19.12.2022 yildagi 714-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha taʼlim sohasi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha taʼlim tizimini tubdan isloh qilish, maktabgacha taʼlim tashkilotlarini davlat tomonidan boshqarishning samarali tizimini yaratish hamda uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha soʻnggi besh yilda maktabgacha taʼlim sohasida oʻsib kelayotgan yosh avlodni sogʻlom va har tomonlama barkamol etib voyaga yetkazish, bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish koʻrsatkichini oshirish, tizimga samarali taʼlim va tarbiya usullarini joriy etish hamda tizimda faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlar malakasini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi kunda 28 842 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati yoʻlga qoʻyilishi orqali maktabgacha yoshdagi bolalarning 70 foizi, jumladan, 6 yoshli bolalarning 90 foizi maktabgacha taʼlim bilan qamrab olindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmining joriy etilishi hamda 21 230 nafar tadbirkorlik subyektlari tomonidan 610 339 oʻrinli quvvatga ega nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati yoʻlga qoʻyilishi orqali nodavlat sektorning ulushi 2017-yilga nisbatan 0,1 foizdan 31 foizga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagog kadrlarning mehnatini munosib ragʻbatlantirish maqsadida ularning oylik maoshi 43 foizdan 70 foizgacha oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini oliy maʼlumotli pedagoglar bilan taʼminlash, maktabgacha taʼlim sohasida Koreya tajribasi asosidagi yangi uslublarni joriy etish, maktabgacha taʼlim tashkilotlarini malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash, bolalarning har tomonlama aqlan va jismonan rivojlanishini hamda ularni maktabga tayyorlash dasturlari sifatini oshirishni taʼminlovchi zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarini taʼlim-tarbiya jarayoniga joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha taʼlim vazirligi va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (keyingi oʻrinlarda — KOISA) oʻrtasida 2021-yil 16-dekabrda tuzilgan bitim (keyingi oʻrinlarda — Bitim) doirasida umumiy qiymati 12,5 mln AQSh dollari miqdoridagi grant hisobidan Maktabgacha taʼlim tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda innovatsion maktabgacha taʼlim tashkiloti uchun bino qurish loyihasining (keyingi oʻrinlarda — loyiha) 2022 — 2026-yillarda amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha doirasida Maktabgacha taʼlim tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda innovatsion maktabgacha taʼlim tashkiloti uchun bino (keyingi oʻrinlarda — obyekt) qurilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning loyiha-smeta hujjatlari KOICA tomonidan taqdim etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish doirasida obyektni qurish uchun Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Nurafshon va Sharof Rashidov koʻchalari oraligʻida 1,6 ga yer maydoni ajratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, loyihani amalga oshirish doirasida KOICAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi obyektlarni qurish uchun buyurtmachi hisoblanadi hamda bosh loyiha tashkiloti va bosh pudrat tashkilotini mustaqil belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bitimga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari obyektni qurish va jihozlash bilan bogʻliq tovarlar va xizmatlar uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha chetdan olib kelinadigan uskuna, butlovchi buyumlar, detallar, uzellar, xomashyo va materiallar, ehtiyot qismlar, asboblar va maxsus transport vositalarini olib kirishda qoʻshilgan qiymat soligʻi hamda bojxona boji toʻlashdan ozod etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish ishlari tugallanganidan keyin Maktabgacha taʼlim vazirligiga tekinga berilgan obyekt va boshqa mol-mulk soliq solish obyekti hisoblanmasligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Energetika vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzbektelekom” AK, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda tegishlicha obyekt qurilishi hududiga qadar muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tortish, koʻchirish, oʻtkazish va ulash ishlarini, shuningdek, obyektlarga olib boruvchi yoʻllar qurilishini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qurilish vazirligi qurilish-montaj ishlarini bajarish sifati boʻyicha tegishli davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarni loyihalash, qurish va jihozlash doirasida bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari tomonidan hisobvaraq-fakturalarda (shu jumladan, har oyda) koʻrsatiladigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetida Maktabgacha taʼlim vazirligining rivojlantirish dasturlari uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish tugagunga qadar boʻlgan muddatga respublika hududida obyektlarni qurish va jihozlash doirasida bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlarida hosil boʻladigan qoʻshilgan qiymat soligʻi hamda obyektni qurish uchun Oʻzbekiston tomonidan amalga oshirilgan ishlarni moliyalashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash 2023-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshkent shahar hokimligi uch oy muddatda loyiha maydonini rejalashtirish va tekislash ishlarini bajarish, shu jumladan, mavjud obyektlarni buzish, qurilish maydonchasida qurilish ishlari boshlanishidan oldin qurilish chiqindilaridan tozalash ishlarini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tashqi ishlar vazirligi Maktabgacha taʼlim vazirligining viza talabnomalariga binoan obyektlar qurilishi doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar uchun kirish vizalarini konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ichki ishlar vazirligi Maktabgacha taʼlim vazirligi buyurtmanomalariga asosan loyihani amalga oshirish uchun jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik viza muddatlari uzaytirilishini, shuningdek, vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qurilayotgan obyekt hududida xorijlik mutaxassislarning xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Moliya vazirligi Maktabgacha taʼlim vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga koʻra 2025-yildan boshlab har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Maktabgacha taʼlim tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda innovatsion maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil etilgandan soʻng ularni taʼminlab turish uchun zarur budjet mablagʻlari ajratilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 19-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
714-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2022-y., 09/22/714/1107-son)