Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
HARBIY XIZMATCHILAR VA HARBIY MAJBURIYATLI SHAXSLARNING, ODDIY ASKARLAR HAMDA BOSHLIQLAR TARKIBIGA KIRUVCHI SHAXSLARNING DAVLAT MAJBURIY SHAXSIY SUGʻURTASI TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hamda harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarni, oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 7-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. 1994-yilning 1-yanvaridan boshlab harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning xizmatni oʻtash davrida halok boʻlish (vafot etish), jarohatlanish (kontuziya), kasallanish hodisalaridan davlat majburiy sugʻurtasi joriy etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Sugʻurtalash Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga, Mudofaa vazirligiga, Ichki ishlar vazirligiga, Davlat xavfsizlik xizmatiga, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markaziga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatiga, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasiga, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga hamda Harbiy prokuraturaga budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2023-y., 09/23/388/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Harbiy prokuratura sugʻurta qildiruvchilar hisoblanadi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2023-y., 09/23/388/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vakil qilingan sugʻurtalovchi ochiq tanlovlar asosida Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Har bir yil boshlangunga qadar vakil qilingan sugʻurtalovchi va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Harbiy prokuratura oʻrtasida zarur sugʻurta shartnomalari tuziladi.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2023-y., 09/23/388/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, vakil qilingan sugʻurtalovchi quyidagi miqdorda sugʻurta summasi toʻlaydi:
a) sugʻurtalangan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 13-martdagi PF-34-son Farmoniga muvofiq 2023-yil 1-apreldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan eʼlon qilingan favqulodda holat (urush holati) davrida jalb qilingan vaqtda, shuningdek, jangovar (harbiy) harakatlar olib borilayotgan paytda yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida halok boʻlganda — uning merosxoʻrlariga (merosxoʻrlik huquqini tasdiqlaydigan guvohnoma taqdim etilgan taqdirda) toʻlovni amalga oshirish kunidagi respublikada belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida;
b) sugʻurtalangan shaxs xizmatni oʻtash (harbiy yigʻinlar) davrida halok boʻlganda (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno) yoki xizmat (harbiy yigʻinlar)dan boʻshagandan soʻng bir yil mobaynida olingan jarohat (kontuziya), kasallanish natijasida vafot etganda — uning merosxoʻrlariga (merosxoʻrlik huquqini tasdiqlaydigan guvohnoma taqdim etilgan taqdirda) toʻlovni amalga oshirish kunidagi respublikada belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 84 baravari miqdorida;
v) sugʻurtalangan shaxs xizmatdan boʻshagandan keyin bir yil mobaynida unga xizmatni oʻtash (harbiy yigʻinlar) bilan bogʻliq boʻlgan nogironlik belgilanganda: I guruh nogironligi boʻlgan shaxsga — ushbu bandning “b” kichik bandida nazarda tutilgan toʻlovning 75 foizi, II guruh nogironligi boʻlgan shaxsga — 50 foizi, III guruh nogironligi boʻlgan shaxsga — 30 foizi miqdorida;
g) sugʻurtalangan shaxs xizmatni oʻtash (harbiy yigʻinlar) davrida ogʻir jarohatlanganda — ushbu bandning “b” kichik bandida nazarda tutilgan toʻlovning 20 foizi va yengil jarohatlanganda 10 foizi miqdorida sugʻurta puli toʻlaydilar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 531-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdoridagi sugʻurta mukofoti tarifi, shu jumladan vakil qilingan sugʻurtalovchining sugʻurta oʻtkazishga ushbu sugʻurta mukofotlari summasining 8 foizi miqdoridagi xarajatlari 2002-yil 31-dekabrgacha amal qiladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
bir sugʻurtalangan shaxsga bir yilda bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdoridagi sugʻurta mukofoti tarifi — 2003-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan holda ikki hafta muddatda harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy sugʻurtasini amalga oshirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyul 359-son — OʻR QHT, 2004-y., 30-son, 345-modda qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(41 va 42-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 454-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/454/0749-son)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
26-yanvar 1994-yil.
38-son