14.12.2022 yildagi 4-2003-2202/1128-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyat sudining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-2003-2202/1128-sonli ish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati raisi S. Abdurasulovning raisligida, hayʼat aʼzolari sudyalar M. Kodirova va I. Yuldashevdan iborat tarkibda, sudya katta yordamchisi F. Raximovaning kotibligida, daʼvogar MChJ taʼsischisi, uning vakili advokat Oʻ.R. (2022-yil 6-dekabrdagi 88-sonli order asosida), javobgarlar MChJ taʼsischisi va MChJ rahbari ishtirokida, daʼvogar MChJ taʼsischisi javobgar nisbatan MChJ taʼsischilari umumiy yigʻilishining 2022-yil 10-yanvardagi 1-sonli qarorini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi yuzasidan qabul qilingan Gʻijduvon tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 13-oktabrdagi hal qiluv qarori ustidan daʼvogar “P I” MChJ taʼsischisi P.Q.I.ning apellatsiya shikoyatini ish hujjatlari bilan birga Buxoro viloyat sudi binosida oʻtkazilgan ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daʼvogar MChJ taʼsischisi (bundan buyon matnda daʼvogar deb yuritiladi) iqtisodiy sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar MChJ taʼsischisi P.K.I. (bundan buyon matnda javobgar deb yuritiladi) tomonidan 2022-yil 10-yanvarda rasmiylashtirilgan MChJ taʼsischilari umumiy yigʻilishining “Shofirkon tumani, Mirzoqul MFY, Mirzoqul qishlogʻida joylashgan umumiy yer maydoni 16673 kv.metr, qurilish maydoni 824, 5 kv.metr, foydali maydoni 767, 2 kv.metrdan iborat boʻlgan (kadastr raqami)tovuqxona binosini oʻz ulushi evaziga olib, masʼuliyati cheklangan jamiyatidan chiqish hamda mazkur tovuqxona binosini topshirish-qabul qilish dalolatnomasi orqali jamiyat balansidan chiqarish haqida”gi 1-sonli qarorini haqiqiy emas deb topish soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2022-yil 13-sentabrdagi ajrimi bilan ishga javobgar sifatida masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnda MChJ deb yuritiladi) jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻijduvon tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 13-oktabrdagi hal qiluv qarori bilan daʼvogarning daʼvo muddatini tiklash haqidagi iltimosnomasi va daʼvo arizasini qanoatlantirish rad etilgan. Sud xarajatlari daʼvogar zimmasida qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar hal qiluv qaroridan norozi boʻlib apellatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan. Shikoyatda javobgar tomonidan 2022-yil 10-yanvarda rasmiylashtirilgan MChJ taʼsischilari umumiy yigʻilishining “Shofirkon tumani, Mirzoqul MFY, Mirzoqul qishlogʻida joylashgan umumiy yer maydoni 16673 kv.metr, qurilish maydoni 824, 5 kv.metr, foydali maydoni 767, 2 kv.metrdan iborat boʻlgan (kadastr raqami) tovuqxona binosini MChJdan oʻz ulushi evaziga olish va MChJdan chiqish haqida”gi 1-sonli qarori Oʻzbekiston Respublikasining “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni va jamiyat taʼsis hujjatlariga zid ravishda qabul qilinganligi sababli noqonuniyligini, mazkur umumiy yigʻilish qaroriga asosan jamiyat taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish kiritilmaganligini va davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganligini, javobgar tomonidan taʼsis ulushi sifatida kiritilgan tovuqxona binosi jamiyat ustav fondidan chiqarilmaganligini, birinchi instansiya sudi tomonidan mazkur ish holatlari toʻliq oʻrganilmasdan, daʼvo arizasini qanoatlantirishni rad etish haqida asossiz xulosaga kelganligini inobatga olib hal qiluv qarorini bekor qilish va daʼvo arizasini qanoatlantirish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan daʼvogar vakillari apellatsiya shikoyati vajlarini quvvatlab va takrorlab, javobgar tomonidan MChJ taʼsischilari umumiy yigʻilishi oʻtkazilganligidan xabardor boʻlmaganligini va MChJ taʼsischilari umumiy yigʻilish qarori qabul qilinganligidan javobgarning daʼvosi boʻyicha koʻrilgan fuqarolik ishi sudi jarayonida xabar topganligini, javobgar ulush sifatida kiritgan tovuqxona binosini MChJdan olib chiqishda taʼsis hujjatlari va qonun talablari buzilganligini, hozirgi kunga qadar MChJ taʼsischilari tarkibi oʻzgarmaganligini va taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish kiritilib, davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganligini, javobgar tomonidan tadbirkorlik faoliyatiga doimiy toʻsqinlik qilib kelayotganligini tushuntirib, apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni soʻrashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar va MChJ vakili apellatsiya shikoyatiga nisbatan eʼtiroz bildirib, MChJda rahbar va 75, 42 foiz ulushga ega taʼsischi ekanligini, daʼvogar bilan MChJ faoliyatini yuritishda oʻzaro kelisha olmaganligini, MChJga hisoblangan soliqlarni shaxsiy mablagʻlari hisobidan toʻlab kelganligini, daʼvogarning MChJ hisobida chorva mollari mavjud emasligini, daʼvogarni MChJ taʼsischilari umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi haqida pochta orqali xabardor qilganligini, biroq kelmaganligi sababli MChJ taʼsischilari umumiy yigʻilishini oʻtkazib, oʻz ulushi boʻlgan tovuqxona binosini MChJ ustav fondidan chiqarish haqida qaror qabul qilganligini, mazkur umumiy yigʻilish qarori asosida tovuqxona binosi kadastr hujjatlarini oʻz nomiga rasmiylashtirib olganligini, biroq MChJ taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish kiritilmaganligi va bu haqdagi murojaati davlat xizmatlari markazi tomonidan rad qilinganligini tushuntirib, apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni va hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati ish hujjatlarini oʻrganib chiqib, ish yuzasidan maʼruzachi sudyaning maʼruzasi va taraflar vakillarining tushuntirishlarini eshitib, quyidagilarga asosan apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni va hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvo arizasini qanoatlantirish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilishni, ish yuzasidan sud xarajatlarini javobgarlar zimmasiga qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan aniqlanishicha, MChJ taʼsischilari umumiy yigʻilishining 2020-yil 7-oktabrdagi qarori bilan tasdiqlangan jamiyatning yangi tahrirdagi taʼsis shartnomasi va ustavi Shofirkon tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan. Taʼsis hujjatlarida MChJ ustav fondi miqdori 8.137.766 soʻmni tashkil etishi belgilanib, taʼsischilar oʻrtasidagi ulushlar quyidagicha taqsimlangan: daʼvogar tomonidan 2.000.000 soʻm qiymatdagi 1 bosh 2 yoshli qoramol hisobidan shakllantirilgan ustav fondining 24, 58 foiz ulushi hamda javobgar tomonidan Shofirkon tumani, Mirzoqul MFY, Mirzoqul qishlogʻida joylashgan tovuqxona binosi hisobidan shakllantirilgan 6.137.766 soʻm qiymatdagi ustav fondining 75, 42 foiz ulushi tegishli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 10-yanvarda 75, 42 foiz ovozga ega taʼsischi hisoblangan javobgar ishtirokida MChJ taʼsischilarining umumiy yigʻilishi oʻtkazilgan hamda MChJ taʼsischilari umumiy yigʻilishining 2022-yil 10-yanvardagi 1-sonli bayoni rasmiylashtirilib, unga koʻra javobgar tomonidan MChJ taʼsischilari tarkibidan oʻz ulushini olib chiqish, javobgarga tegishli nominal qiymati 6.137.766 soʻm boʻlgan 75, 4 foiz ulushi evaziga natura sifatida Shofirkon tumani, Mirzoqul MFY, Mirzoqul qishlogʻida joylashgan umumiy yer maydoni 16673 kv.metr, qurilish maydoni 824, 5 kv.metr, foydali maydoni 767, 2 kv.metrdan iborat boʻlgan (kadastr raqami) tovuqxona binosini olib chiqish hamda mazkur tovuqxona binosini topshirish-qabul qilish dalolatnomasi orqali jamiyat balansidan chiqarish haqida qarorlar qabul qilingan. Mazkur MChJ taʼsischilari umumiy yigʻilishi qarori asosida MChJning yangi tahrirdagi ustavi tasdiqlanmagan, biroq MChJdan olingan tovuqxona binosiga nisbatan fuqaro mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan va bu haqda unga 2022-yil 15-fevralda 1706258/R-A2453857-sonli reyestrdan koʻchirma berilgan. Shunga koʻra javobgar fuqarolik ishlari boʻyicha sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, daʼvogarni tovuqxona binosi hududidan majburiy tartibda chiqarishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlari boʻyicha Gʻijduvon tumanlararo sudining 2022-yil 5-avgustdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo arizasi qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar maʼmuriy sudga ariza bilan javobgar sifatida Davlat kadastrlar palatasi Buxoro viloyat boshqarmasi Shofirkon tuman filiali mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini gʻayriqonuniy deb topib, javobgar zimmasiga tovuqxona binosini MChJ nomiga qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazish majburiyatini yuklashni, keyinchalik ariza talabini oʻzgartirib, Davlat kadastrlar palatasi Buxoro viloyat boshqarmasi Shofirkon tuman filialining MChJ ustav fondidagi tovuqxona binosini javobgar nomiga koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi davlat reyestridan koʻchirmani haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro tumanlararo maʼmuriy sudining 2022-yil 23-avgustdagi hal qiluv qarori bilan daʼvogarning arizasini qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJ taʼsischilari oʻrtasida jamiyat faoliyatini boshqarishda oʻzaro kelishmovchiliklar va nizo kelib chiqqanligi sababli daʼvogar daʼvo arizasida koʻrsatilgan talab bilan sudga murojaat qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 30-moddasi birinchi qismining 7-bandida yuridik shaxs boshqaruv organlarining qarorlari ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi nizolar iqtisodiy sudlar tomonidan koʻriladigan korporativ nizolar boʻyicha ishlar jumlasiga kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) 8-moddasining birinchi qismiga koʻra jamiyat ishtirokchilari ushbu Qonunda va jamiyatning taʼsis hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning ishlarini boshqarishda ishtirok etishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJ ustavining 14.1, 14.2-bandlariga koʻra jamiyatning oliy boshqaruv organi jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi hisoblanadi. Jamiyatning har bir ishtirokchisi jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida jamiyatning ustav fondidagi oʻz ulushiga mutanosib ovozlar soniga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun 41-moddasining birinchi qismiga koʻra jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari, jamiyatning ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok etmagan yoki bahsli qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat ishtirokchisining arizasiga koʻra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday ariza jamiyat ishtirokchisi qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan eʼtiboran ikki oy ichida berilishi mumkin. Agar jamiyat ishtirokchisi shikoyatga sabab boʻlgan qarorni qabul qilgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida ishtirok etgan boʻlsa, mazkur ariza shunday qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran ikki oy ichida berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli Qarori (bundan buyon matnda Plenum qarori deb yuritiladi)ning 20.1-bandida jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishi qarori u qonun hujjatlariga zid boʻlgan va (yoki) umumiy yigʻilish qonun hujjatlari va jamiyat ustavida belgilangan tartibga rioya etilmagan holda oʻtkazilgan hollardagina, haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 74-moddasining birinchi, ikkinchi va toʻrtinchi qismlariga koʻra sud dalillarga ishning barcha holatlarini jamlab, ularni sud majlisida qonunga amal qilgan holda har tomonlama, toʻliq va xolis koʻrib chiqishga asoslangan oʻz ichki ishonchi boʻyicha baho beradi. Har bir dalil ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtai nazaridan, dalillarning yigʻindisi esa, yetarliligi nuqtai nazaridan baholanishi lozim. Hech qanday dalil sud uchun oldindan belgilab qoʻyilgan kuchga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 276-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq sud ishni apellatsiya instansiyasida koʻrish chogʻida birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining qonuniyligini va asosliligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni tekshirishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin. Apellatsiya instansiyasining sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini toʻliq hajmda tekshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi taraflar oʻrtasidagi korporativ nizo yuzasidan MChJ taʼsischilari umumiy yigʻilishining qarori qabul qilinishida qonun va MChJ ustavi talablariga rioya qilinganligi yoki rioya qilinmaganligi boʻyicha ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarni toʻliq aniqlamasdan, ishdagi dalillarning aloqadorligi, maqbulligi va yetarliligi yuzasidan huquqiy baho bermasdan, daʼvo arizasini qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida barvaqt xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining mazkur nizo yuzasidan IPKning 73-moddasiga asoslangan holda fuqarolik ishlari boʻyicha sudning va maʼmuriy sudning hal qiluv qarorlari bilan aniqlangan va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga taalluqli masalalar boʻyicha majburiyligi haqidagi xulosasi ham asossiz hisoblanadi. Chunki, daʼvo talabidagi MChJ taʼsischilari umumiy yigʻilishi qarorining qonuniyligi ushbu sudlar tomonidan koʻrib chiqilgan ishlarda tekshirish predmeti hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasida aniqlanishicha, nizo yuzasidan javobgar va MChJning tashabbusiga binoan 2022-yil 10-yanvardagi MChJ taʼsischilari umumiy yigʻilishini chaqirishda va qarorlar qabul qilishda Qonun va MChJ ustavida belgilangan quyidagi talablarga rioya qilinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun 33-moddasining birinchi qismiga koʻra jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini chaqiruvchi organ yoki shaxslar uni oʻtkazishdan kamida oʻttiz kun oldin bu haqda jamiyatning har bir ishtirokchisini jamiyat ishtirokchilarining roʻyxatida koʻrsatilgan manzil boʻyicha buyurtma xat bilan yoki jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boshqa usulda xabardor qilishi shart. MChJ ustavida umumiy yigʻilish haqida boshqa usulda xabardor qilish nazarda tutilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar va MChJ tomonidan 2022-yil 10-yanvar kuni MChJ taʼsischilari umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi haqida 2021-yil 21-dekabrdagi xabarnomani MChJ taʼsischisi sifatida daʼvogar manziliga mazkur sanada yuborilgan boʻlib, bu holat ish hujjatlaridagi pochta kvitansiyasi va pochta xabarnomasi bilan tasdiqlanadi. Yigʻilish kun tartibida MChJ faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash, jamiyat taʼsischilari tarkibini qayta koʻrib chiqish va boshqa masalalar belgilangan. Biroq, mazkur holatda daʼvogarni umumiy yigʻilish haqida xabardor qilishda Qonunda belgilangan 30 kunlik muddatga rioya qilinmaganligi sababli umumiy yigʻilishni chaqirish tartibi buzilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun 33-moddasining sakkizinchi qismiga koʻra jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini chaqirishning ushbu moddada belgilangan tartibi buzilgan taqdirda, agar bunday umumiy yigʻilishda jamiyatning barcha ishtirokchilari ishtirok etayotgan boʻlsa, u vakolatli deb eʼtirof etiladi. Vaholanki, MChJ taʼsischilarining umumiy yigʻilishida daʼvogar vakili ishtirok etmaganligi va daʼvogarga ushbu yigʻilish haqida qonunda belgilangan tartibda xabardor etilmaganligi sababli ushbu yigʻilish qarorlar qabul qilish uchun vakolatli boʻlmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun 30-moddasining birinchi qismiga koʻra jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining vakolatlari jamiyatning ustavi bilan ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun 34-moddasining birinchi, beshinchi qismlariga koʻra jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi ushbu Qonunda, jamiyatning ustavida va uning hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladi. Jamiyatni taʼsis etish paytida jamiyatning ustaviga binoan yoki jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qaroriga binoan jamiyatning ustaviga oʻzgartishlar kiritish yoʻli bilan jamiyat ishtirokchilari ovozlarining sonini aniqlashning boshqacha tartibi belgilab qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlanishicha, MChJ ustavida jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining mutlaq vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan ovozlar soni belgilangan. Xususan, MChJ ustavining 14.3-bandida jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining mutlaq vakolatlariga kiritilgan jamiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash, jamiyat ustav fondining miqdorini belgilash, taʼsis hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish, jamiyatning sof foydasini jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish, jamiyatni qayta tashkil etish va tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinishi, qolgan masalalar yuzasidan jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlar sonining koʻpchilik ovozlari bilan qabul qilinishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, MChJ taʼsischilari umumiy yigʻilishi kun tartibidagi jamiyat taʼsischilari tarkibini qayta koʻrib chiqish, javobgar tomonidan jamiyat ustav fondining miqdoriga oʻzgarishi sabab boʻladigan oʻz ulushini MChJdan natura sifatida olib chiqish va buning natijasida jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash haqida qarorlar qabul qilish zarurati boʻlgan masalalar Qonun va MChJ ustaviga muvofiq MChJ taʼsischilari umumiy yigʻilishining mutlaq vakolatlariga tegishli hisoblanadi. Biroq, kun tartibidagi mazkur masalalar barcha taʼsischilar tomonidan bir ovozdan maʼqullanmaganligi sababli umumiy yigʻilish qaror qabul qilishga vakolatli boʻlmagan. Bundan tashqari, Qonunning 35-moddasi talabiga koʻra MChJ taʼsischilari umumiy yigʻilish bayonnomasida kotib ishtirok etganligi qayd etilmagan va mazkur yigʻilish bayoni kotib tomonidan imzolanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun 22-moddasining beshinchi qismiga koʻra jamiyatdan chiqarilgan yoki undan chiqib ketgan jamiyat ishtirokchisining ulushi jamiyatga oʻtadi. Bunda jamiyat jamiyatdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchiga ulushining chiqarilish yoki chiqib ketish sanasidan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari maʼlumotlari boʻyicha aniqlanadigan haqiqiy qiymatini toʻlashi yoki jamiyatdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchisining roziligi bilan unga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi shart. Mazkur tartib va qoidalar MChJ taʼsis shartnomasining 7.2-bandi va ustavining 8.2-bandida ham belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, MChJ taʼsischilari umumiy yigʻilishi qaroriga asosan javobgarga MChJ ustav fondidan oʻz ulushi evaziga tovuqxona binosini natura sifatida toʻgʻridan toʻgʻri olib chiqilishi Qonun va MChJ taʼsis hujjatlarida belgilangan qoidalarga zid hisoblanadi. Qolaversa, javobgar bugungi kunda MChJ taʼsischilari tarkibidan chiqib ketmagan va 6.137.766 soʻm qiymatdagi 75, 42 foiz ulush bilan MChJ taʼsischisi hisoblanadi. Mazkur holat ish hujjatlaridagi Shofirkon tuman adliya boʻlimi davlat xizmatlari markazining 2022-yil 5-avgustdagi 1/1-511-sonli xati, MChJning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi maʼlumotlar va taraflar vakillarining sud majlisida bergan tushuntirishlari bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binobarin, mazkur holatda MChJ tomonidan umumiy yigʻilish chaqirishda va MChJ taʼsischilari umumiy yigʻilishining 2022-yil 10-yanvardagi 1-sonli qarorini qabul qilishda Qonun va MChJ ustavida belgilangan talablar qoʻpol ravishda buzilganligi ishdagi dalillar bilan toʻliq tasdiqlanganligi hamda mazkur qaror oqibatida daʼvogarning qonun bilan qoʻriqlanadigan huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi sababli daʼvo talabi asosli hisoblanadi. Shu sababli daʼvogarning daʼvo arizasi qanoatlantirilishi lozim edi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 279-moddasining birinchi qismi koʻra ish uchun ahamiyatli holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi, moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi “Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori haqida”gi 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli qarorining 1-bandi ikkinchi xatboshisiga muvofiq sud tomonidan qabul qilingan qaror moddiy va protsessual huquq normalari bilan toʻliq mos kelishi, ish hujjatlari va sud aniqlagan holatlarga muvofiq boʻlishi kerak. Qayd etilgan talablarga rioya etmaslik IPKning 279 va 302-moddalariga muvofiq qarorning bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi uchun asos boʻlishi mumkinligi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga asosan, sudlov hayʼati apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni va hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvo arizasini qanoatlantirish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilishni, javobgarlarga nisbatan MChJ taʼsischilari umumiy yigʻilishining 2022-yil 10-yanvardagi MChJ taʼsischisi P.K.I. tomonidan MChJ taʼsischilari tarkibidan oʻz ulushini olib chiqish, unga tegishli nominal qiymati 6.137.766 soʻm boʻlgan 75, 4 foiz ulushi evaziga natura sifatida Shofirkon tumani, Mirzoqul MFY, Mirzoqul qishlogʻida joylashgan umumiy yer maydoni 16673 kv.metr, qurilish maydoni 824, 5 kv.metr, foydali maydoni 767, 2 kv.metrdan iborat boʻlgan (kadastr raqami)tovuqxona binosini olib chiqish hamda mazkur tovuqxona binosini topshirish-qabul qilish dalolatnomasi orqali jamiyat balansidan chiqarish haqida”gi 1-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni lozim deb hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan Fuqarolik qonun hujjatlarining daʼvo muddatiga oid normalarni qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2015-yil 19-iyundagi 282-sonli (matnda Plenum qarori deb yuritiladi) qarorining 16.2-bandi ikkinchi xatboshisiga koʻra daʼvo arizasiga daʼvo muddatini tiklash haqida ariza ilova qilingan yoki daʼvo arizasida daʼvo muddatini tiklagan holda uni ish yuritishga qabul qilish soʻralgan boʻlsa, daʼvo arizasi IPK talablari asosida berilgan taqdirda, u ish yuritishga qabul qilinishi kerak. Bunday holatda daʼvo muddatini tiklash masalasi sud majlisida javobgar tomonidan daʼvo muddatini qoʻllashni bayon qilgandagina hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati mazkur Plenum qarori tushuntirishlariga koʻra, javobgar tomonidan birinchi instansiya sudiga daʼvo muddatini qoʻllash toʻgʻrisida bayon qilinmaganligini sababli daʼvogarning daʼvo arizasiga ilova qilgan daʼvo muddatini oʻtkazib yuborilganligi sabablarini uzrli deb topib, tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnomasini muhokama qilinmasligini inobatga olishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 118-moddasi birinchi qismiga koʻra sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda ularning zimmasiga yuklatiladi. Mazkur moddaning toʻqqizinchi qismiga koʻra ishda ishtirok etuvchi shaxslarning apellatsiya, kassatsiya shikoyati berish bilan bogʻliq holda qilgan sud xarajatlari ushbu moddada bayon etilgan qoidalarga muvofiq taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati mazkur ish yuzasidan sud xarajatlarini taqsimlash masalasini muhokama qilib, daʼvo arizasi va apellatsiya shikoyati qanoatlantirilganligi sababli sud xarajatlarini javobgarlar zimmasiga yuklashni, sud instansiyalari uchun toʻlangan (3.000.000+1.500.000) jami 4.500.000 soʻm davlat boji va 48.000 soʻm pochta xarajatini javobgarlardan daʼvogar foydasiga undirishni lozim topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 118, 278-280-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar MChJ taʼsischisi P.Q.I. ning apellatsiya shikoyati qanoatlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻijduvon tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 13-oktabrdagi hal qiluv qarori bekor qilinsin. Yangi qaror qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo arizasi qanoatlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJ taʼsischilari umumiy yigʻilishining 2022-yil 10-yanvardagi MChJ taʼsischisi P.K.I. tomonidan MChJ taʼsischilari tarkibidan oʻz ulushini olib chiqish, unga tegishli nominal qiymati 6.137.766 soʻm boʻlgan 75, 4 foiz ulushi evaziga natura sifatida Shofirkon tumani, Mirzoqul MFY, Mirzoqul qishlogʻida joylashgan umumiy yer maydoni 16673 kv.metr, qurilish maydoni 824, 5 kv.metr, foydali maydoni 767, 2 kv.metrdan iborat boʻlgan (kadastr raqami) tovuqxona binosini olib chiqish hamda mazkur tovuqxona binosini topshirish-qabul qilish dalolatnomasi orqali jamiyat balansidan chiqarish haqida”gi 1-sonli qarori haqiqiy emas deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgarlar MChJ taʼsischisi P.K.I. va masʼuliyati cheklangan jamiyatidan daʼvogar MChJ taʼsischisi P.Q.I. foydasiga sud instansiyalari uchun toʻlangan jami 4.500.000 soʻm davlat boji va 48.000 soʻm pochta xarajati undirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror yuzasidan ijro varaqasi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga murojaat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi S. ABDURASULOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari M. KODIROVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. YULDASHEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro v.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 14-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-2003-2202/1128-son