va elektron nashrlarga obuna boʻlish uchun zarur mablagʻlar ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut uchun 3 ta xizmat avtotransport vositasini, shu jumladan 2 ta shaxsiy biriktirilgan va 1 ta navbatchi avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Institutni belgilangan tartibda telefon aloqasi, shu jumladan hukumat aloqasi bilan, shuningdek, uning keng polosali Internet tarmogʻiga ulanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Institut:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari majburiy tartibda yuboriladigan tashkilotlar roʻyxatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy matbuot sharhlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti hamda Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari institutining tahliliy maʼruzalari (materiallari) majburiy tarzda yuboriladigan tashkilotlar roʻyxatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat statistika qoʻmitasi, Markaziy bank, boshqa vazirlik va idoralarning statistik axborot byulletenlari majburiy tartibda yuboriladigan reyestrga kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-462-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-dekabrdagi PQ-462-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat institutining

TUZILMASI

Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash

Direktor

Ilmiy kotib

Direktor oʻrinbosari

Xalqaro munosabatlar va jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi

2

Iqtisodiy sohadagi qonunchilik shuʼbasi

5

Konstitutsiyaviy qurilish va davlat boshqaruvining samaradorligini tahlil qilish shuʼbasi

5

Bosh buxgalter

Ijtimoiy sohadagi qonunchilik shuʼbasi

5

Sud-huquq sohasidagi qonunchilik shuʼbasi

5

Umumiy boʻlim

2

Yuriskonsult

Ijtimoiy-siyosiy rivojlanish sohasida tahlil shuʼbasi

4

Xalqaro munosabatlar sohasidagi qonunchilik shuʼbasi

4

AKT boʻyicha mutaxassis

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 38 nafar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu jumladan ilmiy xodimlar — 28 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordamchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-dekabrdagi PQ-462-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat institutining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
USTAVI

I. Umumiy qoidalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) oʻz faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobdor davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Institut yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz mulkiga, mustaqil balansiga, gʻaznachilik hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Institut oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda ushbu Ustavga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Institutning rasmiy nomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartmasi — QNSI;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) rus tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq nomi — Institut zakonodatelstva i pravovoy politiki pri Prezidente Respubliki Uzbekistan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartmasi — IZPP;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ingliz tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq nomi — Institute of Legislation and Legal Policy under the President of the Republic of Uzbekistan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartmasi — ILLP.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Institutning asosiy vazifalari, faoliyat yoʻnalishlari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy siyosatini shakllantirish va amalga oshirish borasidagi faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlashni prognozlash va ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqishga qaratilgan fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil qilish va oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kelishish uchun kiritiladigan qonun hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertiza qilish va ular boʻyicha xulosalar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni qoʻllash amaliyoti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish samaradorligi ustidan tizimli siyosiy-huquqiy monitoring yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlar jarayoniga taʼsirini kuchaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Institut oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yillik davlat dasturlari loyihalarining Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi maqsadlariga muvofiqligini kompleks tahlil qiladi, shuningdek, ularni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan muammoli masalalarni oʻrganadi, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat va davlat qurilishini huquqiy tartibga solish holatini tizimli oʻrganish va tahlil qilish, ularning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlashni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi tizimining samaradorligi boʻyicha ilmiy va amaliy tadqiqotlar oʻtkazadi, shu asosda maʼmuriy islohot va huquqiy siyosatni amalga oshirish, davlat organlarining vazifa va funksiyalarini optimallashtirish, ularning ish uslublarini, maʼmuriy tartib-taomillarni takomillashtirish, shu jumladan davlat xizmatlari sifatini oshirish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalari, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlari bilan yaqin hamkorlikda respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy qoʻllab-quvvatlashni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalari asosida shakllangan takliflarni, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning qonunchilik va huquqiy siyosat sohasidagi tavsiyalarini tizimlashtiradi va ularning yagona bazasini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun loyihalarini ishlab chiqish va parlamentga kiritish boʻyicha dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish, qonun loyihalarini Oliy Majlis palatalarida koʻrib chiqish va qabul qilishning barcha bosqichlarida ularning oʻtishini monitoring qiladi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan qonun hujjatlari loyihalari yuzasidan ularning davlat huquqiy siyosatiga muvofiqligini hamda ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarning borishiga taʼsirini kompleks tarzda baholagan holda asoslantirilgan ekspertlik fikrlari va xulosalarini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarining tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazadi va amalga oshirilishini monitoring qiladi, ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlarining huquqni qoʻllash amaliyoti muammolarini tahlil qilish va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish borasidagi faoliyatini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilishning uslubiy asoslarini takomillashtirish, ishlab chiqilayotgan qonun loyihalarining ekspert kuzatuvini amalga oshirish sohasida ilmiy-tadqiqot va ekspertlik faoliyatini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalari, vazirlik va idoralar, mahalliy vakillik va ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy qonunchilikni rivojlantirishni prognozlash sohasida tizimli tadqiqotlarni, ilgʻor xalqaro tajriba, zamonaviy yuridik fan yutuqlari, yuridik amaliyotdan foydalanish asosida ushbu tadqiqotlar natijalarining qonun ijodkorligi ishlariga doir davlat dasturlarini tayyorlash jarayoniga joriy etilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy siyosatni amalga oshirish, konstitutsiyaviy va davlat qurilishi sohalarida mamlakatimizda olib borilayotgan fundamental va amaliy tadqiqotlarni umumiy muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qonun ijodkorligi faoliyati rejalarini tayyorlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va vazifalariga mos keladigan taʼlim yoʻnalishlari (shu jumladan, konstitutsiyaviy qurilish, parlamentarizm, qonun ijodkorligi va davlat boshqaruvi) boʻyicha kadrlarni tayyorlaydi, qayta tayyorlaydi va malakasini oshiradi, boshqa taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan kadrlarni tayyorlash va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish masalalari boʻyicha hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetakchi tadqiqot, tahlil markazlari va tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlik dasturlarini shakllantiradi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan qonunlar va huquqni qoʻllash amaliyotining samaradorligi toʻgʻrisidagi jamoatchilik fikrini oʻrganish boʻyicha sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqot, qonun ijodkorligi jarayoniga prognozlash va modellashtirishning zamonaviy usullari joriy etilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Institutning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Institut oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari, vazirlik va idoralar, ularning tarkibiy tuzilmalarida, shu jumladan hududlarda huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish, qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan xulosalar, axborot-tahliliy materiallar va takliflar tayyorlash uchun, zarur boʻlganda, respublikaning va xorijiy davlatlarning olimlari, mutaxassislaridan iborat, shu jumladan shartnoma asosida ishchi guruhlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborot-kutubxona resurslaridan bepul foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut vakolatiga kiradigan masalalar koʻrib chiqilayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, ularning kengashlari, qoʻmitalari va komissiyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi fraksiyalari, Vazirlar Mahkamasi, Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, ijro hokimiyati organlari va boshqa davlat organlari hayʼatlarining majlislarida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlar, jamgʻarmalar, mahalliy va xorijiy tadqiqot markazlari va oʻquv muassasalari, davlat organlari va tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida tadqiqotlar olib borish, strategiyalar, konsepsiyalar, doktrinalar, dasturlar va boshqa hujjatlar, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslardan, shu jumladan xorijiy va xalqaro tashkilotlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda grantlar olish, berilgan grantlar hisobidan ilmiy izlanishlar olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noshirlik faoliyatini amalga oshirish, axborot-tahliliy sharhlar va maʼruzalar, davriy ilmiy-amaliy nashrlar chiqarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Institut quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning yuqori darajasini taʼminlash va ularning keng qoʻllanilishiga faol ravishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish yuritishni tashkil etish, rasmiy hujjatlarni tuzish, ijro etish va saqlash boʻyicha belgilangan talablarga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyati natijalari boʻyicha statistik hisobot va buxgalteriya hisobini yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Institut faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Institutga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Institut direktori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut faoliyatiga yakkaboshchilik asosida rahbarlik qiladi va Institutning ilmiy, ilmiy-texnologik va tashkiliy-xoʻjalik faoliyati, shuningdek, mazkur Ustavga rioya qilinishi uchun javobgardir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarida, shuningdek, xalqaro tashkilotlarda Institut nomidan ish koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruq va farmoyishlar chiqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi uchun shaxsiy javobgar hisoblanadi va har yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oldida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tuzilma va xodimlar soniga muvofiq mehnatga haq toʻlash fondi miqdori doirasida Institutning shtat jadvalini va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda, Institutning tasdiqlangan tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning ish rejalari, hisobotlari va metodik ishlanmalarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning asosiy ilmiy va noshirlik faoliyati yoʻnalishlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut xodimlarining lavozim (funksional) vazifalarini taqsimlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni ragʻbatlantirish tartibi va shakllarini, ularning lavozim maoshiga ustama va qoʻshimcha toʻlovlarni belgilaydi, xodimlarga moddiy yordam koʻrsatish boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut nomidan ishonchnomasiz shartnoma va kelishuvlar tuzadi, Institut aktivlarini tasarruf etadi, mulkni boshqarish boʻyicha qarorlar qabul qiladi, moliyaviy, hisob-kitob va boshqa turdagi hujjatlarni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka va mazkur Nizomga muvofiq oʻziga yuklatilgan boshqa masalalarni hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Institut direktori oʻrinbosari direktor topshirigʻiga koʻra uning alohida funksiyalarini bajaradi va u boʻlmagan yoki oʻz vazifalarini bajarishi mumkin boʻlmagan hollarda direktor lavozimini vaqtincha egallab turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Institut direktori oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Institut tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi bilan kelishilgan holda Institut direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning boshqa xodimlari esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari bilan kelishilgan holda Institut direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Institut huzurida vazifasi Institutning fundamental va amaliy tadqiqotlarini muvofiqlashtirish boʻlgan, Institutning xodimlari, oliy taʼlim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, respublika va xorijiy davlatlardagi tahlil markazlarining ekspertlari, tegishli vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar vakillaridan iborat Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi Kengash tarkibini tasdiqlaydi, uning Institutga yuklatilgan vazifalarni bajarishga qaratilgan faoliyatini samarali rejalashtirishni va tashkil etishni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Institutning davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Institut oʻziga yuklatilgan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy siyosatni shakllantirish va amalga oshirish sohasidagi faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan taʼminlash boʻyicha vazifalarni bajarishda davlat organlari, oliy taʼlim tashkilotlari, ilmiy muassasalar, tadqiqot, tahlil markazlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro yaqindan hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Institut faoliyati ustidan umumiy rahbarlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalariga oʻziga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Institutni qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur Ustav talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-dekabrdagi PQ-462-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti xodimlarining mehnatiga Yagona tarif setkasi boʻyicha haq toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RAZRYADLARI

Lavozimning nomlanishi

Razryadlar

Direktor

21

Direktor oʻrinbosari

20

Shuʼba mudiri, boʻlim boshligʻi, ilmiy kotib

18

Bosh ilmiy xodim

17

Yetakchi ilmiy xodim

16

Bosh buxgalter

17

Kadrlar boʻyicha inspektor, yuriskonsult

16

AKT boʻyicha mutaxassis

13

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-dekabrdagi PQ-462-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3666-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi — oʻn beshinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2 va 3-ilovalardan “Huquqiy siyosat tadqiqot instituti” bloklari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi oʻrnini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4210-son qarori ilovasining “Masʼul tadqiqot institutlari” ustuni 5-pozitsiyadagi “Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4380-son qaroriga 2-ilovaning 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida huquq ustuvorligini taʼminlash holatini aniqlashning samarali mexanizmini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4951-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 8-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-banddan “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilovaning “Subyektlar” ustuni 1-pozitsiyasidan “Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ilovaning “Maʼlumotlarni shakllantirish va kiritishga masʼul idora va tashkilotlar” ustunidan “Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “Qorakoʻlchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4984-son qarorining 8-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2022-y., 07/22/462/1135-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 20.06.2024-y., 06/24/91/0429-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)