Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
HARBIY XIZMATCHILAR VA HARBIY MAJBURIYATLI SHAXSLARNING, ODDIY ASKARLAR HAMDA BOSHLIQLAR TARKIBIGA KIRUVCHI SHAXSLARNING DAVLAT MAJBURIY SHAXSIY SUGʻURTASI TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
“Sugʻurta toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarni, oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. 1994-yilning 1-yanvaridan boshlab harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning xizmatni oʻtash davrida halok boʻlish (vafot etish), jarohatlanish (kontuziya), kasallanish hodisalaridan davlat majburiy shaxsiy sugʻurtasi joriy etilsin.
Sugʻurtalash Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga, Ichki ishlar vazirligiga, Milliy xavfsizlik xizmatiga budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qoʻyilsinki, davlat sugʻurta organlari:
Keyingi tahrirga qarang.
a) sugʻurtalangan shaxs xizmatni oʻtash (harbiy yigʻinlar) davrida halok boʻlganda yoki xizmat (harbiy yigʻinlar)dan boʻshagandan soʻng bir yil mobaynida olingan jarohat(kontuziya), kasallanish natijasida vafot etganda — uning merosxoʻrlariga (merosxoʻrlik huquqini tasdiqlaydigan guvohnoma taqdim etilgan taqdirda) respublikada belgilangan eng kam ish haqining 7 yilligi miqdorida;
b) sugʻurtalanagan shaxs xizmatdan boʻshagandan keyin bir yil mobaynida unga xizmatni oʻtash (harbiy yigʻinlar) bilan bogʻliq boʻlgan nogironlik belgilanganda: I guruh nogironiga — ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan toʻlovlarning 75 foizi, II guruh nogironiga — 50 foizi, III guruh nogironiga — 30 foizi miqdorida;
v) sugʻurtalangan shaxs xizmatni oʻtash (harbiy yigʻinlar) davrida ogʻir jarohatlanganda — ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan toʻlovlarning 20 foizi va yengil jarohatlanganda 10 foizi miqdorida sugʻurta puli toʻlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Belgilab qoʻyilsinki, eng kam ish haqining 20 foizi miqdoridagi sugʻurta toʻlovlari, shu jumladan, davlat sugʻurta toʻlovlari, shu jumladan, davlat sugʻurta organlarining sugʻurtani amalga oshirish uchun mazkur toʻlovlarning 8 foizi miqdoridagi xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sugʻurta bosh boshqarmasining maxsus schyotiga oʻtkaziladi.
Joriy yilda sugʻurta toʻlovlariga ishlatilmagan sugʻurta toʻlovlari navbatdagi toʻlovlar hisobiga oʻtkaziladi, yetishmaydigan mablagʻlar esa sugʻurtalovchilar tomonidan qoʻshimcha ravishda toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati bilan kelishilgan holda ikki hafta muddatda harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy shaxsiy sugʻurtasini amalga oshirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
26-yanvar 1994-yil.
38-son