26.01.1994 yildagi 38-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.11.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HARBIY XIZMATCHILAR VA HARBIY MAJBURIYATLI SHAXSLARNING, ODDIY ASKARLAR HAMDA BOSHLIQLAR TARKIBIGA KIRUVCHI SHAXSLARNING DAVLAT MAJBURIY SHAXSIY SUGʻURTASI TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hamda harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarni, oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 7-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1994-yilning 1-yanvaridan boshlab harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning xizmatni oʻtash davrida halok boʻlish (vafot etish), jarohatlanish (kontuziya), kasallanish hodisalaridan davlat majburiy sugʻurtasi joriy etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalash Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga, Ichki ishlar vazirligiga, Milliy xavfsizlik xizmatiga, Davlat bojxona qoʻmitasiga, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga va Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitaga budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita sugʻurtalovchilar hisoblanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 7-noyabrdagi 413-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, vakil qilingan sugʻurtalovchi sugʻurta summasi toʻlaydi:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori tahririda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sugʻurtalangan shaxs xizmatni oʻtash (harbiy yigʻinlar) davrida halok boʻlganda yoki xizmat (harbiy yigʻinlar)dan boʻshagandan soʻng bir yil mobaynida olingan jarohat(kontuziya), kasallanish natijasida vafot etganda — uning merosxoʻrlariga (merosxoʻrlik huquqini tasdiqlaydigan guvohnoma taqdim etilgan taqdirda) respublikada belgilangan eng kam ish haqining 7 yilligi miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sugʻurtalangan shaxs xizmatdan boʻshagandan keyin bir yil mobaynida unga xizmatni oʻtash (harbiy yigʻinlar) bilan bogʻliq boʻlgan nogironlik belgilanganda: I guruh nogironiga — ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan toʻlovlarning 75 foizi, II guruh nogironiga — 50 foizi, III guruh nogironiga — 30 foizi miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sugʻurtalangan shaxs xizmatni oʻtash (harbiy yigʻinlar) davrida ogʻir jarohatlanganda — ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan toʻlovlarning 20 foizi va yengil jarohatlanganda 10 foizi miqdorida sugʻurta puli toʻlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdoridagi sugʻurta mukofoti tarifi, shu jumladan vakil qilingan sugʻurtalovchining sugʻurta oʻtkazishga ushbu sugʻurta mukofotlari summasining 8 foizi miqdoridagi xarajatlari 2002-yil 31-dekabrgacha amal qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir sugʻurta qilinuvchiga bir yilda eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdoridagi sugʻurta mukofoti tarifi — 2003-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita bilan kelishilgan holda ikki hafta muddatda harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy sugʻurtasini amalga oshirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 7-noyabrdagi 413-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi (vakil qilingan sugʻurtalovchi) mazkur qarorda belgilangan tartibda majburiy davlat sugʻurtasi oʻtkazishni 2002-yil 31-dekabrgacha davom ettirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi (vakil qilingan sugʻurtalovchi) majburiy davlat sugʻurtasi oʻtkazishni mazkur qarorda belgilangan tartibda 2003-yil 1-yanvardan boshlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi 2003-yil 1-fevralgacha harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy va boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning majburiy davlat sugʻurtasiga tegishli hujjatlar roʻyxati va sugʻurta zaxiralari vositalari “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasiga berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi hujjatlar roʻyxati va sugʻurta zaxiralari vositalarini qabul qilsin, keyingi har bir yil boshlangunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita bilan zarur sugʻurta shartnomalari tuzilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-yanvar 1994-yil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-son