12.12.2022 yildagi 4-1102-2003/1048-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati B. Israylovning raisligida, hayʼat aʼzolari A. Abdullayev va R. Xaydarovdan iborat tarkibda, A. Baxshulloyevning kotibligida, daʼvogar — “DT” MChJ ishtirokchisi MRQning javobgarlar — “DT” MChJ ishtirokchisi ADIga nisbatan “DT” MChJ ishtirokchisi MRQga tegishli 53,7 foiz ulushni ADIga sotish toʻgʻrisidagi 2017-yil 20-oktabrdagi 1-sonli shartnomani va jamiyat ishtirokchilarining 2017-yil 20-oktabrdagi 1-sonli umumiy yigʻilish qarorini (1-sonli bayonnoma) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvosi arizasi boʻyicha iqtisodiy ishni daʼvogar vakili — U.E. (2020-yil 19-avgustdagi reyestr 77/624-n/77-2020-2-2332 raqami bilan qayd qilingan ishonchnoma asosida), javobgar vakillari — D.A. (jamiyat ishtirokchisi), A.X. (advokatlik order va 2020-yil 11-noyabrdagi reyestr 20200218900/604 raqami bilan qayd qilingan ishonchnoma asosida) hamda Toshkent viloyat Adliya boshqarmasi vakili — N.Y. (2022-yil 26-maydagi 2-2/412-sonli ishonchnoma asosida) ishtirokida Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 26-maydagi hal qiluv qarori hamda Toshkent viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 5-avgustdagi qarori ustidan “DT” MChJ ishtirokchisi MRQ tomonidan berilgan kassatsiya shikoyati asosida ishni Oliy sud binosida ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daʼvogar “DT” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishtirokchisi MRQ daʼvo ariza bilan Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudiga murojaat qilib, “DT” MChJ ishtirokchisi ADI va “DT” MChJ hamda nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar “MNR” MChJ, ishtirokchilar I.T.T., M.B.M., T.F.D., S.M.M. va Qibray tuman Davlat xizmatlari markaziga nisbatan “DT” MChJ ishtirokchisi MRQga tegishli 53,7 foiz ulushni ADIga sotish toʻgʻrisidagi 2017-yil 20-oktabrdagi 1-sonli shartnomani va jamiyat ishtirokchilarining 2017-yil 20-oktabrdagi 1-sonli umumiy yigʻilish qarorini (1-sonli bayonnoma) haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 26-maydagi hal qiluv qarori bilan daʼvogarning daʼvo talabi rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 5-avgustdagi qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur hal qiluv qaroridan norozi boʻlib, daʼvogar kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilib, unda jamiyat tarkibidan chiqish toʻgʻrisida ishtirokchi R.M. ariza bermaganligini, oʻz ulushlarini D.A.ga sotmaganligini, soxta shartnoma rasmiylashtirilganligini, jamiyat tomonidan oʻtkazilgan yigʻilish notoʻgʻri oʻtkazilganligini bildirib, sud qarorlarini bekor qilib, daʼvo talabini qanoatlantirish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan daʼvogar vakili kassatsiya shikoyatini toʻliq quvvatlab, kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni takrorlab, sud qarorlarini bekor qilishni va daʼvoni qanoatlantirish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan javobgar vakillari kassatsiya shikoyatiga nisbatan oʻz eʼtirozini bildirib, sudlar tomonidan qonuniy va asosli qaror qabul qilganligi sababli ularni oʻzgarishsiz qoldirishni hamda kassatsiya shikoyatini rad etishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchi shaxs davlat xizmatlari markazi vakili ulushni sotishni davlat roʻyxatidan oʻzi oʻtkazganligini, taqdim etilgan barcha hujjatlar qonuniy boʻlganligini, davlat roʻyxatidan oʻtkazishga rahbarning oʻzi kelganligini, imzosi esa sudga havola ekanligini maʼlum qilib, kassatsiya shikoyati boʻyicha qonuniy qaror qabul qilishni sudga havola qilishini bildirdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchi shaxslar “MNR” MChJ, I.T.T., M.B.M., T.F.D., S.M.M.lar sud majlisi vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tartibda ogohlantirilgan boʻlsa-da, sud majlisida ishtirok etmadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 297-moddasining toʻrtinchi qismiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati ishni ularning ishtirokisiz koʻrib chiqish mumkin degan xulosaga keldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vajlari va tushuntirishlarini tinglab, ishdagi hujjatlarni muhokama qilib, ish hujjatlarini hamda kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni oʻrganib, qoʻyidagi asoslarga koʻra, kassatsiya shikoyatini qanoatlantirmasdan, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, “DT” MChJ yangi tahrirdagi taʼsis shartnomasi 2017-yil 26-aprelda Qibray tuman “Yagona darcha” markazi tomonidan 512235-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning yangi tahrirdagi taʼsis shartnomasi va ustavi ishtirokchilar umumiy yigʻilishining 2017-yil 11-sentabrdagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan. Ushbu taʼsis hujjatlariga koʻra, jamiyatning ustav fondi miqdori 2 462 296 004 soʻmdan iborat boʻlib, jamiyat ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymati quyidagicha taqsimlangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MRQning ulushi — 1 322 296 004 soʻm (53,7 foiz);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ADIning ulushi — 735 000 000 soʻm (29,8 foiz);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“MNR” MChJning ulushi — 405 000 000 soʻm (16,5 foiz).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilari MRQ hamda ADI oʻrtasida “DT” MChJning nizom jamgʻarmasidagi ulushini sotib olish toʻgʻrisida 2017-yil 20-oktabrda 1-sonli shartnoma imzolangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xuddi shu kuni “DT” MChJ taʼsischilarining 1-sonli yigʻilish bayonnomasi imzolangan va jamiyat taʼsischilariga tegishli oʻzgartirish kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Unga koʻra, jamiyatning Ustaviga 2017-yil 20-oktabrda oʻzgartirish kiritilgan boʻlib, ushbu oʻzgartirish bilan jamiyat taʼsischilar safidan MRQ chiqarilgan va 2 462 296 004 soʻm jamiyat ustav fondi qoʻyidagicha tasdiqlangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ADIning ulushi — 2 057 296 004 soʻm (83,5 foiz);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“MNR” MChJning ulushi — 405 000 000 soʻm (16,5 foiz).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, jamiyat Ustaviga kiritilgan ushbu oʻzgartirishlar Qibray tuman “Yagona darcha” markazi tomonidan 2017-yil 20-oktabrdagi 388717-sonli reyestr raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar “DT” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishtirokchisi MRQ sudga murojaat qilib, “DT” MChJ ishtirokchisi MRQga tegishli 53,7 foiz ulushni ADIga sotish toʻgʻrisidagi 2017-yil 20-oktabrdagi 1-sonli shartnomani va jamiyat ishtirokchilarining 2017-yil 20-oktabrdagi 1-sonli umumiy yigʻilish qarorini (1-sonli bayonnoma) haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudida ishni koʻrish vaqtida javobgar “DT” MChJ ishtirokchisi D.A. vakillari ish hujjatlarida daʼvogar 2017-yil 20-oktabrda oʻz qoʻli bilan yozib bergan tilxati mavjudligi, mazkur tilxatda MRQ jamiyat ustav jamgʻarmasidagi 1.322.296.004 soʻmlik ulushini nominal qiymatida javobgarga sotganini, mazkur summani toʻliq olganligi, bu haqda 2017-yil 20-oktabrdagi 1-sonli shartnoma rasmiylashtirilganligi va taʼsis hujjatlariga oʻzgartirishlar Toshkent viloyati Qibray tumani yagona darcha markazidan oʻtkazilganligi va tasdiqlanganligi, sudga oid xatshunoslik ekspertizasining 2021-yil 24-martdagi 198-sonli xulosasiga koʻra, daʼvogar tomonidan 2017-yil 20-oktabrda oʻziga tegishli boʻlgan jami 1.322.296.004 soʻmlik (53,7 foiz) ulushini ADIga sotib yuborilganligi toʻgʻrisidagi yozuv va imzo MRQ tomonidan bajarilganligini aniqlanganligi shuningdek, MRQ Qibray tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilib, ADIdan zavod uchun pul olganligi, zavoddan ayrilib qolmasligi uchun shunchaki, tilxat yozib berganligi tasdiqlaganligi vaholanki, daʼvogarning vakillari tomonidan iqtisodiy sudga 2020-yil 28-oktabrda kiritilgan daʼvo arizada, MRQ 2017-yil 20-oktabrdagi qaror va oldi-sotdi shartnoma haqida Qibray tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2020-yil 28-sentabrda olgan javob xati orqali xabar topganligi, ungacha bunday hujjatlar mavjudligidan bexabar boʻlganligi taʼkidlaganligi biroq, sud ekspertiza xulosasi va oʻzi tomonidan berilgan koʻrsatma tasdiqlab turibdiki, MRQ 2017-yil 20-oktabrdagi hujjatlardan toʻliq xabardor ekanligi inobatga olib, daʼvo muddati oʻtkazib yuborilganligini sababli, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 41-moddasiga koʻra, jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qarorini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ariza jamiyat ishtirokchisi qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan eʼtiboran ikki oy ichida berilishi mumkinligi, biroq daʼvogar tomonidan ushbu maxsus daʼvo muddati oʻtkazib yuborilganligi sababli daʼvo muddatini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnoma berib, daʼvoni rad etishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli birinchi instansiya sudi tomonidan daʼvo talablariga nisbatan daʼvo muddati qoʻllanilgan holda daʼvo arizasi rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 269-sonli qarorining 31-bandiga koʻra, bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talabga, qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, umumiy daʼvo muddati qoʻllaniladi hamda daʼvo muddati faqat nizodagi tarafning sud qaror chiqargunicha bergan arizasiga muvofiq qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 262-sonli qarorining 20.2-bandiga koʻra, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 41-moddasining birinchi qismiga koʻra jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari, jamiyatning ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok etmagan yoki bahsli qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat ishtirokchisining arizasiga koʻra, sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday ariza jamiyat ishtirokchisi qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan eʼtiboran ikki oy ichida berilishi mumkin. Bunda ikki oylik muddat yigʻilishda ishtirok etgan ishtirokchi uchun qaror qabul qilingan kundan, yigʻilishda ishtirok etmagan ishtirokchi uchun esa u qaror toʻgʻrisida bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati, birinchi instansiya sudi tomonidan hal qiluv qarorini qabul qilishda moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilishiga yoʻl qoʻyilmaganligini hamda uni oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asoslar mavjud emas deb hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli apellatsiya instansiyasi sudi ham hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirib toʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 302-moddasining birinchi qismiga koʻra, ish uchun ahamiyatli holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi, sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi, hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi, moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda, quyi instansiya sudlari tomonidan moddiy va protsessual huquq normalarini toʻgʻri qoʻllab, ish holatlariga muvofiq qonuniy va asoslantirilgan qaror qabul qilgan, shu sababli uni oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati javobgarning kassatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni hamda IPK 118-moddasiga asosan kassatsiya shikoyati berilishida oldindan toʻlangan sud xarajatlarini javobgar zimmasida qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga koʻra, IPKning 118, 197, 301 — 303-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati, qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 26-maydagi hal qiluv qarori hamda Toshkent viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 5-avgustdagi qarori oʻzgarishsiz, MRQ tomonidan berilgan kassatsiya shikoyati esa qanoatlantirilmasdan qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi B. ISRAYLOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari A. ABDULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
R. XAYDAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 12-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1102-2003/1048-son