26.01.1994 yildagi 38-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.08.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HARBIY XIZMATCHILAR VA HARBIY MAJBURIYATLI SHAXSLARNING, ODDIY ASKARLAR HAMDA BOSHLIQLAR TARKIBIGA KIRUVCHI SHAXSLARNING DAVLAT MAJBURIY SHAXSIY SUGʻURTASI TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hamda harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarni, oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 7-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1994-yilning 1-yanvaridan boshlab harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning xizmatni oʻtash davrida halok boʻlish (vafot etish), jarohatlanish (kontuziya), kasallanish hodisalaridan davlat majburiy sugʻurtasi joriy etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalash Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga, Mudofaa vazirligiga, Ichki ishlar vazirligiga, Davlat xavfsizlik xizmatiga, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markaziga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatiga, Davlat bojxona qoʻmitasiga, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyundagi 370-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2020-y., 09/20/370/0746-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi sugʻurta qildiruvchilar hisoblanadi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 454-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/454/0749-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakil qilingan sugʻurtalovchi ochiq tanlovlar asosida Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir yil boshlangunga qadar vakil qilingan sugʻurtalovchi va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi oʻrtasida zarur sugʻurta shartnomalari tuziladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 454-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/454/0749-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, vakil qilingan sugʻurtalovchi sugʻurta summasi toʻlaydi:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori tahririda).
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sugʻurtalangan shaxs xizmatni oʻtash (harbiy yigʻinlar) davrida halok boʻlganda yoki xizmat (harbiy yigʻinlar)dan boʻshagandan soʻng bir yil mobaynida olingan jarohat(kontuziya), kasallanish natijasida vafot etganda — uning merosxoʻrlariga (merosxoʻrlik huquqini tasdiqlaydigan guvohnoma taqdim etilgan taqdirda) respublikada belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 7 yilligi miqdorida;
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sugʻurtalangan shaxs xizmatdan boʻshagandan keyin bir yil mobaynida unga xizmatni oʻtash (harbiy yigʻinlar) bilan bogʻliq boʻlgan nogironlik belgilanganda: I guruh nogironligi boʻlgan shaxsga — ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan toʻlovlarning 75 foizi, II guruh nogironligi boʻlgan shaxsga — 50 foizi, III guruh nogironligi boʻlgan shaxsga — 30 foizi miqdorida;
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sugʻurtalangan shaxs xizmatni oʻtash (harbiy yigʻinlar) davrida ogʻir jarohatlanganda — ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan toʻlovlarning 20 foizi va yengil jarohatlanganda 10 foizi miqdorida sugʻurta puli toʻlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdoridagi sugʻurta mukofoti tarifi, shu jumladan vakil qilingan sugʻurtalovchining sugʻurta oʻtkazishga ushbu sugʻurta mukofotlari summasining 8 foizi miqdoridagi xarajatlari 2002-yil 31-dekabrgacha amal qiladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir sugʻurta qilinuvchiga bir yilda bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdoridagi sugʻurta mukofoti tarifi — 2003-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan holda ikki hafta muddatda harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy sugʻurtasini amalga oshirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyul 359-son — OʻR QHT, 2004-y., 30-son, 345-modda qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(41 va 42-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 454-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/454/0749-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-yanvar 1994-yil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-son