Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
HARBIY XIZMATCHILAR VA HARBIY MAJBURIYATLI SHAXSLARNING, ODDIY ASKARLAR HAMDA BOSHLIQLAR TARKIBIGA KIRUVCHI SHAXSLARNING DAVLAT MAJBURIY SHAXSIY SUGʻURTASI TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hamda harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarni, oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 7-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. 1994-yilning 1-yanvaridan boshlab harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning xizmatni oʻtash davrida halok boʻlish (vafot etish), jarohatlanish (kontuziya), kasallanish hodisalaridan davlat majburiy sugʻurtasi joriy etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Sugʻurtalash Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga, Mudofaa vazirligiga, Ichki ishlar vazirligiga, Davlat xavfsizlik xizmatiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatiga, Davlat bojxona qoʻmitasiga, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-dekabrdagi 973-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2019-y., 09/19/973/4123-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi sugʻurtalovchilar hisoblanadi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-dekabrdagi 973-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2019-y., 09/19/973/4123-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, vakil qilingan sugʻurtalovchi sugʻurta summasi toʻlaydi:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori tahririda).
Oldingi tahrirga qarang.
a) sugʻurtalangan shaxs xizmatni oʻtash (harbiy yigʻinlar) davrida halok boʻlganda yoki xizmat (harbiy yigʻinlar)dan boʻshagandan soʻng bir yil mobaynida olingan jarohat(kontuziya), kasallanish natijasida vafot etganda — uning merosxoʻrlariga (merosxoʻrlik huquqini tasdiqlaydigan guvohnoma taqdim etilgan taqdirda) respublikada belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 7 yilligi miqdorida;
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
b) sugʻurtalangan shaxs xizmatdan boʻshagandan keyin bir yil mobaynida unga xizmatni oʻtash (harbiy yigʻinlar) bilan bogʻliq boʻlgan nogironlik belgilanganda: I guruh nogironiga — ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan toʻlovlarning 75 foizi, II guruh nogironiga — 50 foizi, III guruh nogironiga — 30 foizi miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
v) sugʻurtalangan shaxs xizmatni oʻtash (harbiy yigʻinlar) davrida ogʻir jarohatlanganda — ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan toʻlovlarning 20 foizi va yengil jarohatlanganda 10 foizi miqdorida sugʻurta puli toʻlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdoridagi sugʻurta mukofoti tarifi, shu jumladan vakil qilingan sugʻurtalovchining sugʻurta oʻtkazishga ushbu sugʻurta mukofotlari summasining 8 foizi miqdoridagi xarajatlari 2002-yil 31-dekabrgacha amal qiladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
bir sugʻurta qilinuvchiga bir yilda bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdoridagi sugʻurta mukofoti tarifi — 2003-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan holda ikki hafta muddatda harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy sugʻurtasini amalga oshirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyul 359-son — OʻR QHT, 2004-y., 30-son, 345-modda qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
4.1. “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi (vakil qilingan sugʻurtalovchi) mazkur qarorda belgilangan tartibda majburiy davlat sugʻurtasi oʻtkazishni 2002-yil 31-dekabrgacha davom ettirsin.
“Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi (vakil qilingan sugʻurtalovchi) majburiy davlat sugʻurtasi oʻtkazishni mazkur qarorda belgilangan tartibda 2003-yil 1-yanvardan boshlasin.
4.2. “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi 2003-yil 1-fevralgacha harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy va boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning majburiy davlat sugʻurtasiga tegishli hujjatlar roʻyxati va sugʻurta zaxiralari vositalari “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasiga berilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi hujjatlar roʻyxati va sugʻurta zaxiralari vositalarini qabul qilsin, keyingi har bir yil boshlangunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan zarur sugʻurta shartnomalari tuzilishini taʼminlasin.
(4.2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-dekabrdagi 973-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2019-y., 09/19/973/4123-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
26-yanvar 1994-yil.
38-son