15.12.2022 yildagi 4-1001-2211/20770-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati sudya R. Sagatovning raisligida, hayʼat aʼzolari sudyalar I. Tadjiyev va Sh. Mirzaxakimovdan iborat tarkibda, B. Joʻrayevning kotibligida, daʼvogar A.G., A.E., B.S. va uning vakili advokat N.I. (2022-yil 14-dekabrdagi 187-sonli order asosida), javobgarlar vakili advokat N.I. (2022-yil 24-noyabrdagi 651-sonli order va 2021-yil 23-dekabrdagi ishonchnoma asosida), “YB” masʼuliyati cheklangan jamiyati vakili R.X. (rahbar)ning ishtirokida, daʼvogarlar A.E., B.R., A.G. va B.S.ning uchinchi shaxs sifatida “YB” masʼuliyati cheklangan jamiyatini jalb qilgan holda, javobgarlar A.X. va S.V. nisbatan ulushni oldi-sotdi shartnomalarini bekor qilish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi boʻyicha yuritilgan ish yuzasidan qabul qilingan Toshkent shahar sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 29-avgustdagi qarori ustidan A.E., B.S., A.G. tomonidan berilgan kassatsiya shikoyati asosida ishni Oliy sudning binosida ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YB” masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnda MChJ deb yuritiladi) 2014-yil 9-oktabrda Yunusobod tumani hokimligi huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish inspeksiyasi tomonidan 9491-10-sonli reyestr raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJning dastlabki muassislari fuqarolar A.X.E. va B.A.S. boʻlib, ularning 94 400 000 soʻm MChJ ustav fondidagi ulushlari quyidagicha boʻlgan: — A.X.E. (50,00 % ulushga ega), yaʼni 47 200 000 soʻm; — B.A.S. (50,00 % ulushga ega), yaʼni 47 200 000 soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJning ustavi va taʼsis shartnomasiga 2017-yil 31-martda oʻzgartirish kiritilib, uning ustav fondi miqdori oʻzgarmagan holda taʼsischilarining soni ikki kishidan toʻrt kishiga oʻzgartirilib, quyidagicha boʻlgan: — A.X.E. (50,00 % ulushga ega), yaʼni 47 200 000 soʻm; — B.A.S. (30,00 % ulushga ega), yaʼni 28 420 000 soʻm; — N.R.I. (10,00 % ulushga ega), yaʼni 9 440 000 soʻm; — A.M.M. (10,00 % ulushga ega), yaʼni 9 440 000 soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJning ustavi va taʼsis shartnomasiga 2018-yil 31-iyunda ikkinchi marotaba oʻzgartirish kiritilib, ustav fondi miqdori oʻzgarmagan holda quyidagicha boʻlgan: — A.X.E. (50,00 % ulushga ega), yaʼni 47 200 000 soʻm; — B.A.S. (30,00 % ulushga ega), yaʼni 28 420 000 soʻm; — B.Z.R. (10,00 % ulushga ega), yaʼni 9 440 000 soʻm; — A.N.G. (10,00 % ulushga ega), yaʼni 9.440.000 soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 11-fevralda A.X.E. va A.I.X oʻrtasida ulushni oldi-sotdi shartnomasi imzolangan va unga koʻra A.X.E. (sotuvchi) A.I.X (sotib oluvchi)ga MChJ ustav fondidagi nominal qiymati 18 880 000 soʻm boʻlgan ulushini sotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 11-fevralda A.X.E. va S.M.V. oʻrtasida ulushni oldi-sotdi shartnomasi imzolanib, unga koʻra A.X.E. (sotuvchi) S.M.V. (sotib oluvchi)ga MChJ ustav fondidagi nominal qiymati 9 440 000 soʻm boʻlgan ulushini sotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 11-fevralda B.A.S. va S.M.V. oʻrtasida ulushni oldi-sotdi shartnomasi imzolanib, unga koʻra B.A.S. (sotuvchi) S.M.V. (sotib oluvchi) oʻzining ustav fondidagi nominal qiymati 28 320 000 soʻm boʻlgan ulushini sotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 11-fevralda A.N.G. va A.I.X oʻrtasida ulushni oldi-sotdi shartnomasi imzolanib, unga koʻra A.N.G. (sotuvchi) A.I.X (sotib oluvchi)ga oʻzining MChJ ustav fondidagi nominal qiymati 9 440 000 soʻm boʻlgan ulushini sotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 11-fevralda B.Z.R. va A.I.X oʻrtasida ulushni oldi-sotdi shartnomasi imzolanib, unga koʻra B.Z.R. (sotuvchi) A.I.X (sotib oluvchi)ga oʻzining MChJ ustav fondidagi nominal qiymati boʻlgan 9 440 000 soʻm boʻlgan ulushini sotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJ ishtirokchilarining 2019-yil 11-fevraldagi 1-sonli umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra, B.A.S., B.Z.R. va A.N.G. MChJning taʼsischilari safidan chiqarilib, A.I.X va S.M.V. MChJning taʼsischilari qatoriga kiritilgan hamda MChJning ustav fondi quyidagicha taqsimlangan: — A.X.E. (20,00 % ulushga ega), yaʼni 18 880 000 soʻm; — S.M.V. (40,00 % ulushga ega), yaʼni 37 760 000 soʻm; — A.I.X (40,00 % ulushga ega), yaʼni 37 760 000 soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilgan 5 ta ulushlarni oldi-sotdi shartnomalarining 2.3-bandida sotib oluvchi-javobgarlar shartnomaning 1.2 bandida koʻrsatilgan summani shartnoma imzolangan sanadan boshlab ikki kun ichida naqd shaklda toʻlashi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A.X. va S.V. (bundan buyon matnda javobgarlar deb yuritiladi) tomonidan shartnoma shartlari bajarilmaganligi, yaʼni toʻlovlar amalga oshirilmaganligi sababli daʼvogarlar 2022-yil 16-apreldagi talabnoma-ogohlantirish xatlari bilan javobgarlarga murojaat qilib, oldi-sotdi shartnomalarini bekor qilish haqida ogohlantirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgarlar tomonidan shartnoma shartlari bajarilmasdan, shartnomada koʻrsatilgan pul mablagʻlari daʼvogarlarga toʻlab berilmaganligi vajlari bilan A.X.E., B.Z.R., A.N.G. va B.A.S. (bundan buyon matnda daʼvogarlar deb yuritiladi) sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgarlar tomonidan shartnoma shartlari buzilganligi sababli taraflar oʻrtasida tuzilgan yuqoridagi shartnomalarni bekor qilishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 5-iyuldagi hal qiluv qarori bilan daʼvo talablari qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 29-avgustdagi qarori bilan hal qiluv qarori bekor qilingan. Yangi qaror qabul qilinib, daʼvo talablarini qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yuzasidan qabul qilingan apellatsiya instansiyasi sudining qaroridan norozi boʻlib, daʼvogarlar (B.Z.R.dan tashqari) tomonidan taqdim etilgan kassatsiya shikoyatida apellatsiya instansiyasi sudining qarorini bekor qilib, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻz kuchida qoldirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunga asos qilib, shikoyatda apellatsiya instansiyasi sudi daʼvogarlar shartnoma boʻyicha belgilangan toʻlovlarni naqd pulda javobgarlardan olmasdan turib, nizoli shartnomalarni va MChJ ishtirokchilarining 2019-yil 11-fevraldagi 1-sonli umumiy yigʻilish bayonnomasini imzolamay turishlari mumkin boʻlgan deb hisoblaganligi, vaholanki umumiy yigʻilish bayonnomasi mazmuniga koʻra, taʼsischilar qarzdorga nisbatan emas, balki MChJga nisbatan daʼvo va eʼtirozlari yoʻqligini koʻrsatganligi, shuningdek sud daʼvogarlar tomonidan shartnoma imzolangan paytdan boshlab ikki oy ichida daʼvo talablari bilan sudga murojaat qilinmaganligini koʻrsatib oʻtganligi, ammo qonun normalariga muvofiq shartnomani bekor qilish yuzasidan ikki oy ichida daʼvo bilan murojaat qilish taraflarning huquqi hisoblanishi, lekin majburiyati emasligi, daʼvogarlar daʼvo arizasi kiritishda umumiy uch yillik daʼvo muddatiga rioya etganligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi)ning 164-moddasida mulk huquqining muddatsizligi belgilanganligi, bundan tashqari sud qarorida “SR” MChJ ishga aloqadorligini koʻrsatgan boʻlsa-da, uni ishga jalb qilmaganligi, sudning xulosalari “Masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga zidligi, yaʼni mazkur qonunning 3-moddasida jamiyat ishtirokchisining ulushi toʻliq toʻlangunga qadar boʻlgan davrda u faqat toʻlangan qismi boʻyicha boshqa shaxsga oʻtkazilishi mumkinligi, biroq, sud shartnomalar boʻyicha qonun talablariga rioya qilinganligi holatlari va javobgarlarning MChJning haqiqiy ishtirokchisi boʻlganligini tekshirilmaganligi, bundan tashqari sud javobgarlar tomonidan shartnomada nazarda tutilgan pul mablagʻlari toʻlanganligini umuman tekshirmaganligi, vaholanki daʼvogar daʼvo arizasida shartnomalarni bekor qilish vaji sifatida javobgarlar tomonidan aynan ulush miqdorida koʻrsatilgan mablagʻlar toʻlanmaganligi koʻrsatilganligi, javobgar esa ulush qiymatini toʻlamasdan, oʻz-oʻzidan MChJning ishtirokchisi boʻlishmaganligini koʻrsatgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida daʼvogarlar shikoyatda keltirilgan vajlarni quvvatlab, shuningdek, javobgarlar MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish ishlariga investitsiya kiritishlarini maʼlum qilishganligi uchun ulush oldi-sotdi shartnomalari imzolanganligi, biroq javobgarlar tomonidan qurilishga umuman investitsiya kiritilmaganligi, qurilish daʼvogarlarning mablagʻlari hisobiga amalga oshirilganligini maʼlum qilishib, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini bekor qilishni va birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni soʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar vakili ulush oldi-sotdi shartnomalarining 2.2-bandida shartnoma taraflar oʻrtasida imzolangan vaqtdan boshlab ulush sotilgan deb hisoblanishi nazarda tutilganligi, javobgarlar tomonidan ulush qiymati shartnomada belgilangan naqd shaklda daʼvogarlarga toʻlab berilganligi, kelishilgan toʻlov toʻliq amalga oshirilganligi uchun ham MChJ ishtirokchilarining 2019-yil 11-fevraldagi umumiy yigʻilishida daʼvogarlar MChJdagi ulushlari sotilganligini tasdiqlab, yigʻilish bayonnomasini shaxsan imzolaganliklari va MChJga daʼvolari yoʻqligi haqida ham ariza yozib berishganligi, oʻtgan uch yil mobaynida shartnomalar yuzasidan javobgarlar tomonidan toʻlov amalga oshirilmaganligi haqida javobgarlarga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga eʼtiroz bildirishmaganligi, MChJ tomonidan Toshkent viloyatida uch qavatli uy-joy qurilib, kadastr hujjatlari olinganidan soʻng mazkur daʼvo arizasi sudga berilganligi bildirib, shikoyatni qanoatlantirishni rad etishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJ vakili shikoyatga oʻz eʼtirozlarini bildirib, suddan apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan daʼvogar B.Z.R.dan vakil sud majlisiga kelmadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 297-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq kassatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan, kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning uchun, sudlov hayʼati ishni B.Z.R.ning ishtirokisiz koʻrib chiqishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati ishda ishtirok etuvchi shaxslar vakillarining tushuntirishlarini tinglab, shikoyatda keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagilarga koʻra shikoyatni qisman qanoatlantirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori toʻgʻrisida” 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisida sud tomonidan qabul qilingan qaror moddiy va protsessual huquq normalari bilan toʻliq mos kelishi, ish hujjatlari va sud aniqlagan holatlarga muvofiq boʻlishi kerakligi, qayd etilgan talablarga rioya etmaslik IPKning 279 va 302-moddalariga muvofiq qarorning bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi uchun asos boʻlishi mumkinligi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, ish yuzasidan qaror qabul qilishda sudlar qayd qilingan talablarga rioya qilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, birinchi instansiya sudi daʼvo arizasida bekor qilish soʻralgan ulushlarni oldi-sotdi shartnomalarning 2.3-bandiga koʻra, javobgarlar shartnomaning 1.2 bandiga koʻrsatilgan summani shartnoma imzolangan sanadan boshlab ikki kun ichida naqd shaklda toʻlashga kelishilganligi, biroq javobgarlar tomonidan shartnoma shartlari bajarilmasdan, toʻlovlar amalga oshirilmaganligi, mazkur holatda javobgarlar tomonidan shartnoma shartlari jiddiy ravishda buzilgan deb baholanib, daʼvo talablarini qanoatlantirish haqida notoʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz navbatida, apellatsiya instansiyasi sudi shartnomalarning 2.2-bandida shartnoma taraflar oʻrtasida imzolangan vaqtdan boshlab ulush sotilgan deb hisoblanishi belgilanganligi, shartnomalar imzolangan kunda oʻtkazilgan MChJ ishtirokchilarining 2019-yil 11-fevraldagi 1-sonli umumiy yigʻilishida daʼvogarlar MChJdagi ulushlari sotilganligini tasdiqlab, yigʻilish bayonnomasini shaxsan imzolaganligi va MChJga nisbatan daʼvolari yoʻqligini bildirishganligi, MChJning yangi tahrirdagi ustavi va taʼsis shartnomasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi, daʼvogarlarning javobgarlar tomonidan shartnomalar jiddiy buzilganligi, yaʼni toʻlovlar amalga oshirilmaganligi haqidagi vajlari asossizligi, ushbu holatda daʼvogarlar shartnomalar boʻyicha belgilangan toʻlovlarni naqd pulda javobgarlardan olmasdan turib, nizoli shartnomalarni va MChJ ishtirokchilarining yigʻilishi bayonnomasini imzolamay turishlari mumkin boʻlgan deb hisoblab, daʼvogarlarning ulush oldi-sotdi shartnomalari va MChJ ishtirokchilarining 1-sonli umumiy yigʻilishi faqatgina daʼvogarlar tomonidan javobgarlarga ulush berilganligini holatini tasdiqlashi, biroq ulushlar uchun pul mablagʻlari toʻlanganligi holatini tasdiqlamasligi haqidagi vajlari bilan kelishmasdan, bundan tashqari, nizoli shartnomalarga asosan MChJning yangi tahrirdagi ustavi va taʼsis shartnomasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgunga qadar, shuningdek mazkur daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilish uchun javobgarlarga talabnoma yuborilgunga qadar (2022-yil 16-aprelga qadar) ham daʼvogarlar javobgarga nisbatan shartnomalar boʻyicha naqd pulda toʻlovlar amalga oshirilmaganligi haqidagi eʼtirozlarini bildirishmaganligi, mazkur holatda javobgarlarning shartnomalardagi majburiyatlarini jiddiy buzish holatlari tasdiqlanmaganligi sababli daʼvoni qanoatlantirishni rad etish haqida notoʻgʻri toʻxtamga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FKning 81-moddasiga asosan fuqarolik huquqlarining obyektlariga ashyolar, shu jumladan pul va qimmatli qogʻozlar, boshqa buyumlar, mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar, ishlar va xizmatlar, ixtirolar, sanoat namunalari, fan, adabiyot, sanʼat asarlari va intellektual faoliyatning boshqa natijalari, shuningdek shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa moddiy hamda nomoddiy boyliklar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur kodeks 82-moddasining birinchi qismiga binoan fuqarolik huquqlarining obyektlari erkin suratda boshqa shaxslarga berilishi yoki universal huquqiy vorislik (meros qilib olish, yuridik shaxsni qayta tashkil etish) tartibida yoxud boshqa usul bilan, agar ular muomaladan chiqarilmagan yoki ularning muomalada boʻlishi cheklab qoʻyilmagan boʻlsa, bir shaxsdan ikkinchi shaxsga oʻtishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FK 387-moddasining birinchi qismiga koʻra, oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha har qanday ashyolar ushbu Kodeksning 82-moddasi qoidalariga rioya qilgan holda tovar boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FK 419-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq agar qonunchilik yoki oldi-sotdi shartnomasining shartlaridan tovar bahosini muayyan muddatda toʻlash majburiyati kelib chiqmasa, sotib oluvchi uni sotuvchi oʻziga tovarni yoki ushbu tovarni tasarruf qilish hujjatlarini berganidan soʻng kechiktirmasdan toʻlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar oldi-sotdi shartnomasida tovar haqini boʻlib-boʻlib toʻlash nazarda tutilgan boʻlmasa, sotib oluvchi sotuvchiga topshirilgan tovarning toʻliq bahosi miqdorida haq toʻlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda daʼvogarlar javobgarlar tomonidan oldi-sotdi shartnomalari boʻyicha ulush qiymati toʻlanmaganligi uchun uning qiymatini undirishni talab qilishga haqli boʻlsa-da, bunday talab bilan murojaat qilmasdan, shartnomalarni bekor qilishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, FK 419-moddasining uchinchi qismiga asosan agar sotib oluvchi oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq topshirilgan tovar haqini oʻz vaqtida toʻlamasa, sotuvchi tovar haqini va oʻzganing pul mablagʻlaridan foydalanganlik uchun foizlar toʻlashni talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon etilganlardan koʻrinadiki, quyi sudlar tomonidan moddiy huquq normalari notoʻgʻri qoʻllanilgan. Bu esa noqonuniy sud hujjatlari qabul qilinishiga olib kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 302-moddasining birinchi qismiga binoan ish uchun ahamiyatli holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi, sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi, hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 301-moddasining ikkinchi bandiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgartirishga yoki bekor qilishga va ishni yangidan koʻrib chiqish uchun yubormasdan yangi qaror qabul qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatini qisman qanoatlantirib, quyi sudlarning qarorlarini bekor qilishni, daʼvogarlarning daʼvo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilishni lozim topadi. IPK 118-moddasining birinchi qismida sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda ularning zimmasiga yuklatilishi belgilanganligi sababli daʼvo arizasi taqdim etishda toʻlangan sud xarajatlari daʼvogarlar zimmasida qoldiriladi, apellatsiya instansiyasi sudi uchun toʻlangan 6 750 000 soʻm davlat boji va 24 000 soʻm pochta xarajatlari daʼvogarlardan MChJ hisobiga undiriladi. Shuningdek, kassatsiya shikoyati taqdim etishda toʻlangan sud xarajatlari daʼvogarlar zimmasida qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 343-moddasiga asosan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 5-iyuldagi hal qiluv qarori va Toshkent shahar sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 29-avgustdagi qarori boʻyicha undiruv bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 118, 301 — 303 va 343-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A.E., B.S., A.G.ning kassatsiya shikoyatini qanoatlantirish rad etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 5-iyuldagi hal qiluv qarori va Toshkent shahar sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 29-avgustdagi qarori bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi qaror qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A.E., B.R., A.G. va B.S.ning daʼvo talablarini qanoatlantirish rad etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A.E., B.R., A.G. va B.S.dan “YB” masʼuliyati cheklangan jamiyati foydasiga apellatsiya instansiyasi sudi uchun toʻlangan 6 750 000 soʻm davlat boji va 24 000 soʻm pochta xarajatlari, jami 6 774 000 soʻm undirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro varaqasi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 5-iyuldagi hal qiluv qarori va Toshkent shahar sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 29-avgustdagi qarori boʻyicha undiruvlar bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi: R. SAGATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari: I. TADJIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sh. MIRZAXAKIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 15-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1001-2211/20770-son