Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Veterinariya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-959-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
(“Davlat veterinariya nazorati hamda veterinariya sohasida taʼlim tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”)

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Davlat veterinariya nazorati hamda veterinariya sohasida taʼlim tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-959-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 8-noyabr,
2640-IV-son