Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“TURKSOY tuzilmasi va faoliyat koʻrsatish prinsiplari toʻgʻrisidagi Shartnomani (Olma-ota, 1993-yil 12-iyul) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-964-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 8-noyabrda kiritilgan “TURKSOY tuzilmasi va faoliyat koʻrsatish prinsiplari toʻgʻrisidagi Shartnomani (Olma-ota, 1993-yil 12-iyul) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-964-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 8-noyabr,
2648-IV-son